Noşirlar uçun teng imkoniyat yaratiladi

Prezidentimizning 2020 yil 16 mart kuni imzolangan “Noşirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori biz, noşirlar uçun uzoq kutilgan, faoliyatimizni yangi bosqiçlarga olib çiqişga xizmat qiladigan hujjat böldi.
Rosti, aholi, ayniqsa, yoşlar örtasida kitobxonlikni faqat balandparvoz gaplar, çaqiriqlar bilan ommalaştirib bölmaydi. Buning uçun, eng avvalo, noşirlik faoliyatiga keng imkoniyat, erkinlik berilişi, kompleks infratuzilma yaratilişi kerak. Qaror noşirlik faoliyatida ana şunday infratuzilmani yaratişga, sohada raqobatni kuçaytirişga qaratilgani bilan, ayniqsa, ahamiyatga molikdir.

Masalan, 2020 yil 1 oktyabrdan boşlab taʼlim muassasalari uçun darsliklar va öquv-metodik majmualarni naşr etişda narxlarni davlat tomonidan tartibga solişni bekor qiliş közda tutilayapti. Rosti, bugun mamlakat iqtisodiyoti uçun prinsipial ahamiyatga ega bölgan paxta, don va boşqa sohalarda ham davlat buyurtmasi bekor qilinib, narxlar bozor talablari asosida şakllantirilişiga ötilmoqda. Noşirlar maktablar uçun darslik çop etsa, narxini özi mustaqil belgilay olmas, sohadagi vakolatli organ tomonidan 15 foizlik çeklov joriy qilingan edi. Endi bundan bu yoğiga talabga, işlab çiqariş quvvati hamda boşqa imkoniyatlarimizdan kelib çiqib narxni özimiz, aniqroği, bozor belgilaydigan bölayapti. Binobarin, qarorda belgilanganidek, noşirlik va matbaa korxonalari, şu jumladan, davlat buyurtmasini bajaruvçi korxonalar narxni şakllantiriş siyosatini bozor mexanizmlari asosida erkin şakllantiradi.

Yana bir narsa. Taʼlim sohasi uçun byudjet va maxsus jamğarmalar hisobidan kitoblar çop etilganda, davlat buyurtmasini bajarişga hamma ham, masalan, norezidentlar qöyilmas edi. Yaşirmaymiz, maktablar uçun darslik va qöllanmalarni çop etişda iştirok etiş har bir noşirning orzusi. Ammo bu jabhada juda katta mablağ aylanişi ortidan bizga öxşagan noşirlar, hatto mualliflar ham davlat buyurtmasini bajarişga yaqin kela olmasdik. Bundan taşqari, bunday buyurtmalarni tört-beşta naşriyot, qölidan kelsa-kelmasa, avtomatik ravişda qölga kiritar, muddatida ulgurmasa, ikki oyoği bitta etikka tiqilib, ham buyurtmaçini, ham boşqa naşriyotlarni halak qilar edi. Davlat rahbari qarori bilan bu jarayonning davlat xaridlari töğrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oşirilişi belgilab qöyilgani şaffoflik uçun taşlangan katta qadamdir. Çunki buyurtmaga oid eʼlonlar imi-jimida emas, balki oçiq, maxsus veb-saytda eʼlon qilinadi, noşirlik sohasida faoliyat yuritayotgan barça tadbirkorlik subʼyektlariga teng imkoniyat yaratiladi. Bunday tender, tanlovlarda norezidentlarning iştirok etişi, garçi bizga ular potensial raqobatçi bölsa-da, Özbekiston noşirligining yangi infratuzilmasini yaratişga, bozorimizni har tomonlama sifatli va arzon kitob mahsulotlari bilan töldirişga, içki bozorda noinsof tadbirkorlar payining qirqilişiga zamin yaratadi. Qolaversa, sohadagi qator davlat naşriyotlari töliq xususiylaştirilişi bu ezgu maqsadlarni röyobga çiqariş imkoniyatini yanada oşiradi.

2020 yil 1 iyuldan boşlab noşirlik faoliyatini litsenziyalaş hamda matbaa faoliyatini amalga oşiriş uçun ruxsat beriş tartiblari bekor qilinib, noşirlik va matbaa faoliyatini boşlaganligi haqida vakolatli davlat organini xabardor etiş tizimi joriy qilinişi sohada uzoq yillar davomida şakllangan byurokratiya, korrupsiya hamda yaşirin bosimlar amaliyotiga keskin zarba beradi. Bu noşirlar va matbaaçilar uçun tom maʼnodagi erkinlik, deyiş mumkin.

Biz noşirlar uşbu qaror yaratib beradigan imkoniyatlardan unumli foydalanib, mamlakatda kitobxonlikni ommalaştirişga butun işbilarmonlik qobiliyatimiz, bilimimiz va saʼy-harakatlarimizni safarbar qilişimiz kerak. Negaki, bugun harakat qilmasak, eskiça öylaşdan voz keçmasak, imkoniyat va erkinlikni suiisteʼmol qilsak, bu bozorda bizga örin yöq.

Nodir Suvonov,

“MASHHUR-PRESS” naşriyoti direktori

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan