Adabiyot — xalqning yuragi

Prezidentimizning Milliy boğ hududida yangitdan taʼmirlanib barpo etilgan Adiblar xiyoboniga taşrifidan keyingi öylar…

Sirojiddin Sayyid,

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi,

Özbekiston xalq şoiri.

Mir Alişer Navoiy bobomiz “Majolis un-nafois” asarining muxtasar muqaddimasida niyat va muddaoni maʼlum qilarkan, şunday sözlarni bitadilar: “… Bu jihatdin Sulton Sohibqironning humoyun valodatlari zamonidin rözafzun davlatlari davroniğaçakim, qiyomatğaça barqaror va olam inqiroziğaça poydor bölğay, ulça faqir eşitibmen, ammo xizmatlarğa yetmaymen va ulça xizmatlariğa yetibmen, ammo holo bu fano doril-ğururidin baqo doris-sururiğa intiqol qilibdurlar va ulça holo bu farruh zamonda namoyandadurlar va ul hazrat zoti malakiy sifotiğa madh saroyandadurlar, jamʼ qililğay va har qaysining natoyiji tabʼdin biror nima nişona yösunluq yozilğay. Çun bu maqsudğa yetildi, oni sekkiz qism etildi va har qismi nafis bir majlisğa mavsum böldi va majmuağa “Majolis un-nafois “ ot qöyuldi…”

Muqaddimaning muqaddimasi Yaratganga nazmiy hamd va maqtov satrlari bilan boş­lanadi:

Yuz hamd angakim yasab jahon böstoni,

Aylab yuzu zulfini gulu rayhoni.

Qildi yasağoç bu boği ruhafzoni,

Nazm ahlin aning bulbuli xuş ilhoni…

… Boği Ruhafzo. Boği Dilkuşo. Samarqandda – Boği Şamol. Toşkentda – Adib­lar xiyoboni, yaʼni Adabiyot boği. Adabiyot – adab va yod yangliğ, Abadiy yod, Abadiy hayot misol jaranglaydi. “Çun adam sahrosidin keldim vujud ayvoniğa” deydilar hazrat Navoiy. Bu satr­ning davomi, aniqroği, bardavom va barhayotligini, şu paytga qadar Oliy Majlisgohning muhtaşam binosi tomon sersukut va öyçan holda boqib turgan bobomizning yangi davru zamonamizda şarafli rutbalariga munosib qibla tomonga qarata qöyilgan siymolariyu, ul benazir zotning maqomlariga yaraşa yurtimizning eng baland ayvonidan baland nomlariga loyiq hurmat-ehtiromlari joyiga tuşganligi – uluğ bobokalonimiz Abadiyat ayvonidan mangulikka qadar safarlari davom etayotganidan dalolat bermaydimi?..

Adiblar xiyoboni. Adabiyot boği. Abadiyat boği.

Mamlakat Prezidenti muhtaşam yodgorlik poyiga gul qöyib,  hurmat va ehtirom körsatarkan, bunda yiğilgan adabiyot va maʼrifat ahli – şoir  va yozuvçilar bilan jiddiy suhbatlaşib, jiddiy savollarni örtaga taşladi.

– Adabiyot xalqning yuragi, – dedi Prezident, – elning maʼnaviyati közgusi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yöl topiş, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirişda adabiyotning taʼsirçan kuçidan foydalaniş kerak. Ajdodlar merosini örganiş, boy maʼnaviyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratiş uçun hamma şaroitlarni hozirlaymiz.

Öylab körilsa agar, Davlat rahbari ke­yingi ikki-uç yil davomida eng köp qadam ranjida qilgan maskan Milliy boğ hududidagi Adiblar xiyoboni ekan. Suhbat asnosida buni Prezidentning özi ham eʼtirof etdi. Yaqin tarix sanalariga nazar taşlansa agar, bu boradagi ilk taşrif 2017 yilning 3 fevraliga töğri kelarkan. Öşa yilning 18 aprelida Davlat rahbarining tegişli qarori qabul qilindi. Bölajak Adiblar xiyobonining meʼmoriy-ğoyaviy loyihasi tayyorlandi.

Hali ham esimizda: bu maʼvoda, yon-at­rof hududda hozirgi Toşkent tarixi (öşanda Körgazmalar zali)dan bölak boş­­qa biror-bir binoning nomu nişoni ham yöq edi. Qiş izğirinidan diydirab turgan boğaro suvqoğozdan tiklangan omonat çodir içida Davlat rahbari ilk marotaba bu mas­kanda Yozuvçilar uyuşmasi uçun yangi imorat va adiblar xiyoboni barpo etiş töğrisida söz boşlagani asnosida xuddi orzu va niyatning oqligini tasdiqlaganday pağa-pağa laylak qor yoğa boşlagan edi…

Haqiqatan ham, niyatlar oq ekan, mana, bugunga kelib, oradan heç qança muddat ötmay, öşa manzilu makonda jannatmonand, firdavsmaqom Adiblar xiyoboni bunyod etildiki,  adabiyot va adab ahliga bağişlangan bunday körkam maʼvo boşqa mamlakatlarda topilmasligi muqarrar. Bu xulosamizga xiyobonning yaxlit meʼmoriy majmuasiyu did va farosat   bilan bunyod etilgani, gullar va daraxtlar, yölaklar va çiroqlarning bir-biriga uyğun va mutanosibligigaça guvohlik berib turibdi.

Şu örinda muhtaram Prezidentimizning bundan uç yil avval, 2017 yilning 3 avgust kuni mamlakat ijodkor ziyolilari vakillari bilan uçraşuvdagi maʼruzasidan muhim bir iqtibosni keltirmoq joiz: “Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz   bor, havas qilsa arziydigan uluğ ajdodlarimiz bor, havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor va men işonaman, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va sanʼatimiz ham albatta böladi”.

Bu daʼvatkor va tarixiy sözlar aytilganiga hali heç qança vaqt ötmagan bölsa-da, mana bugun – tarix 2020 yil 20 may sanasi kuni olam ahli havas qilsa arziydigan binoyiday Adiblar xiyoboni ham tap-tayyor bölib turibdi!

Heç qanday istiholasiz oçiq aytiş mumkinki, Prezident Adiblar xiyobonini özgaça zavqu şavq, hayrat va hayajon bilan kezib çiqdi, közdan keçirdi. Davlat rahbarining izidan şoir-yozuvçilar qança ildamlanmasin, u kişiga baqamti qadam taşlaşga ulgurmay qoldi. Şoirlardan kimdir yengil mutoyiba qildi: Adabiyot zamondan orqada qolmasligi kerak!..

Ustoz Erkin Vohidovning sersukut siymosiga qarar ekan, Prezident birpas öyga tolgandek böldi. Beixtiyor bundan ikki-uç yil avval aytgan, bugun ham suhbat çoği bir eslab ötgan “Mening ham armonlarim bor…” degan gaplari könglimizdan keçdi. Şu örinda ustozimizning salkam öttiz yil avval bitgan satrlarini esladik:

Agarçi ismim Erkin,

Erki yöq bandi kişan böldim,

Közim boğliq, dilim doğliq,

Tilim yöq, besuxan böldim…

Çekibdur Boburu Furqat

Vatan hajrida afğonlar,

Men ersam, vah, ne ğurbatkim,

Vatanda bevatan böldim.

Işonçim bor, Vatan, bir kun

Kelar çun nurli davroning,

Degayman şunda çin Erkin,

Çin inson qaytadan böldim.

Uşbu şeʼrning avvali bilan oxirgi satrlari oraliğidagi masofa yigirma töqqiz yil! Yigirma töqqiz yildan keyin –Davlat rahbarining sidqidil eʼtiboriyu bu hurmat-ehtiromning amaliy ifodasi  bölmiş Adiblar xiyoboni timsolida röyobga çiqqan orzu, uşalmas armonlar muborak bölsin, aziz ustozlar!..

Zahiriddin Muhammad Bobur, Berdaq, Ogahiy, Muqimiy va Furqat. Bir tomonda millatparvar jadid bobolarimiz: Abdulla Qodiriy, Çölpon, Abdulla Avloniy, Mahmudxöja Behbudiy.

Ustoz Hamid Olimjon “Eng gullagan yoşlik çoğimda” debon hozir yoningizga tuşib keladiganday. Yelkalari uzra qaldirğoçlar çarx urib turibdi. Zulfiya opa ötirgan holatda “Eʼzozlar, hurmatlar uçun taşakkur” deb turibdilar. Garçand xiyobonda oralari unça uzoq bölmasa-da, örtada neça-neça umrlik dardu firoq, muhabbat va sadoqat manzillari turganini yurak-yurakdan his etasiz…

Muhtaşam qoraqalpoq adabiyotining azamat namoyandalari Özbekiston Qahramonlari Ibroyim oğa, Tölepbergan bobolar – xalq-Vatan oldidagi qarzini söz bilan tölab bergan bobolar. Abdulla Qahhor, Oybek domla, Ğafur Ğulom muallim, Said Ahmad domla, Saida Zunnunova… Domla Ozod Şarafiddinov. Va albatta, Aleksandr Faynberg, Muhammad Yusuf…

Hozirça uşbu majlisda Maqsud Şayxzoda muallim iştirok etmayaptilar. Bir zamonlar “Xiyobon” kitobini yozib, taʼna-malomatlardan biyobonga aylangan Şayx domlaning muborak siymolari örnatiliş arafasida…

Va uşbu anjumandagi barça sohibkalom va sohibqalamlarga donişmandona qarab turgan ustoz Abdulla Oripov…

Qiyin zamonlarda, oğir davrlarda ijod qilgan, xalq va millat dardini kuylagan aziz va qadrli ustozlar, muallimlar. Ular sözga, adabiyotga xiyonat qilmadilar. Sözni yerga urmadilar. Sözni, şeʼrni Vatandek, Vatanni yuksak söz va şeʼr singari qadrladilar.  Adabiyotni Vatan deb, Vatanni Adabiyot deb bildilar. Şu sadoqat va matonatlari bois halollik va poklik bilan millatning uluğ adiblari maqomiga erişdilar.

Har qismatga har kimning davroni sabab bölgay,

Şeʼr un çeksa şoirning armoni sabab bölgay,

Men faxr etsam, umrimning har oni sabab bölgay,

Topgan toj-taxtim mening jonajonim şeʼriyat,

Eng oliy baxtim mening onajonim şeʼriyat.

Adiblar xiyoboni. Adabiyot boği. Abadiyat boği.

— Men  sizlarga mavzu berdim, —dedi Prezident, — endi buni nazariy, amaliy jihatdan töliq yuzaga çiqariş — Sizdan…

Mavzu jiddiy, vazifa jiddiy, masʼuliyat benihoyat jiddiy.

Adiblar xiyoboni birgina adiblarning emas, butun xalqniki, millatniki, millat kelajagi bölgan yoşlarniki. Adabiyot, kitobxonlik örnini internetga boy berib qöymaslik kerak. Adabiyot va kitob özining azaliy örni va maqomini qayta zabt etmoği uçun ham bu işga oliy öquv yurtlari keng jalb etilişi lozim. Şuning uçun ham har bir haykal – majmua bittadan oliy öquv yurtiga biriktirildi. Adabiyot, barça oliy öquv yurtlari – institutlar, universitetlar orqali muşoiralar tanlovlar vositasida tinimsiz öqitilişi, tinimsiz tarğib qilinişi şart va zarur deyildiki, bu işlar, bu harakatlar viloyatlar miqyosida ham keng amalga oşirilişi kerak…

Adiblar xiyoboni. Adabiyot boği. Abadiyat boği.

Bu şunçaki boğ emas, şunçaki yozuvçilar xiyoboni emas. Xiyobonga jon kiritiş kerak, yodgorliklar jonli tilda sözlaşi, gapirişi, taʼlim va tarbiya, did va farosatga, bilim va maʼrifatga xizmat qilişi kerak.

Bundagi Toşkent tarixi muzeyi, bu yerdan çiqib borib körganimiz, barça ijodkorlarni  tom maʼnoda hayrat va hayajonlarga solgan eng zamonaviy “Bolalar milliy tibbiyot markazi”dagi hayratomuz manzaralar – yangi Özbekis­tonimizning yorqin va porloq sahifalari yangliğ tarix zarvaraqlariga naqş etib qoldirmoq qalam ahli zimmasidagi burç va masʼuliyatdir. Sababi, davru zamon öz Yölboşçisi timsolida bu muhtaşam inşootlarni Vatan va xalq manfaati yölida köz öngimizda bunyod etdi. Heç nimarsa osmondan özi tuşmaydi. Heç bir narsa öz-özidan bino bölmaydi. Buning maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyati beqiyosligini anglagan holda, sözimizni Davlatimiz rahbari Adiblar xiyobonida nomini bir neça marta yuksak ehtirom bilan tilga olgan Muhammad Rizo Ogahiy bobomizning bugungi kunlarni başorat qilib bitgan satrlari bilan yakunlamoqni lozim topdik:

Har kim öqusa, duo bila yod etgay,

Ruhimni bu yod etmak ila şod etgay.

To Tangri aning bu karami borasida

Joyini ikki jahonda obod etgay.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan