Kitob çop etiş — köpkari musobaqasi emas!

Biz millatimizni kitobxon millat sifatida körgimiz keladi, bolalarimiz köpinça vahimaçi, oğzi şaloq narsalarga tölib toşgan ijtimoiy tarmoqlardan emas, kitobdan savodini çiqarsa, deymiz. Biroq …

Yaqinda Prezidentimizning “Noşirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori   eʼlon qilingan edi. Albatta, matbaatçilik faoliyati juda katta ijobiy özgarişlarga yuz tutdi. Ajoyib noşirlarimiz tomonidan har yili, har oy, kerak bölsa, kun-kunora şu qadar gözal, betakror asarlar çop etilmoqdaki, körib, mutolaa etib havasing keladi. Ammo şunday bölsa-da, şolining içidagi kurmak misol, sohada hamon ayrim muammolar ham közga taşlanib turibdi. Quyida şu haqda.

Kitob yozilgandan to kitobxonning qöliga yetguniça muallifniki, söng esa u xalqniki böladi. Ilk bosma kitob çop etila boşlagan davrdan to şu kunga qadar qança kitob çop etilgan bölmasin, barçasiga haqiqiy bahoni öquvçi bergan. Kitobxonni aldab bölmaydi, kitobning “yaroqlilik muddati” körsatilmaydi. Şu sabab kitob çop etilgunga qadar ança mehnat talab qiladi.

Matbaa sohasiga sönggi yillarda şiddat bilan kirib kelgan korxonalardan biri — “Book media nashr” xususiy naşriyoti tomonidan çop etilgan kitoblar bilan dökonlar ança “boyidi”. Ammo yöl qöygan xatolari ham oz emas. Bu haqda birinçilardan bölib Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi Öroz Haydar ijtimoiy tarmoqdagi öz sahifasida “Tolstoy özbekmi?” deya munosabat bildirdi. Maʼlum bölişiça, u naşriyot tomonidan çop etilgan Tols­toyning tanlangan asarlaridan birini sotib oladi. Kitobga köz yugurtirib, undagi xato va kamçiliklarni körgaç, adabiy jarayonning faol iştirokçisi sifatida “tilini tişlab” turolmaydi! Eng ajablanarlisi, rus adibining tarjima asari tarjimonning ism-şarifisiz çop etilgan. Unda kuzatgan xatolarini sanaş barobarida naşriyot xodimlari, muharrirlarni masʼuliyatli bölişga çorlaydi.

Öroz Haydar:

— Özim soğingan «Kavkaz asiri» hikoyasini öqiy turib boşim gangidi. Nima bölyapti, deyman özimga. Alahsiramayapmanmi?! Jumlalar mast kimsaning aljiraşiday poyintar-soyintar. «Xöjayin» sözi «xöjain» deb berilgan. Bilsam ham, yana «Özbek tilining izohli luğati»ga murojaat qildim. Bu yerda ham «xöjayin» deb berilgan. «Xöjain» sözini «xöjayin» deya töğrilab ketaverdim. Bu söz yuz martaga yaqin işlatilgan ekan. Voh, deya yoqamni tutdim. Öqiş jarayonida yana imloviy xatolarga tez-tez qoqilaverdim. Mana bu jumlalarni qarang: «Keçasiga kişanlarini yeçim (yeçib-bizniki), omborxonaga qamaşgan. «Keçasiga…» emiş. «Keçasi..» deb qöyaqol. Yoxud «Kostilinni ortiga mindirib…» Qisqagina qilib «ortmoqlab» deb qöy, şov­voz. «Jilin qiz boşidan siladi». Bunisi ortiqça. «Har zamon oy çiqadigan şafaqqa qarab qöyardi», «Toğ ostida qora (quyuq) soya örmalab (sudralib), u tomon kela boşladi». «Toğlarda tinç yoruğ, xuddi hammayoqni ölim şarpasi qoplaganday». Va hokazo etni junjiktiruvçi jumlalar bilan tölib toşgan.

Eng qiziği, biror asarning tarjimoni ismi-familiyasi keltirilmagan. Kitobni bittalab varaqlab çiqib ham tarjimonni topolmadim. Yopiray, Tolstoy nahotki özbek tilida asar yozgan bölsa, degan yoruğ öy vujudimni yoritdi. Nima, özbek adabiyoti yana bitta dahoga köpaysa, şon-şaraf-ku!..

…Hozir nima köp, naşriyot köp. Noşirlar asar mazmuni bilan deyarli qiziqişmaydi. Pul bölsa, bas. Old-ortiga qaramay çop etişaveradi.

…Masʼuliyatsizlik, kitobxonga hurmatsizlik şunça bölurmi, hay-hay?.. Kitob dökonidan kitob xarid qilganda old-ortiga qarab oling. Yöqsa,“Book media nashr” naşriyoti noşirlari kabi harakatlar bölsa, Gyoteniyam tarjimonsiz özbekçada öqib qolsak, ajabmas?!”.

Öroz Haydarning “dardi”ga quloq tutib turgan kunlarimizning birida kitob çop etiş jarayonining “boş figurasi”dan biri, yaʼni muharrir Şarif Xolmurodni uçratdim, u: “Bu kitobni… körgan emasman” deb tursa-ya! Voajab! Nahotki, şunday ham bölişi mumkin?

“Men öşa körsatilgan asarlar tarjimasining matnini umuman körgan emasman. Avvaldan hamkorligimiz bölgan yoş noşir ukalarimiz men işga borgunimça şoş­qaloqliq qilib, özlariga ortiqça işonib, mening nomimdan bir neçta kitobni çiqarib yuboribdi”, — deydi. (Öşa paytda uşbu naşriyotda muharrir bölib işlagan, hozirda sobiq) Şarif domla. “Ana sizga syurpiriz-u, mana sizga noşirlik!” Öylab köring, qanday qilib dunyo hurmatidagi adib asarlari muharrir iştirokisiz, yana tarjimoni körsatilmasdan öquvçiga yetkazilişi mumkin? Masʼuliyatsizlik ham şu darajada böladimi? Biz masalaga oydinlik kiritiş maqsadida Şarif domlaning xonadonida böldik. Ikkita xona naqd kitoblarga töla. Umr böyi maʼnaviyat olamida mehnat qilgandan keyin şunday bölişi kerak-da, aslida.

Şarif Xolmurod yana şunday deydi:

— Yaqinda koronavirus pandemiyasi sababli karantin eʼlon qilinişidan sal oldin Çorsudagi “Kitob dunyosi” dökoniga kirsam, oynalar va peştaxtalar “Jax(h)on bes­tsellerlari” degan turkum kitoblar, özbek adabiyoti asarlari bilan qoplanibdi, baʼzi dökonçalarda “Özbek mumtoz adabiyoti” ruknida çiqarilgan Maxtumquli töplami turibdi, yana turli-tuman rangli, rasmli bir neça tilli va har xil şakldagi luğatlar bosilgan, odamlar talaşib olyapti. Qiziqib, kitoblarning baʼzilarini oçib körsam, köpisida menga xabar qilingan öşa naşriyot nomi turibdi. Qisqa muddatda şunça kitobni çiqarişga qanday ulgurişdi ekan, deya hayron böldim. Muqovasidayoq körga hassa bölib turgan xatolardan asabiylaşib, darhol “Book media nashr” naşriyotiga qönğiroq qildim. “Şunday xatolarga töla kitoblar çiqarişni niyat qilganmidinglar?” dedim. Ilyos Tursunov (naşriyot rahbarlaridan biri) afsuslaniş ohangida emas, ğoliblarça xursandçilik ruhida “Özingiz ham keling, axir, nega kelmayapsiz?”,   deya javob berdi.

Istamasam ham borişga majbur edim. Aytilgan xonaga kirişim bilan naşriyot xodimlaridan biri ismimni eşitib, “Mana, işlarimizni körib turing, xöjayin kelib qoladilar”, deb oldimga öşa dökonda közimga taşlangan kitoblarning bir dastasini keltirib qöydi. Bittalab qöldan ötkazayotganimda, mening ismim sarvaraqda masʼul muharrir, oxirgi betida muharrir deb körsatilgan bir neçta kitobni olib, miyamga qon urildi. Hayotimda uçramagan voqea! Nima qilişimni bilmay, qotib ötirib qoldim…

Şarif domlaning sözlariga quloq tutar ekanmiz, “Kavkaz asiri” qissasida Dina ismli ön uç yaşar beğubor qizça ikki nafar rus askariga rahmi kelib, hammadan yaşirin ravişda ularga mehribonlik qilib turişi, oxirida qoçib ketişlariga ham kömaklaşişini taʼkidladi. Tarjimon esa uni öttiz yaşar qiz deb körsatgan. Birinçidan, öşa paytlarda Kavkaz yurtlarida şu yoşdagi zaifa qizligiça qolişi mumkinmi? Ikkinçidan, uşbu yoşdagi ayol zoti öz millatining asosiy duşmanlaridan bölgan kişilarga şunday yaxşiliklar körsatişini tasavvur qilib böladimi?! Tarjimon heç bölmasa şu oddiy mantiqdan kelib çiqib, özi bajargan işni qayta öqib körişni lozim topmaganidan qattiq kuyundi.

Domla özi birga işlagan yigitlarga kamçiliklarini aytganida “Bizlardan battaroq iş qilayotganlar bor, nega ularni emas, faqat bizga yopişişadi?” deydi. Xudo asrasin, sizlardan battaroqlar bölişi mumkin emas. Qani körsating, ayting, desa ham tayinli javob qaytarişa olmaydi.

“Yangi saylangan parlamentimiz butun jamiyatning savodi, bilimini oşirişga xizmat qiladigan noşirlik sohasini tezda va tubdan isloh qiliş, tartibga solişning işonçli vositasi böladigan, ayniqsa, xususiy naşriyotlar maqomi va masʼuliyatini qatʼiy belgilab beradigan maxsus qonun qabul qilişni birinçi galdagi vazifa deb bilişi kerakka öxşaydi. Va bu uzoqqa çözilmasdan amalga oşirilsa yaxşi bölardi. Çunki, yuqorida körganimizdek, xalqni çalasavodlikka mahkum etib bölsa ham, köproq boylik töp­laş payida otni qamçilab, odamlarning kitob javonlarini köp jihatdan yaroqsiz kitoblarga töldirayotganlar ham yöq emas. Şuning uçun bunday qonun bölmasa, taʼlimning hamma bosqiçlarini rivoj­lantiriş, jamiyatda kitobxonlikni, umuman maʼnaviyat, maʼrifatni yuksaltiriş haqida söz yuritiş befoyda”.

Vaziyatga aniqlik kiritiş maqsadida yölimizni naşriyot tomon buramiz. Afsus, xonada heç kim yöq. Ikkinçi gal borganimizda ikki yigitni uçratdik. Ular esa işçi, bizni qiziqtirgan masalaga oydinlik kirita olmasliklarini, rahbari esa xizmat safarida ekanini taʼkidlaşdi. Bir-ikki kun ötib naşriyot direktori Ibrohim Tursunov bilan telefonda boğlana oldik. Masalaga munosabatini söraganimizda hali yoş naşriyotligi, iş bor joyda kamçilik bölişi, endi tajriba orttirişayotganini qayta-qayta uqtirişga harakat qildi. Xatolar bilan çop etilgan kitoblarning taqdiri nima böladi, degan savolimizga aytarli javob ololmadik. Direktor avtoulov boşqarib ketayotgani, yaʼni rulda ekanini ayt­gaç, köp ham savolga tutmadik. Bir soat ötar-ötmas naşriyot rahbarlaridan yana biri Ilyos Tursunov biz bilan boğlandi. U mavzu avval kötarilganini, hadeb tanqid qilinaversa, xodimlarining işlagisi kelmay qolişidan xavotiri borligini aytdi.

— Men istalgan boşqa sohada tadbirkorligimni davom ettiraverişim mumkin, ammo unda bu soha rivojlanmay qolaveradimi? Qaysi naşriyot bölmasin hammasida xato bor. Biz xatoimizni tuşundik, tanqidni töğri qabul qildik. Bundan keyin takrorlamaslikka harakat qilamiz.

Suhbat davomida maqolani çop ettirmasligimizni, biz qayerga desak, öşa yerga borib yuzma-yuz gaplaşişni söradi. Eng qiziği, bizga “hamkorlik” taklif etdi. Qiziq hamkorlik deganda nimani nazarda tutdi? Har xolda naşriyot reklamasi emasdir…

Agar naşriyot xodimlari çindan xatosini tuşungan bölsalar, rasmiy tarzda kitobxonlardan uzr söraşi lozim. Va eng kamida bunday qöpol xatolar bilan çop etilgan kitoblarni sotuvdan olib köyiş kerak. Bizningça, yana mas­ʼul taşkilotlar tomonidan naşriyot faoliyatini jiddiy örganib, tegişli xulosa berilsa, töğri bölardi…

Röziqul Oçilov.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan