Yengil-yelpi “yamoq”lar…

Televideniye insonlarni zamon bilan hamnafas qilib, mamlakatda bölayotgan özgarişlar, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy voqeliklardan xabardor etadigan sohadir.

Har tong dasturxon atrofida heç bölmasa nonuşta vaqtida bölsa-da, televizorga qaraymiz. Dam oliş kunlarini-ku qöyavering. Televizorsiz kuni ötmaydigan odamlar ham bor oramizda.

Aksiga olib, bugun şunaqa körsatuvlar efirga uzatil­yaptiki, ularning kimga keragi borligini, nima maqsadda körsatilayotganini tuşunmaysiz. Bu dastur va şoular bizga kerakmi? Sarflagan vaqtimiz va diqqatimizga yaraşa nimadir olyapmizmi?

Albatta, inkor qilmagan­ holda aytiş kerak, foydali maʼlumotlarni ilinayotgan, tafakkurimizga maʼnaviy ozuqa berayotgan, ibrat bölişga arzirli körsatuvlar ham yöq emas. Ammo baribir guruç kurmaksiz bölmas ekan-da…

“Haqiqatmi yoki jasorat?” yoxud törtburçak şişa qolip­lar va afsonaviy “Jumanji” öyinining film voqealarini eslatuvçi çangalzor hayoti bilan boğliq köngiloçar şoular… Anglaganingizdek, gap “Zo‘rTV” telekanalining   “zör” şou-dasturlaridan “Aldama meni” va “Hello Afrika” haqida gapirging ham kelmaydiyu, lekin naçora, diling oğriydi, asabing qaqşaydi-da. Taniqli ijodkorlar, aktyor, aktrisa va sportçilarning şaxsiy sirlarini, miş-mişlarni katta ekranlarga olib çiqiş qançalik töğri? Buning kimga foydasi bor?

Özbek xalqi azaldan söziga mustahkam, andişasi baland, sirdoş, sodiq xalq. Qolaversa, u sanʼatkormi yoki havaskor aktrisami, kim bölişidan qatʼi nazar, xalq uni ijodi va odamiylik fazilatlari, xulq-atvori tufayli eʼzozlaydi. Ularning şaxsiy hayoti, özini hurmat qiladigan inson uçun, zarraça qiziq emas. Minglab tomoşabinlarning oldida noörin miş-miş­larni savol tariqasida berib, ularni obrösizlantiriş, xalqning ijodkorga bölgan ixlosini qaytarişlik millat maʼnaviyati va mentalitetimizga zid emasmi?

“Xalqimizda yopiğlik qozon yopiqligiça qolsin”, degan naql bor. Muborak kitoblarda: “Sen kişilarning aybi va kamçiligini suriştirib yursang, xabar töplasang, ayblarini kişilar oldida oşkor etsang, ularni buzib qöyasan. Kim özining aybiga qarasa, boşqalarning aybi bilan işi bölmay qoladi. Tilingizni ummatlarimni buzib qöymoqlikdan saqlang. Bir-biringizga sodiq, iymonli bölingiz”, deya taʼkid­lanadi.

Qolaversa, haqiqatni aytişni, tan olişni istamagan körsatuv mehmonlari “jasorat körsatiş” uçun hayvonot boğidan keltirilgan maxsus “sovğalar” bilan turli amallar bajarişi kimgadir qiziq, deb öylamayman. Aslida, körsatuv mehmoni bilan dildan suhbat qilib, muxlislarga ijodini namoyon etiş imkonini beriş kerak. Körsatuv tomoşabinga nimanidir örgatişi, vijdonini uyğotişi va yakunda xulosa berişi lozim.

Ikkala körsatuvning ham har bir sonida qisqa signallardan iborat nomaʼqul sözlar işlatilgan kadrlarni köriş mumkin. Yoki bir soatlik körsatuv mehmonining das­tur söngidagi fikri kişini ajablantiradi: “Qatnaşiş uçun rozi bölmasligim kerak ekan. Boşqa kelmayman, iştirok etişni maslahat bermayman!” Atigi bir soatda mezbonning “iltifoti”yu mehmondöstligi mehmonning joniga tegdi. Xulosa özingizga havola…

Bu körsatuvlar tomoşabinga hayvonlarning insonga qiladigan hujumidan “zavqlaniş”dan bölak heç narsa bermaydi. Özbek ekranlaridagi bunday namoyişlar bizning milliy mentalitetimizga töğri kelmaydi, millatimiz saviyasiga munosib dasturlar emas. Ularning taʼsiri farzand tarbiyasida bilinişini ham inkor etişning imkoni yöq. Yoşlarimizning dunyoqaraşini salbiy tomonga özgartirib, yengil-yelpi hayot tarziga örgatib qöyadi. Bizga bunaqa şafqatsiz tomoşalar, inson zotidan hayvonlar iskanjasida tajriba quyonçasi sifatida foydalanişlar va bu jarayonni “adrenalin” degan ajnabiy tuşunça bilan ifodalaşlar kerakmi?!

Xullas, xususiymi yo noxususiymi, televideniye degan nomi bor bu “Zo‘rTV”dan borgan sari köngil bezor bölib bormoqda.

Malika Hodiyeva

Navoiy viloyati.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan