Ona xotirjam, bola esa…
yoki gödaklar salomatligi va tarbiyasiga salbiy taʼsir qilayotgan “qulaylik”
Inson tani va qalbini pok tutmoqni uluğ Navoiy hazratlari qisqa va lönda ifoda etadilar:
Kamol et kasbkim, olam uyidin,
Senga farz ölmağay ğamnok çiqmoq.
Jahondin notamom ötmak — biaynih,
Erur hammomdin nopok çiqmoq.
Demak, inson hammomda tanini poklasa, maʼnaviy yetuklik ila qalbini poklar ekan. Agar yetuklikka erişolmay jahondan notamom ötsa, bu bayni hammomga kirib, nopok holda çiqmoq kabidir, deydi uluğ bobomiz.
Maʼlumotlarda keltirilişiça, birgina qölni yuvmasdan ovqatlanişning özidan dunyo böyiça neça minglab odamlar hayotdan turli kasalliklar orttirgani holda köz yumar ekan. Soğlom inson — tabiatning bebaho neʼmati, uni taʼminlovçi jismoniy va ruhiy poklikning ahamiyati esa bebaho, beqiyos. Naqlda aytilişiça, ota-ona öz farzandiga yaxşi tarbiyadan afzalroq boylik qoldira olmaydilar. Demakki, yaxşi tarbiyadan afzal boylik yöq va yaxşi tarbiyali farzand ota-ona saodatidir.
Bola tarbiyasi haqida gap ketar ekan, köpçilikka maʼlum va maşhur bölgan qadimgi bir hikoyat yodga tuşadi: bir yoş ota-ona farzandi tarbiyasini barvaqt boşlab, uni kelgusida komil inson etib voyaga yetkaziş maqsadida donişmandning oldiga olib bordi. Donişmand ona qölidagi çaqaloqqa qarab, uning neça oylik bölganini söradi. Ota gödagi hali juda kiçik, tuğilganiga endigina yetti oy bölganini va uni tarbiyalaş haqidagi niyatini aytadi. Şunda keksa donişmand afsus bilan boş çayqab, bolani tarbiyalaşda yetti oy keç qolibsizlar degan ekan.
Zamonaviy ilm-fan va pedagogika ham bu hikmatni aslo rad etmaydi, aksinça, uni yanada rivojlantirib, çuqurlaştirgan holda, tarbiyani bola ona qornidayoq boşlaş lozimligini taʼkidlaydi. Aytişlariça, ona qornidagi gödagiga yaxşi niyatlar, ezguliklarni singdirib borişi, mehr-oqibat, halollik, mardlik haqida ertaklar aytib berişi, mumtoz kuy-qöşiqlarni eşittirişi lozim ekan. Ona homiladorlik davrida qattiq asabiylaşişi, yomon odatlardan, özaro janjallardan tiyilişi kerak bölarkan.
Şu örinda bolalar tarbiyasidagi bir jihatni aytib ötiş zarur, bu çaqaloqlar va yoş bolalar tagliklari, yaʼni pamperslar reklamasi xususidagi gap. Kundan-kunga köpayib ketayotgan bolalar tagliklari — pamperslar reklamasiga bir eʼtibor bering-a: “LaLaku”, “Mankens”, “Jonny”… va boşqalar. Avvalo, yoş onalarga yaratilayotgan qulaylik, orastalik juda yaxşi, albatta. Bu hayotiy zarurat ekanligi ham haqiqat. Bir qaraşda bu — orastalik zamonaviy tarbiyadek körinadi.
Çunki, hozirgi pamperslar bolaga ham, onaga ham katta qulaylik yaratadi, bola bir neça soatlab, hatto kun böyi va yana tun böyi bitta pampersda yurişi, uxlaşi, öynaşi mumkin. Bundan ham yaxşisi bölişi mumkinmi, deya öylab qolasan. Ammo aynan mana şu holat, aniqroği, bu qulaylikni suiisteʼmol qiliş bolaning tabiiy ehtiyojini ifoda etiş instinktini yöqqa çiqara boradi. Boşqaça aytganda, bolaning tarbiyasi şu orqali buziladi. “LaLaku”lar tarğiboti natijasida bolani “tösib oliş” tarbiyasini mutlaqo buzib yubormoqda. Axir reklamaga bir qarang: bola “LaLaku” bilan qadam taşlayapti. Bola özi tengi qizga “LaLaku” töla qutiçani katta zavq bilan sovğa qilmoqda va qiz esa uni hayrat va mamnuniyat bilan qabul qilib olmoqda. “Mankens” tagliklarini kiyib olgan bolalar futbol öynayaptilar va… “Mankens”li qiz xuddi şu “forma”da darvozada turgan bolaga gol urmoqda. “Şunaqa böladi!”, deya pisanda qilib qöyyapti ham. Mana pamperslar kuçi, rağbati!!!
Ammo allaqaçon axlatga tölib bölgan “törva-xalta”ni kötarib yurgan bola holatidan ona şod, baxtiyor. “LaLaku”: xotirjam bola — xotirjam ona! Bola ham odamça, u ham faqat oğiz-burnidan emas, balki badani orqali ham nafas olişi kerak.
Aslida bu holat bolaning ham, onaning ham tarbiyasini buzişdan boşqa narsa emas-ku! Bu ahvolda bola ertaga unça-munça nopoklikdan hazar qilmaydigan kimsa bölib voyaga yetmaydimi?
Masalaning yana boşqa jihati ham bor. Bu matohlar bola salomatligiga mutlaqo bezararmi? Unday emasdir-ov!.. Qolaversa, pamperslar ayniqsa, öğil bolalar uçun zararli ekanligi haqida eşitganim bor. Unday bölsa, onaning uzoq vaqt davom etadigan xotirjamligi (aslida, bu — tarbiyasizlik va dangasalik) ostida nima yotibdi ekan?
Şu örinda fikrimizni mutaxassis fikri bilan asoslab ötsak, yana ham örinliroq bölar edi.
— Men 27 yil bolalar boğçasi (hozirgi maktabgaça taʼlim muassasasi)da enaga bölib işladim, — deydi nurafşonlik Zoya opa Mirzaqulova. — Bilganim, doimiy ravişda pampersda yuradigan bolalar tuvakni aslo xuşlamaydilar. Eng yomoni — bunday bolalarning tabiiy ehtiyojga reaksiyasi sustlaşadi. Şu sababli ham oiladagi 5 nafar nabiramning hammasini tuvakka örgatganmiz. Lekin zarur holatlarda pamperslardan ham foydalanamiz, albatta. Ammo unga ruju qöymaslik kerak. Şubhasiz, bolalar tagliklari ona va bola uçun zamonaviy qulayliklardan biri hisoblanadi. Ammo hamma narsada ham meʼyor bölmoği kerak.
— Aytaylik, çaqaloqlar va kiçik yoşdagi bolalar uçun bu vosita juda asqotadi, lekin undan kerakli paytlardagina foydalaniş zarur. Katta yoşdagi bolalar uçun undan foydalaniş aslo töğri emas. Qolaversa, pamperslardan vaqti-bemahal foydalanaveriş inson tanasiga zarur bölgan tabiiy havo almaşiş jarayonini buzadi va har xil toşmalar toşişiga sabab bölişi mumkin. Bundan-da yomoni, tagliklar vujudga keltiradigan böğiq şaroit öğil bolalarda moyaklar rivojiga salbiy taʼsir körsatişi mumkin. Bu esa keyinçalik salbiy oqibatlarni keltirib çiqarişi ehtimoldan xoli emas, — deydi urolog-şifokor, Özbekiston soğliqni saqlaş aʼloçisi Abdukarim Uluğxöjayev.
Ajdodlarimiz nima uçun bola tarbiyasida beşikka alohida eʼtibor berişgan? Çunki bola soğlom va pokiza ösişi, uning badaniga najosot tegmasligi uçun mana şunday oqilona yöl tutilgan.
Yana bir gap: bu pamperslar çiqindisi ötda yonmaydi, suvda çökmaydi. Endi baʼzi xonadonlardan haftasiga qoplab çiqadigan çiqindilar uyumini tasavvur qilavering. Mahallalarning pana-pastqam joylarida, ariq-zovur böylari, oqar suvlar va hatto katta köça yoqalariga taşlab ketilgan pampers çiqindilari bot-bot közga taşlanadi. Şu havodan özimiz nafas olamiz, havo toza bölsa tanimiz soğlom, ruhimiz tetik böladi.
Şunday ekan, tarbiyada mayda va arzimas narsalar bölmaydi.
Maʼmurjon Bozoraliyev,
jurnalist.
