Ilmi borning savodi bölmasa qiyin ekan

Bir tanişim bor. Aytaylik, bolalarning köçada muştlaşgani, yöl çetidagi axlat-çiqindilarining soçilib yotgani, yoz oylarida falon millionga qurilgan favvoralarning işlamasligi, “kira”çilarning qöpolligi singari kamçiliklar uni tinç qöymaydi. Doim qarasangiz muammolarni yeçiş maqsadida mahalla-yu hokimiyatga borgani-borgan. Masalani yeçmasa, kamçilikni bartaraf etmasa tinçimaydi. Şu bois, ayrimlar uni injiq, hasadgöy deydi. U odam aslida har birimiz örnak olsak arziydigan ziyoli, haqgöy va elparvar odam.

Bir kuni ana şu tanişim bilan uçraşib qoldim.

— Siz öqigan, tuşungan odamsiz. Odamlar nega eʼtiborsiz, bu qadar loqayd bölib boryapti? — deydi.

— Tinçlikmi? Yana nima böldi? — dedim.

— Özingiz ayting, yaqindagina özbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 30 yil tölganini katta tantana qildik. Ammo nima özgardi?

Tan olişim kerak, qöşnimning “eʼtiborsiz” va “loqayd” degan gaplari qaysidir maʼnoda mening ham qitiq patimga tegib ketdi. Köpdan buyon aytişga, yozişga hafsala qilolmay yurganim — dardlarimni bayon etişga turtki böldi.

Savodlilik belgisi…

“Holva degan bilan oğiz çuçimaydi”, degan maʼqol bor. “Davlat tili töğrisida”gi Qonunning ijrosi borasida amaliy işdan köra, havoyi gaplar köpligini körganim sayin “holva”, “holva” deb baqirayotgan injiq bolakay holiga tuşib qolmayapmizmi, degan öyga boraman. Şunday damlarda, bundan salkam yigirma yillar oldin bir rus ayoli bilan örtamizda bölib ötgan   savol-javob “laq” etib xayolimga keladi:

— Skolko let projivayete v Uzbekistane?

— Poçti pyatdesyat let.

— Uzbekskiy yazыk naverneka znayete xoroşo?

— Net, a, zaçem?..

— …

— Sami uzbeki po vsyaçeski staraytis s nami razgovarivat na russkom yazыke. Po etomu ne tolko izuçat a daje govorit na uzbekskom yazыke vы nedayote nam vazmojnost.

— …

“Mini”da çala mol sotiladimi?..

Mamlakatimizda xususiy mulk va mulkdorlar sinfi vakillariga berilgan imtiyoz va imkoniyatlar tufayli har bir şaharu qişloqda bir-biridan basavlat, çiroyli va gözal savdo şoxobçalari bunyod etildi. Yaratganga ming bora şukr, uşbu dökonlarda “odamning joni”dan boş­­qa hamma narsa topiladi, xizmatlar ham aʼlo. Ammo ularni “mini”, “super”, “giper market” singari nomlar bilan atalişi biroz öylantiradi odamni. Peştoqidagi ajnabiy atamalarni-ku qöyavering, baribir öqiy olmaysiz. Ehtimol, özlari ham tuşunmaydi, kimdir “holva” degan, sölagi oqqan, yozib qöyavergan.

Keyingi paytlarda bu anʼana hokimlik tasarrufiga ham ötib ulgurdi, masalan, aytingçi, “Men Özbekis­tonni sevaman”, jumlasini inglizçalab yozib qöygan bilan bolalarimiz, kelingki, omma qalbida yurtga nisbatan mehr-oqibat, muhabbat uyğotsa böladimi?!

Yoki bunday inglizça reklama körinişidagi yozuvlardan ular xorijiy tilni mukammal örganadimi?! Albatta, yöq! Xuddi şu taqlidda ajnabiy tilda yozilgan kompaniya, firma va MÇJlarning nomlarini öqib, uqolmagan damlarimda “xörozqand xorijniki desa yotib yalaydigan”lar qatorida özim ham borligimdan, yaʼni biron qarşi söz aytmaganim, aytolmaganim uçun öz-özimdan xafa bölib ketaman.

Usta xatosi tuzalar, ammo…

Öquvçilik paytim ustozlarimdan: “Eşik yasayotgan duradgor xato qilsa, qayta tuzatar, dehqon yerga çigit qadaşda adaşsa, qayta ekar, ammo öqituvçining xatosini tuzatmoq uçun ön yilliklar kamlik qiladi”, degan gapni köp eşitganman. Şu örinda, Samarqand viloyat xalq taʼlimi boş­qarmasi boşliği Saidahmad Usmonovning “Hurriyat” gazetasida şu yil 8-yanvarda çop etilgan “Hatto, diktant yozolmaydigan öqituvçilar bor!” sarlavhali maqolasini qayta-qayta öqidim.

Undagi uşbu dahşatli manzarani köz oldingizga keltiring: “…kurs­larga kelgan muallimlarning bilim, könikma va malakasini sinovdan ötkazdik, natijaning pastligi, hatto ayançli ekanligi maʼlum böldi. Sinov 11-sinf umumtaʼlim fanlari hajmida, öqituvçilar dars berib kelayotgan öquv materiallari asosida ötkazildi. Sinovda (eʼtibor bering! – M.A.) oliy maʼlumotli öqituvçilar iştirok etdi. Natijada ularning olti foizi “aʼlo”, yigirma foizi “yaxşi” baho oldi, qolganini aytiş ham uyat…”

Maktabda ustozlarimdan biri: “uç baho — puç baho” derdi. Muallifning bitiklariga tayanadigan bölsak, sinovdan 41 foiz “qoniqarsiz” baho olganlar qatoriga 33 foiz “puç” baho olgan “nomuallim”larni ham qöşsak, ular taʼlim berayotgan samarqandlik (şunday sinovda boşqa viloyatlar ham bundan yuqori natija körsatişiga işonmayman) yoşlarning holiga voy deysiz.

Maktabda bizga yönaltirilgan gapni: “Boqqa kirdim”, “Toqqa çiqdim”, “Şu çoqqaça”, “U yoqqaça”, deb öqitişgan. Bir neça tilşunoslarga murojaat qildim. Ularning ayrimlari öşa davrdagi yozuv töğri desa, ayrimlari “Boğga kirdim”. “Toğga çiqdim”, “Şu çoqgaça”, “Uyoqgaça”   tarzida yoziladi, deya uqtirişga harakat qilişdi.

Adabiy tilni yaxlit tarzda ifoda etuvçi mukammal nusxadagi imlo luğatimizning özi yöq hisobi. Şunday ekan, savodsizlik tugamaydi, balki yanada urçib boraveradi.

Bir marta körgan yaxşi…

Televideniyening hayotimizda tutgan örni naqadar yuqori ekanligini taʼriflab ötirişga hojat bölmasa kerak. Ota-bobolarimizning: “Yuz bor eşitgandan köra, bir marta körgan yaxşiroq”, degan gapini inobatga oladigan bölsak, televideniyega “Davlat tili töğrisida”gi Qonunning ijrosini taʼminlaşda eng muhim vositalardan biri sifatida qaraş şart.

Yaqinda, isteʼdodli adiblardan biri telekörsatuvda özbek tilining nufuzi pasayib borayotganidan kuyinib gapirdi. ÖzMTRK suxandoni, Özbekistonda xizmat körsatgan artist Şuhrat Qayumov esa, “Axborot” tahririyatidagi ustozlarining til sofligi xususida nihoyatda qattiqqöl bölganliklarini esga olar ekan, barça tele va radio suxandonlarni tilga beeʼtibor munosabatda bölmaslikka çaqirdi.

Buni qarangki, xuddi atay qilganday “Milliy TV”ning 2019 yil 23 noyabrdagi körsatuvlarida iştirok etgan xonanda Jasmin “Ox tы”, “Muşukni kraska bankaga solib, krişkasini yopib qöydim”, “vaapşe” singari sözlar bilan özbek tiliga bölgan “mehrini” körsatganini namoyiş qildi, “ZörTV”ning 2019 yil 23 noyabrdagi “Xontaxta BATL” (nomni qarang! – M.A.) körsatuvi hakamlari (ism, şariflarini aytmay qöya qolay) özbek tilini onasidan örganmaganini, balki rusalka (suv parisi – M.A.) dan örganganini körsatdi-qöydi.

Ularga özbek tilida sözlaşiş (avvalo, men özbekman degan odamga ona tilida sözlaşa olmaslikning özi uyat) ni bilmasangiz, yaxşisi bunday körsatuvda iştirok etmang, hurmatingizni saqlang, degim kelayapti, ammo… Zero, “Yaxşilik qilolmasang, heçqursa yomonlik qilişdan özing­­ni tiy”, degan hadis ham bor. Millatga, milliy tilga yaxşilik qilolmas ekansiz, keling endi, yomonlik ham qilmang-da, baraka topkurlar!

Men yuqorida yuragimni oğritgan dardlarimni bayon qildim, qanday xulosa çiqariş Sizning hukmingizga havola, albatta.

Mansur Aslonov,

faxriy jurnalist,

Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan