Men ne deyman-u, qöbizim ne deydi?
Til – xuddi hayotning özidek özgaruvçan, u zamon va makonga moslaşa boradi. Şevalar ham, qolaversa, uning rasmiy, adabiy, sözlaşuv kabi turlari ham buning yaqqol isbotidir.
Qadimda turkiy til sifatida barça turkiyzabon elu elatlarga birdek tuşunarli bölgan aloqa vositasi keyinçalik milliy tillar şaklida bir-biridan keskin farqlana bordi. Masalan, Zahiriddin Muhammad Boburning bir ğazalidagi «Bahor ayyomidur, daği yigitlikning ovonidur…» satrini hozirgi özbek adabiy tili doirasida mağzini çaqiş, u qadar muşkul bölmasa-da, lekin tuşunib oliş oson emas. Holbuki, ayrim qardoş turkiyzabon millatlarda «daği» («yana», «buning ustiga» kabi maʼnolarda), «ovon» («havas», «mayil» maʼnolarida) kabi sözlar qöllaniladi.
Zamon va makon bilan boğliq bunday özgarişlar adabiy tilimizning yaqin ötmişida ham yaqqol körinadi. Aytaylik, Abdulla Qodiriy bilan Oybek asarlari yoki Çölpon bilan Abdulla Oripov asarlari tillarida katta farq kuzatiladi. Bu zamon va makon bilan boğliq hayotiy jarayonlardir.
Til özgaruvçan ekan, demak, uni qolipga solib turadigan meʼyor, bu imlo qoidalaridir.
Hozir amalda bölgan adabiy tilimiz, adaşmasam, 1995 yil 24 avgustda qabul qilingan «Özbek tilining asosiy imlo qoidalari»ga asoslanadi. Uşbu imlo qoidalarida harflar imlosidan tortib, unlilar, undoşlar, asos va qöşimçalar imlosiyu qöşib yoziş, ajratib yoziş, çiziqça bilan yoziş, boş harf imlosi, şuningdek, köçirib yoziş qoidalarigaça körsatilgan.
«Özbek tilining asosiy imlo qoidalari» Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 24 avgustdagi 339-sonli qaroriga ilova sifatida gazetalarda ham eʼlon qilingan («Maʼrifat» gazetasi, 1995 yil 6 sentyabr soni).
Ammo bu qoidalardan kimlardir bexabarga öxşaydi. Bunday bexabarlar orasida, hatto, ayrim adabiyotşunos, tilşunos olimlar ham borligi kişini taajjubga soladi. Yanada ajablanarlisi, bu toifa olimlar öşa qoidalardan köz yumgan (balki, rad etgan) holda özlariça «yangi qoidalar» yaratişga urinadilar va özgalarni aynan ular daʼvo qilayotgan imloda yoziş va öqişga undaydilar. Jumladan, filologiya fanlari nomzodi Sultonmurod Olim xuddi şunday yöl tutadi. Uning «Toşkent haqiqati» gazetasining 2019 yil 17 iyundagi 55-sonida eʼlon qilingan «Tumanlarimiz nomlari qanday yozilişi kerak?» (daʼvoni qarang!) sarlavhali maqolasi bunga yaqqol misoldir.
«…mustaqillik yillarida joy nomlariga munosabat xalqimiz va davlatimiz uçun öta muhim milliy masalaga aylandi. Deyarli barça joy nomlari qayta körib çiqildi, köplari tarixiylikka asoslangan holda va milliy taynatimizdan kelib çiqib, qayta nomlandi. Biroq bu borada hali töla hal etilmagan muammolarimiz talaygina», deya kuyinçaklik bildirgan olim birdaniga «…Ammo boşqa muammolarga duç keldik: Yuqoriçirçiq, Örtaçirçiq, Quyiçirçiq tumanlari nomlari özbek tilidagi matnlarda turliça yozilayapti», deya muammo kötaradi va dabdurustdan «Biroq agar qöşma söz joy nomiga aylangan bölsa, uni qöşib yozişdan boşqa yöl yöq…» deya qatʼiy hukm (ha, xulosa emas, hukm) çiqaradi. Buning isboti tariqasida esa Sirdaryo, Qaşqadaryo, Kattaqörğon, Yakkasaroy, Qörğontepa kabi joy nomlarini keltiradi.
“Ana endi tabiiy ravişda savol kelib çiqadi, — deya yozadi muallif öz iddaosini rivojlantirib. — Nima uçun bir viloyatda «Bekobod», «Oqqörğon», «Parkent», «Piskent», «Yangiyöl», «Ğazalkent» sözlarini qöşib yozamiz-u, «Çirçiq» sözi iştirokidagi uç tuman nomini ajratib yozişimiz kerak? Ikki xillikka majbur qiladigan qanday jiddiy asos bor? Heç qanday asos yöq ekanmi, demak, masala hal: bularni ham «Yuqoriçirçiq», «Örtaçirçiq», «Quyiçirçiq» şaklida qöşib yoziş zarur, vassalom».
Mana, olim («uçyonnыy», demoqçimiz) çiqargan qatʼiy fikr!
Eslaysizmi, şunday gap bölardi: «Hukm qatʼiy, şikoyatga örin yöq!»
Olimimiz ham qatʼiy hukm çiqarayaptilarki, göyo heç kimning şikoyat yoki eʼtiroz bildirişga haqqi yöqdek. U holda «Özbek tilining asosiy imlo qoidalari» nima böladi? Uşbu qoidalarning 47-bandini öqiymiz:
«Ikkinçi qismi turdoş ot bilan yoki «obod» sözi bilan ifodalangan joy nomlari qöşib yoziladi: Yangiyo‘l, To‘rtko‘l, Mirzacho‘l, Sirdaryo, Kosonsoy, Yangiobod, Xalqobod kabi. Lekin ikkinçi qismi atoqli ot bölgan joy nomlari ajratib yoziladi: O‘rta Osiyo, Ko‘hna Urganch, O‘rta Chirchiq kabi».
Demak, ikkinçi qismi atoqli ot bölgan joy nomlari ajratib va ikki qismi (atoqli ot bölgani uçun boş harf bilan) ajratib yoziladi.
Bu qoida-ku, baʼzilarni istisno qilganda, kundek ravşan. Buning ustiga imlo qoidalari ijodkorlari kelib-kelib aynan «Örta Çirçiq» sözini misol qilib oladilarmi-a?! Bu Sultonmurod Olimga qattiq tegmaydimi, axir? U kişining «…qöşib yoziş zarur, vassalom», deya çiqargan «hukm»lari nima böladi?!
Yöq, u kişi yon bermaydilar:
“Ammo masalada yana bir nozik jihat bor. Agar biror joyga kişi nomi qöyilgan va u ikki sözdan taşkil topgan bölsa, bularni ajratib yozişdan boşqa yöl qolmaydi, — deya mulohaza yuritar ekan muallif, — «yuqori», «örta» va «quyi» sözlari ham, «Çirçiq» sözi ham kişi nomi emas (?!). Şuning uçun til qoidalari bu uç joy nomini qöşib yozişni har tomonlama taqozo etadi”, deb yozadilar qatʼiy va endi özlari öylab topgan til qoidasi asosida: “Eng oqilona yöl – şu. Keling, şu oqilona yölni tanlaylik”, deya davom etadilar va qiziği: maqolani eʼlon qilgan «Toşkent haqiqati» gazetasi bu daʼvatga javoban, aytilgan gapni qonun deb, şu sonning özidayoq «Yuqoriçirçiq tumani hokimligi huquqşunosi…», «Quyiçirçiq tumanida ham…» deya yozadi.
Vaholanki, mamlakatimiz hukumatining boş gazetasi «Xalq sözi»da hammasi risoladagidek yozilmoqda. Masalan, «Quyi Çirçiq — poytaxt viloyatining çekka tumanlaridan biri. Öz nomiga monand ravişda u Çirçiq daryosining quyi qismida, Sirdaryo sohilida joylaşgan», deb yoziladi «Xalq sözi» gazetasining 2019 yil 30 may soni 1-sahifasida berilgan «Yangilanişlar odamlarning turmuşi, fikri, dunyoqaraşini özgartirmoqda» sarlavhali maqolada.
Agar olimimiz daʼvosiça, faqatgina kişi nomlari boş harflar bilan yoziladigan bölsa, boşqa atoqli otlar nima böladi: kişi nomi bilan atalmaganligi uçun «toşkent», «samarqand», «nukus», «moskva», «london», «markaziyosiyo», «lotinamerikasi» şu taxlit kiçik harfda; «Navoiy», «Sankt-Peterburg», «Vaşington» esa bunday tartibda boş harflar bilan yoziladimi?!
“Bizda qöşma sözlarni töğri yoziş uçun naqd ilmiy darajaga ega tilşunos böliş kerak, — deb yozadi yana bir tilşunos, adabiyotşunos Qozoqboy Yöldoş «Tafakkur» jurnalining 2018 yildagi 1-sonidagi «Özlik qörğoni» («O‘zlik qo‘rg‘oni») maqolasida. — Şundayam qaysi til imlo qoidasiga (?!) tayaniş zarurligini bilsa! Nega bunday? Nega «Yangiyöl», «Yangiyer», «Qorasuv», «Qoraqamiş» sözlari qöşib yozilgan holda, «Qizil Yulduz», «Oq toğ», «Qora toğ», «Uluğ toğ», «Örta Çirçiq», «Quyi Çirçiq», «oq qand», «temir yöl», «toş yöl» sözlari alohida yozilişi kerak? Har qanday qöşma söz bitta söz hisoblanib, bir urğu bilan aytilar ekan, uning qaysi söz turkumidan yasalganiga qaramay, bir söz sifatida, yaʼni qöşib yozilsa, osmon uzilib yerga tuşadimi? Nega endi odam yozayotgan har bir sözi qaysi turkumga mansubligi xususida boş qotirişi kerak?”
Ajabo, muallif «Özbek tilining asosiy imlo qoidalari»dan bexabarmi yoki uni pisand qilmayaptimi? Yoki imlo qoidalari özgarib, biz heç narsadan bexabar qolib ketdikmikin?
Bu olimlarimiz «Markaziy Osiyo», «Yaqin Şarq», «Köhna Urganç», «Kiçik Osiyo», «Katta Kanyon», «Past Darğom», «Daşti Qipçoq», «Örxun Enasoy» atamalari nima uçun doimo ajratib va boş harf bilan yozilişi haqida sira öylab körganmikinlar? Çunki bu qöşma sözlarning ikkinçi qismi xuddi «Yuqori Çirçiq», «Quyi Çirçiq», «Örta Çirçiq» kabi atoqli otlardir. Olimlarimiz esa bular hadeb, kişi nomi emas-ku, deb iddao qilaveradilar.
Yana bir örinda muallif: «…milliy tilni qolipga soliş emas, uni tabiiy rivojlantiriş yölini izlaş kerak», deb yozadi.
Lekin tilda qolip — qoida bölmasa, uni, Qozoqboy Yöldoş yozganidek, har kim öziça «rivojlantiraversa», oxiri nima böladi? Bu ketişda boşqa millat vakillari bilan emas, hatto özaro suhbatlarimizda ham tarjimon kerak bölib qolmaydimi? Aslida, hozir ham özaro muloqotlarda şevaga xos sözlar bölsa, qiynalib qolamiz-ku! Adabiy til muşkulimizni oson, tilimizni ravon qilib turibdi-ku!
Qozoqboy Yöldoş yana: narsa-hodisalarni mohiyatidan kelib çiqib, özbekça aytaveriş kerak, degandek daʼvat qiladi.
U kabi bizga «samolyot»ni «uçoq», deyişga daʼvat qilganlar endi «poyezd», «radio», «metro», «velosiped», «innovatsiya», «maşina», «motor», «investitsiya», «kommunikatsiya», «kompyuter» kabi köpdan-köp zamonaviy atamalarni özbekça ataşni taklif etayaptilarmi?
