Maʼrifatparvar adibning sönggi kunlari

Mahmudxöja Behbudiy tavalludining 145 yilligi

— Bizlar Baytullohni ziyorat etmak uçun Samarqanddan çiqğon edik, yölda amir maʼmurlari “sizlar jadid, kofir va tilçi” deb bizni qölğa oldilar. Taftiş qilinsun, bizning gunohsizligimiz şoyad maʼlum bölar, — deydi Behbudiy hazratlari.

Notinç 1919 yilning yozida Buxoro amirligi hududiga kiruvçi Qarşi şahrining zindoniga tutaş kimsasiz maydonda mudhiş voqea yuz berdi — tört begunoh inson qatl etildi. Maqtullardan biri — maşhur maʼrifatparvar adib, “Oyina” jurnalining muharrir va noşiri Mahmudxöja Behbudiy va uning ikki şerigi – Mardon­qul Şomahmud öğli va Mahmudxöja Örinboy öğli bölib, bular qatorida Qarşi begining mahrami, zindonbon Ahmad degan kişi ham qatl etilgan edi. Aytişlariça jallodlar mahkumlarning özlariga öz qabrlarini qazişni majbur qilişgan, söng ularni ölim oldidan namoz öqib olişlariga ham yöl qöymay oldin Mahmudxöja Behbudiyni, söng boşqalarning böyinlariga piçoq tortib, boşlarini tanlaridan judo qilişgan, tayyor çuqurlarga kömib, örni bilinmasin uçun yer bilan bir qilib tekislab yuborişgan.

Xöş, bu beçoralarning gunohlari nima edi, Behbudiy hazratlarining muborak qoni nima uçun tökildi? Bu muammolarni yeçiş uçun avvalo uşbu qatlda boş “gunohkor” sanalgan Mahmudxöja Behbudiy kim edi, degan savolga javob berilişi lozim.

Mahmudxöja Behbudiy 1875 yilda Samarqand yaqinidagi Baxşitepa qişloğida mullo Behbudxöja oilasida tavallud topadi, uning otasi öqimişli kişi bölib, asli turkistonlik, uluğ avliyo zot bölmiş Ahmad Yassaviy avlodlaridan edi. U köp ötmay vafot etadi va yoş Mahmudxöja toğasi qozi Muhammad Siddiqning tarbiyasida voyaga yetadi. Söng Samarqand va Buxoro madrasalarida tahsil olib, şariatning yuksak lavozimlari — qozi va mufti darajasiga erişadi. U boşqa qozilar singari öz tinçini közlab, bilganiça hukm çiqarib, oilasi bilan töq yaşab, yetarlidan ortiqroq boylik orttirib yurişi mumkin edi. Ammo qalbi pok, aqli tiyran bu zot bu yöldan bormadi, u olamga qalb közi bilan boqdi, undagi haqsizlik, adolatsizliklarni kördi, xalqning dardu alamini dilgir yuragi bilan çuqur his etdi. Mahmudxöja öz millatining taqdiri uçun qayğurdi, vatan ravnaqi uçun yöl izladi. U taraqqiyotni ilmu maʼrifatda deb bildi, kişilarni ilmga, ziyoga çorladi, jaholatu bidʼatdan qoçişga undadi. “Dunyoda yaşamoq uçun dunyoviy fan va ilm lozimdur, boy bölmoq u yoqda tursin, rözğor tebratiş uçun ham ilm kerak”, — dedi u yurak-yuragidan kuyinib va yoşlarga ilm beriş uçun maktablar oçdi, darsliklar yozdi, odamlarga dunyo­viy ilm berişning eng ilğor yöli bölgan yangi — jadidçilik ğoyalarini yoqlab çiqdi. Neça zamonlardan beri kişilar ongini qoplab kelayotgan jaholatni quviş uçun teatr tomoşalari yozib, namoyiş ettirdi, “Samar­qand” gazetasi va “Oyina” jurnalini çiqarib, elga ilmu maʼrifat yoymoqçi böldi. Olamni yetuk ziyraklik bilan kuzata olgan bu komil inson dunyoda röy berayotgan ijtimoiy hodisalarga ham öz munosabatini bildirmasdan tura olmadi. Çunonçi, u asr boşida Rossiyada siyosiy harakatlar boşida turgan firqalarga baho berar ekan, sotsial-demokratlarning dasturi xayoliy ekanligini, şariatga töğri kelmasligini 1906 yildayoq röy-rost aytgan edi.

Istiloçi çor Rossiyasining istibdodi biroz böşaşgaç, Behbudiy milliy-ozodlik kuraşida faol iştirok etdi, istiqbol uçun jon kuydirdi, Turkiston muxtoriyatining asosçilaridan biri böldi. Muxtoriyat qonga botirilgaç u bolşeviklar davrida ham maktab-maorif sohasida biroz işladi, ammo bu hukumatning zöravonlik siyosatiga aslo qöşila olmadi. Şunday bir vaziyatda, yaʼni 1919 yilning bahorida u ikki maslakdoş döstlari bilan “haj qiliş” uçun deya, ammo özlariga va Yaratganga ayon bölgan rejalar tufayli çet elga boriş uçun yölga tuşadilar va Şahrisabzda Buxoro amirligi odamlari tomonidan hibsga olinadilar. Bu yerda ikki oy zindonda hibsda saqlanganlaridan söng ularni Qarşiga olib keladilar. Aytişlariça Mahmudxöja Behbudiy va uning qölga olingan şeriklari bilan Buxoro amirligi tomonidan qöyilgan Qarşi begi Toğaybek örtasida şunday savol-javob bölib ötadi:

— Sizlar kimsizlar, nima uçun hibs qilingansizlar? — deb söraydi bek.

— Bizlar Baytullohni ziyorat etmak uçun Samarqanddan çiqğon edik, yölda amir maʼmurlari “sizlar jadid, kofir va tilçi” deb bizni qölğa oldilar. Taftiş qilinsun, bizning gunohsizligimiz şoyad maʼlum bö­lar, — deydi Behbudiy hazratlari.

— Sizlar jadid va kofirdirsiz. Buxoroga janob oliyga tiğ tortqon sizning maslakdoşlaringiz emaslarmi? Sizlarni öldirmoq kerak. Sizlar qutilmoq uçun Baytullohga bormoqni bahona etib körsatasiz, — deydi bek.

Behbudiy va uning yöl­doşlari qölga olinganlarida bekning birinçi mahrami va zindonboni bölgan Ahmad ismli kişi Behbudiyni tanib, unga qölidan kelgança muruvvat körsatişga harakat qilgan edi. U begunoh bandilarga açinib, ularni ozod qiliş umidida bekka:

— Taqsir, bularning işlari haqiqatlab körilsa, gunohlari aniqlanib, keyin jazo berilsa bölardi, — deb örtaga tuşadi. Bunga javoban bek ğazablanib:

— Endi bildimki, sen ham jadid ekansan, çunki jadidlarga tarafdorlik qilayapsan. Öldurula­turğon jadidlar uçta edi, endi sen bilan törtta böldi, seni ham öldurmak kerak, — deb uni ham zindonga qamaşni va amirdan farmoyiş kelişi bilan ularning qatl etilajaklarini aytadi. Bunga javoban Behbudiy hazratlari:

— Bizlar ölimdan qörqmaymiz. Munday yölda yolğiz biz ölmagan, balki köp kişilar töğrilik va inqilob yölida şahid bölğonlar, — deydi.

“Dunyoda yaşamoq uçun dunyoviy fan va ilm lozimdur, boy bölmoq u yoqda tursin, rözğor tebratiş uçun ham ilm kerak”.

Köp ötmay ular qatl etiladilar. Amir Buxoroga xoinona hujum qilgan bolşeviklarning öçini ularga muxolif bölgan maʼrifatparvar begunoh Behbudiydan oladi. Ammo Behbudiy hazratlarining ölimida bolşeviklarning qöli borligi yaqqol sezilib turardi, öşa zamonlar Rusiyaning Buxorodagi elçisi Utkin degan şaxsning bu işga boş-qoş bölganligi töğrisida maʼlumotlar bor. Olimlarning farazlariça Behbudiy hazratlari bu safar hajga emas (adib oldinroq haj safariga borib kelganligi uning “Sayohat xotiralari” yöl lavhalaridan maʼlum) balki bolşeviklarning zöravonliklarini foş etiş uçun çet ellardan birida ötkazilayotgan anjumanga ketayotgan edi. Turgan gapki “quloği ding” bolşeviklar biror xoin orqali bundan xabardor bölib bu işning “çorasini körganlar”, yaʼni qonxör amir qöli bilan millatning fidoyi farzandini öldirib, özlarining zakiy, jasur va obröli duşmanlaridan qutilganlar. Natijada yovuzlik yana ğalaba qilgan, begunoh qonlar tökilgan.

Behbudiy hazratlarining eng yaqin şogirdlaridan biri bölgan Sadriddin Ayniy bu yovuz kuçlarga qarata:

Ey madfuni insoniyat,

                              ey maqtuli ahror!

Ey markazi vahşoniyat,

                              ey mahmani aşror!

Qon tök, yana qon tök,

                               yana qon tök!

Qon tök-da çömil qonğa!

                              Yiqil qonğa!

deb közlaridan yoş oqizib faryod qilsa, uning yoş şogirdlaridan biri bölgan Çölpon:

Bilgisiz qabringni

                           qora tunlarda

Amalimning şaʼmin

                          yoqib izladim,

deb bözlagan edi. Ha, Behbudiy hazratlarining mozori to hanuz bu dam topilganiça yöq, ammo uning muborak qonidan ungan çeçaklar istiqlolimiz nasimida hilpirab gullab, yaşnab turibdi. Öşa paytdagi makkor davr tizimi uning nomini, aʼmollarini yöqqa çiqariş uçun qançalik urinmasin, bu tabarruk nom yöqolmadi, dillarda yaşadi va yaşab kelmoqda. Behbudiy hazratlari ölimi oldidan yozgan va bizgaça uzuq-yuluq bölib yetib kelgan öz vasiyatnomalarida: “Bizlarni unutmangiz, maktab-maorifni taraqqiy ettiringiz”, degan edilar, ul zot aytganlari töla amalga oşdi va oşmoqda. Ha, şahidlar qoni behudaga ketmaydi!

Muxtor Xudoyqulov.

Behbudiyning hikmatli fikrlaridan:

Haqiqiy matbuot heç kimni xotiriğa qaramas.

* * *

Odam bolasini qança ilmi ziyod bölsa, dunyo, tarix, juğrofiya ilmidan xabari bölsa, şunça yaxşidir.

* * *

Insonning nuqson va xatodan xoli bölmasligi har bir odamga maʼlum.

* * *

Biz turkistoniylarğa turkiy, forsiy, arabiy va rusiy bilmoq lozimdur.

* * *

Xatni kamsöz, sermaʼno yozmoq kerak.

* * *

Islomiyat şunday bir dini matin va qobili taraqiydurki, na qadar ilmi zamoniy köb öqisa insonni yana dini islom­ğa şunça aqidasi mustahkam bölur.

* * *

Na usuli jadida maktabiğa öquğon sababli va na öqiğon vajhidan kişi kofir bölmaydur.

* * *

Madaniyati hozirdan mahrum qolub, sanoyeʼ va maorif salohi ila qurollanmagan millat esa dunyoda rohat va saodat yuzini körolmas.

* * *

Dunyoda turmoq uçun dunyoviy fan va ilm lozimdur.

* * *

Teyotr ibratnomadur, teyotr vaʼzxonadur, teyotr taʼzir adabidur.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan