Erkin iqtisodiy zona faoliyati kimga yoqmayapti?..
Dunyodagi köplab davlatlarda bölgani singari erkin iqtisodiy zonalarni taşkil etiş mamlakatimizda ham töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb etiş, taşqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirişning muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Prezidentimizning 2016 yil 26 oktyabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollaştiriş va kengaytirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoni qulay investitsiya muhitini yaratişda imkoniyat va imtiyozlar kölamini kengaytirdi. Şu kungaça mamlakatimizning 12 ta hududida 21 ta erkin iqtisodiy zona taşkil qilindi.
Biroq, ayrim idora va taşkilotlarning masalaga sust yondoşayotganligi oqibatida erkin iqtisodiy zonalarning samarali faoliyat yuritişiga tösqinlik qiluvçi muammolar paydo böldi. Misol uçun, “Öztelekom” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Jizzax erkin iqtisodiy zonasida 2016 yilda amalga oşirilişi lozim bölgan uçta yirik loyiha bugungi kunga qadar oxiriga yetkazilmagan va bu korxonalar öz faoliyatlarini töxtatgan. Unga köra, “ZIT telekom” qöşma korxonasi passiv telekommunikatsiya va “Broadboad Solutions” qöşma korxonasi telekommunikatsiya uskunalarini hamda “Smart Vision” qöşma korxonasi IP va video telefonlar işlab çiqarişi lozim edi.
Maʼlum bölişiça uşbu korxonalarda aylanma mablağ töliq şakllantirilmaganligi, xorijiy valyuta kursining oşib ketişi mahsulot tannarxiga taʼsir körsatgani butlovçi qismlarni olib kelişda xorijiy hamkorlar bilan muammolarni yuzaga keltirgan.
Qiziği şundaki, şunça vaqtdan buyon uşbu masala böyiça Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi vaziyatni yaxşilaş, öz tarmoğidagi taşkilot masʼuliyatini oşiriş va loyihani keçiktirib bölsa ham bajariş böyiça yetarliça taşabbus körsatmayotganligi vazirlikning mamlakatimizda raqobatbardoş axborot texnologiyalari mahsulotlarini işlab çiqariş, yalpi içki mahsulot uluşida uning örnini oşirişga qanday munosabatda ekanligini körsatadi.
Bu turişda yaqin vaqt içida mamlakatimiz iqtisodiyoti va yalpi içki mahsulotida axborot texnologiyalarining uluşini orttirişda ijobiy natijaga erişib bölmaydi.
Maʼmuriy kengaşlar va erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari faoliyatining samarali emasligi, transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasining sust rivojlanganligi investitsiya loyihalarini jadal amalga oşirişga tösqinlik qilib, erkin iqtisodiy zonalarning salohiyatli investorlar uçun jozibadorligini pasaytiradi.
Afsuski, bu kabi muammolarni boşqa erkin iqtisodiy zonalarda ham kuzatişimiz mumkin. Şu bois, erkin iqtisodiy zonalarning samarali işlaşini, qonunçilikda közda tutilgan imkoniyatlardan töliq foydalanişni taʼminlaş maqsadida mazkur masalada Parlament eşituvini taşkil etiş vaqti keldi, deb aytiş mumkin.
Jamşid Pirmatov,
Uluğbek Samatov,
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari.
