Turkiya ayblanuvçilarga çiqarilgan hukmdan norozi

Avvalroq Saudiya Arabistoni Boş prokuraturasi Qoşiqçini öldirişda ayblangan beş kişi ölim jazosiga, yana uç kişi 24 yilga ozodlikdan mahrum qilişga hukm etilganini maʼlum qilgandi.

«Saudiyalik jurnalist Jamol Qoşiqçining işi böyiça ayblanuvçilarga çiqarilgan hukm har tomonlama tergov va adolatli qaror çiqarilişini kutayotgan mamlakatimiz va jahon hamjamiyatining kutganlariga mutlaqo mos emas. Qurbonning jasadi qayerdaligi, qotillik buyurt­maçilari va mahalliy yordamçilar kabi muhim savollar çetda qolib ketdi. Biz bu qotillikni tergov qiliş doirasida Saudiya Arabistoni hukumati bilan huquqiy hamkorlikni kutamiz», deyiladi Turkiya taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Xami Oqsöyning bayonotida.

Kaşmir masalasida murosa qilinmaydi

Pokiston quruqlikdagi qöşinlar ştabi boşliği Qamar Javod Bajva Pokiston Kaşmir masalasi böyiça murosaga tayyor emasligini  maʼlum qildi.

«Bizning tinçlikka intilişimiz ojizlik sifatida qabul qilinmasligi kerak. Biz töliq tayyorgarlik körganmiz va har qanday tajovuzni qaytariş qölimizdan keladi hamda mamlakatimizni himoya qilişga tayyormiz. Nima bölmasin, Kaşmir böyiça murosaga kelinmaydi», dedi u Kaşmirdagi nazorat çiziğini közdan keçiriş çoğida.

Kaşmir hududi 1947 yildan, yaʼni Hindiston mustaqillikka erişganidan söng diniy belgisi böyiça ikkita davlatga bölinganidan buyon Hindiston va Pokiston örtasidagi bahs mavzusi bölib kelmoqda. Ayni paytda hududda davlat çegarasi yöq: uning hududini nazorat çiziği ikkiga ajratib turadi.

Niderlandiyadagi oxirgi kömir elektr stansiyasi yopildi

Niderlandiya poytaxti Amsterdamda mamlakatda kömirda işlovçi oxirgi elektr stansiya yopildi. Bu haqda Niderlandiya OAV  xabar berdi.

Ötgan dam oliş kunlari Xemveg elektr stansiyasining peçiga oxirgi marta kömir yuklangan, 23 dekabrda esa stansiya rasman töxtatilgan.

25 yil davomida elektr energiya işlab çiqargan elektr stansiyani iqlim bilan boğliq muammolarni hal qiliş uçun yopişga qaror qilingan.

Kömir atrof-muhitni eng ifloslantiruvçi qazilma yonilği hisoblanadi. Taʼkidlanişiça, Xemveg elektr stansiyasi yiliga 3,3 megatonna SO2’ni atrofga çiqargan.

Niderlandiya hukumati stansiyaga egalik qiluvçi «Vattenfall» şved kompaniyasiga 52,5 million yevro tovon puli tölab bergan.

«Volkswagen» kompaniyasi rekord darajada jarimaga tortildi

Avstraliya sudi «Volkswagen» kompaniyasini «dizelgeyt» işi doirasida mamlakat uçun rekord miqdordagi 125 mln. Avstraliya dollari (77,5 mln. yevro, 86 $ mln.) jarima tölaşga hukm qildi. Bu haqda « VVS News»  xabar berdi.

Raqobat va isteʼmolçilar huquqini himoya qiliş masalalari böyiça komissiyaning taʼkidlaşiça, kompaniya 2011 yildan 2015 yilgaça mamlakatga avtomobillarning zaharli modda ajratiş miqdorini kamaytirib körsatadigan qurilma örnatilgan deb 57 ming dona avtomobil olib kirgan.

Internet xabarlari asosida

A.Sodiqov tayyorladi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan