Xatar öçoğidan sevinç quçoğigaça…

“Hurriyat” muxbirlari karantin zonasida bölib qaytişdi

Dunyoda koronavirus pandemiyasi boşlanganiga olti oy böldi. Lekin bu olti oy bir neça yillarga saboq çiqaradigan işlarni insoniyat ötmişiga muhrlamoqda. Qörquv, xatar, besaranjomlik, öz tana aʼzolaring bilan özgaça muloqot – bular hammasi koronavirus sabab yuzaga çiqqan holatlar, hislar, keçinmalar.

 Bugun olam ahli koronavirus vaksinasi kaşfiyoti haqidagi xabarni  jon  quloği bilan eşitişga şay turibdi. Biroq na irq, na millat, na boy, na kambağal, na yoşu qari tanlamaydigan uşbu yov har bir insonni ogohlikka çorlamoqda.  Kuzatuvçi bölib ötirişga haqqimiz yöq. Virusga çalinmaslikni hamma xohlaydi, biroq u bizning xohişlarimiz bilan hisoblaşib ötirmaydi. Şu bois har birimiz, har daqiqa virusga qarşi kuraşga mahkummiz.

Ogoh bölişimiz şart. Avvalo özimizni, yaqinlarimizni bu xavf -xatardan munosib himoya qilolsak, şifokorlar neça oyki quloğimizga quyayotgan, deyarli yod bölib ketgan tozalik, ozodalik va gigiye­nik talablarni bekam-u köst ado etsakkina bu dardni yengişimiz mumkin.

Söngi maʼlumotlarga qaraganda, yer yuzi aholisining 5 520 000 (beş million beş yuz yigirma) mingdan ortiq nafari uşbu kasallikka çalingan. Joriy yilning 15 martida respublikamizda COVID-19 virusiga çalingan ilk bemor aniqlangan edi. Davlatimiz rahbari boşçiligida tezkor çora va tadbir körildi. Bu esa  yon-qöşnilarimiz va boşqa davlatlarga nisbatan, Özbekistonda kasallaniş darajasi yuqori bölmasligini taʼminladi. Ölim körsatkiçi keskin kam ekanligi boşqa mamlakatlar qarşisida, Özbekiston hukumati, özbek tibbiyoti nimaga qodirligini namoyiş etdi, köz tegmasin!.

Mamlakatda karantin çoralarini qatʼiy tartibda joriy etiş, har bir fuqaro gigiyena qoi­dalariga bekamu köst amal qilişi, agar amal qilmagan taqdirda jarimaga tortilişi belgilanişi haqidagi Hayʼat qarorlari  aholi salomatligini saqlaş, virusga Özbekiston darvozalarini lang oçib bermaslik uçun muhim omil böldi.

Aytiş kerakki, xalqimiz madaniyatli, maʼrifatli millat vakillari ekanini yana bir bor namoyiş etişdi (ataylab karantin holatiga qarşi borgan baʼzi “selfi”çilar, “şov-şuv”çilar — ular köça bolalari, öttiz uç milliondan ortiq aholisi bor mamlakatdan tört-beşta çiqadi-da). Muhimi, xalqimiz istasa jipslaşa oladigan, tartib-intizomli, uyda özini yakkalab yaqinlarini, qarindoş-uruğlarining xavfsizligini taʼminlab, mustahkam millat ekanini körsatmoqda.

Hukumatimiz qatʼiy çora-tadbirlar körib, qisqa vaqt içida Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanida özida 20 800 kişini qabul qilişga möljallangan karantin zonasi qurilişi boşlandi. Hozirgi kunda uşbu zonada 12 314 nafar fuqaro karantinda saqlanmoqda.

Karantin zonasiga kirar ekanmiz, bir kilometrlar çamasi uzoqlikda joylaşgan 12 IIB postida ilk tekşiruvdan ötdik. Maqsadimiz oliy va örta tibbiyot xodimlari, Milliy gvardiya va Içki işlar organlari vakillari hamda davlat xavfsizlik xizmati guruhining xalqimiz salomatligi yölida qilayotgan fidokorona xizmatini gazetamiz sahifasida yoritiş ekanini aytganimizdan söng, post­dagilar zonada faoliyat olib borayotgan Respublika ştab-kvartirasi bilan boğlanişdi. Bir zumda barça xavfsizlik çoralari körilgan, maxsus dezinfeksiyalangan “Damas” avtoulovida Yuqori Çirçiqdagi karantin zonasi Respublika ştab-kvartirasi boşliğining örinbosari Nizomiddin Ğafforov yetib keldi.

Asosiy postda maşinadan tuşdik. Obdon tekşiruvdan, yaʼni nazoratdan ötdik. Hatto avtoulovning ğildirak­lari oraliğigaça maxsus uskunalarda kuzatuvdan ötkazildi. Söng karantin bölinmasiga kirişga ruxsat berildi.

Karantin zonasida har bir blok oralaridagi yöl va yölaklar dezinfeksiyalangan, atrof toza va ozoda ekanligi eʼtiborni tortadi.    U 15 blokdan iborat. Bu yerda xorijdan çarter reysda olib kelingan fuqarolar, ular bilan muloqotda bölganlar, mamlakatimiz hududida koronavirusga çalingan bemorlarning yaqinlari va hamsuhbat bölgan aholi vakillari  vaqtinça saqlanadi. Ular doimiy ravişda tibbiyot xodimlari nazoratida bölişadi. Vaqtinça karantinga olinganlar uçun barça şart-şaroitlar yaratilgan. Blok­larda profilaktik muolaja uçun maxsus xonalar mavjud bölib, har bir xonada törtta karavot, stol-stul, konditsioner, muzlatgiç va çoy qaynatiş uçun “Tefal” çoynagi, şuning­dek, yuviniş xonasi muntazam işlab turibdi. Har bir xonadan çiqindilar uçun quvurlar tuynugi olib ötilgan.

Maxsus oşxonada esa poytaxtimizdagi “Versal” va “Navröz” restoranlari oşpazlari uç mahal taom tayyorlaşadi. Şuning özidayoq şart-şaroit qay darajada ekanligini tasavvur qiliş mumkin. Taomlar tibbiy profilaktik çoralar körilgan maxsus idiş­larda barça xonalarga yetkaziladi.

Bunday çora-tadbirlarning boş maqsadi, birinçi navbatda aholining tinçligi, salomatligini saqlaş, uşbu sinovdan ortiqça talafotlarsiz, eson-omon ötib olişdir. Şunday ekan, karantinga olingan har bir fuqarodan 14 kun sabr qiliş orqali belgilangan körikdan ötib, öz oila-aʼzolarini, qarindoşlarini, qöni-qöşnisini, qolaversa, butun xalqimizni mudhiş xavfdan asrab qolişda kömak körsatişi talab etiladi.

— Uşbu zonada karantindagilar soni doimiy özgarib turadi, çunki hozirda koronavirus pandemiyasiga çalinganlardan köra soğayganlar soni kun sayin oşib borayapti, — dedi ştab-kvartira joylaşgan xonaga borayotganimizda Yuqori Çirçiqdagi karantin zonasi Respublika ştab-kvartirasi boşliğining örinbosari Nizomiddin Ğafforov. —Bölimda 5 nafar vraç, 10 nafar örta tibbiyot hamşirasi, 5 nafar buyurtmaçi, 2 nafar huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari, dezinfeksiyalovçilar va umumiy işçilar xizmat qiladi. Ular karantindagilar uçun keçasi-yu kunduzi xizmatda. Karantindagilarning harorati kuniga ikki marta ölçanadi va har beş kunda koronavirus testidan ötkaziladi.

Virus tarqalişining kiçik ehtimolini ham bartaraf etiş uçun oziq-ovqatlar faqat bir martalik idişlarda beriladi. Har bir xonaning oldida hovli bor, undan toza havodan nafas oliş, sport bilan şuğullaniş uçun foydalaniladi. Bu yerda işlaydigan har bir xodim koronavirus infeksiyasini yuqtiriş xavfining birlamçi bosqiçida turadi. Çunki, har bir daqiqada biz maʼlum maʼnoda karantindagi odamlar bilan aloqada bölamiz, ularning ayrimlarida afsuski, koronavirus aniqlanmoqda.

Vazifamiz öz burçimizda qatʼiy turib, odamlarga yaqindan yordam beriş, ularga ğamxörlik körsatişdir. Eng muhimi, şifokor ehtiyotkor bölişi va qörqmasligi lozim, — deydi N. Ğafforov.

* * *

Karantin zonasida Respublika ştab-kvartirasi xonasiga borganimizda biz ştab boşliği, Soğliqni saqlaş vazirligi boş mutaxassisi Kamolxöja Eşnazarov bilan uçraşdik. Suhbatimiz karantin zonasida yaratilgan şaroitlar va körilgan çora-tadbirlar haqida böldi.

 — Koronavirus pandemiyasi manaman degan davlatlarning ham qöl-oyoğini boğlab qöydi. Oldinga intiliş uçun ortga qaraşga majbur bölişmoqda. Mamlakat  rahbari tomonidan olib borilgan amaliy işlar natijasida Yuqori Çirçiq karantin zonasi barpo etildi. Zonaning imkoniyatlari, bizdagi şaroitlarning afzalliklari haqida gapirib bersangiz?

— Hukumatimizning saʼy-harakati bilan koronavirus pandemiyasiga qarşi keng kölamli işlar amalga  oşirilmoqda. Dunyo davlatlari kasallikni davolaşda vaksina yaratiş işlarini boşlaganda, bizning davlat özgaça yöl tutdi, yaʼni kasallikning oldini oliş çoralarini kördi. Men buni bolani ona qornidayoq tarbiyalaş yaxşi natija berişiga öxşataman. Karantin hududi taşkil qilinişi oqilona iş böldi. Deylik, Buyuk Britaniya hukumati endi xorijdan olib kelinadigan fuqarolarini 14 kunlik karantinda saqlaş haqida qaror çiqardi. Bizning davlatimiz ilk bor kasallik aniqlangan kundayoq bu işni boşlagan edi.

— Ayting-çi, nega aynan Yuqori Çirçiq karantin zonasi barpo etiş uçun tanlandi?

 — Yurtboşimiz barça körilayotgan çora-tadbirlarga boş-qoş bölmoqda. Karantin zonasidagilar, avvalo, özlarida kasallik bor-yöqligini aniqlab oliş barobarida havosi toza bölgan hududda yaşaydi. Toğning yon-bağrida, adirlikda joylaşgan karantin zonasi, guvohi bölganingizdek, havosi toza va sölim. Bunday havodan nafas olgan har qanday bemor ham, albatta şifo topadi.

Bundan taşqari, eng rivojlangan Yevropa  davlatlari ham vaqtida kasallikka yetarliça baho berişmaganligi oqibatida qiyin ahvolga tuşib qolişgani maʼlum. Ularda maxsus zonalar qurilmaganidan mavjud stadionlar, mehmonxonalar, boş maydonlar kasalxonaga aylantirildi. Hatto köpçilik qudratli deb biladigan Amerika Qöşma Ştatlari ham kasallikka çalingan bemorlarni şu kungaça faoliyat yuritib kelayotgan şifoxonalarga siğdirolmay qoldi. Alaloqibat, barça davlatlar karantin zonalari barpo etişga majbur bölmoqda.

Davlatimizning karantin zonasini qurişdan asosiy maqsadi  ham koronavirus pandemiyasining oldini oliş, mamlakat miqyosida keng tarqab ketmasligi çoralarini körişdan iboratdir.

— Bizga maʼlumki, xorijdan kelgan tibbiyot xodimlari ham bu hududda bölişgan edi?

— Xitoy   xalq respublikasidan kelgan tibbiyot vakillari karantin hududida bölişdi va aholi uçun yaratilgan imkoniyatlarni yuqori baholaşdi. Hatto Xitoyda ham bunday şaroit yaratilmaganini tan olişdi.

Hamma şaroit yetarli. Ayni payt­­da 21 ta blok işga tuşgan. Har bitta blokda 7-9 tagaça qator bor. Hozirda 16 ming aholini siğdiriş imkoniyatiga ega, avvalo, Xudo körsatmasin, lekin ehtiyot şart, agar kasallikning «ikkinçi tölqini» bizga ham taʼsir etsa, bloklarning siğimini yanada oşiriş, 20 ming nafardan ortiq karantinga olingan aholini joylaştirişga imkon yetarli. Oldindan çora köriş maqsadida quriliş işlari töxtab qolgani yöq.

— Bloklardagi xonalar neçta odamga möljallangan?

— Gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qiliş maqsadida hamda karantin davrida ularning yolğizlanib qolişining oldini oliş uçun har bitta xonaga 4 nafar odam joylaştirilgan.

Aholini karantin hududiga joylaştirişdan oldin  laboratoriya tahlillari ötkaziladi. Kasallik belgilari bölmagan insonlargina joylaştiriladi va kimdaki, koronavirus belgilari aniqlansa, darhol alohida izolyatorga olinadi. Kelganiga 14 kun bölgan fuqarolarni uyga javob berişdan oldin yana bir bor tahlillardan ötkazamiz. Turli vaziyatlar bölişi ehtimolini hisobga olgan holda karantin hududida keçayu­-kunduz “Tez yordam” tibbiy maşinasi şay turadi.

Karantinda saqlanayotganlar orasida koronavirus aniqlansa, öşa zahoti maxsus şifoxonalarga yetkaziladi. Bugun bu yerda şifokorlardan taşqari, Milliy gvardiya, Içki işlar, DXX, Transport vazirliklarining hamda  Toşkent şahar hoki­miyati tomonidan  biriktirilgan köp­lab yurtdoşlarimiz tunni kunga ulab xizmat qilmoqda.

— Ayni paytda qança odam karantinda saqlanmoqda?

— Uşbu hududda  (22 may kungi maʼlumot) 12 ming 314 nafar fuqaro bor, şuningdek, Turkiya davlatidan camolyotda çarter reys bilan olib kelingan fuqarolarimizni tekşiruvdan ötkazib, joylaştiriş işlari amalga oşirilmoqda. Bu raqamlar har kuni özgaradi. Bir daqiqa bölsa ham iş faoliyati töxtamaydi. Ularning soğligiga, tinçligiga, xavfsizligiga javobgar  tibbiyot xodimlari doimo sergak, tibbiy dori-darmonlar bilan qurollangan holatda şay turişadi.

Yana şuni taʼkidlaşni istardikki, bizning davlatimiz karantinda vaqtinçalik nazoratdagi insonlarning ikki hafta davomida saqlanişi, yeb-içişi, tibbiy xizmatlar  körsatiş, hamda koronavirusga çalingan bemorlarni bepul davolamoqda. Özingizga maʼlum, juda köp davlatlarda davolaş işlari pullik, suğurta qilinganlar davolaniş uçun belgilangan summaning yarim bahosini tölaşsa, suğurta qilinmaganlar yuz foiz pulini tölab, söng muolaja qilinmoqda.

Aytiş kerak, karantin zonasini fuqarolarimiz ilk bor körib, bilib turişibdi. Könikişi biroz qiyin keçayotgani rost, ammo yaratilgan şart-şaroitlar bilan tanişgaç, Prezidentimizga rahmat aytişmoqda.

Odamlar avtobusdan tuşirilişi bilan  şifokorlar darhol öz vazifalarini bajariş uçun ularga yuzlanadi. Ular orasida, albatta, allaqaçon virus yuqtirganlari ham böladi. Garçi himoya vositalarida bölsa ham, bemor bilan töğridan-töğri muloqotga kirişiş oson emas. Şifokorlar ham tirik jon. Bugungi faoliya­tim davomida şu narsaga guvoh böldimki, şifokorlarimiz fidoyi, öz kasbini seviş bilan birgalikda, jasoratli insonlar ekanligini amalda namoyiş etişdi. Prezidentimiz ham öz nutqida soha xodimlarini: “Bugungi kun qahramonlari”, deya taʼriflaganining öziyoq kasbimizga bölgan çuqur hurmat belgisidir.

— Yuqorida aytilganidek, mamlakatimizda virusga çalingan ilk bemor aniqlangan kundanoq uning oldini oliş çoralari körilgandi. Barçani huşyor bölişga çaqirildi. Siz Soğliqni saqlaş vazirligi boş boş­qarmasi boşliği sifatida, ayting-çi, bunga tibbiyot xodimlarining munosabati qanday bölgandi?

— Koronavirus pandemiyasi aniqlangandanoq, Prezidentimiz topşiriği bilan uşbu kasallikning oldini oliş va har qanday holatga tayyor turiş maqsadida öta muhim farmon va qarorlar imzolandi. Hamma işlar bosqiçma-bosqiç bajarildi. Birinçi navbatda, kasallik aholi orasida keng yoyilib ketişining oldi olindi.

Bugun şifokorlarimiz nafaqat huquq va majburiyatlari yuzasidan, balki insoniylik fazilatlaridan kelib çiqib ham mehnat qilmoqda. Har bir kasb egasining vatanga bölgan muhabbati sinovli kunlarda bilinadi, albatta. Şifokorlarimizning aksariyati “borib işlaşga majbursan” degan sözni kutib ötirgani yöq. Öz  taşabbusi bilan işlaş istagini bildirişgan.

* * *

Albatta, biz jurnalistlarga xos “kasallik” şuki, qaysi joyga bormaylik, köproq maʼlumot olişni, odamlar bilan yanada köproq suhbatlaşişni istaymiz. Mavzuning, masalaning içiga çuqurroq kirişni xohlaymiz. Şu bois, biz ham karantin zonasidagi, ayniqsa, uzoq yurtlardan çarter reyslari orqali olib kelingan yurtdoşlar bilan garçi bu xavfli ekanligini bilsak-da, suhbatlaşişni istadik.

Ammo … karantin zonasi rahba­riyati bunga ruxsat berişmadi. Qatʼiy tartib, intizom şuni taqozo etişini bildirişdi.

— Biz siz jurnalistlar soğliğini xatarga qöyişni istamaymiz, de­yişdi hazil-çin tarzda. Çin dildan taşakkur bildirdik ularga!

Biz bezovtalik, xavf-xatar maskanidan çiqar ekanmiz, bu yerdagi har bir yurtdoşimiz xatar öçoğidan oilasi quçoğiga eson-omon qaytişini astoydil tiladik. Çunonçi, har birimiz, yaxşi niyatlar bilan dunyoda yaşab yuribmiz. Ertani har birimiz soğinib va sevinib kutişga haqlimiz. Zero, inson degan matlabni oqlab yaşaş uçun biz soğlom va omon bölişimiz şart.

Yusuf Jörayev,

Feruza Rahimova,

«Hurriyat» muxbirlari.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan