Millat bölaylik, xalq bölaylik!
Tabiat – insoniyat ustozi. U başariyatni köp ezguliklar sari boşlaydi, tarbiya beradi. Olamni yaşartiradi. Lekin kimki uni pisand qilmay qöysa, eʼtiborsizlikka yuz bursa, hurmatini baland tutmasa, jazolari ham bor. Bu jazolar qattiq sinovga aylanadi. Biz uni boşqaça qilib: “Xudoning jazosi, sinovi” deymiz. Ota-bobolarimiz barini mustahkam sabr-toqat, xayru ehsonlar bilan yengib ötganlar.
Hozir yurtimizda, nafaqat yurtimizda, balki jahonda koronavirus degan bir tilsiz balo kezib yuribdi. Köp odamlar umriga zomin bölmoqda, ellarni notinç qilmoqda. Tarixda XVI asrda Yevropada, Venetsiyada vabo kasali tarqalgan edi, hatto maşhur rassom Titsian 1576 yilda sakson olti yoşida şu kasallikdan vafot etgandi. Özimizda ham Toşkentda 1892 yilda yoyilgan vabo balosi xalqimizning boşiga kulfatlar solgan… Qanday balo-ofatlar yoğilmasin, koinotning toji bölgan Inson uni yengib ötişga özida sabr-toqat, bardoş topa oladi, yaşirinib yotgan mardlik va jasorat özini namoyon etadi. Şularni öylaganda xalqimiz tarixidagi sabr-toqatu jasorat, xayru ehson namunalari yodimizga keladi.
Sohibqiron Amir Temur özining maşhur beş yillik safariga otlanadi. Yöl Samarqanddan çiqib Buxoroning Qoraköli orqali ötadi. Qorakölda Jöyi Zar degan anhorga yetganda kutilmaganda Amir Temur özini noxuş sezadi, behuzur böladi. Qöl-oyoğidan darmon ketib, qattiq holsizlanadi. Xos tabiblar yelib-yugurib qoladilar, Samarqanddan malikalar va farzandlarni çorlaydilar. Hatto ertaroq yölga otlanib Termizga yetib borgan valiahd şahzoda Muhammad Sultonga ham odam yuborib: “Qöşinni qoldirib, özlari şitob yetib kelsunlar!” degan xabarni yetkazadilar. Hammaning dunyosi qoronği, köngillar yiğlaydi… Sohibqiron bardoşli, sabr-toqat sohibi edi, dard qançalar azob bermasin, “oh” degan sas çiqarmasdi, çunki agar u bir “oh” desa, ming-minglab “oh”lar falakni töldirişini bilardi. Uni har xil xayollar çulğab oladi, kunim yaqin şekilli, degan öy könglidan ketmaydi… Amir Temur Saroymulkxonimga tayinlaydi: “Payğambarimiz sallalohu alayhi vasallam kasallaringizni sadaqa bilan, ehson bilan davolangizlar, deb buyurganlar hadislarida. Barçangiz el oralab sadaqa qilingiz, ehsonlar qilingiz!” deydi. Malikalar, farzandlar, vazirlar, saroy aʼyonlari, beklar, amirlar, sarkardalar, askarlar – hamma-hamma atrof qişloqlarga tarqalib, xayru sadaqa, ehsonlar etagini tutadilar. Va… Allohning inoyati bilan möʼjiza yuz berib, Sohibqiron oyoqqa turib ketadi. Mana, sabru toqatu, xayru ehsonning kuçi!
Koronavirusga bağişlangan birinçi yiğinda bu balo-ofatning oldini oliş uçun 10 trillion söm pul ajratilişi eʼlon qilindi. Mana bugun, şukrlar bölsinki, ana şunday saʼy-harakatlar natijasida yurtimizda bu kasallik keng yoyilib ketişiga yöl qöyilmadi. Jahonning boşqa mamlakatlari bilan qiyos qilinganda bizda ahvol, köz tegmasin, yaxşi…
Amir Temur 1362 yildagi janglardan birida öng tizzasiga va öng qöliga öq tegadi. Oyoq ozgina bukilmaydigan bölib qoladi, qölda ham şu ahvol kuzatiladi. Yoşlikda bilinmagan bu dard ellik yoşdan ötgandan keyin to umrining oxirigaça yomğirli kunlarda tez-tez özini sezdirib turgan, oyoq ham, qöl ham yoqimsiz simillab oğriydigan bölib qolgan. Sabr-toqat qilgan Sohibqiron buni heç kimga bildirmagan ekan. Faqat Bibixonim bundan ogoh ekan. Boşqalarni deb, yurtni deb, öz dardini içga yutiş Amir Temur bobomizning yuksak insoniy fazilatlaridan edi.
1390 yil qişida Daşti Qipçoqqa otlangan Sohibqiron Toşkentda qirq kun betob bölib yotib qoladi. Isitma tuşmaydi. Nihoyat ayrim muolajalardan söng dard yengillaşa boşlagaç, Zangiota avliyo mozorini ziyorat etadi, öz odatiga köra, yetim-yesir, beva-beçoralarga ön ming kepakiy oltin xayru sadaqa ulaşadi. Mana, xayru ehsonning kuçi!
Mamlakatga har qanday taşviş tuşganda ham, özining soğliği böladimi, yoki farzandlar fojiasimi, Sohibqiron heç qaçon özini yöqotib qöymas, ertangi kunga işonç bilan yaşardi. U sabr-toqatli, bardoşli, jasur va mard, doim avomunnos xalq bilan birga edi. Bir misol. Daşti Qipçoq safarida qoq çölning örtasida, oziq-ovqat zaxiralari kamaygan, un oz qolgan, un maxsus ruxsatnoma(ukalko) bilan işlatiladi, xamir ovqatlar qilinmaydi. Ayniqsa, suvsizlik, taşnalik tilsiz yovdan battar azob beradi. Askarlar yomğirning unda-bunda çuqurlarda yiğilgan bir qultum-yarim qultum balçiq suvlarini qidirib topib, holi qudrat çanqovni bostiradilar. Boş bakovul şohçodirga kirib Sohibqiron va pirlari Mir Sayyid Baraka bilan suhbatlaşib ötirganlarida: “Amir Sohibqiron, qanday taom pişirtiray, yaqinda kasaldan turdilar, sizga quvvat bölarli taom kerak…” — deb söraydi. Amir Temur deydi: “Askarlarim qanday taom yesa, öşa taomdan olib kelingiz!” Askarlar taomi esa, oşbalmoğ degan kökatni qaynatib pişirilgan yovğon şörva edi… Buni eşitgan askarlar Sohibqironning insofu adolati, kiçikfeʼlliklariga tan berib, dillarida faxru iftixor hissini tuydilar.
Şu kunlarda mamlakatimizda balo-ofatni tag-tomiridan yöqotiş, soğ-salomat dorilomon kunlarga yetib oliş, xalqimizning kam taʼminlangan oilalarini qöllab-quvvatlaş, tadbirkorlar oğirini yengil qiliş, oziq-ovqat zaxiralarini tayyorlaş va boşqa ezgu maqsadlar böyiça katta savob işlar, xayru ehsonlar amalga oşirilmoqda. Omadni qarangki, yoruğ yoz ham, mana, madadga kelib qoldi, saxiy ona yerimiz özining noz-neʼmatlari bilan dasturxonimizni bezay boşladi. Bu ham tabiatning bizlarga körsatgan xayru ehsoni!
Xalqimiz sabr-toqatli, zukko, donişmand xalq. Afsuski, sönggi paytlarda ayrim odamlarimizning, endi balo ortda qoldi, deganday xotirjamlikka berilib, tartibga rioya qilişni böşaştiribroq yuborayotganlari ayon bölmoqda. Yöq, bu töğri emas! Karantin degan narsa — köpga kelgan töy, deganday gap. U — öziga xos qonun, qattiq intizom, uning tartibini buzmaslik kerak, aksinça, qatʼiy rioya qiliş, qöllab-quvvatlaş lozim. “Men bir kiçkina odam bölsam, — deydi bir tanişim telefonda. — Men nima ham yordam bera olişim mumkin?” “Agar siz, — dedim unga, – butun oilangiz bilan jimgina uyda ötirsangiz, eng katta yordam bergan bölasiz!” Biror yumuş bilan yoki işga boriş uçun köçaga çiqilganda, bozorga, dorixona yoxud dökonga hayotiy ehtiyojlar bois borganda esa qatʼiy gigiyenik talablarga, karantin qoidalariga rioya etiş şart! Ozgina qiyinçiliklarga dod-voy qiliş, vahima kötarib, fisqu fasodlar tarqatiş, odamlar tinçini buziş – bular bizning xalqqa sira yaraşmaydi. Uyat böladi. Bizda “uyat” sözining töqqiz xili mavjud ekani bejiz emas. Hozir balo-qazolarga qarşi kuraşda birlaşib, safma-saf bölib qadam taşlaşimiz kerak. Ota-bobolardan ulgi olib, katta umidlar bilan yaşaşimiz lozim. Yaşaganda ham, birlaşib, hamsaf, bir muşt bölib yaşaş, bir xalq bölib yaşaş, xavfga qarşi kuraşiş kerak! Endi vaqt keldi. Millat bölaylik, Xalq bölaylik! Ana şunday pallalarda Sohibqiron Amir Temur bobomizning toğlarday metin sabr-toqatini, bardoşini, jasoratini, qatʼiyatini, mardligini, ehsonparvarligini çin köngildan bir eslab qöyaylik.
Şarq – ibtido, u biz aytgan Şarq bölsa,
Farq öşadir, u biz aytgan farq bölsa.
Ustoz, haq gap, xalq – xoliqning himmati,
Xalq — buyuk kuç, agarda u Xalq bölsa…
Muhammad Ali,
Özbekiston xalq yozuvçisi,
davlat mukofoti laureati
