Til uçidagi va dil tubidagi gaplar
Yurtboşimiz Oliy Majlisga Murojaatnomalarida xalqimiz dilidagi orzu-umidlari haqida gapirdilar. Azal-azaldan poraxörlik yoki korrupsiyaga qarşi kuraş töğrisida söz borsa-da, bu gal “Korrupsiya — yovuz balo!” — degan xalqona söz işlatildi. Jurnalist emasmanmi, jamiyat tanasidagi bu doğ qaçon yöqolişi haqida köp öylaganman.
Murojaatnomada yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşga alohida eʼtibor qaratildi. Darvoqe, byudjet mablağlari hisobiga “boyvaçça”lik qilgan mutasaddilarni köp körganman.
Prezidentimiz odamlar hali eşitmagan, ehtimol çuqur öylab ham körmagan yana bir mulohazani örtaga taşladilar: “Davlat moliyaviy nazorati”ni taşkil etiş. Qolaversa, korrupsiyaga qarşi kuraşni izçil, tizimli olib boriş uçun alohida organ taşkil etilişi maqsadga muvofiq böldi. Şuningdek, “Jamoatçilik nazorat palatasi” tuzişni ham taklif etdilar. Albatta, bu takliflar amalga oşiriladi, natijada har bir özbekistonlikning hayoti yanada obod böladi, adolat ustuvorligini taʼminlaşga katta qadamlar qöyiladi.
Bundan taşqari, Prezidentimiz soliqlarni bölib-bölib tölaş, tadbirkorlar xarajatlarining bir qismini davlat qoplab berişi singari mutlaqo kutilmagan takliflarni ilgari surdilar. Darhaqiqat, soliq tizimini isloh qilişda katta ijobiy özgarişlar amalga oşirilmoqda. Endigi maqsad tenglik, soddalik, aniqlik va samaradorlik prinsiplariga asoslangan yangi soliq tizimini yaratişga qaratildi.
Keyingi uç yil davomida Özbekistonimizda aholini uy-joy bilan taʼminlaş borasida olib borilayotgan islohotlar sabab köp qavatli binolar qad rostladi. Olis qişloqlarda ham turar-joylar qurilmoqda. Yurtboşimiz “Vatan içra vatani — uy-joyi bölsa xalq ham, Yaratgan ham bizdan rozi böladi!” deganlarida közimiz quvonçdan yoşlandi. Ayniqsa, kam taʼminlanganlar 12-15 foizni taşkil etişi, bu degani 4-5 million odam kambağallik kasridan qiynalayotgani, kambağal tuşunçasini kamaytirib boriş hayotiy zarurat ekani, bunda Farğona vodiysidagi 22 ta qişloqning aholisi uçun berilgan kreditlar, ularning turmuş şaroitini yaxşilaş yölida iş bilan taʼminlangani, bu tajriba respublikadagi boşqa qişloqlarda ham joriy etilişi taʼkidlandi. Bu maqsadlar uçun 700 million AQŞ dollari sarflanişi aytildi.
Eng muhimi, özbekistonliklar respublikamizning özi istagan joyida “propiska”dan ötişi masalasi örtaga taşlanganda neça minglab odamlarning uzoq yillardan buyon “dardi”ga malham böldi, desak aslo xato bölmasa kerak.
Xalq hayoti farovonligi favqulodda yeçim topayotibdi. Şaxsan Yurtboşimiz: “Menga sadoqatli yoşlar kerak, bilmaganini özim örgataman”, deganlarida naqadar haq ekanliklari mana bugun öz isbotini topmoqda.
Hammamiz tabiat farzandlarimiz. Qariyb 30-40 yil davomida “Orol! Orol!” — deb keldik. Undagi qurğoqçilik haqida yozilgan kitob-daftarlar, qoğozu qalamlar örniga suv sotib olinganda edi, Orolning maʼlum qismi tölarmidi? Ha, rost, gap köp, iş oz böldi.
Muhtaram Prezidentimiz buning yeçimini özlari topib berdilar: “Bu işni bizga birov kelib qilib bermaydi! Orolni özimiz qutqarişimiz kerak!” Bu çaqiriqqa ötgan yili barça viloyatliklar “Labbay!” deb javob qaytardilar. Yuzlab kilometr, minglab gektarlarga saksovulzorlar taşkil etildi. Yuzlab traktorlar jöyak oçib, şör yuvişga kirişildi.
“Nima uçun Boş vazirdan boşlab barça hukumat aʼzolari, viloyat hokimlari parlamentga hisobot beradi-yu viloyat va tumanlardagi rahbarlar öz faoliyati haqida Mahalliy kengaşlarga hisobot bermasligi kerak?”
Yurtboşimiz bu haqqoniy talabni qöyganlarida mahalliy rahbarlar bir “qözğalib” olişgani rost. Ularni tuşunsa böladi. Negaki, ular orasida “özini xon, kölankasini maydon”, “bu tizimda mendan aqlli, tajribali, donosi yöq”, deguvçilari ham yöq emas-da…
Prezidentimiz til uçidagi va dil tubidagi gaplarni aytdilar. Nega “til uçida” deyapman. Xalqda “Tilimni uçida turibdi-yu aytolmayapman”, degan ibora bor.
Endi bir-birini takrorlaydigan turli idoralarga ana şu yumuşlarning yarmi olib beriladigan böldi. Bu masalada Oliy Majlis Senati, Adliya vazirligiga qator vazifalar yuklatildi.
Bir neça kun avval qabulimga uşoqqina kampir kirdi. Namangan şahridagi Mehnatobod MFYda yaşovçi Raʼno Dadaxonova ekan. Yoşligida bolalar uyida katta bölgan. Turmuş qurib farzandli va nabirali bölgan. 2002 yili 684-sonli qaror bilan adirlikdan yer olib, boğ yaratgan. Ammo 2018 yilda 656-sonli qaror bilan uning yeridan Nigina Röziyevaga uçastka ajratilganini, töğrisi, tuşunolmadim. Şahar quriliş bölimi, davlat kadastr idorasi muştipar kampirning kiriş eşigi va yölini ham N.Röziyevaga qöşib beribdi. R.Dadaxonovaning: “Bir-ikki sotix olsa olar, ammo kiriş eşigimni qaytarib bersin!” — deb yozgan arizasiga şahar hokimi örinbosari A.Bobomirzayev: “Sudga bering! Men hal qilmayman!” — debdi javob xatida. Endi ikki qöşni bir umr sudlaşişi kerakmi? “Sudga ham bordim, — deydi R.Dadaxonova, — biz hal qilganmiz deyapti-da…”
Prezidentimiz: “Sud ostonasiga qadam qöygan har bir inson Özbekistonda adolat hukm surayotganiga töla işonç hosil qilişi kerak” — deganlarida yuz bora haq albatta. Şuningdek, davlatimiz rahbari nemis faylasufi Immanuel Kantning fikrini keltiriş bilan adolat tarozusi qölida bölganlarni insofga çaqirdilar. Adolatsizlik, korrupsiyaga qarşi gapira turib, ularni “halollik vaksinasi” bilan emlaş masalasini örtaga taşladilar.
Muhtaram Prezidentimiz sönggi uç yil içida söz erkinligi, jurnalistlar uçun erkin işlaş, buning uçun huquqiy asos va imkoniyatlar yaratilganini taʼkidladilar. Qayerdaki, maddohlik hukm surar ekan u joyda istiqbolda özgariş bölmaydi. Aksinça, “Tanqid kelajak mevasi”, deb bilganlar bundan töğri xulosa çiqarib, oldinga intiladilar.
Rahimjon Irisov,
Namangan viloyati Axborot va
ommaviy kommunikatsiyalar boşqarmasi boşliği.
