Ayrim hududlarda saylovlar ötkazilişida qonun buzilişi sodir etilgani haqidagi maʼlumotlarga Boş prokuratura rasmiy bayonoti
Boş prokuratura tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda Ayronçi mahalla fuqarolar yiğini raisi, “Etak” 15-saylov okrugidan tuman xalq deputatlari kengaşiga öz nomzodini qöygan Ğ.Boymirzayevdan majburiy ravişda öz nomzodini qaytarib oliş haqida ariza yozdirib olişayotganligi töğrisida tarqalgan xabar tekşirildi.
Tekşirişda, Ğ.Boymirzayev Xalq deputatlari Koson tumani kengaşi deputatligiga nomzod sifatida körsatilgan bölib, uning nomzodi saylov byulletenidan olib taşlanmagani va qonuniy ravişda saylovlarda deputatlikka nomzod sifatida iştirok etganligi aniqlandi.
***
Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahar Olmazor tumanidagi 10, 23 va 142-sonli saylov uçastkalari işiga noqonuniy aralaşiş, jumladan, hokimlik mutasaddilari mahalla raislariga muayyan nomzodlarni qöllab-quvvatlaş haqida topşiriq berganligi bilan boğliq maʼlumotlar tarqatilib, uşbu holat Boş prokuratura tomonidan tekşirilayotganligi töğrisida maʼlum qilingan edi.
Uşbu holat böyiça tekşiriş ötkazilib, biron-bir şaxs tomonidan yuqoridagi saylov uçastkalari işiga noqonuniy aralaşganlik holatlari tasdiqlanmadi.
Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi
Jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi.
