Köçamizga qaçon son tegadi?
Toşkentning markaziy köçalaridagi gözal, çaroğon, kaftdek tekis yöllarni körgan kişining bahri-dili oçiladi.
Afsuski, gözal şahrimizning u yer-bu yerida hanuzgaça husnga doğ bölib, qişda yurgan odam tizzasigaça loyga botib ketadigan, yozda havoga kötarilgan çangdan nafas qaytiş holatini körib dil-dildan ranjiysiz.
Işonmaysizmi, unda Yunusobod tumanidagi “Baraka” uçinçi tor köçasiga birrov qadam ranjida qiling, özingiz guvoh bölasiz. Işonavering, qişda kelsangiz loyga botgan, yozda kelsangiz çangdan yuzini tanib bölmay qoladigan odamlarni, albatta, uçratasiz.
Yozuvçi Sadriddin Ayniyning tasvirlaşiça, bunday loy, jin köçalar qadimgi Buxoroda köp uçrarkan. Endi u ötgan asr, buyoği mustamlakaçilik davri bölgan, ammo hozir-çi?.. Mustaqil davlat bölganimizga qariyb 30 yil bölyapti. Lekin ming afsuski, uçinçi “Baraka” tor köçasi öşa Ayniy bobomiz zamonidagi köçalardan qolişmaydi. Köçaning ikki tomoniga qurilgan uylarning köpi ikki yo uç qavatli. Haqqi rost, tor köçaning ikki tarafi deyarli haşamatli imoratlarga töla. Ammo kişi havas qiladigan bu binolarning şundoq orasi hanuzgaça öydim-çuqur, bir zamonlar yotqizilgan şağali bilan qolib ketgan.
Haşamatli qasrlarda yaşovçilarning baʼzilari, şunda ham öz uylari oldiga, unda-munda bir-ikki maşina toş töktirib turadi. Ammo bu toşlar ustidan yengil-oğir avtomobillar yuraverganidan bir-ikki oyga yetmay toşning usti yana eski holatiga qaytadi. Xullas, köça asfalt qilinmasa, qaysi zamonda yaşayotganingni ham bilmay yuraverasan.
Töğri, bundan tört yil oldin katta “Baraka” köçasiga asfalt yotqizilgandi. Öşanda tor köça faollari: “Bizning köça asfalt qilinmaydimi?” – deb söraşganda, masʼul rahbarlar: “Tor köçangiz rejaga kirmagan”, deyişdi. Axir, asosiy köçani asfalt qilib, uning bölagi bölgan tor köçalarni qarovsiz holida qoldiriş yoş bolani çömiltira turib, toğoradan çiqib qolgan ikki qölini yuvuqsiz qoldiriş bilan barobar emasmi?!
Xullas, bu masalada bormagan joyimiz qolmadi. Afsuski, heç bir idoradan ijobiy javob bölmadi. Faqat gödakni aldaganday odamni yupatuvçi, kelajakka umid bilan yaşaşga undovçi quruq vaʼdalargina beriladi. Mana öşanday vaʼda-javoblardan biri: “Yunusobod tumani, Hasanboy mahallasi, 3-proyezd, “Baraka “köçasi, 35-uyda yaşovçi fuqaro S. Sodiqovga:
Sizning köçalarni asfalt qilinişi masalasi yuzasidan qilgan murojaatingiz Yunusobod tuman hokimligi tomonidan örganib çiqildi.
Mazkur murojaat masalasi yuzasidan Yunusobod tumani, Hasanboy mahallasi, “Baraka” 3-tor köçasining 3000 m2 hajmini mukammal taʼmirlaş uçun 2019 yilda dastur asosida moliyalaştiriş masalalari hal etilgandan söng pudratçi taşkilotlar tomonidan bosqiçma-bosqiç taʼmirlab berilişini maʼlum qilamiz.
Tuman hokimi
R. Usmanov”
Körinib turibdiki, Yunusobod tumani hokimiyati ham, obodonlaştiriş boşqarmasi ham köçani asfaltlab berişni vaʼda qilganlar. Ammo moliyalaştiriş masalasi ölda-jölda emiş. Mana, 2020 yilning yarmi ötayotibdiki, vaʼdalar hamon vaʼdaligiça qolmoqda.
Biz esa noiloj: “Köçamizga qaçon son tegarkin?” deb özimizga-özimiz savol berib yuribmiz. Bilmadik, bu ahvol yana qança davom etarkin?..
Sanjar Sodiqov,
filologiya fanlari doktori, professor.