Yuqorida keltirilgan sof özbekça qöşma sözlarni qoidasi bilan yozişni katta muammoga aylantirayotgan olim «…çetdan kelgan narsa-hodisani özbekça nomlaş mumkin va kerak», deb tinmay taʼkidlaydi.
Hayotda va fanda ham nimani kim topgan yoki ixtiro qilgan, yaratgan bölsa, aksariyat narsa-hodisalarga öşalar nom beradilar.
Futbolni inglizlar öylab topişgan va unga inglizça nom berişgan, şaxmatni ixtiro qilganlar uni öz tillarida şunday ataşgan.
Özbek milliy kuraşi özbeklarniki bölgani uçun «halol», «yonboş», «çala» degan özbekça atama işlatiladi va ingliz ham, olmonu yapon ham şunday atamani işlatadi. Mana, til qoidalari meʼyorlari!
Axir, haligaça özimiz ham özlaştirib ololmayotgan hazilakam zaxiramiz, söz xazinamiz bormi? Axir, Hazrat Navoiy, Bobur Mirzo aşʼor bitgan tilni töliq bilamiz, deb maqtana olmaymiz-ku! Ularni çuqur örganib, tilimizni yanada boyitiş örniga olimlarimiz yangiça yasama sözlar yasaşni tarğib etmoqdalar. Avvalo, borini, borining imlosini yaxşilab örganib olaylik!
Xususan, 2019 yil 4 oktyabrdagi Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonuni qabul qilinganining öttiz yilligini keng nişonlaş töğrisida»gi qarorida ham ona tilimizning tarixiy ildizlarini çuqur örganiş, uni ilmiy asosda har tomonlama rivojlantiriş va qöllaniş doirasini kengaytiriş, bu boradagi işlarni yangi poğonaga kötarilganligiga alohida eʼtibor qaratilgan.
Olimlarimiz tilimizda öz imlo va qoidasiga ega bölgan sözlarni boşqaçasiga aylantirib, yöq joydan muammo yasaşlari, odamlarni çalkaştirişlari emas, aksinça, «admiral», «meditsina», «uçoq» kabi xalqaro atamalar darajasiga yetgan ota-bobolarimiz tilini çuqurroq va kengroq, ommaviy tarzda tarğib etsalar, ayni muddao bölardi. Tilning rivoji, boyligi şunga ham boğliq.
Ajablanarli joyi şundaki, muallif Sultonmurod Olim bundan çamasi ön yillar ilgari ham şu mavzuni kötargan va öşa yili uning «Tumanlar nomini töğri yozaylik» nomli maqolasi eʼlon qilingan edi («Toşkent haqiqati» gazetasi, 2008 yil 25 oktyabr soni). Şunda ham unga uşbu satrlar muallifi xuddi hozirgidek, raddiya yozgan va öz fikrlarini aytgan, mulohazalarini «Özbek tilining imlo qoidalari» bilan asoslagan edi.
Buni qarangki, Sultonmurod Olim negadir oradan 10 yildan ortiq vaqt ötib, yana öşa eski gaplarni kötaribdi. Öşa maqola, öşa iddao. Qiziği, muallif öşanda öziga qarşi keltirilgan birorta fikrga munosabat bildirmaydi va ayni paytda «Özbek tilining asosiy imlo qoidalari» haqida ham lom-mim demaydi. Buni qanday va nima deb tuşuniş kerak?
Qadimda bir baxşi arz-holini ölan qilib kuylasa, qöbizi qurğur «tinğir-tinğir»dan nariga ötmas emiş. Bundan baxşi «Men ne deyman-u, qöbizim ne deydi?!» deya zorlangan ekan.
«Biz til qoidalari, atoqli ot, deya har qança taʼkidlasak-da, olim «yuqori», «örta» va «quyi» sözlari ham, «Çirçiq» sözi ham kişi nomi emas (?!)» deb özinikini maʼqullab yotibdi.
Fikrimça, jamiyatni qonunlar boşqargani kabi til meʼyorlari ham qoidalarga böysunadi. U kimlarningdir taklifi, daʼvati va talabi bilan özgarib qolmaydi.
Maʼmurjon Bozoraliyev,
jurnalist.
Örta Çirçiq tumani.
