Rostgöylik, xolislik, professionallik
OAV vakillaridan doimiy izlaniş va jasoratni talab etadi
Ijodkor ahli, kasbi taqozosidan kelib çiqib, azaldan «eʼtibortalab» böladi. Bu bejiz emas, ozgina qöllab-quvvatlaş ham ijodkorga ruhiy kötarinkilik, tetiklik, kuç-ğayrat, ilhom baxş etadi.
Lekin nainki ijodkor ahli, aslida barça sohalar ham eʼtiborga, rağbatga ehtiyoj sezadi. Ana şu yuksak eʼtibor yakkalikdan umumiylikka köçsa, sohalarga qaratilsa bormi, yuzlab, minglab insonlar ruhan madad oladi, yanada şijoat bilan öz mehnat faoliyatini takomillaştiradi. Natijada yurtimizdagi ösiş yanada tezlaşadi. Bunga keyingi uç yilda özimiz guvoh bölmoqdamiz.
Nafaqat yurtdoşlarimizga, balki butun dunyo jamoatçiligi örtasida Prezidentimizning joriy yil 24 yanvar kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasi yuksak eʼtirof va qiziqişlarga sabab böldi. Xususan, söz erkinligini taʼminlaş, ommaviy axborot vositalarini har tomonlama rivojlantiriş masalasiga alohida eʼtibor qaratilgani yurtimizdagi har bir jurnalistning könglini toğdek kötardi.
Davlatimiz rahbari öz Murojaatnomasida jumladan: “Joylardagi muammo va kamçiliklarni röy-rost oçib beriş, ularni haqqoniy yoritişlarida men professional jurnalistlarni hamişa va har tomonlama qöllab-quvvatlaşga tayyorman”, — dedi. Şuningdek, Prezidentimiz jurnalistlarning erkin faoliyat yuritişi va ijod qilişlari uçun huquqiy asoslar va keng imkoniyatlar eşigi oçiladi, ularning mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarni ommaviy axborot vositalari orqali xalqimiz va xalqaro hamjamiyat uçun oçiq-oydin yoritişiga barça şart-şaroitlar yaratiladi, deb alohida taʼkidladi.
Bunday yuksak eʼtibor mamlakatimizdagi barça davlat va nodavlat ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritayotgan ijodkorlarni yangi-yangi marralar sari ruhlantirib, yanada faol böliş va öz işiga bölgan işonç va iştiyoqini uyğotmoqda.
Rostgöylik, xolislik, professionallik. Mana şu uç söz zamirida ifodalangan fazilatu xislatlarni öz faoliyati mezoniga aylantirgan hamkasblarimiz köpçilikni taşkil qiladi. Ularda kasb könikmalarini yanada şakllantiriş, faolligini oşiriş uyuşmamiz zimmasiga yuklangan vazifalar sirasiga kiradi.
2020 yil — «Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili»da milliy jurnalistikamiz taraqqiyotiga oid ilmiy izlanişlar olib boriş bilan boğliq faoliyat jonlanişiga şubha yöq. Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bölib ötgan jurnalistikaga oid kitoblar taqdimotida aytilganidek, hali qilinişi lozim bölgan vazifalar köp, naşr etilgan 10 tomli qöllanma esa bu boradagi bajarilgan işlarning deboçasidir.
Bugunga kelib soha va tarmoqlar rivojlanayotir, mamlakatimiz taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqiçiga qadam qöymoqda. Yangi Özbekistonni quriş maqsadida hayotga tatbiq etilayotgan demokratik islohotlarning ahamiyati ham şundaki, erişilgan yutuqlarni tezkor, xolis va haqqoniy yoritib boriş ommaviy axborot vositalariga, ularda faoliyat olib borayotgan jurnalistlarga, qolaversa, uyuşmamizga katta masʼuliyat yuklaydi. Şuningdek, sohaga endi kirib kelgan yigit-qizlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning bilim, malaka va mahoratini oşiriş masalalariga uyuşmamiz alohida eʼtibor qaratadi. Bu Murojaatnomada belgilangan vazifalarni sidqidildan amalga oşirişni öz oldiga boş maqsad qilib qöyilganidandir.
Uyuşmamiz “Ustoz-şogird” anʼanasini yanada rivojlantiriş, yurtimizda har jihatdan kuçli, professional jurnalistlarning safi kengayişiga öz hissasini qöşiş, bir söz bilan aytganda, jamiyat hayotida demokratiya va oşkoralik tamoyillarini qaror toptiriş maqsadida fikrlar xilma-xilligi, turli qaraş va yondaşuvlarga keng yöl oçişga kömaklaşadi.
Soha ravnaqida hamkasblarimizning rağbatlantirilişi alohida ahamiyat kasb etadi.
Şu kunlarda Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi öz faoliyatini boşlagani bu boradagi xayrli amallardandir.
Yangilaniş, yuksaliş sari dadil qadam qöyayotgan davlatimiz ravnaqiga özimizning munosib hissamizni qöşişimiz kasbimizga bölgan masʼuliyat, burç va ona Vatan istiqboli yölidagi daxldorlik hissini belgilaydi.
Xolmurod Salimov,
Özbekiston Jurnalistlari
ijodiy uyuşmasi raisi örinbosari.
