Karvon hamon yöldadir… yoxud qadimiy Jizzaxning Buyuk ipak yölidagi ahamiyati

— Buyuk ipak yölining Jizzax vohasi uçun ham aha­miyati katta bölgan. IX–XI asrlarda Arab xalifaligi poytaxti Bağdoddan boşlangan karvon yöli bu davrda nihoyatda serqatnov bölib, Eronning Basra, Koşon va Ray şaharlari orqali Xurosonning poytaxti Marvga kelgan. U yerdan Amudaryoning çap sohilidagi Amul şahriga (Çorjöy) u yerdagi keçuv orqali ötgan.

 «Men salom va tinçlik yöllayman”.

Sohibqiron Amir Temurning Fransiya qiroli Karl VI ga 1402 yilda yuborgan maktubidan.

 …Quruqşagan sahrolaru yaşil vodiylar, körkam vohalarni bosib, qadim yöllardan uzun-uzun karvonlar kelayotir… Neça toğlar, çöqqilarni ortda qoldirib, muşku anbar, gözal begoyimlar egniga zeb beruvçi ipagu adras va atlaslarni, xonzodalar jamolini aks etguvçi xitoyi kumuş közgular, nodir yodgorliklar, asarlar, butun ilmu maʼrifatni ortib, oğir-oğir karvonlar bormoqda… Ular kelgusida mağrib bilan maşriqni tutaştiruvçi, turfa elatu millatlar madaniyatini birlaştiruvçi, Buyuk ipak yöli deb atalmiş uluğ yölga asos solişlarini xayollariga ham keltirmagan…

Manbalarda turli tarixiy davrlarda karvon yöllari turliça bölgani bitiladi.  XIV asr boşlari va  XV asrlarda — Amir Temur davrida savdo  yöllariga katta eʼtibor qaratilgan. Ularni rivojlantirib va qöriqlay turib, u Hindiston, Venetsiya, Fransiya, Ispaniya va Angliya, Xitoy, Misrga elçilar jönatadi. “Salom va tinçlik yöllayman” — Sohibqiron Amir  Temurning 1402 yilda Fransiya qiroli  Karl VIga yuborgan maktubi şunday nomlanib, uning nusxasi oradan 600 yil ötgandan söng, 1996 yilning mayida Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimovga Fransiyadagi döstona taşrifi çoğida topşirilgan.

Ipak yölining marvaridi

Jizzax viloyatidagi “Ilon ötdi” yoki Amir Temur darvozasi darasi

Buyuk ipak yölida Jizzax muhim ahamiyatga ega şahar-qörğondir.  Şahar ikki yöl kesişuvi, çorrahasida paydo bölgan, X asrda mazkur yöldagi yuk tuşiriş va ortiş joyi sanalgan. Qadim tarixiy manbalarda Dizak nomli şahar uçraydi, u Ustruşona tarkibiga kirgan. XV asrda, Temur hukmronligidagi yangi davlatda Jizzax yirik madaniy va iqtisodiy markazga aylandi. Bu borada ÖzFA arxeologik tadqiqotlar instituti  direktor örinbosari, Jizzax arxeologiya ekspeditsiyasi boşliği Muxtor Pardayev şunday deydi:

— Buyuk ipak yölining Jizzax vohasi uçun ham aha­miyati katta bölgan. IX–XI asrlarda Arab xalifaligi poytaxti Bağdoddan boşlangan karvon yöli bu davrda nihoyatda serqatnov bölib, Eronning Basra, Koşon va Ray şaharlari orqali Xurosonning poytaxti Marvga kelgan. U yerdan Amudaryoning çap sohilidagi Amul şahriga (Çorjöy) u yerdagi keçuv orqali ötgan. Buxoro vohasidagi turkiy savdogarlar şahri Poykentga yetgan. Keyingi katta töxtaş joyi hunarmandlar şahri, savdo sotiq markazi bölgan Samarqand, undan keyin esa Jizzaxga kelgan. Jizzaxning Buyuk ipak yölidagi iqtisodiy, harbiy strategik ahamiyati şunda bölganki, bu şahardan keyin karvonlar çöllar bilan qoplangan hu­dudga çiqqan. Aynan Jizzaxdan keyin karvon yöli uçga ajraladi. Birinçi yöl Jizzax — Ravot — Zomin — Sabot — Şahriston (Öratepa) — Aşt daşti orqali Farğona vodiysiga, söng Öş orqali Xitoyga yönalgan. Ikkinçi yöl Jizzax — Qoratepa (Daştobod) — Xovos — Xöjand — Farğona vodiysi va yana Öş orqali tutaşib Xitoyga ketgan. Uçinçi yöl qisqa, yaqinroğu lekin içar suvi kamroq bölgan Mirzaçölni kesib ötgan, yaʼni Jizzax — Sardoba — Mirzarabot — Yakkasardoba — Sirdaryo keçuvi, Toşkent vohasi va Yettisuv — Turfon orqali Xitoyga çiqilgan.

Tadqiqotlar natijasida Jizzax vohasining ğarbiy sarhadlari böylab bir yöl aniqlanganki, bu Samarqandni çetlab ötgan, yaʼni bugungi kun tili bilan ayt­ganda tranzit yöl hisoblangan. Demak, Buxoro, Poykent orqali kelgan karvonlar Nurota orqali Foriş tumaniga, uning markazi Boğdonga, undan keskin şimolga burilib, Xonbandi suv ombori, Kaltepa karvon saroyi orqali Sirdaryo keçuvidan ötib, hozirgi Qozoğiston hududlariga, u yerdan Ötror, Yettisuv, Turfon böylab Xitoyga ketgan. Jizzaxning Buyuk ipak yöli faoliyatida naqadar ahamiyatli hudud bölganini şundan ham köriş mumkin.

Marsmand qayerda joylaşgan?

Dastlab VII – XII asrlarda, söngra IX-XII asrlarda Jizzax vohasida iqtisodiy kötariliş davri hukm surgan. Marsmandda, Jizzax yaqinida har oyning birinçi sanasida xalqaro savdo yarmarkasi taşkil etilgan. Jun, mato va kiyimlar, ipak, zargarlik va metall buyumlar savdosi bölgan. Tarixçi ibn Xavqal Ustruşonaning Mink hamda Marsmandda hatto ruda qaziş va uni qayta işlaş rivoj­langanligini yozadi.

— Jizzax şahrining şarqiy qismida Jizzax-Paxtakor avtoyöli yoqasida Jizzax şahrining qadimiy örni Dizak Qaliyatepa saqlanib qolgan, — deydi Muxtor Pardayev. — Yozma manbalarda keltirilişiça, Jizzaxda nihoyatda köp karvonsaroylar, rabotlar faoliyat körsatgan. Taʼkidlanişiça, ular juda obod, hamma vaqt savdogarlar uçun eşiklari oçiq bölgan. Manbalarda Dizak şahriga yaqin yerda Marsmand degan şahar bor,  u yerdan temir rudasi qazib olinib, temir va pölatdan harbiy qurollar  işlab çiqariladi, deyiladi. Mavorounnahr, Bağdod va Xuroson amirlari nihoyatda sifatli ana şu qurollar bilan öz askarlarini qurollantirişga harakat qilganlar. Zomin tumanidagi Miqtepa yodgorligi va uning atrofidan temirçilar işlatadigan bolğa sandonlar, qadimgi şaxtalar topilgan. Olimlar ana şu yerni Mars­mand deya taxmin qilganlar. Biroq bizning nazarimizda, köhna şahar örni u yerda emas. Sababi, Özbekiston – Amerika qöşma ekspeditsiyasi tomonidan Baxmal tumanida maydoni 7-8 gektarga teng şaharça topildi. Toşbuloqtepa nomi bilan atalgan uşbu qadimgi inşoot Morguzarning tepasida keng sayxonlikda joylaşgan.  Bu yerda temir şlaklari juda köp, qazişmalar davomida temirçilik ustaxonlari örni aniqlanmoqda, qazuv işlari davom etayapti. Balki Marsmand şu yerda bölgandir. Tarixiy manbalarda: Temirçilar şaharçasida har oyda bir marta savdo yarmarkasi taşkil etiladi. Uning bir kunlik savdo aylanmasi 100 ming dinor oltinga teng bölib, bu öz davri uçun juda katta mablağ hisoblangan. Hamkasbimiz Leonid Sverçkov oçgan Mix qalʼasi atrofida esa tekislik joy yöq. Men fikr bildirayotgan joy, Baxmal tumanidagi şaharda katta savdo yarmarkalari taşkil qiliş uçun ulkan tekislik joy bor. Zomindan çiqqan karvon Supa orqali hozirgi Baxmal qişloğiga, undan Ösmat şaharçasi orqali Samarqandga ketgan. Bu vohamizning eng  qadimgi yöllaridan biridir.

Örta osiyo arğumoqlari

Ustruşonadan Jizzax orqali ötuvçi savdo yölidan olib ötilgan asosiy tovarlar ipak gazlamalar va xom ipak bölgan. Xitoy ipakning yurti bölib, Örta Osiyoga çinni va çoy ham eksport qilgan. Yaqin Şarq va Markaziy Osiyo jun hamda paxta matolar tayyorlaşga ixtisos­laştirilgan, bular Şarq böylab Xitoyga yetkazilgan. Şarqdan qoğoz sotib olgan yevropaliklar XIII asrda uni mustaqil özlari tayyorlay boşlaşgan. Xitoy sayohatçisi Çjan Syan Örta Osiyodan qaytib Xitoyda mavjud bölmagan baland böyli Farğona arğumoqlari töğrisida maʼlumot olib kelgan. Ipak yölining boşlanğiç rivojlaniş bosqiçida Örta Osiyodan ot bilan birga, jonivorlar uçun beda uruğini ham xarid qilişgan. Şuningdek, manbalarga köra, ilgari xitoyliklar uzum va uzum mahsulotlarini umuman bilişmagan, savdo yöli orqali ularni özlaştirgan.

Jizzaxdan nimalar olib ketilgan?

— Qadim va örta asrlarda Ustruşona poytaxti Bunjikatdan söng iqtisodiy jihatdan Zomin ikkinçi örinda turgan, — deydi M.Pardayev. — Zominda lalmi va suvli yerlar köp, katta maydonlar tokzor va ğallazorlarga aylantirilgan. Bizdan quruq mevalar Xitoy va Yevropaga ketgan. Ustruşonada, jumladan, Zominda va Jizzaxda boğdorçilik şu darajada rivojlanganki, baʼzi serhosil yillarda ular uy hayvonlarini ana şu şirin-şakar mevalari bilan boqişadi, deyilgan. Jizzax xalqi gilam töqiş, kigiz bosiş, jun va movutdan gazlamalar tayyorlaş böyiça omilkor bölişgan va çetga eksport qilişgan. Öz örnida Samarqand Söğdi, Buxoro, Farğona hamda Toşkent hunarmandlari öz mahsulotlarini Jizzax bozorlariga olib kelib sotişgan. Jizzax boy şahar bölib, bu yerlarga ham  ipak matosi olib kelib sotilgan. Qora rangli şişa idişlar Xitoydan olib kelingan. Qaliyatepadan xitoy tangasi, Ğallaorol vodiysidan xitoy közgulari topilgan. Ular disk şaklida bölib, bir tomoniga kumuş qoplangan, uşlaş uçun nozik dastasi bölgan.

Inqiroz davri

Amir Temur darvozasi darasidagi tarixiy bitiklar.

XVI asrga kelib baʼzi geopolitik va geoiqtisodiy faktorlar Ipak yölining uzil-kesil töxtaşiga olib kelgan. Biroq Örta Osiyo bilan Xitoy örtasida savdo XVIII asrgaça davom etadi. XIX asrning örtalarida Buyuk ipak yöli öz tarixiy vazifasini: Şarq bilan Yevropa taraqqiyotini birlaştiriş vazifasini yöqotdi, Xitoy ipagi dunyo valyutasi roli sifatida öz ahamiyatini yöqotdi.

— Keyingi davrlarda ham Buyuk ipak yölining faoliyati susaygani bilan savdo töxtab qolmagan. Xonliklar davrida Jizzaxdagi Tuzkondan eng sifatli tuz yetiştirilgan, temir işlab çiqarilgan. Bu faoliyat XIX asrning 60-70 yillari, yaʼni Turkistonning Rossiya istilosi davrigaça davom etgan. Istilodan söng Buxoro amirligi, Xiva, Qöqon xonligi bilan rus amaldorlari boşçiligida savdo işlari olib borilgan.

Ötmiş anʼanalari qayta tiklanadimi?

Bugungi kunda köplab davlatlar Buyuk ipak yölini tiklaşga urinmoqda, ötmiş anʼanalarini qöllaşga intilmoqda. Bu borada taşabbusni öz qöliga olayotgan Özbekiston öz arxeologik va arxitektura yodgorliklari bilan taniştirişga, dunyoga yuz oçişga kirişdi.  YUNESKOning “Buyuk ipak yöli — muloqot yöli” dasturi asosida XX asrning 90-yillarida Buyuk ipak yöli böylab sayyohlik yönalişlari, arxeologik va arxitektura yodgorliklari bö­yiça ulkan qayta tiklaş işlari amalga oşirildi. Res­publikamiz böylab köplab ilmiy ekspeditsiyalar taşkil etildi. Hindiston, Xitoy, Özbekiston, Şri-Lanka, Yaponiyada Buyuk ipak yölini örganiş böyiça maxsus ins­titutlar taşkil etilgan.

— Ötgan yilning 9 mayida Buyuk ipak yölida joylaşgan mamlakatlar va şaharlari töğrisida Yaponiyaning “NHK” kinokompaniyasi Özbekiston, Qozoğiston, Qirğizis­tonda maxsus hujjatli filmni suratga oliş uçun yurtimizga taşrif buyurdi, — deydi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining Jizzax viloyat hududiy boşqarmasi mutaxassisi Mahmuda Ismatullayeva: — “Poyezdda sayohat” nomli bu film Jizzax temir yöl vokzali, Zomin tuyaçilik fermasida, Pişağor qişloğida olindi. Ularda milliy urf-odatlarimiz, xalqimizning turmuş tarzi, madaniy merosi örin olgan.

Mazkur film uçun 45 nafar yaponiyalik mehmonlar taşrif buyurişgan. Ular şuningdek, Arnasoy tumanidagi Aydarköl suv havzasi, Zomin Milliy boği hududida bölişgan.

Sayyohlik salohiyati

— Buyuk ipak yölidagi maskanlar — Zomin, Yangiobod, Ğallaorol, Baxmal tumanlari sayyohlik hududi rivojlangan hududlar hisoblanadi, — deydi Sindor Qoraboyev. — Bu manzillarda tarixiy obʼyektlarimiz juda köp. Viloyatda 372 ta turistik maqsadda foydalansa böladigan obʼyekt­lar mavjud. Şulardan 42 tasi ziyoratgohlar, muqaddas qadamjolar hisoblansa, 63 dan ziyodi monumental yodgorliklar, 267 tasi arxeologik obʼyektlardan iborat. Ziyoratgohlarimiz soni 49 taga yetdi, ilmiy tahlillarga tayanib örganiş natijasida qator yangi arxeologik obʼyektlarimiz qöşildi.

Maʼlumotga köra, ayni damda Ğallaorol tumanidagi Xonimqörğon qalʼasida “Transoxiana” firmasi bilan hamkorlikda 29 milliard sömlik Yangi Xonimqörğon ekoturistik ansambli loyihasi uçun tamal toşi qöyildi. AQŞning “GMFR International” LLC kompaniyasi prezidenti Dilovar Ğulom bilan “GMFR Global Jizzakh” MÇJ, “Transoxiana-AZT” MÇJ örtasida bitimlar imzolandi.

Kompaniyaning Ğallaorol tumanida közda tutilgan lo­yihalarni bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş böyiça biznes-rejalar işlab çiqilayotgani maʼlum qilindi.

Bu inşoot bir kunda mingga yaqin sayyohlarni öziga qabul qiladi. Xonimqörğon qalʼasida Eron, Turkiya, Surxondaryodan kirib keladigan Afğoniston, Qirğiziston katta yöl traktidan foydalanib, mingga yaqin yölovçilar şoxobçalardan foydalaniş imkoni tuğiladi. Ayni damgaça GMFR Internation al. LLC. AQŞ  şirkati bilan uşbu loyiha uçun boşlanğiç qiymati 7 milliardlik şartnomalar imzolanib, amalga oşirilişi rejalari tuzilgan.  “Xonimqörğon” va “Oçiq osmon ostida”gi muzey majmuasi loyihalarini töliq amalga oşiriş işlari joriy yildan boşlanadi. Mazkur inşoot arxeologik jarayonda ham sayyohlarni qabul qiliş imkoniga ega böladi. Qolaversa, loyiha aynan şu jihati bilan arxeologiya sohasiga qiziqadigan Şvetsiya, Germaniya, Fransiya, Çe­xiyadan taşrif buyuradigan kiçik hajm­dagi mehmonlar eʼtiborini jalb etgan.

“Törtköltepa”ga investor kerak

Zomin tumanida Buyuk ipak yölida joylaşgan qator muhim karvonsaroylar Törtköltepa, Qoratepa, köhna Sabot şahristonlari bugun ham yaxşi saqlanib qolgan.

— 1989 yilda Törtköltepaning ilk oçiliş jarayonida iştirok etganman, — suhbatda davom etadi Sindor Qoraboyev. — Mazkur karvonsaroy yölning yoqasida, Jizzax va Zomin örtasidagi xuşmanzara yerda joylaşgan. Bir neça ziyoratgohlarning köpligi ham uning qulayligiga misol. Tarixiy manzil bölgan Pişağor ğori, Dölanaquduq buloqlariga yaqin. Bu obʼyekt oçilsa, uning 70, 80 foizi saqlanib turibdi. Qöqon­arava kiradigan darvozalari butun. Oxirgi qoraxoniylar vayron qilgan karvonsaroyimizdagi bozor hududi zamonaviy brusçatkaga öxşaş,  toş plitalari ham omon qolgan. Saroyning özining tanga zarb qiliş, kulolçilik va kandakorlik ustaxonalari, zargarlik, bozordagi hunarmandlik rastalari bölgan. Atrofi xandaqlar bilan öralib, suv yurgan. Qadimda Törtköltepani himoya qiliş uçun boş Pişağor  boşlanişidagi katta tepalikdan turib boşqarişgan. Niyatimiz bir tadbirkor çiqsa-da, mana saroy oçilişiga, uning tarixiy holatini dunyoga körsatişda boş-qoş bölsa, sayyohlar uçun eng gavjum yönaliş yasagan bölardi.

Viloyatda sayyohlikning eko va etno, ekstremal turlaridan taşqari, agro, gastro turizm kabi yönalişlari rivojlanmoqda. Agroturizmni rivojlantiriş  böyiça Zomin tumanidagi “Qahramon” fermer xöjaligiga  26 gektarlik yer ajratilgan.

Suhbatlardan ham körinib turibdiki, hali Buyuk ipak yöli va uning manzillarida yumuşlar bitmagan, moziy qatlarida hamon tariximizning yorqin sahifalari jilolanib turibdi. Qadimda ellararo madaniyat, ğoyalar, yangiliklarni taşigan bu uluğ yöl bugun tom maʼnoda qaytadan yangilangan va yoşarib bormoqda.

Xolnisa Rahmonqulova,

jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan