Davlatçilik qayğusi
yoki Sohibqiron Amir Temurning hokimiyatni idora etişda katta-kiçik lavozimlarga tayinlaş borasidagi tutgan yöl-yöriqlari haqida
Özbek davlatçiligida Sohibqiron Amir Temur oliy dargoh bilan birga mahalliy hokimiyat lavozimlariga munosib nomzodlarni topiş, ularni tarbiyalaş, vatan va el manfaati yölida xizmat qilişi uçun ulardan foydalanişda ham öziga xos adolat yölini tutdi va hattoki, mahalliy davlatçilik ijroiya tizimidagi boşqaruvning mumtoz şakllarini qayta tiklab, ötmişdagi xalqçil boşqaruvning eng yaxşi anʼanalarini tiklaşga erişdi.
Özbek davlatçiligida Sohibqiron Amir Temur oliy dargoh bilan birga mahalliy hokimiyat lavozimlariga munosib nomzodlarni topiş, ularni tarbiyalaş, vatan va el manfaati yölida xizmat qilişi uçun ulardan foydalanişda ham öziga xos adolat yölini tutdi va hattoki, mahalliy davlatçilik ijroiya tizimidagi boşqaruvning mumtoz şakllarini qayta tiklab, ötmişdagi xalqçil boşqaruvning eng yaxşi anʼanalarini tiklaşga erişdi.
Bu masala köproq huquqşunoslik nuqtai nazaridan yoritib kelinmoqdaki, bu borada qator tarixçilar özlarining ilmiy asarlarida mufassal töxtab ötganlar, lekin mahalliy hokimiyat lavozimlariga tayinlaş masalalarini örganiş bugungi kun nuqtai nazaridan yondaşuvni talab etadi.
Amir Temur bilan birgalikda köplab xalq tarafida bölganlar vatanni möğullardan ozod etib, uni gullab-yaşnatiş, bunyodkorlik va obodonçilik işlarida, Buyuk ipak yöli xavfsizligini taʼminlaş, savdo-sotiqni yölga qöyiş, diplomatik munosabatlarda, eng muhimi, quyi poğona — mahalliy hokimiyat masalalarida adolat ustuvorligini taʼminlaşda özlarining munosib hissalarini qöşganlar. Bu şaxslarning hayotini örganmasdan turib, Turon sultoni Amir Temurning kuçli va markazlaşgan saltanati boşqaruv tizimi mohiyatini töla tasvirlab beriş qiyin keçadi, albatta.
Davr taqozosiga köra, davlatçilik işlarida harbiy amaldor vazifalariga quyi tabaqa — oddiy navkarlar orasidan isteʼdodli yoşlarni topib, ularni tarbiyalaş masalalariga yetarli eʼtibor qaratilgan. Qarindoş-uruğçilikka mutlaqo eʼtibor qaratilmagan. Amir Şohmalik — Amir Temurning Şayx Nuriddin, amir Hoji Sayfiddin, amir Allohdod, amir Jahonşoh singari nomdor laşkarboşilaridan bölib, öşa davr boşqaruv tizimida öziga xos örin tutgan. Ammo haligaça bu şaxsning öşa davrdagi mavqei, bajargan işlari haqida töla tadqiqot olib borilganiça yöq.
Qölida qalam tutgan, özini tanigan ijodkor borki, u davrga jiddiy köz bilan qaraşga intiladi, çunonçi, Qalam Yaratganning möʼjizasi bölib, u har kimga ham berilmaydi. Qurʼoni Karimning “Qalam” surasida “Qalam va (u bilan fariştalar) bitadigan bitiklarga qasamki, (ey Muhammad (s.a.v.), siz — Parvardigoringizning marhamati bilan majnun emasdirsiz”, deyiladi. Şundan ham körinadiki, ijodkor boşqalar his etmaydigan neʼmat sohibi, u ijodga ötirganda, eng kuçli insonga aylanadi, u özi yozmaydi, balki qalam sehri unga madad beradi. Sözimiz isboti uçun Robindranat Tagorning “Rossiya maktublari” asaridagi iqtibosni keltiramiz. U yozadi: “Şörolar tuzumining… jiddiy xatolari bor, bir kun kelib, u bir baxtsizlikka sabab böladi”. Va şunday böldi ham: qudratli qurollarga ega bölgan davlat, har qança çiranmasin, parçalanib ketdi.
Biz bu örinda hind mutafakkirining tarbiya masalasidagi fikrlariga ham eʼtibor qaratişimiz kerak. “Bu şunday xatoki, maorif işlari bir andozada yuritilmoqda, biroq andozaga solingan inson mohiyati barqaror bölmaydi. Insonning aqli biqiq muhit içra bandi etilsa, borib-borib zavol topadi yoki qöğirçoqqa aylanib qoladi”. Ana şularni anglagaç, biz köp takrorlaydigan Abdulla Avloniyning: “Tarbiya biz uçun hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir”, degan hikmatli gapini köngildan ötkazasiz, qörqib, hadiksirab yon-atrofga qaraysiz-da: “Men-çi? Men qanday tarbiya beryapman öğil-qizimga?! Ularning ruhlarida qanday özgarişlar röy berayotganini nazardan qoçirmayapmanmi?!” — deya öylanib qolasiz.
Nima uçun Amir Temur özi “Temur tuzuklari”ni yozib, qatʼiy qonunlar joriy etib, davlatni boşqardi. Uning quyi poğona amaldorlar uçun körsatmalari tariximizdagi eng noyob va bebaho xazinadir, afsuski, birgina şu körsatmalarni öqimagan rahbarlar ham topiladi.
Quyi rahbarlar orasida maʼnaviyati yuksak, işbilarmon va eng muhimi, öz xalqim deb jonini fido etadiganlari topiladi, lekin mansabni hamon daromad manbaiga aylantirayotgan va burnining ostidan uzoqni körmayotgan “mansabparast”lar borligi ham haqiqat.
Bugungi davrga moslab töqilgan bir rivoyatda boladan söraşadi:
— Kim bölasan?
— Hokim!
— Nima uçun?
— Zör yaşayman, odamlarning özlari çöntagimni töldirib qöyişadi, xizmat maşinam, danğillama uyim, çiroyli kotibam böladi, — deb javob beradi.
Şaxsan özim guvohman, katta bir viloyatning hokimi huzuriga kirib, Sohibqiron Amir Temur hayotini örganiş borasida şartnoma imzoladik. Hokim ön kundan söng xabar olişimizni tayinladi. Töğri, biz homiyga muhtoj emasdik, viloyat uçun zarur maʼnaviy ehtiyojni örniga qöyib berişimiz kerak edi. Uzr, oçiq yozmayotganim uçun. Xullas, ön kundan söng hokimiyatga qönğiroq qilsak, öşa rahbar Sohibqiron Amir Temur nomi yozilgan qoğozni çetga taşlab: “Keyinroq!” debdi. Buni qarangki, öşa kişi zarbaga uçrabdi. Oradan ön bir kun ötib işdan olinibdi. Oradan yigirma yillar ötdi, ammo öşa hokimni qaytib körmadim.
Amir Temurning eng katta maqsadi yurtini möğullardan ozod etib, unda bunyodkorlikni avj oldiriş, xalqining farovonligi va tinçligini saqlaş edi. U zot uruşda vayron bölgan yerlarni heç qaçon xarobaligiça taşlab ketmagan, aksinça, obod etgan va quyi poğona rahbarlarga ham şu işlarini namuna qilib körsatgan.
Ali Yazdiy özining “Zafarnoma” asarida bunyodkorlik u zotda tuğma edi, deb yozadi va Xorazm voqealariga töxtalar ekan, “podşolik marhamati hijriy 793 (milodiy 1391) yili Jangi Qavçinning öğli Musikani Xorazmni obod etişga jönatdi. U Qoon mahallasini qörğon qilib örab oldi va obod qildi. Hozirgi paytda (XV asr 20-yillarida) Xorazmning eng obod joyi öşa erur”, deydi.
1381 yilda Xurosonda (hozirgi Afğonistonda) olib borgan işlari ham tahsinga sazovor. Murğob vodiysida töxtagaç, barça sarkardalariga suv çiqarib, bu yerlarni obod etişni buyuradi. Hofiz Abru “Geografiya” asarida ular tomonidan qazilgan ariqlarning nomlarini birma-bir sanab ötgan: Dilkuşo ariği, Ganjravon ariği, Darband, Ganjxona ariği, Umar Tobon ariği, Oq Buğo ariği, Qutluğ Temur ariği, şoh Jondor ariği, Kelaçi ariği, Qutluğ xotun ariği, Mengli xoja ariği, Ali Malik ariği.
Eʼtibor bersangiz, aksariyat ariqlarning nomlari qaziş işlarida boşçilik qilgan sarkardalarning ismiga qöyilgan. Yana bir jihati, bu yerda Qutluğ xotun nomi tilga olinmoqda. Bundan qaziş işlarida nomdor ayollar ham iştirok etganligi maʼlum böladi. Bu ham Amir Temur adolatidan darak emasmi?!
Amir Temur 1399 yilda Qoraboqqa kelganida, Azarbayjonlik Z.Pirriyevning maʼlumotlariga köra, mazkur hududda köpgina obodonçilik işlarini amalga oşirgan, xususan, Boylakonda qurilgan suğoriş kanali mahalliy xöjaliklarni rivojlantirişga katta hissa qöşgan. Mazkur kanal Kuşk va Jonköpri deb nomlangan joydan, Araps daryosidan boşlanib, Boylakon yaqinidagi Sarjabil degan joyda, Pirkamar qabri yonida tugaydi. Uning uzunligi 60-70 kilometr edi. Bundan taşqari, Boylakon şaharçasi devorlarini ham tikladi: uning uzunligi 240 quloç, eni 11, balandligi 15 quloç bölgan. Devor böylab eni 30, çuqurligi 20 quloç bölgan handaq ham qazilgan. (3.3.Pirriyev. Ozarbayjon).
Amir Temurning şaxsiy sifatlarini örganar ekanmiz, dunyoning öşa paytdagi eng imonli tarixçilaridan biri bölmiş Nizomiddin Şomiyning (“Zafarnoma”, T.,“Özbekiston” naşriyoti, 1996 y., 20-bet) quyidagi sözlariga eʼtibor qaratiş lozim:
“Uning adolati-yu, siyosati örnatilgan kunlarda Movarounnahrning eng çekka joylaridagina emas, balki Xitoy va Xötan çegarasidan Dehli va Kanboyit atroflarigaça, Bobul-Abvobdan to Misr va Rum hududigaça bölgan yerlardan savdogarlar u yoqda tursin, bolalaru beva xotinlar ham ipakli matolar, oltin-kumuş va eng zarif tijorat mollarini keltirardilar va olib ketardilar. Heç bir kimsa ularning bir donasiga ham köz olaytirolmaydi va bir dirhamiga ham ziyon yetkazmaydi. Bu çeksiz neʼmat va poyonsiz marhamatlar Amir Sohibqironning siyosati va adolati natijasidir”.
Yoki öz davrining közga köringan tarixçisi Muiniddin Natanziy yozadiki, Amir Temur: “Adolat örnatişda şu qadar ğayrat qildiki, uning salobatidan fil paşşaga tavoze qilardi”.
Uning davlatçilik borasidagi dastlabki işlaridanoq ana şu siyosatni aniq belgilab olib, unga qatʼiylik bilan amal qilganini köramiz. Masalan, 1370-75 yillarda tarqoq Movarounnahrni birlaştiriş boş masala edi. Jumladan, Husayn Söfi bilan qonli töqnaşuv emas, muloqot va ahdlaşuv orqali masalani hal etiş maqsadida unga bir emas, uç marta elçi yuboradi. Bu örinda ham uning Qurʼoni Karimning “Yosin” surasi, 14-oyatidagi: “Öşanda biz ularga ikkita (elçi)ni yuborganimizda, (ular) ikkisini yolğonçiga çiqarişgaç, uçinçi (elçi) bilan quvvatlantirdik”, degan sözlarga amal qilganiga guvoh bölamiz. Uçinçi elçi bilan masala hal etilmagaç, Amir Sohibqiron quda-andaçilik anʼanalarini yölga qöyib, tönğiç öğli amirzoda Jahongir Mirzo bahodirga Xonzodani olib berdiki, bu bilan uzoq özaro ahillik va birlik közlangan edi. “Qudaçilik – ming yillik”, degan purmaʼno gap bor bizda.
Amir Husaynga qarşi qöşin tortganda, amirlar Malik va Abdullohlar ğaddorlik yöliga ötişgan edi. Ularni qölga oliş kerak, deb maslahat berganlarida, Amir Sohibqiron bunga rozi bölmadi. “Bu kunlar davlatimizning boşlanğiç pallalaridir. Qaysi podşoh öz işini ğaddorlik va bevafolik asosiga qursa, kişilarga ozor beriş va halok qilişga oşiqsa, uning davlati çayqalib, qarorsizlikka yuz tutadi”, dedi va odamlarga eʼtibor beriş va ularni himoya qiliş asosiy vazifa ekanligini alohida taʼkidladi.
Çindan ham, Amir Temur davrida qonunçilik birinçi örinda bölib, ayniqsa, inson taqdiri borasida ehtiyotkorlik bilan iş körilar, axloqsizlik, buzğunçiliklarning oldi olinar edi. Misrlik olim Muhammad Jamoliddin: “Uning yomonlik va axloqsizlikni körarga közi yöq edi”, deb aytadi.Çindan ham, “Mamlakat kufr bilan turişi mumkin, lekin zulm bor yerda turolmaydi”. “Temur tuzuklari”, “Özbekiston NMIU, 2011 yil, 136-bet).
Sohibqiron Amir Temur uzoqni körib iş tutuvçi inson edi. U yolğiz uzoqqa borolmasligini, bandai ojiz ekanligini va har onda xatoga yöl qöyişi mumkinligini teran anglardi, şu bois ham, u payğambar avlodlari, sayyidlar bilan birga uluğ maşoyixlarni ham öziga yaqin tutdi va ularning körsatmalariga doimo qatʼiy amal qildi. Biz bu örinda yana Amir Temur ehtirom körsatgan tört maşoyix haqida söz yuritmasdan ötolmaymiz.
Ulardan biri Şamsuddin Kulol bölsa, ikkinçilari Amir Kuloldir. 1991 yillar boşlarida yoritilgan ayrim maqolalarda bu ikki tarixiy şaxsni yangliştirgan jihatlarni ham köramiz. Şamsiddin Kulol Şahrisabzda yaşagan, qabri ham öşa yerda. Amir Kulol esa, bugun yaxşi bilamizki, Buxoroi şarif yaqinidagi Söxori qişloğida yaşagan. Uçinçilari, Mir Sayyid Baraka bölib, Amir Temur bilan Termiz şahri yaqinida uçraşgan va unga davlat ramzlari bölmiş — noğora va bayroqni taqdim etgan, yaʼni bu Sohibqiron Amir Temurning hukmdor sifatida tan olinişini bildiradi. Törtinçilari, Zayniddin Toyobodiy bölib, u Amir Temurga “Rosti-drusti” yozuvi tuşirilgan oltin uzukni hadya etganini hamda adolatli bölişni tayinlaganini, şuningdek, sayyidlar va ilm ahliga izzat-hurmat, Allohning bandalariga mehr-muhabbat körsatiş haqida pand-nasihat qilganini ham yaxşi bilamiz. Bu haqda tarix fanlari nomzodi, yirik manbaşunos olim Omonullo Böriyevning qator tadqiqotlarida mufassal maʼlumot berilganini taʼkidlab ötişimiz joiz.
Amir Temur ğanimlari tomonidan turli nayranglarni işga solinişini yaxşi bilgani uçun ham aniq qonunlar majmuasini işlab çiqqan edi. Bu puxta qonunlar davlat odamlarini nohaq ayblovlardan himoya qilişga qodir edi. Masalan, moliya vaziri xatoga yöl qöysa, qanday yöl tutilgan?
— Avvalo işni tekşirib köriş;
— davlat mablağini zarurat yuzasidan birinçi marta özlaştirib olgan bölsa, sovğa-salom tariqasida beriş;
— agar ikki baravar ortiq bölsa, ortiğini maoşidan uşlab qoliş;
— uç baravar bölsa, saltanat xazinasiga qaytariş.
Lekin biror joyda falon xizmatçi osilsin, degan körsatmani körmaysiz.
Bularning barçasida Amir Sohibqironning Qurʼoni Karimni yaxşi bilişi va unga amal qilişi, jaholatga qarşi maʼrifati ustuvor edi, desak yanglişmaymiz. “Oli imron” surasining 7 oyatida: “… dillarida oğiş bor kimsalar odamlarni fitnaga soliş va öz talqiniga muvofiq maʼnolar beriş uçun uning (Qurʼonning) mutaşobih oyatlariga ergaşadilar. Holbuki, unday oyatlar taʼvilini (asl maʼnosini) faqat Allohning Özigina bilur”, deyilgan. Bu örinda aniqlik kiritsak, “mutaşobih”, yaʼni maʼnosi Özidan boşqaga nomaʼlum oyatlar, deganidir.
U saltanatini Allohning yerdagi kiçik korxonasi, deb bildi va har kimni öz qobiliyatiga yaraşa mansab işlariga tayinladi, har narsaning ölçovini belgilab, şunga muvofiq iş yuritdi.
Maʼlumki, Çingizxon qöşinida maoş berilmagan, ammo köramizki, Amir Temur öz askarlarining jasoratlarini, mehnatlarini qadrlagan:
oddiy sipohiyga – mingan otining bahosida;
har bir bahodirga – ikki yoki tört ot bahosida;
önboşiga – qöl ostidagi sipohiylarga qaraganda, ön baravar ortiq;
yuzboşilarga – önboşilarga qaraganda, ikki barobar;
mingboşilarga esa ularnikiga qaraganda, uç barobar ziyoda maoş berilgan.
Yana bir gap. Amir Temur diplomatiyasi haqida juda köp yozilgan, biz ularni qaytarib ötirmaymiz, faqat bir jihatiga töxtalamiz, xolos. Sohibqiron Amir Temur diplomatiyasining ikkinçi jihati — nazariy asosini nima taşkil etgan, degan savolga deyarli barça temurşunoslar bir xil, yaʼni Islom dini taşkil etganini qayd etişgan. Aslida ham şunday. Bu narsa uning saʼy-harakatlarida ham öz ifodasini topganligini köramiz. Bir misol, Ozarbayjondan öta turib, Şabistar qişloğidagi Imom Şabistariy qabrini ziyorat qiladi. Bundan hayratlangan ayrim kimsalar savol nazari bilan qaraganda, yana Sohibqironning özi bunga aniqlik kiritib: “Bu inson şialardan, Qurʼon oyatiga amal qilib, öz şeʼrlarida Allohning dini Islom ekanligini qattiq turib isbotlagan”, deydi.
Amir Temurning yana bir xususiyati şuki, ilm ahli bilan suhbatlaşganda, öziga nisbatan qarşi fikr aytilsa-da, oğir-bosiqligiça qolib, nohaq haqoratlaşga yöl qöymasdi.
XIV-XV asrlarda vujudga kelgan hurufiylik Eron, Ozarbayjon, Rum va Suriyada tarqalgan bölib, ular: “Olam abadiy, insonda Xudoning qiyofasi aks etgan, olam taraqqiyotining har bir bosqiçida Xudo qiyofasi insonda mujassamlaşib namoyon böladi”, degan fikrni olğa surdilar.
Ozarbayjon adibi, döstimiz Yunus Öğuz Amir Temur bilan şoir Nasimiyning uçraşuvini, özaro qattiq bahslaşuvlarini badiiy talqin etgan. Emişki, muloqotni kuzatib turgan mavlono Abduljabbor va beklar uni jazolaşni talab qilganlar, ammo bilamizki, adabiyotni jon dilidan sevgan, ilm-fan kişilarini eʼzozda tutgan Sohibqiron Amir Temurdek zot bunday insonlarga hamişa muruvvatli bölgan. Qattiq bahsdan söng ham Nasimiyga samimiy qarab: “Sen ozodsan, şoir, ketişing mumkin”, degan bamaylixotir ohangda.
Abduljabbor takror örnidan turib: “Bu hurufiyni ozod qöyib yuboriş mumkin emas, ummatimizni yöldan ozdiradi”, deydi taşviş bilan.
Amir Temur esa: “Inson qalbini fath etgan şoirni, behad gözal misralar sohibini qoniga sabab bölib, qonli qölim bilan tarixga kirmoqçi emasman!” – deya öz qarorini keskin ohangda bayon etgan va şoir çiqib ketgaç, uning quyidagi misralarini jöşqin ohangda öqigan:
Munavvar nargising turku,
aql uyin toroj etdi,
Möğul qayga borar bölsa
tuşar toroju yağmoga.
Nasimiy çun seni topdi,
bu olamdan vohid öldi,
Keçibon movu manlikdan
yetişdi zoti yaktoga.
Bilʼaks, Sayyid Imomiddin Nasimiy qiliç hukmron bölgan öşa zamonda, 1417 yilda Halabda Misr sultoni Muayyaddinning ğazabiga duçor bölib, tiriklayin terisi şilinadi.
Amir Temur çindan ham keçirimli zot edi, neça bor lafzini harom qilib, qayta-qayta xiyonat qilgan Zindaçaşmni ham, nonkör Töxtamişxonni ham keçira bildi, bilʼaks, u zot payğambarimizning Hadisi şariflaridagi: “Odamning ezguroği boşqa odamlarga foyda keltirgani”, degan hikmatga qatʼiy amal qilardi. Xullas, Sohibqiron Amir Temurni islom dini amallariga bir umr rioya etgani, payğambar avlodlari, sayyidlarni, ulamolarni, tasavvuf ahlini eʼzozda tutgani va gohida Qurʼoni Karimga suyanib, özi uçun kerakli adolatli qarorlar qabul qilişi asnosida köramizki, avvalo, inson taqdiri, qadr-qimmati, or-nomusi, eng muhimi, taxtni taxt, oilani oila örnida eʼtirof etib, özi ham çin inson sifatida yaşagani biz uçun namunadir. Töğri, uruş — vayronagarçilik, xarobalar, ölim va azob-uqubatdan boşqa narsa emas. Sohibqiron Amir Temur zarurat tufayli, birinçi galda yurt ozodligi uçun kuraşga çiqdi, bu yölda jon jigarlari — eng mard va sadoqatli öğli Jahongir mirzo va yovqur Umarşayx mirzolarni yöqotdi, eng suyukli qizi Oqa begimdan ayrilib, davlat işlaridan köngli ham sovidi.
Ammo el va yurt, insoniyat taqdiri tufayli yana taxtga qaytişga majbur bölganini kim bilmaydi, deysiz. Eronni möğullarning yangi istilosidan saqlab qoldi, möğullarning köpdan-köp oğir soliqlarini bekor qilib, rus knyazliklarining rivojlanişiga yöl oçdi, Yevropani Usmoniylar tajovuzidan qutqargan ham şu zot edi. Buni hamma biladi va tan oladi. Xöş, nega biz bu qaytariqlarga yana urğu beryapmiz? Nega bugun yana Amir Temur va islom dini mavzuida, qisqa bölsa-da, söz yuritdik?
Bizning tariximizda Amir Temurday uluğ siymo bor ekan, uning qoldirgan merosi, pand-ögitlari bugungi hayotimizga hamohang ekan, oldimizda turgan bugungi muammolarni yeçişda bizga qöl kelayotgan ekan, ularni örganmasdan, taʼriflamasdan, tarğibot qilmasdan haqqimiz yöq.
AQŞlik harbiy tarixçi Riçard Nilson: “Amir Temur öz saltanatiga faqat bir madaniyatni majburan kiritmasdan, aksinça, turli madaniyatlarni qöşib bugungaça yaşab kelayotgan Ovroosiyo ğoyasini işlab çiqqan birinçi şaxs edi”, deya juda töğri baho bergan edi.
Demak, Amir Temurning quyi poğona lavozimlarga amaldorlar tayinlaş borasidagi qaraşlarini tölaroq aks ettiriş bugungi işlarimizga hamohangdir, zero, Sohibqiron Amir Temur özlari aytganidek, “Biz öz saltanatimizni odamlarga eʼtibor beriş va ularni himoya qiliş asosiga qurayotganligimiz sababli ularni yupantirib, xotirjam etamiz”.
Tölqin Hayit.
