Tahqir “tahrir” qilindi
“Hurriyat”ning 2020 yil 8 mart kuni chop etilgan 10-sonida Qarshi shahridagi “Media park savdo” majmuasida bobomiz Zahiriddin Muhammad Boburning qo'liga pissa tutqazilgan surati bor banner o'rnatilgani haqida yozilgan edi. Jamoatchi muxbirimiz Islom Asilbekovning “Bobomiz pissa sotganmi?” sarlavhali shu haqdagi maqolasi jamoatchilik orasida ancha muhokamalarga sabab bo'lgandi.
Gazetamiz muxbirlarining surishtiruviga ko'ra, bugun ushbu banner olib tashlanibdi. Endi uning o'rnida hech narsa yo'q: bo'm-bo'sh devor bor, xolos. Garchi ma'naviyatimizga zid tarzda qilingan bunday «bezak»lar bo'lmasa-da, oppoq devorning o'zi ham bir chiroyli bo'lib, ko'zni quvontirib turibdi.
A.Ahmad.