Şayton kişanlangan oy
Vaqtning ötişini qarangki, Ramazon oyi ham nihoyasiga yetmoqda. Har birimiz bir oy davomida röza bilan ihotalalandik. Allohning oynasiga ezgu işlarimiz, buyuk amallarimiz, maʼrifatli qalbimiz bilan qaragimiz keladi. Şu uçun röza oxirlasa-da, uning huzuridan, zavqidan, faroğatidan ayrilgimiz kelmaydi. Savob işlar qilindi, ehsonlar tarqatilyapti, odamlar ezgu işlar yölida yanada jipslaşmoqdalar.
Uluğ Ramazon Hayiti arafasida Toşkent şahar boş imom-xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov bilan mohi Ramazon rözasining inson hayotidagi örni, şuurimizda va qalbimizda keçadigan aksu sadolari, bemisl ahamiyati, şafoati haqida suhbatlaşdik.
— Muhtaram domla, mana muborak Ramazon oyida turibmiz. Biz muqaddas manbadan yaxşi bilamizki, rözaning mömin-musulmon hayotidagi örni alohida. Şu maʼnoda uning inson hayotidagi örni, fazilatlari, saodatga yetaklovçi omillari haqida gapirsangiz?
— Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bölsin.
Payğambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bölsin.
Bu yilgi Ramazon va Hayit ayyomlari sinovli pandemiya davriga töğri keldi. Bu esa xalqimizning jamoat bölib ibodat va bayram qiliş huzuridan mahrum etmoqda. Buni albatta, öziga xos hikmati borligi, şubhasiz. Biroq xalqimiz mana şunday sinovli damlarda ham ibodatda qoyim turdi, savob umidida rözasini tutmoqda.
Albatta, mömin-musulmonga farz qilingan rözaning fazilatlari köp. Röza eng avvalo xato va gunohlar uçun kafforatdir. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim Ramazon rözasini iymon bilan, savob umidida tutsa, ötgan gunohlari mağfirat qilinur», dedilar». Va yana «Kim Ramazon rözasini tutsa, uning hadlarini (çegaralarini) bilsa, saqlaniş kerak bölgan narsalardan saqlansa, bu röza özidan avvalgi (bölib ötgan gunoh)larni mağfirat qiladi», deganlar.
Röza tufayli darajalar yuksalib, savoblar köpaytirib beriladi. Röza yuksak martaba, şarafli mansabdir. Şu sabab Alloh taolo uni şaraflagan holda Öziga biriktirgan va «Ammo röza mustasno, çunki u Men uçundir», degan, holbuki barça solih amallar ham U Zot uçundir.
Eʼtibor qaratgan bölsangiz, rözador odamning oğzi hidlanadi. Allohning huzuridagi fariştalardan iborat jamoat hidlaydigan, rözadorning oğzidan keladigan hid, yaʼni xaluf muşki anbarning hididan ham xuşböy böladi. Fariştalar rözadorlarga salavot aytadilar, rahmat sörab duo qiladilar va mağfirat söraydilar.Alloh azza va jalla fariştalariga rözadorlar bilan maqtanadi. Rözadorlar jannatga özlariga xos bölgan Rayyon eşigidan kiradilar.
Rözadorlar Ramazonda ikki marta xursand böladilar. Bu xursandlik rözadorning iftor paytida, rözasi tugal bölganda uning ajri uzilib qolmagani uçun bölsa, yana bir xursandçilik Robbiga yöliqqanidagi şodiyonadir.
— Rözaning maqsadlari yana nimalardan iborat?
— Imom Ğazzoliy hazratlari öziga xos uslubda rözaning maqsadlariga işora qilar ekan, şunday deydi: «Rözadan maqsad Alloh taoloning xulqlaridan bir xulq — behojatlik bilan xulqlaniş, nafs istaklaridan imkon qadar tiyiliş orqali, şahvatlardan pok fariştalarga iqtido qilişdir. Inson hayvon martabasidan şahvatlarni aql nuri yordamida sindiriş quvvatiga egaligi bilan ustun turadi. Ammo, şahvatlar unga öz taʼsirini ötkazgani, u nafsu havosiga qarşi kuraşişga majburligi yuzasidan fariştalardan quyi turadi. U şahvatlarga — nafs istaklariga berilgani sari eng quyi tabaqalarga — asfalasofilinga qarab ketadi, şahvatini sindirgani sayin fariştalarning oliy maqomiga kötarilib boradi, natijada fariştalar fazosida parvoz qiladi». Taşqi aʼzolarni hamda içki quvvatlarni muhofaza qilişda rözaning taʼsiri katta. U insonning vujudini uni buzadigan, soğligiga zarar keltiradigan moddalardan tozalaydi. Röza insonga uning ruhi va jismidan nafsu havo tortib olgan fazilatlarni qaytaradi. U çinakam taqvoni özlaştiriş uçun eng yaxşi yordamçidir. Şuning uçun ham Alloh taolo musulmonlarga rözani farz qilgan oyatda: «… sizlarga ham röza farz qilindi. Şoyadki, taqvo qilsangiz», — degan.
— Qurʼoni Karimda “Qadr keçasi ming oydan yaxşidir” deyiladi. Ramazonning özi uluğ, bu oyda Qadr keçasining borligi uning qiymatini yanada oşiradi, albatta. Laylatul Qadrning şu paytgaça musulmonlarga maʼlum va nomaʼlum fazilatlari haqida ham gapirsangiz?
— Har bir rözador Qadr keçasini özgaça bir ixlos bilan kutadi, albatta. Çunki har bir inson ibodati Yaratganga yetib borişini xohlaydi: umid qiladi, duo qiladi, ibodatda böladi. Alloh jalla şaʼnuhu: «Albatta, Biz u(Qurʼon)ni Qadr keçasida tuşirdik. Qadr keçasi nima ekanligini senga nima bildirdi? Qadr keçasi ming oydan yaxşidir. Unda fariştalar va Ruh Robbilari izni bilan barça işlar uçun tuşadir. U to tong otgunça salom (tinçlik)dir», degan («Qadr» surasi, 1-5-oyatlar).
Uşbu suraning nomi birinçi oyatidagi «Laylatul Qadr» kalimasidan olingan. Bu muborak keça ikki xil maʼnoda «qadr» deb ataladi. Birinçisi – «qadr», yaʼni qadri uluğ, ikkinçisi – «qadar», yaʼni bandalarning qadarini belgilaşdir.
Çunki Qadr keçasi qadri uluğ keçadir. Qadr keçasida bandalarning bir yillik qadarlari — taqdirlari belgilanadi va surai karima boşidan oxirigaça muborak Qadr keçasiga bağişlangandir. Xuddi şu keçada Qurʼoni Karim nozil etila boşlagan. Bu bayramda qalbni poklaş, vijdonni sayqallaş imkoni bor. Allohga yaqinlik hosil qiliş uçun ham bu keçada bedor bölib, uxlamasdan ibodat qilinadi. Qadr surasida Alloh taoloning musulmonlarga Özi bergan ulkan neʼmati — ularni zulmatdan nurga olib çiqqan Qurʼoni Karimni nozil qilganini eslatişi bejiz emas.
— Ramazon oyida röza tutiş qaysi davrdan boşlab buyurilgan? Odam Ato va Momo Havvoga jannatda taqiqlangan mevalarni yeyişlarining rözaga daxli bormi? Röza tarixi haqida ham töxtalsangiz…
— Alloh taolo aytadi: “Ey, iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham röza farz qilindi. Şoyadki, taqvo qilsangiz”.
Uşbu oyatdan oçiq-oydin körinib turibdiki, röza tutiş bizdan oldingi ummatlarga ham farz bölgan. Biroq, muddati va şartlari har xil bölgan. Rözaning Odam Ato bilan Momo Havvo onamizning jannatdan tuşişlari bilan aloqasi bor yo yöqligi haqida aniq maʼlumotlar yöq. Biroq, şunisi aniqki, Alloh taolo qança Payğambar yuborgan bölsa, ularning ummatlariga ham röza tutişni buyurgan.
— Islomda röza qaçondan boşlab farz qilingan?
— Islom dinida röza Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam Madinaga hijrat qilganlarining ikkinçi yili farz qilindi. Payğambarimiz alayhissalom vafotlarigaça töqqizta Ramazon rözasini tutganlar.
Avvalgi dinlarning ham köplarida röza bölgan. Lekin uning muayyan vaqti va şakli bölmagan. Kim qaçon xohlasa, qanday xohlasa, röza tutavergan. Ularda röza kunini tanlaş ham, bu rözada nimalardan saqlaniş ham ixtiyoriy bölib qolgan. Masalan, ayrim hind dinlarida kimdir göştdan, kimdir pişirilgan narsalardan tiyiliş bilan röza tutaveradi. Natijada rözadan közlangan maqsad yöqolgan, nafsning ğalabasi yana ham avjiga mingan. Rözada xiyonat paydo bölgan. Kim röza tutdi, kim tutmadi, kim qaçon tutdi, kim qaçon tutmadi, kim qanday tutdi, bilib bölmay qolgan. Oqibatda rözaning ruhiy va axloqiy taʼsiri qolmagan.
Islom şariatida röza maxsus körinişda, muayyan şartlar bilan, maʼlum kunlarda tutilişi joriy qilindi. Toki millati, mamlakati, şaxsiyati, zamon va makoni qanday bölişidan qatʼi nazar, butun dunyo musulmonlari bir vaqtda, bir şaklda, bir körinişda röza tutişsin, özboşimçalikka örin qolmasin.
— Rözaning bir oy qilib belgilanişining ham öziga xos sabablari bölsa kerak?
— Boşqa xalqlarda, röza tutiş kunlari tarqoq, yil böyi turli kunlarda bölgan. Bunda bir röza kuni bilan boşqasi orasida bir neça kunlar yoki haftalar ötadi. Na nafs bir narsaga könikib ulguradi, na jism bir narsaga erişadi. Natijada rözaning maqsadlari barbod böladi. Uning axloq va ruh tarbiyasiga bölgan taʼsiri yöqoladi.
Yuqorida aytib ötilgan mulohazalardan Islom şariati röza ibodatini naqadar mukammal tarzda joriy qilganini his qilamiz.
— Ramazonda hamma musulmonlar fitr sadaqasini berişadi. Bu sadaqaning hikmati köproq nimalarda aks etadi?
— Fitr sadaqasi zakot kabi moliyaviy ibodatlardan biri bölib, fitr zakoti ham deyiladi. U zakot farz bölişidan oldin ikkinçi hijriy sanada joriy qilingan.
“Fitr” bu — oğiz oçiş, rözadan çiqiş maʼnosini anglatadi. Röza tugaşi munosabati bilan berilayotgani uçun unga şunday nom berilgan. Rözadorning Ramazon davomida rözasiga yetgan nuqsonlarning örnini töldiriş, hojatmand kişilarni Ramazonda özgalardan yordam söraşdan muhofaza qiliş uçun fitr sadaqasi beriladi. Zero, buning evaziga hayit bayramida hamma kabi faqir kişilar barça insonlar kabi bayram xursandçiligini öz tanlarida his qilişadi, farzandlari va oila aʼzolariga sovğa-salom va kiyim-keçak xarid qilişlari uçun qöllarida pul böladi.
— Fitr sadaqasi kimlarga vojib va kimlar nomidan ado etilsa töğri böladi?
— Fitr sadaqasi asliy va zaruriy ehtiyojlaridan ortgan mol-mulki nisobga yetgan har bir ozod musulmonga vojibdir. Fitr sadaqasining miqdori jon boşidan buğdoy va uning mahsulotlaridan masalan, un, talqon va hokazolardan yarim soʼ miqdorda çiqariladi. Ammo, arpa, xurmo (tamr) va mayizdan bir soʼ miqdorida ado etiladi.
Soʼni zamonaviy ölçov birliklariga naql qilişda hanafiy mazhabi tomonidan belgilangan miqdorga köra, bir soʼ tört muddan iborat. Hanafiy mazhabimizga köra, bir mudd 1072 grammdan iborat. Şunda soʼning hanafiy mazhabidagi miqdori quyidagiça böladi: 4 mudd x 1072 gr = 4288 gramm. Demak, bir soʼning miqdori 4 kilogramm 288 grammni taşkil etadi. Yarim soʼ esa 2 kilogramm 144 grammdan iborat. Fitr sadaqasining buğdoy va uning mahsulotidan beriladigan miqdori ana şunça böladi.
— Zakot va uning zamirida insonlar uçun qanday siru sinoatlar yaşiringan?
— Zakot — mol-mulkining muayyan qismini ehtiyojmandlarga tölab beriş orqali amalga oşiriladi. Zakotning farz ekanligini inkor qiliş dindan çiqib qolişga sabab bölişi mumkin. Zakotga juda köplab hikmat va foydalar berilgan. Zakot faqirlikka qarşi kuraşadi, musulmonlar örtasidagi birodarlik munosabatlarini yaxşilaydi, ularda saxiylikni tarbiyalaydi, qalbni baxillik va xasislikdan tozalaydi, moddiy ahvolimizni barakotli qiladi, mol-mulkni ziyoda qiladi va turli kulfatlardan saqlaydi.
Zakotga yaşiringan hikmatlarning yana biri — bu uning insonlar uçun sinov ekanligidir. Boylik ham, kambağallik ham — Allohning qismatidir, şuning uçun boylikni qadr-qimmat, kambağallikni esa – kamsitiliş deb tuşunmaslik lozim.
— Molu davlatga ega bölaturib, zakot bermaydiganlar ham uçraydi…
— Zakot — muhtojlar haqqi. Şuning uçun, bu dunyoda tölanmagan zakotni Alloh taolo oxiratda ularga qaytarişga majbur etadi. Alloh taolo aytadi: “Oltin va kumuşni töplaydigan va ularni Allohning yölida infoq qilmaydiganlarga alamli azob başoratini bergin. Ular jahannam otaşi ila qizdirilgan holda peşonalari va yonboşlariga va orqalariga bosiladi. “Mana şu töplangan narsalaringiz! Bas, özingiz töplagan narsangizni tatib köring!” deyiladi” (Tavba surasi 34-35-oyat). Alloh bundan özi asrasin! Agarda inson vafot etsa, öz vaqtida zakot bera olmagan bölsa, birinçi navbatda undan qolgan mol – mulkdan zakot beriş lozim böladi.
— Zakotni qaysi mol-mulkdan va qanday insonlarga bergan maʼqul?
— Zakot şunçaki bir ehson emas, uning öz şartlari bor, ulardan biri — bu zakot tölaş majburiy bölgan, yil davomida muayyan miqdorda töplangan mablağning mavjudligi. Bu miqdor “nisob” deyiladi va 85 gramm oltin qiymatiga tenglaştiriladi. Agar inson nisob miqdoriga va undan ham köproqqa ega bölsa, ega bölganiga bir yil muddat ötgan bölsa, u ega bölgan jamğarmasining 2,5 foizni zakot qilib beradi.
Zakot oltin va kumuşdan, uy hayvonlari — tuya, qoramol, qöydan, tijorat mollaridan, mevalardan, don mahsulotlari va boşqalardan, yer osti boyliklaridan, topib olingan hazinadan tölanadi.
— Qarindoşlarga zakot bersa böladimi va aksinça, qaysi qavmu qarindoşga zakot berib bölmaydi?
— Kambağal va muhtoj aka – uka, opa – singil, amaki, toğa, amma, xola yoki boşqa qarindoşlarga zakot beriş maqsadga muvofiqdir. Ularga zakot beriş bir vaqtning özida ham saxovat, ham oilaviy riştalarni mustahkamlaş sanaladi. Zero Nabiy sollallohu alayhi vasallam “Miskinga qilingan sadaqa sadaqa, xolos. Qarindoşga qilingan sadaqa esa ham sadaqa, ham silai rahmdir” deganlar.
Zakotni ota-ona, ayoli, farzandlari, nevaralari, bobo va buvilariga berib bölmaydi. Çunki ularga ğamxörlik qiliş, ularni taʼminlaş — musulmonning burçidir.
— Juda köp musulmon davlatlarida Ramazon kelişi bilan ehsonlar köpayişi barobarida oziq-ovqat mahsulotlarida, oşxonalarda arzonlaştirilgan çegirmalar eʼlon qilinadi. Bizda esa teskarisi — aynan Ramazon kelişi bilan va boşqa bayramlarda oziq-ovqat mahsulotlarida keskin qimmatlaşiş boşlanadi. Bu iymon, insof tuşunçalariga amal qilmaslik emasmi?
— Ha, odatda, köp joylarda Ramazon kirib kelişi bilan musulmonlarga qulaylik yaratiş maqsadida narx-navolar tuşiriladi yoki kamida oşirilmay turadi. Mana bu Ramazonga, umuman, musulmonlarga bölgan hurmat, Allohning diniga nisbatan munosabatning gözalligidandir. Alloh mana şunday savdogarlarga, tijorat qiluvçilarga baraka beradi.
Afsuski, baʼzi savdogarlar Ramazondan, boşqa ayyomlardan “foydalanib”, bu oyda köproq foyda qilib qoliş maqsadida narx-navoni keskin surʼatda oşirib yuboradilar. Sababi, bu oyda oziq-ovqatga bölgan talab köpayar ekan. Töğri, musulmonlar saharlik va iftorlikda dasturxonni çiroyli qiliş maqsadida oziq-ovqat mahsulotlarini sotib oladilar. Yozning issiq kunlarida meva-sabzavotlarga bölgan talab kuçayadi. Ammo qutluğ damlarda narxlar asossiz oşirilaversa, Ramazonning, musulmonlarning hurmati qayerda qoladi? Inson faqat taşqi jihatga qarab iş köraversa, uzoqqa bormasligi, ösib-unmasligi aniq. Ramazonda narxlarni oşirib, çöntakni qappaytiriş payida bölgan tojir uning kasbidan baraka olib qöyilişi mumkinligini bilmaydi yoki bu haqda öylab körmaydi. U hamma narsaga moddiyat közoynagi bilan nazar soladi. Biz pulning köpligini emas, uning barakasini söraylik.
Boşqa tarafdan olib qaraganda, aytaylik, Ramazon oyida narxlarning oşib ketişiga odamlarning, yaʼni isteʼmolçilarning özi ham sabab bölmoqda. Nega desangiz, baʼzilar odatiy kunlarda yemaydigan ovqatlarni Ramazonda bosib isteʼmol qiladi. Yana boşqalar iftorlik marosimi ötkaziş maqsadida isrofga yöl qöyib, dasturxonni “tökin-soçin” qiliş payida böladi. Bundan heç birimiz köz yuma olmaymiz.
Unutmaylik, inson bu dunyoga faqat yeb-içiş, kayf-safo qiliş uçun kelmagan. Muborak Ramazon ğanimat. Şu sabab bu oyda bir-birimizga mehr-oqibatli bölsak, rözalarni sabr-toqat bilan tutib, tarovehlarda xulusi niyat bilan qoim bölsak, Allohning roziligini topamiz, inşaalloh!
— “Möminning qalbi Allohning uyi” deydi xalqimiz. Biroq çiroyli amal, gözal qalb uçun kafolat emas. Çiroyli islomiy amallarni bajara turib, qalbida fitna, riyo, çaqimçilik, ğiybat, hasad kabi xunuk illatlarni boqayotgan bandalardagi qalb kasalligining sababi nimada deb hisoblaysiz?
— Bu kabi illatlarning barçasiga qalbning qorayib ketişi sabab böladi. Yer yuzida yaşayotgan insonlarning öz mezon va andozalari bor. Ular erkagu ayoldagi çiroyli surat va gözallik, mol-dunyodagi kengçilik va mölçilik, mansab va amaldagi faxrlanişdir. Uşbu sifatlardan biriga ega insonda, albatta boşqalardan özini ustun qöyiş va özini kuçli deb his qiliş bor. Ammo yeru osmonlarni yaratgan Alloh taoloning Öz mezon va andozasi borki, u ham bölsa erta qiyomat kunida insonlarning qalbi va amallariga qarab hisob-kitob qiladi.
Qalbning qotişida köplab sabablar bor. Ularning eng asosiylaridan: gunohni köpaytirib, maʼsiyatda bardavom böliş, farz amallarni Alloh aytgandek bajarmaslik va harom amallarni xotirjam bajarişdir.
Hikoyat qilinişiça, olis bir qişloqqa tabiblar borib, şu yerlik aholini tibbiy körikdan ötkazmoqçi bölişibdi. Tabiblar şikoyat bilan kelgan bemorlarga birma-bir taşhis qöyib, muolaja qilişibdi. Ammo şunça bemorlar orasida birortasi ham qalb kasalligidan şikoyat qilmabdi. Ilgari bunday holatga duç kelmagan tabiblar buning sababini axtara boşlaşibdi. Qişloqning havosi va suvida yoki yana qandaydir şifobaxş jihatlari bordir, deya gumon qilişibdi. Ammo birorta ham taxminlari töğri çiqmabdi. Nihoyat, buning sirini qişloq ahlidan söraşsa, keksalari şunday deyişgan: “Biz ğiybat, hasad, körolmaslik, kek va adovat kabi illatlardan hazar qilamiz. Biror kimsaga nisbatan bunday munosabatda bölmaymiz. Aksinça, özaro hurmat va izzatda yaşaymiz. Ana şuning uçun ham birortamizning qalb kasalligidan şikoyatimiz yöq”.
Köp zikr qiliş,toatlarni vaqtida bajariş,gunoh-maʼsiyatlardan tiyiliş,yaxşiliklarni köpaytiriş, ota-onani xizmatlarini qilib, duolarini oliş,oiladagi aka-uka, opa-singil, eru xotin özaro yaxşilik bilan yaşaş,jamiyatdagi muhtojlarga yordam beriş,yetimlarning boşini silaş,qiyomatni köp eslaş, ölimni esdan çiqarmaslik qalb kasalligini davolaydi.
— Tilaklaringiz va duo qilsangiz…
— Uşbu muborak Ramazon kunlari nihoyasi va uluğ Hayit ayyomi arafasida Alloh taolodan yurtimizga tinçlik, xalqimizga xotirjamlik söraymiz. Yurtdoşlarimizga mehr oqibatli, sabrli bölişni tilaymiz. Aziz xalqimizning oğirini yengil qiliş dardi bilan yaşayotgan Yurtboşimiz boşçiliklaridagi barça rahbarlarimiz, fidoyi şifokorlar va barça soha vakillariga kuç-quvvat tilab qolamiz. Alloh taolo yurtimizdan bir neça oydan buyon davom etayotgan “tojlivirus” degan baloni tez fursatda daf qilişini Yaratgandan söraymiz. Ona yurtimiz yanada obod bölib, har xil tabiiy injiqliklar ham elimizga boşqa röbarö bölmasligini tilaylik, inşaolloh. “Hurriyat” gazetasi jamoasining işlariga ham zafarlar, omadlar, xonadonlariga esa baraka tilab qolamiz.
Gözal Begim suhbatlaşdi.
