Qaror — loyiha, takliflar bisyor

«Davlat boşqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari muassisligidagi davriy bosma naşrlarni qöllab-quvvatlaş va ular faoliyatini yanada rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi muhokamaga qöyildi. Uşbu qaror loyihasi ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda, axborot portallarida soha xodimlari tomonidan keng muhokama etilmoqda. Uşbu qaror loyihasiga samarqandlik jurnalistlar ham öz takliflarini bildirişgan.

Farmon Toşev, Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi Samarqand viloyat bölimi raisi, «Zarafşon» va «Samarkandskiy vestnik» gazetalari birlaşgan tahririyati Boş muharriri:

— Bugungi kunda Samarqand viloyatida jami 47 ta gazeta-jurnallar çop etilmoqda, 1 ta televideniye, 2 ta radio faoliyat körsatmoqda. Şundan 3 ta viloyat, 16 ta şahar va tuman hokimliklari gazetalari, 19 ta xususiy naşr, 4 tasi tarmoq gazetasi va 5 tasi ilmiy jurnallardir.

Viloyatning şahar va tumanlari gazetalari tahririyatlarida 200 nafarga yaqin xodim mehnat qiladi. Ijodiy xodimlar 100 nafardan ortiq bölib, ularning qariyb ellik foizi oliy maʼlumotli jurnalist hisoblanadi. Viloyat böyiça 500 nafardan ortiq ommaviy axborot vositalarida işlayotgan jurnalistlar bor.

Gazetalarni rivojlantiriş, gazetalar muntazamligini taʼminlaş böyiça ularga aniq, manzilli yordam körsatilişi lozim. Uşbu qaror loyihasida bu masalaga alohida töxtalingan. Ammo obuna uyuştiruvçi taşkilotlar uzoq yillardan beri bizning asosiy muammomiz bölib kelmoqda.

Ğolib Hasanov, «Zarafşon» gazetasi Boş muharriri örinbosari:

— Birinçi navbatda, qarorda faqat davlat hokimiyati va boşqaruv organlarining naşrlarigagina emas, balki barça bosma ommaviy axborot vositalari fao­liyatiga oid bölişini nazarda tutiş kerak.

Şuningdek, bosma ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş uçun viloyat, tuman, şahar byudjetidan har yili ajratiladigan mablağlar belgilanişi konkret körsatib qöyilgan bölişi lozim.

Umuman, qaysi organ tomonidan mablağ ajratilsa, OAV öşa organ faoliyatidagi kamçilik va nuqsonlarini yoritib bera olmaydi. Şuning uçun mablağ ajratiş masalasida çuqur öylab köriş kerak.

Hakim Jörayev, Samarqand şahar hokimligi muassisligidagi «Samarqand» gazetasi muharriri:

– Uşbu qaror faqat bir yönalişni qamrab olmay, ommaviy axborot vositalarining bir neçta jabhalarini öz içiga olgan holda mavjud muammolarga huquqiy yeçim berişini istardim. Avvalo, byudjetdan taşqari jamğarmadan mablağ ajratilişi bu juda işonçsiz holat, nazarimda. Uşbu jamğarmaning gazeta uçun ajratiladigan mablaği aholining maʼlum qatlamining bepul obunasiga yönaltirilsa maqsadliroq bölardi, deb öylayman.

Ommaviy axborot vositalari xodimlarining mao­şini belgilaş, ularga gonorar tölaş böyiça hozirga qadar mukammal huquqiy hujjat yöq. Mazkur masala ham yeçimga muhtoj bölib turibdi. Bosma naşrlarga soliq imtiyozlari beriş masalasi ham qarorga kiritilişi lozim, deb öylayman. Xolis axborot tarqatişda köp holatlarda bosma naşrlarda mehnat qilayotgan jurnalistlar ter tökadi-yu bu axborotlar osongina turli internet saytlarida, na muallifi, na manbasi körsatilgan holda tarqalib ketadi.

Aytmoqçimanki, xolis axborot tarqatişda öşa, köpçilik bugun «majburiy obuna hisobiga kun körmoqda» deya rökaç qilinayotgan jurnalistlar faollik körsatmoqda. Axborotning xolisligi bugungi globallaşgan jamiyatning neçoğlik muhimligi heç kimga sir emas. Şuning uçun axborot tarqatiş va qabul qiliş ehtiyoji har qaçongidan köra kuçliroq bölgan bugungi kunda kiçik hududlarga tegişli matbuotni qöllab-quvvatlaş va ularni rağbatlantiriş milliy jurnalistika rivojiga munosib hissa qöşiş deganidir.

Isomiddin Pölatov, Jomboy tumani «Jomboy tongi» gazetasi muharriri:

— Mahalliy davlat organlarining öz muassisligida naşr etiladigan gazetalariga mablağ ajratilişi bir jihatdan öşa gazetalardagi erkinlikni çeklab qöyişi mumkin. Sababi, barçamizga maʼlum, öşa maşhur ibora: pulini tölagaç, qöşiğini aytişga majbursan. Bu hol köpçilik hamkasblarimni qiynayotgan eng birinçi masalalardan biridir. Lekin yaxşiroq öylab qaralsa, bugun ahvol qanday? Bugun garçi hokimlik öz tizimidagi gazetalarga pul ötkazmasa-da, ammo obunani taşkillaştirişda qaysidir maʼnoda yordam berayotganidan köz yuma olmaymiz.

Xöş, şunday holatda ham bugun quyi tizimdagi gazetalar öz muassisini tanqid qila olayaptimi? Afsuski, bu savolga töliq tasdiq javobini bera olmaymiz. Sababi bunday tahririyatlar soni sanoqli. Sanoqli deganim, umuman yöq, degani emas. Aytmoqçimanki, jurnalistga, ayniqsa, tuman, şahar gazetalariga yordam beriş, ularni qöllab-quvvatlaş bugun har qaçongidan muhim. Lekin afsuski, bugun yaxşi işlayotgan gazeta ham, şunçaki, hisobotdan nariga ötmaydigan maqolalar bilan töldirayotgan naşrlar ham bir xil mavqeda va bir xil moddiy taʼminlangan. Mana şu yerda yaxşiroq işlaydigan tahririyatlarni qöllab-quvvatlaşga kim masʼul böladi, degan savol yuzaga keladi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan