“Qalb” kodeksi

Işxonaga oşiqib taksiga çiqdim. Manzilimga bir bekat qolganida yölovçilardan keksaroq onaxon:

— Bolam, mana yöl haqini ol. Bir yarim ming. Beş yuz sömim yöq ekan. Rozi bölarsan. Duo qilaman, — dediyu, çöntagidan ğijimlangan pulni uzatdi. Jiğibiyron haydovçi esa:

— Sizga öxşagan duogöylardan uçtasini maşinamga mindirsam, kunlik topganim özimga yetmaydi-ku, xola! — deya jerkib taşladi.

Jahlim çiqdi. Yuragimning bir çetlari jiz etib ketdi…

— Xolajon, tuşavering, — dedim-u, u kişi uçun ham yöl haqini uzatdim. Hijolatomuz bölgan onaxonning ahvolini tasavvur qiliş qiyin. Könglidan nimalar ötmadi ekan? Qalbi oğrigandir…

Işga kelib, hujjatlarni bitirgan kişi böldim-da, maktabdagi soat önda boşlanadigan tadbirga oşiqdim. Har doimgidek yoşlar tarbiyasi. Oçiq muloqot. Maktab direktoridan tortib, maʼnaviyatçi-yu mahalla raisi, maslahatçilari sözga çiqdi. Şu payt lirik çekiniş qiliş maqsadida ijodkor yoşlar bölsa, şeʼr öqişlari söraldi. Orqa örindiqning bir çetida qimtinib, dugonalaridan ajralibgina ötirgan qizaloq közlari çaraqlab, “men öqisam maylimi”, — deya taniqli şoirlardan birining gözal misralarini ayta boşladi. Uning ovozini eşitgan bir öqituvçi joyidan sapçib turdi-da, “töxta” işorasini beriş uçun qölini kötardi. Zalda birdaniga kulgi ovozi jarang­ladi.

Kimdir yonidagi örtoğiga u haqda piçirlab kulsa, yana kimdir labini tişlab, açingandek boşini sarak-sarak qilib qöyardi. Hijolat bölgan qiz nima qilişini bilmay töxtab qoldi. Yana jahlim çiqdi. “Tuşunmadim” deya yonimdagi maktab maʼnaviyatçisiga yuzlansam: “Eʼtibor qilmang, mehmon. U qizimiz özi şunaqa. Hamma joyga özini tiqiştiraveradi”, — dedi.

Battar asabiylaşdim. Axir, bu nimasi? Maktab şaʼni uçun katta bir tadbirda çiqib şeʼr aytgan bola ming yomon talaffuzda aytsa ham, “öqituvçi, ustoz, muallim”, degan buyuk zotlar ularni maʼnan qöllaşi kerak emasmi?

Şunça odamning oldida izza bölgan qizçaga dalda beriş uçun: Rahmat senga, mingga yaqin öquvçisi bölgan maktabda dadillik bilan turib, şeʼr öqiganing uçun. Nasib etsa, sendan ajoyib ijodkor çiqadi, — dedim ham unga, ham özimga tasalli berib. Biroq, uning közlaridagi tomçilar qalbining ozor çekkanidan dalolat berib turardi. Könglim behuzur bölib ketdi…

Tadbir tugab, “maʼnaviyatçi”ning kuzatar çoğida aytgan gapi yuragimni teşib ötdi.

— Keçirasiz, singlim. Boyagi holat uçun uzr sörayman. U qizning onasi “baklajka” terib sotadi. Şu sabab yuriş-turişi ham öziga yaraşa. Sinf rahbari bilan biroz munosabatlari ters, körganingiz boyagi kişi sinf rahbari edi…

Qiziq, qaçondan beri taʼlim-tarbiya insonlarning ijtimoiy kelib çiqişiga qarab berilayotgan bölsa? Ustozlarni öquvçi ota-onasining boyligi-yu mansabi qiziqtirsa? Bu holatdan dilim ezildi… U qizning ahvolini esa tuşuniş qançalar oğir…

Maktabdan çiqib, yöl-yölakay kitob dökoniga kirdim. Hamma öziga kerakli asarni qidiriş bilan ovvora. Şunda bir yigit:

— Iltimos, menga “Maʼmuriy”, “Jinoyat”, “Oila”, “Mehnat” kodekslarini bersangiz. Qolganini keyingi oyligimdan olaman. Hamma kodekslarni örganmasam bölmayapti. Haq-huquqimni örganmoqçiman! Qonunni bilmasangiz, odamlar ezğilab ötişga urinadi, — dedi-da kitoblarni xarid qilib, çiqib ketdi.

Şunda sotuvçiga yuzlanib, keçirasiz, “Qalb kodeksi” bormi, desam, menga hayratlanib qaradi. Uning zardali boqişidan, “şu zamonda qalbga balo bormi? Puldan gapiring, puldan! Puling bölsa, hammasi böladi. Kerak bölsa, Qalbni ham sotib oliş mumkin”, — degan maʼnoni uqiş mumkin edi…

Bizga bir-birimizning dilimizdan, köng­limizdan, qalbimizdan ne foyda? Muhimi, pulimiz bölsin. Qolgani bir tiyin! Kim xafa böladi, kim ranjiydi, kim ozor çekadi… Ularning nazdida qalbni davolaş oson. Ja, bölmasa unutib yuboradi. Ayniqsa, ayollarimiz bir yiğlasa — olam guliston. Hozir qalbimiz bilan hisoblaşadigan vaqt emas. Biz pul topişimiz, yanada köp topişimiz kerak. Axir, Qalbni yaralab, tuzatişimiz, tugab qolsa Mehr sotib olişimiz kerak-ku… Ular topiladi, sotiladi. Faqat… Faqat… pulimiz bölsa bölgani…

Dilnoza Abduhamidova.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan