Qöşimça 31,7 ming bola qamrab olinadi
Maktabgaça taʼlim vazirligi taşabbusi bilan Prezidentimizning 2020 yil 30 yanvardagi “Maktabgaça taʼlim sohasida davlat-xususiy şeriklikni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosiga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi.
Tadbirda vazirlik tomonidan şu kungaça nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarini (MTT) taşkil etiş uçun 1412 ta bitimlar imzolangan bölsa, şundan 992 ta loyihaga 1 732 milliard sömlik imtiyozli kreditlar ajratildi. Joriy yilning 1 yanvar holatiga köra, 6084 oilaviy şakldagi MTT ham öz faoliyatini boşlaganligi maʼlum qilindi.
— Hozirgi kunda 300 ta MTTlarda quriliş-jihozlaş işlari olib borilmoqda, — deydi Maktabgaça taʼlim vaziri örinbosari Maqsudjon Yuldoşev. — Natijada qöşimça 31,7 ming bola qamrab olinişi rejalaştirilgan.
Davlatimiz tomonidan tadbirkorlarga qulay imkoniyatlar yaratilgan, xususan, aynan şu sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar 10 yilgaça soliqlardan ozod etilgan bölib, MTTlarda sarflanayotgan elektr energiya va gaz xarajatlarining 50 foizi davlat tomonidan qoplanadi. Ötgan yilda davlat-xususiy şeriklikni yanada rivojlantiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi hamda halqaro moliya institutlaridan 200,0 million AQŞ dollari miqdoridagi kredit mablaği jalb qilindi.
Nargiza Bobomurodova,
“Hurriyat” muxbiri.
