Uzumingizning danagi tillodanmi?..
Xalqimizda “Otang-bozor, onang-bozor”, degan naql bor. Biroq bugungi pandemiya şaroitida odamlar köp yiğiladigan bozorlar har birimizning hadik va xavotirlarimizni turtib uyğotadi. Bunday paytda esa mahalladagi yoki uyimiz yaqinidagi dökon va marketlardan mahsulot xarid qiliş qöl keladi.
Ğori tölmagan rözğor kamçiliklarini butlaş maqsadida kuni-keça poytaxtimizning Abay köçasida joylaşgan “Korzinka” supermarketiga kirdim. Avvalo, uşbu tizimdagi dökonlarning pandemiyagaça bölgan davrda tungi soat 1.00gaça, hozirgi karantin paytida esa 22.00ga qadar işlayotgani, mahsulotlarining sifatliligi, yuqori darajadagi xizmat körsatiş tartibi odamning dilini yayratadi. Çunki, marhamat, bozorga ulgurmadingizmi, supermarket sizga har doim muntazir. Ayniqsa, peştaxtalarga oliynasablarga xos did bilan terib qöyilgan mahsulotlar bozordagidan şirinroqdek, undan totlidek tuyulaveradi. Bunisi tasavvurning nayrangidir, ehtimol.
Supermarket peştaxtasida har biri yonğoqdek keladigan “Rizamat” navli uzumga közimiz tuşdi. Qoyil, sohibkor dehqonlarimizga, iyun oyining yigirmançi kunidan ötib, aslida özi “iyul oyining oxiriga borib” yetiladigan mevalarni şunday badastr qilib qöyişganiga! Odamning sölak bezlari şu tobda şitob bilan işlay boşlaydiyu, uzumga yaqin borib narxiga qaraymiz: 137.990 söm. “Yo tavba, uzum degani ham şunçalar qimmat böladimi yo adaşdikmi”, degan hadik bilan uşbu narx taxtasiga yana köz yugurtiramiz. Heçam adaşmabmiz, aynan şunday: 137.990 söm. Beixtiyor odamlarga qaraysan, yöq, Xudoga şukur, Amerika emas, Özbekistondagi marketlardan birida ekanmiz. Biz maqtanadigan möl-kölçilik şumi, axir? Ehtimol, bu kabi narx-navo Amerika yoki Şimoliy yarim şarda joylaşgan mamlakatlarda bölsa tuşuniş mumkindir. Biroq Özbekistonday quyoşi beminnat nur soçadigan zaminda pişgan uzumga qöyilgan uşbu narxni “hazm” qilib bölmaydi. Ikki kilodan ziyod göştning narxidagi uzumning danaklari tillodan emasmikan, degan öyga boriş mumkin. Ehtimol, yurtimiz osmonidan uçib ötgan turnaning tumşuğidan tillo tuxum tuşib qolgan bölsa-ya!.. Axir yöq esa uzumning narxi ham, özi ham bu qadar osmonga olib çiqiladimi? Yurtimizda mehnatga haq tölaşning eng kam (bazaviy hisoblaş) miqdori 223 ming söm bölsa… Şuningdek, bugun 800-900 ming söm oylik maoş olib işlayotgan odamlar ham yöq emas. Öylab köring, ular bu uzumdan xarid qilib, bolalariga yedira oladimi? Yoki bu kabi supermarketlar faqat oqsuyaklar uçun ixtisoslaşganmi?
Uşbu savdo majmuasini aylanar ekanmiz, yana narxlarning belgilanişiga eʼtibor qaratdik. Har bir mahsulotning narx taxtasida albatta, 990 raqami bor. Xöş, bu nima degani özi? Bu dökondorlar oddiy xalqni yoş bolani aldagandek avraşimi yoki daromad topişning yangi uslubimi?! Yana bir savol: muhtaram deputatlar, mutasaddi taşkilot rahbarlari bu yerdan mahsulot xarid qilişmaydimi?
Xalqimizda “Insof sari baraka”, degan gap bor. El bu – insof, el bu – iymon degani. Biz esa iymonni ham, insofni ham böş idişday çetga surib qöyib, Yaratganning çeksiz saxiyligida pişib yotgan mevalarga osmoniy narx belgilaşimiz qaysi insof, vijdonga töğri keladi?!
Hikmatullo Qodirov.
