Özbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori: Noşirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida
Respublikada matbaa va noşirlik sohasini qöllab-quvvatlaş tizimini takomillaştiriş, bosma mahsulotlar bozorini rivojlantiriş böyiça keng qamrovli va tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Şu bilan birga, matbaa va noşirlik sohasida hozirgi kundagi işlar ahvoli matbaa va noşirlik taşkilotlari örtasida raqobat muhitini kuçaytirişni, mualliflik huquqi buzilişining oldini oliş, sifatsiz mahsulotlar işlab çiqarilişini çeklaş, darsliklar va öquv-metodik majmualarni çop etiş tartibini qayta körib çiqişni taqozo etmoqda.
Noşirlik va matbaa sohasida davlat aralaşuvini keskin kamaytiriş, naşriyot va matbaa sohasida qulay işbilarmonlik muhitini yaratiş, şuningdek, taʼlim muassasalari uçun sifatli darsliklar va öquv-metodik majmualar yetkazilişini taʼminlaş maqsadida:
1. Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining (keyingi örinlarda – Agentlik):
2020 yil 1 oktyabrdan boşlab respublika byudjeti mablağlari va Respublika maqsadli kitob jamğarmasi mablağlari hisobidan taʼlim muassasalari uçun darsliklar va öquv-metodik majmualarni naşr etişda (qayta naşr etişda) narxlarni davlat tomonidan tartibga solişni (rentabellikning çeklangan darajasini belgilaş) bekor qiliş;
2020 yil 1 iyuldan boşlab noşirlik faoliyatini litsenziyalaş hamda matbaa faoliyatini amalga oşiriş uçun ruxsat beriş tartiblarini bekor qilib, noşirlik va matbaa faoliyatini boşlaganligi haqida vakolatli davlat organini xabardor etiş tizimini joriy qiliş;
2021 yil 1 yanvardan boşlab noşirlik va matbaa korxonalarining bosma mahsulotlarini realizatsiya qilişdan, şuningdek, bosma mahsulotlarni işlab çiqariş va realizatsiya qiliş bilan boğliq tahrir, matbaa va noşirlik xizmatlari körsatişdan tuşgan tuşumdan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalarni bekor qiliş haqidagi takliflari maʼqullansin.
2. Şunday tartib örnatilsinki, unga muvofiq:
noşirlik va matbaa korxonalari, şu jumladan, davlat buyurtmasini bajaruvçi korxonalar narxni şakllantiriş siyosatini bozor mexanizmlari asosida erkin şakllantiradi;
2020 yil 1 sentyabrdan boşlab davlat buyurtmasi asosida bosma mahsulotlar, şu jumladan, darsliklar va öquv-metodik majmualarni naşrga tayyorlaş va çop etiş, Özbekiston Respublikasi norezidentlari ham qatnaşişi mumkin bölgan, davlat xaridlari töğrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oşiriladi. Bunda mazkur tartib korporativ buyurtmaçilar uçun ham majburiy hisoblanadi;
tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan noşirlik va matbaa faoliyatini yuritişni boşlaganligi haqida vakolatli davlat organini xabardor etiş avtomatlaştirilgan axborot tizimi orqali amalga oşiriladi.
3. Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Agentlik va Davlat aktivlarini boşqariş agentligining:
“Özbekiston naşriyot-matbaa ijodiy uyi”, “Ğafur Ğulom nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uyi” va “Öqituvçi matbaa uyi” davlat korxonalarini örnatilgan tartibda xususiylaştiriş uçun Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga ötkaziş;
“Közi ojizlar bosmaxonasi” davlat korxonasini Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga samarali foydalaniş uçun ötkaziş;
“Öqituvçi ilmiy-metodik naşriyot markazi” davlat korxonasi va Agentlik hududiy bölinmalari tizimidagi (Qoraqalpoğiston Respublikasidan taşqari) naşriyotlar faoliyatini tugatiş;
Agentlik tizimida “Özbekiston naşriyoti” davlat korxonasini taşkil etiş, unga “Çölpon nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uyi” va “Özbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy naşriyoti” davlat korxonalarini qöşib oliş hamda “Özbekiston naşriyot-matbaa ijodiy uyi” davlat korxonasining noşirlik bazasini, şu jumladan, intellektual mulk obʼyektlariga bölgan mutlaq huquqlarini ötkaziş töğrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Davlat mulkini sotişda tender savdolarini ötkaziş böyiça davlat komissiyasi (A.N.Aripov) ikki hafta muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan davlat korxonalarini baholaş, qayta taşkil etiş, savdoga qöyiş va tugatiş grafiklarini tasdiqlasin.
4. Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi:
a) bir oy muddatda “Özbekiston naşriyot-matbaa ijodiy uyi”, “Ğafur Ğulom nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uyi”, “Öqituvçi matbaa uyi” va “Közi ojizlar bosmaxonasi” davlat korxonalarini belgilangan tartibda qabul qilib olsin;
b) xalqaro audit va konsalting taşkilotlarini jalb qilgan holda
ikki oy muddatda:
davlat iştirokidagi naşriyot-matbaa korxonalarini xususiylaştirişga tayyorlaş va ularning jozibadorligini oşiriş böyiça har bir tadbirni aniq amalga oşiriş muddati va masʼul şaxslar körsatilgan çora-tadbirlar rejalarini tasdiqlasin;
belgilangan tartibda sotilmagan hamda tugatilgan naşriyot-matbaa korxonalarining mol-mulkidan samarali foydalaniş böyiça takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Belgilansinki:
Agentlikning tugatilayotgan naşriyot taşkilotlariga tegişli mutlaq mualliflik huquqlari (darsliklar va öquv-metodik majmualarga nisbatan huquqlar bundan mustasno) yangi taşkil etilayotgan “Özbekiston naşriyoti” davlat korxonasiga ötkaziladi;
Agentlikning naşriyot taşkilotlarining darsliklar va öquv-metodik majmualarga nisbatan mavjud mutlaq mualliflik (noşirlik) huquqlari Özbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga beğaraz ötkaziladi;
taʼlim muassasalari uçun matbaa mahsulotlari texnik reglament talablariga muvofiqligi tasdiqlanişi şart.
6. Özbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziriga umumiy örta taʼlim muassasalari, jismoniy yoki psixik rivojlanişida nuqsoni bölgan bolalar uçun ixtisoslaştirilgan maktablar va maktab-internatlarining barça sinflari uçun darsliklar va öquv-metodik majmualarning foydalaniş (yangi va qayta naşr etiş davriyligi) muddatlarini belgilaş, şuningdek, Moliya vazirligi bilan kelişilgan holda umumiy örta taʼlim muassasalari barça sinflari uçun darsliklar va öquv-metodik majmualarni qöşimça çop etiş yuzasidan qaror qabul qiliş huquqi berilsin. Bunda, darsliklar va öquv-metodik majmualarning mazmuni asossiz özgartirilişiga yöl qöyilmaydi.
7. Özbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uç oy muddatda:
Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi (keyingi örinlarda – Markaz) faoliyatini qayta körib çiqib, tubdan takomillaştiriş;
Markazga umumiy örta taʼlimning davlat taʼlim standarti va taʼlim dasturlarini işlab çiqiş, darsliklar va öquv-metodik majmualarni yaratiş böyiça muallif va tuzuvçilarni tanlaş, yaratilgan darsliklar va öquv-metodik majmualarni ekspertiza qiliş, sinovdan ötkaziş, ularni taʼlim tizimida qöllaş böyiça ilmiy xulosa beriş vazifalarini yuklaş;
taʼlim sohasidagi darsliklar va öquv-metodik majmualar tayyorlaş, naşr etiş va tarqatiş tizimini takomillaştiriş, şu jumladan, ularda xato va kamçiliklarga yöl qöyilişining oldini oliş, davlat buyurtmasiga asosan tayyorlanadigan darsliklar va öquv-metodik majmualardan foydalanişga bölgan mutlaq huquqlarni Xalq taʼlimi vazirligiga ötkaziş;
darsliklar va öquv-metodik majmualarni yaratiş bilan boğliq ilmiy-texnikaviy loyihalarni amalga oşirişga jalb etiladigan ilmiy xodimlarni bajaradigan ilmiy-texnikaviy işlar hajmidan kelib çiqqan holda muayyan muddatga şartnoma asosida işga qabul qiliş böyiça Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi bilan birgalikda 2020 yil 1 oktyabrga qadar Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi huzuridagi “Ijod” fondini yanada rivojlantiriş va uni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Özbekiston Yoşlar ittifoqi Agentlik, Moliya vazirligi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi va boşqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ijodiy körik-tanlovlarni taşkil etiş, iqtidorli yoş mualliflarning birinçi kitoblarini naşr etiş uçun moliyaviy yordam körsatiş tizimini takomillaştiriş yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (B.Xodjayev) bir oy muddatda Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Innovatsion rivojlaniş vazirligi, “Özstandart” agentligi va “Özkimyosanoat” AJ bilan birgalikda işlab çiqarilayotgan matbaa mahsulotlarining tannarxini kamaytiriş maqsadida import qilinayotgan xomaşyolarni (qoğoz, karton, böyoq va yelim) işlab çiqarişni mahalliylaştiriş dasturini şakllantirsin va tasdiqlasin.
10. Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi umumiy örta taʼlim muassasalari uçun darsliklar va öquv-metodik majmualarni naşr etiş va qayta naşr etişga tender (tanlov) savdolarini ötkazişda raqobat töğrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinişi ustidan nazoratni kuçaytirsin.
11. Agentlik va uning hududiy boşqarmalariga axborot, noşirlik va matbaa sohasida maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisida bayonnoma tuziş vakolati yuklatilganligi maʼlumot uçun qabul qilinsin.
12. Agentlik Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda oliy taʼlim muassasalarida noşirlik faoliyati sohasidagi taʼlim yönalişlarini takomillaştiriş çoralarini körsin.
13. Özbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi ikki oy muddatda xorijiy davlatlar taʼlim tizimida foydalanilayotgan STEAM fanlari (Science – tabiiy fanlar, Technology – texnologiyalar, Engineering – texnik ijodkorlik, Art – sanʼat, Mathematics – matematika) böyiça zamonaviy darsliklarni respublika umumiy taʼlim muassasalarida tatbiq etiş böyiça Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
14. Agentlik ikki oy muddatda:
Adliya vazirligi bilan birgalikda noşirlik va matbaa faoliyatini boşlaganligi haqida vakolatli davlat organini xabardor etiş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş uçun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
naşriyot va matbaa sohasidagi qonun hujjatlari va normativ-texnik hujjatlar talablarini qayta körib çiqsin hamda zamon talablariga javob bermaydigan norma va normativlar, jumladan, ijodiy işlarni naşrga tayyorlaş va çop etiş uçun Yozuvçilar uyuşmasining xulosasini oliş amaliyotini bekor qiliş çoralarini körsin;
Adliya vazirligi bilan birgalikda noşirlik va matbaa sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uçun maʼmuriy javobgarlikni kuçaytiriş böyiça qonun loyihasini işlab çiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
“Özstandart” agentligi, Soğliqni saqlaş vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda taʼlim muassasalari uçun poligrafiya mahsulotlarining xavfsizligi haqida umumiy texnik reglamentni xalqaro talablarga muvofiqlaştiriş böyiça takliflarni işlab çiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
qonun hujjatlariga uşbu qarordan kelib çiqadigan özgartiriş va qöşimçalar töğrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.N.Aripov va Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Ş.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
Ş.Mirziyoyev
Toşkent şahri,
2020 yil 16 mart
