Mahorat egalari bor bölsin!

Uç yil avval Innovatsion rivojlaniş vazirligining jamoatçilik va OAV bilan aloqalar bölimi boşliği vazifasiga ta­yinlandim. Bu mening davlat idorasining axborot xizmatidagi birinçi tajribam edi.

Men şu paytgaça OAV va axborot xizmatlari örtasidagi “barrikada”ning bu tomonida işlagandim. Yaʼni, menga OAV bir tomon, vazirliklar ikkinçi bir taraf bölib tuyulardi-da. Biror mavzuda maqola tayyorlaş kerak bölsa, idoralarning matbuot ko­tiblariga murojaat qilardik, ulardan aksari hollarda “Yozma murojaat qiling, tegişli tartibda javob beriladi” deganga öxşaş öta rasmiy javob olişimiz tabiiy hol edi. Javob bölganda ham köp kuttirilardi. Unda ham yöllagan savolimizga javoblar biror qonun, qaror, farmondan sözma-söz köçirilgan matndan iborat bölardi. Axir bu qarorni özimiz ham tegişli manbadan köçirib olişimiz mumkinligini nahotki ular bilişmasa?

Bizga mutaxassis javobi kerakligini nahot ang­laşmasa, degan tuganmas savollar bilan hafsalamiz pir bölib ötiraverardik. Bu, albatta, matbuot kotiblarining uquvsiz, işyoqmas ekanligidan emas, balki umuman olganda OAVning va davlat taşkilotlarining yopiqligidan kelib çiqqan holat edi. Axir uç-tört yil avval xalqimiz na biror vazirni, na biror hokimni “tanirdi”. Hatto, jurnalist bölib turib özimiz ham vazirlar, ularning örinbosarlari, hokimlar, agentliklar direktorlari bilan uçraşişimiz amri mahol edi. Press-konferensiya va brifing degan narsalar xorijdagina böladigan ajoyib tadbirlardek tuyulardi. Press-tur kabi zamonaviy axborot almaşinuv tadbirlarini esa yurtimizda, asosan, xalqaro taşkilotlar ötkazardi…

Bugun Innovatsion rivojlaniş vazirligining axborot xizmati innovatorlar, ixtiroçilar, startapçilar, tadqiqotçilar, olimlarning amalga oşirayotgan işlarini xalqqa namoyon etişga harakat qilmoqda. Ular xoh poytaxtda, xoh xorijda, xoh viloyatlarimizda bölsin, xalqimiz içidan çiqqan   aql maşʼallaridir. Axborot xizmatidagi fao­liyatim davomida men uçratgan salbiy holatlardan biri bu ijtimoiy tarmoqlarda ayrim kimsalarning yutuqlarimizga işonçsizlik, taʼbir joiz bölsa, içiqoralik bilan qaraş holatlaridir.

Şunda, Gruziya va Armanistonda maşhur usta sartaroş yoki etikdözni “kasbining akademigi bu!” deb taniştirişlari-yu özimizda akademikni söraşca, “ey, qanaqa akademik, oddiy muallim” deb yerga urilişi haqidagi latifa yodimga tuşadi. Stenford universitetining birinçi özbek olimasi desak, “u professor emas ekan”, “Özbekistonda koronavirusga qarşi dori preparati yaratildi”, deyilsa, “heç kimda yöq dorini bizni olimlar qayerdan işlab çiqara qolişibdi”, “COVID-19 virusini aniqlovçi test tizimi foydalanişga tayyor” deyilsa, “bölişi mumkinmas”, öpkani sunʼiy şamollatiş apparati işlab çiqaradigan zavod qurilayapti degan xabarga   yana işonçsizligu, yana şubhalar, ayrim hollarda haqoratlaş-u, bemaza gaplar…

Şubhasiz, bunday betayin luqmalarni haqiqiy professional jurnalistlar aytmaydi. Özini turfa nomda atab, ijtimoiy tarmoqlarda har xil çuçmal sözlarni köpaytiruvçilarning OAVlarga aloqasi yöq deb öylayman.

Öz sözi, fikri uyğoq bölgan barça hamkasblarimizga bugungi bayram muborak bölsin!

Nazokat Abduqunduzova,

Innovatsion rivojlaniş vazirligi

Matbuot kotibi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan