“Aqlli uy”ning aqlga siğmas yutuği

Sönggi yillarda respublikamizda ilmiy va innovatsion faoliyatni qöllab-quvvatlaşda tizimli işlar olib borilayapti. Ayniqsa, iqtidorli yoşlarning milliy va xalqaro musobaqalarda qatnaşib, yaxşi natijalarga erişişlari uçun qulay şart-şaroitlar yaratişga alohida eʼtibor qaratildi.

Yaqinda Janubiy Koreyada ötkazilgan “Inter­national Robot Donghae Challenge — 2019” xalqaro tanlovida turli davlatlardan kelgan yoşlar özlarining innovatsion ixtirolari bilan qatnaşdi. Uşbu tanlovda özbekistonlik bir guruh yoşlar ham iştirok etib, yuqori örinlarni qölga kiritişdi.

— Meni ixtiroimning natijasidan ham köra, xal­qaro arenada Vatanimiz bayroğining baland kötarilgani köproq hayajonlantirdi, — deydi toşkentlik Nurilloh Ubaydullayev. — Tanlovga har tomonlama puxta tayyorgarlik körgandim, buning uçun döstim bilan köp izlandik. Yaratgan ixtiroimizning nomi “SMART HOUSE”, yaʼni “Aqlli uy”, deb nomlangandi. “Aqlli uy”ning ustunligi şundaki, unga uy içidagi olovni sezadigan “Fire sensor” örnatilgan. Uning vazifasi olovni sezgan paytida uyning eşik va derazalarini avtomatik ravişda oçib yuboradi. Öt ketganda xona içida qolgan odam xohlagan eşik yoki deraza orqali taşqariga çiqişi mumkin. Qöşimça ustunligi şundaki, xonada gaz hidi bölsa, qöllanma ogohlantiriş uçun ovoz çiqaradi va öşa xona derazalari avtomatik ravişda oçiladi. Uyda heç kim bölmagan taqdirda “GSM MODULE” qurilmasi siz­ga va öt öçiruvçilarga xabar jönatadi. Undan taşqari, xona namligini va haroratini körsatadigan “Display” ekran örnatilgan.

Nurilloh 6-7-sinfdan boşlab şu sohaga qiziqib keladi. Ijtimoiy tarmoqlarda, mahalliy va xorijiy teledasturlar orqali körsatiladigan barça “Robototexnika” haqidagi yangiliklarni kuzatib boradi. Farzandidagi bu qobiliyatni körgan ota-onasi uni Toşkent Turin politexnika universiteti huzuridagi akademik litseyga olib borişdi.

— Tanlovda qatnaşayotgan paytimda, öşa joyning özida menga yangi ğoyalar keldi, — deb sözini davom ettirdi Nurilloh. — Ularni keyinçalik amalga oşiriş uçun yon daftarçamga yozib oldim. Kelajakda yasagan uyimizni yanada rivojlantirmoqçiman. Yaʼni, unga örnatilgan maxsus kamera uyga kirgan odamni rasmga olib, u haqdagi maʼlumotlarni qöl telefoningizga yuboradi.

— Aslida, mana şunday katta musobaqalarda qatnaşişni orzu qilardim, — deydi tanlovning yana bir iştirokçisi, yoş ixtiroçi Boburjon Ortiqov. — Lekin bu uçun, avvalo, köp öqişim va yangiliklar yaratişim kerakligini angladim. Mana, orzularim amalga oşmoqda.

Biz yasagan ixtirolarimizni Janubiy Koreya Respublikasiga tayyor holatda olib borişimiz kerak edi. Lekin tanlovdagi qonunga özgartiriş kiritildi. Endi har bir iştirokçi öz ixtirosini 2 soat içida yasab, uni tuşuntirib berişi talab etildi. Bundan biz ozgina taraddudlanib qoldik, lekin tezda özimizni qölga olib, “Aqlli uy”­imizni 2 soat içida taxlab, bajaradigan işini tuşuntirib berdik. Ingliz va koreys tillarini yaxşi bilganimiz qöl keldi, albatta, şu bois, yuqori natijalarga erişdik.

Boburjon hozirda Toşkent şahar 300-umumtaʼlim maktabining 8- sinf öquvçisi. Bolaligida öyinçoq samolyot va maşinalarga qiziqib, ularni buzib qaytadan yasagan Boburjon hozir “Robot maşina”lar ixtiro qilişga kirişgan. Kelajakda şu soha böyiça yetuk mutaxassis bölişni öz oldiga maqsad qilib qöygan.

Nargiza Bobomurodova,

«Hurriyat» muxbiri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan