Jahonda nima gap?

Turk harbiylari halok böldi

Turkiya Suriya şimoli-şarqidagi Idlib viloyati hududida Suriya hukumati kuçlari tomonidan hujum oqibatida tört nafar turkiya­lik harbiy halok bölgani va töqqiz kişi jarohatlangani haqida maʼlum qildi. Turkiya hukumatining bayonotiga köra, javob zarbasi bilan 35 nafar suriyalik askar öldirilgan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan: “Biz bu hujumga javob qaytardik, artilleriya va minomyotlarimiz orqali javob qaytarişda davom etamiz. Biz mamlakatimiz va Idlibdagi birodarlarimiz xavfsizligi uçun amaliyotlarni qatʼiylik bilan davom ettiramiz”, degan.

Somaliga çigirtkalar hujumi

Somali qişloq xöjaligi vazirligi mamlakat hududiga çigirtka yopirilişi sababli favqulodda holat eʼlon qildi. Bu haqda “BBC News” naşri xabar berdi.

BMT maʼlumotlariga köra, joriy yilda Somali va Efiopiya 25 yil içidagi eng katta kölamdagi çigirtka yopirilişiga töqnaş keldi. Çigirtka avvalroq uşbu hududlarga tuşgan kuçli yomğirlardan keyin köpaygandi. Muammoning muhimligi şundaki, qişloq xöjaligi ekinlarini aprelgaça yiğib olişga ulgurmay qoliş xavfi mavjud.

Bu orada çigirtkalar Keniyagaça yetib borgan. Bu yerdagi vaziyat oxirgi 70 yil içidagi eng oğiri bölmoqda. Hozirda çigirtkalarni yöq qiliş uçun insektitsidlar sepişga bor-yöği 5 ta samolyot jalb etilgan.

Avtobus içidagi otişma

Içida 40 ga yaqin kişi bölgan avtobus haydovçisi otişma boşlanişi bilan avtobusni Beykersfild şahri yaqinida töxtatgan.

Nomaʼlum şaxs Los-Anjelesdan San-Fransiskoga ketayotgan avtobus içida otişma sodir etdi, deb xabar berdi “NBC News”.

Kaliforniya yöl politsiyasi vakili Stiv Loftasning bildirişiça, politsiya mahalliy vaqt bilan soat 01.30da (Toşkent vaqti bilan 14.30) avtobus yölovçilaridan çaqiruv olişni boşlagan.

Politsiya vakili otişma oqibatida bir neça kişi jiddiy jarohatlanganini, ayrimlar örtaça oğirlikda jarohat olganini maʼlum qildi.

IHT “asr kelişuvi”ga qarşi

Islom hamkorlik taşkiloti (IHT) AQŞning Yaqin Şarqdagi vaziyatni barqarorlaştiriş böyiça rejasi qabul qilinmasligini bildirdi. Bu haqda IHT bayonotiga tayanib “Al-Jazira” telekanali xabar berdi.

Bayonotda “IHTga aʼzo barça davlatlar bu rejaga aloqador bölmaslik hamda uşbu rejaning qanday şaklda bölmasin amalga oşişi uçun AQŞ maʼmuriyati bilan hamkorlik qilmaslik”ka çaqirilgan.

Telekanal IHT kattaligi böyiça BMTdan keyin ikkinçi örinda turuvçi taşkilot ekanini qayd etgan — IHTga aloqador mamlakatlarning umumiy aholisi soni 1,8 mlrd. kişidan ortiq.

Avval Falastin milliy maʼmuriyati rahbari Mahmud Abbos AQŞ prezidenti Donald Tramp “asr kelişuvi”ni eʼlon qilganidan söng AQŞ va Isroil bilan aloqalar uzilişini maʼlum qilgandi.

Internet xabarlari asosida A.Sodiqov tayyorladi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan