Maqoladagi dalillar ayni haqiqat

“Matbuot tarqatuvçi” şöʼba korxonasi Xorazm viloyati filialida ötgan yillar davomida sodir etilgan jinoiy holatlar “Hurriyat” gazetasining 2020 yil 26 fevral, №9-, (1173) -sonida çop etilgan “Matbuot tarqatuvçi”dagi qinğirliklar” sarlavhali maqolada atrofliça bayon etilgan. Uşbu maqola şöʼba korxona mehnat jamoasi iştirokidagi kengaytirilgan yiğilişda muhokama qilindi.

Maqolada “Matbuot tarqatuvçi” şöʼba korxonasi filiali sobiq rahbari fao­liyati davomida mablağlarni talon-taroj qilganligi, korxonaga köp miqdorda moddiy zarar yetkazganligi töğrisida ayni haqiqat yoritilgan.

Jinoyat işlari böyiça Xorazm viloyat sudi tomonidan mazkur moliyaviy qinğirliklar foş etilib, sudlanuvçilar O.Qurbonov hamda M.Nurmetovalarga nisbatan qilmişlariga yaraşa jazo tayinlangan bölsa-da, biroq bu holat sohada uzoq yillardan beri mehnat qilib kelayotgan korxona xodimlari şaʼniga doğ tuşirdi.

Şu sabab, yiğiliş iştirokçilari öz çiqiş­larida muhokamaga qöyilgan nojöya holatlarni keskin qoraladi. Jinoyat kelib çiqiş sa­bablari va ularni bartaraf etiş, kelgusida bunday holatlar qayta takrorlanmasligi töğrisida zarur çora-tadbir işlab çiqiş taklifini bildirişdi.

Xususan, korxonaning yangi rahbariyati kelgusi iş fao­liyatida davriy naşrlarning obunaçilar qöliga öz vaqtida yetkazib beriş majburiyatini töla-tökis bajaradi. Maqolada bayon etilgan holatlar böyiça tegişli xulosa çiqarilib, işni töğri taşkil etiş belgilab olindi.

Ğ.Şaripov,

Xorazm viloyat

“Matbuot tarqatuvçi” şöʼba korxonasi

direktori v.v.b.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan