Ertamizga daxldor qadam
Bugun yurtimiz, xalqimiz katta bir siyosiy voqelik arafasida turibdi. Joriy yilning 22 dekabr kuni yilimizning eng muhim siyosiy voqealaridan biri — Qonunçilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman-şahar kengaşlariga saylovlar bölib ötadi.
Konstitutsiyamizda, “mamlakat fuqarolari davlat va jamiyat işlarini boşqarişda bevosita hamda öz vakillari orqali iştirok etiş huquqiga egadirlar”, deyiladi. Biz saylovda özimizga maʼqul bölgan nomzod yoki biror-bir partiya ilgari surayotgan dastur uçun ovoz beriş, ularni qöllab-quvvatlaş vakolatiga egamiz.
Sir emas, bugungi kunda köça-köyda, odamlar orasida, ijtimoiy tarmoqlarda, qolaversa, matbuot va televideniyeda partiyalarning saylovoldi çiqişlari, debatlar, ularda partiya liderlarining ilgari surayotgan dasturlarining qançalar dolzarbligi, kötarilayotgan muammolarning qançalar jiddiyligi kabi munozaralarning guvohi bölayapmiz.
Avvalo, şuni taʼkidlaş kerak, bugun xalqimiz har doimgidan uyğoq, har doimgidan talabçan. Çunki, ular bugun öz oldilariga katta maqsadlar qöyib, marrani baland olgan. Bugun ular har qaysi partiya xalqimizning tub manfaatlari, uning ezgu orzu-intilişlarini ifoda etadigan muhim masalalarni ilgari surişlari tarafdoridir.
Muhimi, yurtdoşlarimiz faqat öz şaxsiy muammolari bilan yaşayotgani yöq, balki öz mahallasi, tumani, viloyatidagi har bir muammoga eʼtiborli, har bir olib borilayotgan islohotlar özlarining ertangi kuniga daxldor deb qaraş tuyğusi uyğongan. Xalqimiz Vatanning ertasi uçun, uning kelajagi uçun masʼullik şijoati bilan yaşamoqda. Aslida, bundan boşqaça bölişi ham mumkin emas, bu — bugungi hayot, bugungi zamon talabi.
Yaqinda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining bir guruh vakillari Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida böldik. Aytiş kerakki, bugungi Sirdaryo, keçagi Sirdaryodan tubdan farq qiladi. Avvallari biz körganimiz, pastqam uylar örniga yangi binolar, körkam inşootlarning böy çözgani, yöllarning ravonlaşgani-yu odamlar ruhiyatidagi kötarinkilik bizni quvontirdi.
Sayxunobod tuman markazida yangi qurib bitirilgan “Yoşlar xiyoboni” hududga özgaça bir körk bağişlab turibdi. Uşbu xiyobonning oçiliş tadbirida qatnaşgan, viloyat hokimi Ğafurjon Mirzayev taʼkidlaganidek: “Sirdaryoning keng dalalari, musaffo çöl vohasi kabi köngli oçiq, mehnatdan qöli qadoq bölgan oddiy va sodda odamlari hamişa hurmat va etiborga loyiq. Bugungi kunda bu hududda olib borilayotgan özgarişlar, yangilanişlar bunga yorqin dalolatdir”.
“Yoşlar xiyoboni” Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim taşabbusga mos va monand beş ayvondan iborat bölib, uning birinçi ayvonida madaniyat va sanʼat yönalişida yoş sanʼatkorlar tomonidan musiqiy çiqişlar nomoyiş etildi. Yangi kutubxonada kitobsevar yoşlar bilan viloyat hokimi kitobxonlik haqida suhbat ötkazadi. Xiyobonning ikkinçi — “Ijodkorlar” ayvonida Sayxunobod tumanidagi “Şeʼriyat şaydolari” öquv tögaragining öquvçilari va ustoz ijodkorlar bilan uçraşuv bölib ötdi. Bu yerda yoş ijodkorlar viloyat hokimiga, Prezident nomiga yozilgan taşakkurnomani topşirdilar. Keyingi “Oilaviy kitobxon” ayvonida kitobxon buvilar va nabiralar körinişi namoyiş etiladi. Törtinçi ayvonida yoş rassomlarning isteʼdodlari bilan tanişdik. Tadbir söngida, Xotira xiyobonida esa nuroniy otaxonlar bilan birga Motamsaro ona xaykali poyiga gullar qöyildi. Yurtimiz madhiyasi ijro etilib, Vatan bayroği baland kötarildi. Bu tadbir yiğilganlar, sayxunobodliklar qalbiga faxr va iftixor tuyğularini solgan bölsa, ajab emas.
Keyingi manzilimiz uşbu tumanning 16-“Şodlik” saylov okrugi, 151-saylov uçaskasida bölib ötdi. Bu yerda bugungi kunda katta siyosiy jarayon oldidan taşkil etilgan saylovoldi faoliyati bilan tanişdik. Uşbu saylov uçastkasida 1529 saylovçilar röyxatdan ötkazilgan bölib, muddatidan oldin ovoz beruvçilar uçun jarayonlar boşlab yuborilganining guvohi böldik.
Aytmoqçi bölganimiz, bugun yurtimizning har bir çekka tumanida, har bir hududida mana şunday yangilanişlar, özgarişlar, olib borilayotgan keng islohotlarning guvohi bölib turibmiz.
Bugun yurtimizda yangi davr boşlandi, unda har birimiz öz sohamizda mana şu yurt ertasi uçun bir ğişt qöyişga intilmoğimiz zarur. Bunda yaqinlaşayotgan saylov jarayonida faol iştirok etişimiz dolzarb va muhim vazifamiz bölib, oçiqlik va oşkoralikni taʼminlaşga har birimiz masʼulmiz. Bugun dunyo, jahon hamjamiyati yurtimizga katta qiziqiş bilan qarayapti. Endi ana şu yuksak eʼtiborga har tomonlama munosib bölib, qatʼiyat bilan olğa intilib, közlagan uluğ maqsadlarimiz sari birgalikda odimlamoğimiz lozim.
Zilola Xöjaniyozova,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
