Bobur mirzo qanday inson bölgan?

14 fevral — Zahiriddin Muhammad Bobur tuğilgan kun

Qayon ketmoqdasiz…

Boşimni olib, ey Bobur, ayoq yetgança ketgaymen.

Zahiriddin Muhammad Bobur.

Kimga dunyo, kimga köngil şoh ekan,

Dunyo deganlari alam, oh ekan,

Odamga umidi döst, hamroh ekan,

Qayon ketmoqdasiz, Hazrati Bobur?

Iymonni dilida tuğday tutgan zot,

Orini toğlardan baland etgan zot,

Otning ustida ham aşʼor bitgan zot,

Qayon ketmoqdasiz, Hazrati Bobur?

Hayot boşdan oyoq bepoyon tilsim,

Goh oğa sotişin kim öylab bilsin,

Qalbi qulf kaslarga Xudo bas kelsin,

Qayon ketmoqdasiz, Hazrati Bobur?

Şu çoğ yolğiz qöygin habibi hamdam,

Köngil zor qaqşasa kim qilgay motam,

Gohida özidan bezarkan odam,

Qayon ketmoqdasiz, Hazrati Bobur?

Siz birlan bir mumtoz mahallar ketdi,

Işq bunyod etgan Tojmahallar ketdi,

Humoyun, Komronu Akbarlar ketdi,

Qayon ketmoqdasiz, Hazrati Bobur?

Yetar bas, könglimga ketgayman men ham,

Bir gözal olamga yetgayman men ham,

Şu yurt deb,

Şu el deb ötgayman men ham,

Qayon ketmoqdasiz, Hazrati Bobur?

Ğayrat Majid

“Hijron aro yod etib, meni şod etting” deya lutf etadi Mirzo Bobur ruboiylaridan birida. Çindan ham, uluğ ajdodlarni yod etiş, ularning benazir ilmiy va badiiy merosini örganiş, hayot yöllarini tadqiq qiliş avlodlarning burçidir. Aslida Vatani tarixi bilan qiziqmaydigan inson bölmasa kerak. Ayniqsa, buyuk şaxslarning hayoti va insoniy xarakteri qiziq va ibrat olgulikdir.

Zahiriddin Muhammad Bobur şaxsi haqida gapirganda, avvalo, uning Allohning bir bandasi, inson sifatida körgan keçirganlari, mustahkam imperiya quriş mahorati va maşaqqatlari, otalik mehri, qarindoş­lik anʼanalari, xarakteridagi tantilik va mardlik kabi sifatlarini örganiş va örgatiş muhim ahamiyat kasb etadi.

Eʼtirof etiş kerak: boburşunoslik ilmida zahmatkaş olimlarimiz tomonidan köplab ilmiy tadqiqotlar, xulosa va takliflar ilgari surilgan, hamon izlanişlar davom etmoqda. Ammo tadqiqotçilar davrasidan taşqaridagi odamlar, oddiy xalqimiz bu jarayondan bexabarligi, ilmiy yangiliklarning omma­bop uslubda taqdim etilmasligi bu boradigi kamçiligimizdir balki. Zotan, bu kuçli şaxs köp jihatdan bugungi avlodlarga örnak böla olişini har kim, ayniqsa, yoş avlod bilişi, ang­laşi foydadan xoli bölmaydi.

Birinçi galda Mirzo Boburning öta rostgöy inson bölgani tahsinga loyiq. «Boburnoma»ni varaqlar ekanmiz, uning oq qoğoz qarşisida özidan farişta yasab olmagani, bor gunohu savobini röy-rost yozganiga amin bölamiz. U goh gullarning turi-yu rangini sanayotgan biolog, goh harbiy sanʼatdan saboq berayotgan sarkarda, goh sözni, şeʼrni uvol qilmaslikni örgatayotgan adabiyotşunos va hatto kasalliklar taşxisiyu davo yöllari haqida fikr bildirayotgan hakim timsolida gavdalanadi.

Nafaqat şoh va şoir, balki qomusiy olim deya eʼtirof etilgan Mirzo Bobur asarlari hanuz Ğarb mamlakatlarida ham sevib öqilayotgani, qayta-qayta tarjima va yangi naşrlar qilinayotganining boş sababi ham mana şu rostgöylikda bölsa kerak. Muallif hatto öz kamçiliklarini-da xaspöşlamay aytaveradi. U zamondoşlarini va biz avlodlarini aldamagani uçun ham hurmatga loyiq.

Tarixnavis Ğiyosiddin Xondamirning «Habib us-siyar» asarida Mirzo Boburning tuğilgan vaqti va bolaligiga doir şunday tas­virlar bor: «Mirzo Umarşayx ibn Mirzo Abu Said ibn Mirzo Sulton Muhammad ibn Mirzo Mironşoh ibn jahon oluvçi sohibqironi Amir Temur Köragonga atolar baxş etuvçi hazrat xotini Nigorxonim binta Yunusxonda bir öğil karomat qildikim, ham bolalik ayyomi boşidan davlat va iqbol nurlari holi jamolidin yaltirar, ham ösib-ulğayiş zamoni avvalidan şavkat va istiqlol alomati baxt kelajakli manglayidan bilinib turardi».

Bola boşidan deganlaridek, tarixçi Xondamirning maʼlumot berişiça, Mirzo Bobur bolaligidanoq «davlat va iqbol nurlari holi jamolidin yaltirar», keyinçalik tarbiyatu ilm köra boşlagaç «ösib-ulğayiş zamoni avvalidan şavkat va istiqlol alomati baxt kelajakli mangla­yidan bilinib turardi». Muhammad Haydarning «Tarixi Raşidiy» asaridan esa bu uluğ bobomizning ismlari ham şunçaki qöyilmaganini biliş mumkin. Yaʼni Zahiriddin Muhammad ismi Xöja Ahror Valiy tomonidan qöyilgan ekan. Şu örinda eslatib ötaylik: davrining kitob körgan, maʼrifatli insonlari bilan bamaslahat farzandlariga ism qöyiş ota-bobolarimizning yaxşi anʼanasi bölgan. Şuni qayta yodga oliş ham bugunning zarur ehtiyojidir. Zotan, ismning jismga, ruhga köçişi bor gap.

Temuriylardagi maʼrifat ahliga hurmat va homiylik xislati Mirzo Bobur xarakterida ham muhim örin tutgan. Birgina misol: u bir xastalikka uçragaç, Alloh köng­liga «Volidiya»ni nazmiy tarjima qiliş niyatini soladi. Bu haqda uning özi şunday yozadi: «Seşanba keçasi safar oyining yigirma yettisida hazrat Xoja Ubaydullohning «Volidiya» risolasini nazm qilmoq xotirimğa keçti. Hazratning ruhiğa iltijo qilib, könglumga keçurdimkim, agar bu manzum ul hazratning maqbuli bölur, xud neçukkim, sohibi «Qasidai burda»ning qasidasi maqbul tuşub, özi aflij marazidan xalos böldi, men doği bu orizadin qutulub, nazmimning qabuliğa dalile bölğusidur». Allohning karomatini qarangki, tarjimadan söng Bobur mirzo jismida kasallikdan asar ham qolmaydi. Podşoh mana şu tarjimasidan nusxa va unga qöşib bir quyma oltin, bitta qitʼa Movarounnahrga öşa davr­­da Naqşbandiya tariqati peşvosi bölgan Maxdumi Aʼzamga yuborgani tarixiy manbalarda qayd etilgan. Maxdumi Aʼzam hazrat unga javoban «Boburiya» asarini yozib, şoh va şoirga tuhfa qilgan ekan.

Ahli ilm va ahli adabiyotga Zahiriddin Muhammad Boburning ixlosu homiyligi haqida juda köp dalillar keltiriş mumkin.

Mirzo Boburdan insoniy ibrat olişga arziydigan yana bir jihat uning qarindoş-­uruğ ayollar va umuman xotin-qizlarga mehru muhab­batli, samimiy munosabatidir. Bu haqda rostgöy otaning haqsöz qizi Gulbadanbegimning «Humoyunnoma»sida bir qança hikoyalar bor. Jumladan, u şunday yozadi: «Podşoh hazratlari Agra şahrida tört yil turdilar. Har juma kuni ammalarini körgani borar edilar. Bir kun havo nihoyatda issiq edi, onam hazratlari: «Bugun havo nihoyatda issiq, agar juma kuni körgani bormasangiz nima böladi? Begimlar bundan xafa bölmasalar kerak», deb söradilar. Podşoh onamga mana bunday javob berdilar: «Mohim, sizdan bu gapning çiqişi taajjubdir. Hazrat Abu Said mirzoning qizlari öz ota va birodarlaridan judo bölib, bu yerga kelgan, agar men ularning könglini olmasam, unda nima böladi?»

Mana şu misolning öziyoq Zahiriddin Muhammadning naqadar olijanob qalb egasi ekanini isbotlaydi. Bir jiyan sifatida otasining jigarlari — ammalari holidan har hafta, muborak juma kunida hol-ahvol söraşi bugungi kun insonlari uçun ham gözal ibratdir. Baʼzan vaqt masalasi, iş köpligini peş qilib, aslida oqibatsizlik sabab bizni soğinadigan, qömsaydigan insonlarimizning holidan xabar olmaymiz. Bu tarixiy hikoya ham oqibat haqida gözal namunadir.

Yana bir tarixiy dalil: 1506-1507 yillarda Mirzo Bobur Hirotga ketganidan foydalangan Mirzo Muhammad Husayn qözğalon kötarib, şaharni qamal qilib, Kobul taxtini egallagan. Bobur mirzo bu joyni qayta qölga kiritgaç, Mirzo Muhammadni xoinligiga qaramay, kiçik xolasi Xöbnigorxonimning eri – poççasi bölgani uçungina keçirgan, nafaqat keçirgan, balki ehtirom körsatgan ekan. Bu haqda Gulbadanbegim şunday yozadi: «…xolalarining xotirini qilib, Mirzo Muhammad Husaynning gunohini keçdilar. Xolalarining könglida bölib ötgan kulfat ğubori qolmasin deb ilgarigidan ortiqroq hurmat qildilar». Guvohi bölganimizdek, xolasining könglini oğritmaslik ğamini yegan Bobur bu borada ham köpçiligimizga ibrat desak, xato bölmas.

Gulbadanbegim onasi Mohimbegim va öziga nisbatan podşoh otasining mehrini ham çiroyli tasvirlagan. Çunonçi, u özining Qobuldan Hindistonga keliş voqeasini alohida iştiyoq bilan bayon etadi. Ular Agraga bazm ustiga kelişadi. Birozdan söng Gulbadanbegim otasining oldiga borib taʼzim qiladi, şunda Bobur mirzo undan hol-ahvol sörab, bir neça muddat tizzasiga olib ötirgan ekan (öşanda malika olti yoşda bölgan). Bu haqda Gulbadanbegim «…özimni şunday baxtli his qildimki, uni tasvir qilib bölmaydi» dey­di. Bundan ota va qizning samimiy ruhdagi munosabatini ilğaş mumkin.

“Boburnoma” mutolaasi jarayonida kuzatiş mumkinki, podşoh Bobur öğillar tarbiyasida ançayin qattiqqöllik qilgan körinadi. Bu Humoyun mirzoga yozgan xatlaridan seziladi. Aslida saroyda öz sohasining eng oldi bölgan mutafakkir ustozlardan tarbiya olgan yigitning imlosi yomon bölişi mumkin emas. Şunday emasmi? Ammo baribir, podşoh Boburning Humoyundan köngli tölmaydi. Imlo ustida, husnixat ustida köproq işlaş, eʼtiborli bölişni qatʼiy talab qiladi: «Yana men degandek, bu xatlaringni bitibsen va öqimaysen, ne uçunkim, agar öqur xayol qilsang edi, öqiyolmas eding. Öqiy olmagandan söng albatta tağyir berur eding. Xatingni xud taşviş bila öqisa bölur, vale asru muğlaqdur. Nasri muammo heç kişi körgan emas. Imlong yomon emas. Agarçi xeyli rost emas. «iltifotni «to» bila bitibsen. Qulunjni «yo» bila bitibsen. Xatingni xud har tavr qilib öqusa böladur, vale bu muğlaq alfozingdin maqsud tamom mafhum bölmaydur».

«Boburnoma»ni mutolaa qilarkanmiz, muallifning döstlari, navkarlari davrasida naqadar mard, tanti, qöli oçiq inson bölganini tasavvur qilamiz. Döstlar davrasida mutoyiba yölida şeʼrlar yozilgani, muşoiralar bölganini ham eslaydi. Ayniqsa, Ibrohim Lödiyga bergan bahosi tasvirlangan örinda uning rahbarlar xarakteridagi qaysi jihatlarni yoqtirmaganini aniq ilğaş mumkin: «Tengri taolo rost kelturdi ne yigitini rozi qila oldi, ne xazinasini ulaşa oldi. Qandin yigitini rizo qila olurkim, tabiatiğa imsok (xasislik) köp ğolib edi. Özi yarmoq yiğişturmoqqa behad tolib, betajriba yigit edi. Ne kelişi saranjomliq edi, ne turuşi, ne yuruşi ehtimomliq edi, ne uruşi».

Ayniqsa, Bobur siyratidagi mulohazakorlik, bosiqlik, tanganing har ikki tomonini ham birday köra oliş qobiliyatini eʼtirof etiş lozim. U kimdir haqida maʼlumot berar ekan, uning fazilatlarini sanay turib, kamçiligini ham unutmaydi. Hatto duşmanlari tasvirida ham ularning qusurlarini sanay turib, heç bölmaganda «tabʼi nazmi» borligini eʼtirof etadi. Şu bois ham, uning «Ros­ti şu ediki, yozildi» degan gapi mutlaq işonarli.

Mirzo Boburning Vatanga qaytiş maqsadi umrining oxirigaça yuragida bölgan. «Va­qoye»da muallifning bu haqdagi içkin tuyğulariga köp marta duç kelamiz: «Bizning ehtimomimiz ul sarilar bormoqqa behad va beğoyattur. Hinduston işlari ham bir navʼ somon topib keladur. Tengri taolodin umid andoqkim, bu oraning işi Tengri taolo inoyati bila bot saranjom topqay. Bu iş zab­tidin söng betavaqquf, Tengri yetkursa, mutavajjih bölğumdur. Ul viloyatlarning latofatlarini kişi neçuk unutqay. Alalxusus mundoq toyib va torik bölğonda qovun va uzumdek maşruʼ hazni kişi ne tavr xotirdin çiqargay».

Tan olib aytamizki, bu maʼlumotlar Zahiriddin Muhammad Boburning şaxs sifatidagi qirralarini oçişda dengizdan tomçi kabidir.

Sitora Tojiddinova,

jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan