Nima bölgan edi?

yoxud konditsioner parragidagi jasad

Keyingi kunlarda butun dunyoda keçayotgan Covid-19 pandemiyasi sabab turli xil nuqtai nazarlar, muhokamalar kuçaydi. Juda köplab mamlakatlar fuqarolari ayni karantin kuçaygan paytda begona yurtlarda qolib ketişdi. Hatto Rossiya, Fransiya, Italiya kabi iqtisodiy jihatdan mustahkam qudratli mamlakatlar ham bu paytda ozmi-köpmi esankirab qolişdi, asosiy eʼtiborni mamlakat içkarisidagi fuqarolariga qaratişdi. Biroq Özbekiston hukumati özbek degan nom ortida turgan har bir fuqaroning taqdiriga eʼtibor va ehtirom bilan yondaşdi. Şuning ortidan mamlakatimiz fuqarolari dunyoning turli burçagidan taşkil qilingan çarter reys­lar orqali öz ona yurtlariga qaytarildilar va bu xayrli işlar davom etmoqda. Ularga karantin markazlarida zarur bölgan barça şart-şaroitlar yaratilgan.

Ammo yaqinda ijtimoiy tarmoqlar orqali “karantin zonasida bir kişi özini osib qöygani” haqidagi xunuk xabar tarqaldi. Bu mudhiş xabarni Boş prokuratura va SSV vakillari rasmiy tasdiqladi.

Xöş, bu voqea qanday yuz berdi? Nimaga yuz berdi?

Farğona viloyati, Rişton tumani, “Xurramobod” mahallasida yaşagan 1978 yilda tuğilgan Sulaymonjon Sodiqov ham şu yilning 15 iyun kuni “Özbekiston havo yöllari” MAK tomonidan taşkil qilingan çarter reys orqali “Moskva-Toşkent” yönalişida poytaxtimizga kelganida Covid-19 koronavirusiga çalingan yoki çalinmaganligini aniqlaş maqsadida Yuqori Çirçiq tumanidagi “Örtasaroy” karantin markaziga yotqizilgan.

Özbekiston Boş prokuraturasi Matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsiddinovning tahririyatimizga maʼlum qilişiça, 20 iyun kuni taxminan soat 08:00larda özi yotgan 21-blok, 16-xonaga örnatilgan konditsionerning taşqi tomondagi parragiga çoyşab bilan özini osiş oqibatida vafot etganligi aniqlangan. Sulaymon Sodiqovning murdasida böyin qismidagi strangulyatsion egatdan taşqari boşqa turdagi tan jarohatlari aniqlanmagan. Virusologiya markazi tomonidan taqdim qilingan yöllanma natijasiga köra S. Sodiqovda Covid-19 koronavirusi aniqlanmagan.

Uşbu holat yuzasidan suriştiruv va tuşuntiriş işlari olib borilganida “Örtasaroy” karantin markaziga xizmatga kelgan, Toşkent şahar Olmazor tuman KTMP travmatolog şifokori Şuhrat Mamadaliyev öz tuşuntiriş xatida, 15 iyun kuni “Örtasaroy” karantin markaziga xizmatga kelganligini, 21-blokka karantinga olingan şaxslarni 14 kun davomida kuzatiş belgilanganligini, mazkur blokda 839 nafar fuqaro karantinga olinganligini maʼlum qilgan. Uşbu fuqarolar 15 iyun kuni Rossiya Federatsiyasi Moskva şahridan olib kelingan bölib, 21-blok S-31 sonli konteynerga S.Sodiqov 3 nafar fuqaro bilan joylaştirilgan. Şu kunning özida S.Sodiqov özini agressiv tuta boşlagan,   ovqatlanişni rad etgan, virusga çalinganligini, u bilan birga joylaştirilgan şaxslarga kasalligini yuqtirişi mumkinligini bildirib, boşqa alohida konteynerga joylaştirişlarini talab qilgan. Blokda tinçlik saqlaş maqsadida S.Sodiqov G-16 raqamli konteynerga joylaştirilgan.   S.Sodiqov psixiatr Eşonqulov körigidan ötganida psixiatr tomonidan unga “psixoz” taşxisi qöyilgan.

20 iyun kuni soat taxminan 07:30larda hamşira S.Ibragimova ertalabki nonuştani olib kelib, konteyner eşigini oçganida S.Sodiqovni kondi­sioner parragiga osilgan holatda körgan. Markazdagi mutaxassislar va karantinga olingan şaxs­lar S.Sodiqov karantinda bölib kelişi davrida heç kim bilan urişib qolmaganligini, sönggi bor 19 iyun kuni tibbiy körikdan ötkazilganligini, biron-bir şubhali holat bölmaganligini bayon qilişgan.   S.Sodiqov işi böyiça tekşiruv davom etmoqda.

Hayot davomida taqdir bizni goho özi xohlagan tomonga irğitadi, goho ezğilaydi, goho istamagan tomonlarimizga sud­raydi. Biroq bizning jismu jonimiz markazidan kesib ötguvçi çiziq bor – Iroda çiziği. Yuqoridagi qayğuli manzara şubhasiz, ertaning böyniga sirtmoq solib emas, soğinib va munosib kutişga çoğlaydi. Axir insonlikning boş matlabi ham munosib yaşab ötmoqlikdir.

G. Rajabova.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan