Kaspiyday jöşqin ohang

Özbekistonda Ozarbayjon davlat rahbarlarining oliy darajadagi uçraşuvida erişilgan bitimga köra, davlatlararo madaniyat va adabiyot kunlari ötkazilişi bundan keyin anʼanaga aylanişi tabiiy.

Şu kunlarda Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari ölkamizda davom etayapti. Tadbir doirasida ozarbayjonlik sanʼat namoyondalari xorazmlik muxlislar tomonidan iliq kutib olindi. Sanʼat ustalarining jozibali taronalari ixlosmandlar qalbini bir qur zabt eta oldi.

Xorazm sanʼati ayrim jihatlari bilan ozar sanʼatiga hamohang, lahjasi ham yaqin, şu sabab ikki millat vakillari bir-birlarini tarjimonsiz tuşunişadi.

Uç kun davom etgan mazkur döstlik bayramini Xorazm viloyat hokimligi Ozarbayjon davlatining yurtimizdagi elçixonasi bilan hamkorlikda ötkazdilar.

Festival dasturiga binoan mehmonlar Xiva osori-atiqalari maskani — “Içan qalʼa”dagi tarixiy va meʼmoriy yodgorliklarni tomoşa qilişdi. Qadimiy qalʼa uzra qardoş xalq taronalari yangradi. Bu yerda Ozar elining anʼanaviy liboslari körigi ham ötkazildi.

Har ikkala millat pazandalari hozirlagan milliy taomlar nafaqat xivaliklar, balki, qadimiy obidalar maskaniga taşrif buyurgan sayyohlarga ham manzur böldi.

Tadbir doirasida Urganç davlat universiteti “Madaniyat saroyi”da talabalar va professor-öqituvçilar ozarbayjonlik taniqli şoira va publitsist Söna Valiyeva, yozuvçi Komron Aliyev va boşqa mehmonlarni iliq kutib olişdi. Oliy taʼlim dargohida uyuştirilgan ilmiy-amaliy anjuman “Özbekiston va Ozarbayjon madaniy hamda adabiy aloqalari: Husayn Jovid va Çölpon asarlari — jahon dramaturgiyasining yuksak namunasi“ mavzuiga bağişlandi. Anjuman davomida Urganç va Boku davlat universitetlari örtasida özaro hamkorlik meʼmorandumi imzolandi. Ozarbayjonlik mehmonlar universitet kutubxonasiga özbek va ozar tillarida bitilgan kitoblar töplamini hadya qilişdi.

Şundan söng, viloyat musiqali teatrining muhtaşam binosida “Bizning abadiy döstligimiz” şiori ostida qator tadbirlar uyuştirildi. Bu yerga yiğilganlar qardoşlarimiz ijodi namunalari: suratlar va anʼanaviy liboslar körgazmasi bilan ham tanişdilar.

Özaro döstlikning yorqin timsoliga aylangan mazkur bayram haya­jonli ay±m keçasiga ulandi. Unda Xorazm viloyati hokimi F.Ermonov va G.Aliyev nomidagi Ozarbayjon Milliy madaniyat markazi direktori, Ozarbayjon Respublikasining yurtimizdagi elçixonasi kotibi S.Abbosov sözga çiqdilar.

Abdulla Sobirov,

“Hurriyat” muxbiri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan