Özbek tilini haqoratlagan fuqaro jazolandi

Fuqaro Doniyor Yakubov Toyloq tuman hokimligi madaniyat bölimida işlab kelsa-da, 2020 yil 15 mayda Facebook ijtimoiy tarmoğidagi “Xalq fikri” nomli guruhda özining profilidan özbek tili va millatini kamsituvçi fikr­larni qoldirgan edi. Uşbu holat yuzasidan aniqlik kiritiş maqsadida IIB xodimlari uning uyiga borgan vaqtida u IIB xodimlarining qonuniy talablariga böysunmay, qarşilik ham körsatgan.

Samarqand şahar maʼmuriy sudi raisi Orif Pardayevning yozişiça, D.Ya.ga nisbatan töplangan iş 2020 yil 18 may kuni oçiq sud majlisida körib çiqilib, Özbekiston Respublikasi MJtKning 42, 194-moddasi 1-qismi va 195-moddalari bilan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlanib, ozodlikdan mahrum etilgan.

 

Qöriqlanmaydigan prokuratura

“Sirdaryo viloyat prokuraturasi öz binosi oldidagi temir panjaralarni olib taşladi. Uning örniga odamlar uçun ayvon qurildi. Prokurorlar odamlardan qörqmaydigan böldi. Prokurorlar odamlardan özini qöriqlamaydigan böldi. Tasanno!” – deya xabar qoldirgan Özbekis­ton Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi direktori Muhammad Ismoil özining Facebookdagi sahifasida.

Xalqqa xizmat qiladigan davlat idoralari sud, prokuratura, hokimiyat, vazirliklar umuman panjara bilan öralmasligi kerak. Bu kabi hokimiyatlarning qurollangan içki işlar xodimlari bilan   qöriqlanişi, oddiy xalqning esa amaldorlarni oldiga kiriş uçun kun böyi sarğayib turişini ijtimoiy tarmoq ahli qoralagan. Hamma amaldorlar sirdaryolik prokurorlardan örnak olsin, deya ularni alqab yuzlab izohlar qoldirişgan.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan