Toşkent megapolis şaharlar qatoriga qaçon kiradi?
Mamlakatimiz kun sayin ulkan industriya ölkasiga aylanib bormoqda. Şaharlarimiz yangitdan çiroy oçib, serhaşam binolar, köp qavatli imoratlar körkam qiyofa kasb etayotir…
BMTning sönggi maʼlumotlariga qaraganda, Tokioda 37 million, Dehlida 29 million, Şanxayda 26 milliondan köproq, Mexiko va San-Pauluda 22 million aholi istiqomat qiladi. Ular megapolis şaharlar qatorida röyxatga olingan. Eng qiziği, bu şaharlarning yöllari keng va ravonligidan yengil maşinada bemalol şahar aylaniş mumkin. Rasmiy maʼlumotlarga köra, poytaxtimiz Toşkentda uç millionga yaqin aholi yaşaydi. Kelib-ketuvçilar, röyxatsiz yaşayotganlar bundan mustasno. Lekin beixtiyor: “Nega poytaxtimiz köçalarida odamlar bemalol maşinada yurolmaydi?” — degan savol tuğiladi. Hali bironta xorijdan kelgan turist yengil maşinani ijaraga olib, şahar aylanganini eşitmadik (balki duç kelmagandirmiz).
Toşkent — mamlakatimiz poytaxti, uning körkam va sokin bölişini hammamiz istaymiz. Keyingi yillarda poytaxtimizda olib borilayotgan bunyodkorliklarga hammaning havasi kelmoqda. Birgina qurilişi jadal ketayotgan “Toşkent Siti”dagi gözal manzaralar Vatanimiz ostonasi bölgan azim kentimizning çiroyi kundan-kunga oçilib borayotganidan dalolat beradi. Lekin eng katta şahrimizning markaziy yöllari uçun hali qilinajak işlar köp. Yöllarning ayrimlari olti qatorli, qolganlari esa tört-uç qatorli. Maşinalar köpligidan uç polosali yölda beş qator bölib harakatlaniş oddiy holga aylangan. Bir-biriga tegib ketadigandek yurayotgan ulovlarni körib, baʼzan xavotirga tuşasan kişi.
Ayniqsa, köpgina inşootlar, bozorlar, muhtaşam savdo binolari, ayrim taşkilotlarning oldidan ötgan katta yölning birinçi qatorini egallab turgan yengil avtomaşinalar safi kun sayin ortib bormoqda. Bu esa avtotransportlarning yöl qoidasiga amal qilib harakatlanişiga jiddiy tösiq böliş bilan birga, yöl-transport hodisalarining sodir bölişiga ham sabab bölmoqda.
Şu kunlarda köp qavatli turar- joy binolarini quriş mömay daromad manbaiga aylanayotganligi heç kimga sir emas. Ammo şu binolarda yaşaydigan aholi uçun qulayliklar yaratiş ham birinçi navbatda bajarilişi lozim bölgan vazifadir. Poytaxtdagi köpgina imoratlar katta yölga taqalib qurilgan, buning ustiga, avtoturargohlar uçun maxsus joy ajratilmagan. Borlari ham uç-tört kvartal uçun bittadan qurilgan.
Natijada, odamlar avtoulovini özi yaşaydigan köp qavatli uyning yonida qoldirişmoqda. Bu yerga keksalar, yoş bolalilar, nogironlar uyda siqilgan paytlari hovli aylaniş uçun çiqişadi. Yölaklarga taqab qöyilgan maşinalar bunga imkon bermaydi. Yengil maşinalarning 70-80 foizi esa yengil yoqilği hisoblangan metan gazi bilan yuradi, bu yonğin xavfini keltirib çiqarişi ehtimoldan holi emas.
Korxona va taşkilotlar uçun qurilayotgan baʼzi imoratlar ham aynan katta yöl çekkasida, bir-biriga juda yaqin qilib qurilgani avtoturargohlar barpo etişga yetarliça imkon bermayotganini körsatadi. Aslida uşbu köp qavatli binolar, taşkilot ofislari, savdo markazlari, turar-joylar loyihasini yaratayotgan mutaxassislar avtoulovlarning maxsus turargohlari uçun joy ajratişi öta muhim masala bölib qolmoqda. Negaki, taşkilot va korxonalarda yoki xususiy fabrika, zavodlarda işlaydigan xodim va xizmatçilarning deyarli hammasida maşina bor. Albatta, odamlarimiz oila byudjetidan orttirib yengil avtoulov sotib olayotgani maqtovga loyiq. Ammo…
Ayrim taşkilotga iş bilan borib qolsangiz, bir-biriga qapişib turgan maşinalar orasidan yöl topib, idora eşigiga yetib borişingiz qiyin keçadi. Hatto binoga kiriş yölagi oldi ham yengil maşinalar bilan tirband böladi. Eşik yonida turgan xizmatçidan “falon taşkilot şumi?” — deb söraş uçun ovoz kuçaytirgiç karnay kerak. Yaqiniga borib söray desangiz, yöl adoğidan “razvorot” qilib, bino tagidagi yölakçadan yurib keliş kerak. Şunday nufuzli taşkilotlarda maşina turargohi yöqligi hayratlantiradi kişini.
Sobiq ittifoq davrida aholining maşina sotib olişga imkoni yöq edi. Imkon yaratiş hatto rahbarlarning keyingi rejasida ham bölmagan, şu sabab maşina turargohlari uçun joy ajratişga (sobiq MQga tegişli taşkilot va idoralar bundan mustasno) unçalik eʼtibor qaratilmagan. Buning taʼsiri ayrim şahar quriliş va obodonlaştirişni loyihalaş taşkilotlarida hali ham sezilayotgani ajablanarli hol.
Töxtamang, taqiq belgisi bor!
Töğrisini aytganda, yöl harakati qoidalari belgilari yuz foiz kerakli joyga örnatilgan, deb bölmaydi. Bunga misol, Alişer Navoiy, Şota Rustaveli, Amir Temur, Xalqlar döstligi singari markaziy köçalarga tutaş köçalarda harakatlanadigan yölovçi taşuvçi avtobuslarning, yozning jaziramasi-ku mayli, ammo qiş-qirovli kunlarda ham katta yölga çiqib olguniça, haydovçining peşonasi terlaşi tayin. Yölning torligidan taşqari, yölning çetida turnaqator turgan yengil maşinalar ötiş masofasini yanada tor qilib qöygan.
Ayniqsa, serqatnov köçalarda “yöl çetida töxtaş mumkin emas” belgisi tursa-da, baribir avtoulovlar qatorlaştirib qöyilaveradi. Ikkinçi yölakdan kelayotgan avtomobil sekinlab ötişga majbur, sal qaltis harakat qilsa, savlat tökib turgan maşinaning orqasidan turtib ötişi mumkin. “Çilonzor dehqon bozori” qarama-qarşisidagi dökonda savdo qiladigan tanişim:
— Har kuni şu ahvol, hatto özimiz yölakda ham ehtiyot bölib yuramiz. Baʼzida yöl-patrul xizmati xodimlari tartibga olgani kelib qoladi, faqat şu kuni odamlar piyodalar yölagidan bemalol ötib-qaytadi, maşinalar ham yengil harakatlanadi. Tiqilinç bölmaydi. Lekin “oblava” tugagaç, yana “eski tos, eski hammom”ligiça qolaveradi, — deydi.
Taksi haydaydigan qöşnim bor, u ham nolib qoladi:
— Şaharning köpgina markaziy köçalaridagi bozorlar atrofida bironta avtoturargoh yöq! Nima qiliş kerak? Haydovçilarning ham oilasi bor, rözğori bor, bozor-öçar qilgani keladi-da, maşinasini ilojsizlikdan yöl çetiga qöyadi. Qaniydi, maxsus turargoh bölsa, tinçgina olib borib qöyardik. Va xotirjam bozorimizni qilardik.
Etika hamma joyda kerak
Baʼzida şundoq avtobekatga kelib töxtagan yengil maşina egasi bekatdagi paynet yoki oziq-ovqat dökoniga kirib, şoşilmasdan öz yumuşini bajaradi. Yölovçi avtobus esa bekatga kirguniça signal bosaveradi-bosaveradi, maşina egasi pinak buzmaydi. Albatta, bu haydovçi etikasiga töğri kelmaydi. Xorijiy davlatlarda bu öta madaniyatsizlik hisoblanadi. Aslida haydovçilar ham bir-birlarini hurmat qilişni örganişlari kerak.
Katta yölning çekkasiga maşinasini qoldirib, özi iş joyiga yoki biron yumuş bilan idoraga kirib ketgan haydovçi, xotirjammi, axir katta yöl, qatnov köp. Ayniqsa, endi haydovçilik guvohnomasini olib, maşina boşqarayotganlar köp. Birortasi ehtiyotsizlik qilib maşinasini urib olsa, unga ham jabr. Endi: “Nega maşinangizni taqiqlangan joyga qöydingiz”, desangiz, darrov: “Qayerga qöyay, parkovka yöq-ku!” — deydi.
Maxsus maşina turar-joyi bölmagaç, qonun-qoidaga amal qiliş ham sal çekinadi-da! Aslida qoidani buziş qonunga nisbatan bepisandlikni bildiradi. Buning ustiga köpgina yöl transporti hodisalari aynan qoidaga rioya qilmaslik natijasida yuz beradi.
Şuni ham aytiş kerakki, poytaxtdagi Sergeli, Yakkasaroy, Çilonzor va Uçtepa tumanlaridagi ayrim savdo majmualari, bozorlar yonida avtomobillar töxtab turişi uçun maxsus joy qilingan, buni qarangki, aksar haydovçilar baribir maşinasini katta yöl yoqasiga qöyişadi. Balki bu ularga qiziqdir. Albatta, avtoturargohlar pullik, yana kompyuter soatiga hisoblaydi. Lekin juda qimmat emas, bu yerda maşina egasi yo pulini qizğanadi, yo vaqtini, yo qoida buzib örganib qolgan. Nima bölganda ham yöl harakati qoidasiga har kim rioya qilişi şart.
Çunki töxtaş yoki töxtab turiş taqiqlanadi yoki şunga öxşaş, qoidasini buzgan şaxsdan eng kam iş haqi hisobidan uç baravar köproq miqdorda jarima undiriladi. Endi özingiz hisoblab çiqing, bir marta qoida buzsangiz, marhamat tölab qöying! Agar yana pulingiz köp bölsa, yana qoida buzing, jarima bor-yöği beş-ön barobar oşişi mumkin. Lekin oila byudjetiga kattagina zarar keltirayapsiz, hisob-kitobni töğri olgan şaxs ortiq qoida buzişga jurʼat qilmasa kerak.
Içki Işlar vazirligi hisobotiga köra, qoidani hadeb buzavergan ayrim haydovçilarga nisbatan maʼmuriy jazo qöllanilgan. Şunga ham qaramay guyo ataylab qilgandek, yana qoidani buzib jazo mehnatiga yuborilganlar ham bor ekan. Ha töğri, “örgangan köngil örtansa qöymas”, degani şu bölsa kerak-da…
Zamonga qarab yaşaş şarti
Sobiq sovet ittifoqi davrida köp qavatli turar-joylarning bir burçagida “maşina garaji” uçun joy ajratişardi, “maşina oldingmi, pulini tölab, “garaj” ham sotib ol!” — deyilardi. Nima böldi-yu, maşina “uy”lari kimlargadir yoqmay qoldi, darrov qaror bilan buz-buzga tuşişdi, şunça temir mahsulot egasini topib ketdi. Örniga yangisi qurilmadi ham.
Hozir ayrim oilalarda otada alohida, onada va bolada alohida avtoulov bor. Keyingi paytlarda bolasining töpolonidan bezor bölib, hovlida öynab kelişi uçun ruxsat bergan ona: “Hoy, ana u maşinaga yaqinlaşma-ya, falonçiniki, uzoq yur! Tinçlik kerak!” — degan baqirib-çaqirişlar köp eşitilib qolayapti. Bola hayron, u qayerda öynasin, katta yölga çiqma, yölakdan yurma, maydonçangni mahalla raisi avtoturargoh qilib, qöni-qöşniga sotgan, egasi bor, közingga qara, degan tanbehni har kun eşitgan bola: “ey, bor-yey”, deydi-da uyda ötirib televizor köradi (közga ziyoni bor, ammo tinç) yoki qöl telefonidan allambalo fayllarga kirib tutruqsiz kino tomoşa qiladi. Buning ustiga, hatto ota-ona ham tinç: har tugul bolasi uyda ötiribdi, bexavotir uy yumuşini qilaveradi. Bolasi nima bilan band, qiziqmaydi…
Odamlarning qöşa-qöşa maşina olayotgani, albatta, yaxşi, oila yumuşiga yaraydi, ulov-da, oğirini yengil qiladi. Bundan taşqari, rözğorbopi bölsa, yana yaxşi. Rost-da, eski zamonda ham ot-aravasi borlarga qöni-qöşnining işi tuşgan, “boy”lardan hisoblangan…
Nima bölganda ham, şahar quriliş mutasaddilari serqatnov yöllar çekkasidan haşamatli imoratlar quriş loyihasini tayyorlayotganida avtoulovlar turargohlarini zamonaviy, xuşbiçim qilib barpo etişga eʼtibor qaratişsa, maqsadga muvofiq bölardi. Çunki bir marta yöl qoidasi tartibini buzgan haydovçi ikkinçi marta buzişdan tap tortmaydi, örganib qoladi. Balki bu kimgadir manfaat keltirar, ammo aholi uçun taşvişdan boşqa narsa emas.
Prezidentimiz kuçli jamiyatdan kuçli davlat sari yöl farovon kelajagimiz asosi ekanini köp bor taʼkidlaydilar. Ammo atrofdagilarning mening öz közlagan yölim bor deb bilganiça harakat qilişi heç bir davrda özini oqlamagan…
Yusuf Jörayev,
“Hurriyat” muxbiri.
