Jurnalistning qalbi yonib tursin
Respublikamiz matbuoti sohasida uzoq yillar işlagan, bugungi kunda nafaqada bölgan faxriy jurnalistlarni qöllab-quvvatlaş, ularni ijtimoiy himoya qiliş Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi faoliyatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Zero, umrning zalvorli dovonini, qalb qörini matbuotga baxşida etgan ustozlarimiz hamişa eʼzozga loyiqdir.
27 — iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni arafasida uzoq yillar davomida matbuot va ommaviy axborot vositalari rivojiga beminnat xizmat qilgan, bugungi kunda hurmat-eʼtiborda bölib kelayotgan nuroniy-faxriylarimiz holidan xabar olindi.
— Bilasizmi, jurnalistning qalbi yonib turişi kerak. Yonmagan, özidan uçqun çiqarmagan qalb bilan yoziş qiyin, — deydi 100 yoşni qarşilaş arafasida turgan faxriy jurnalist Farida Usmonova.
Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasining viloyat bölimlari ham bayram arafasida viloyatda istiqomat qilayotgan, uzoq yillar jurnalistikaga xizmat qilgan faxriylarimiz xonadonlarida bölişdi.
— Har gal şogirdlarim kelganida quvonib ketaman. Yoşlarga çindan havasim keladi. Ular ikki-uç, hatto undan ortiq tillarda ravon sözlaşa olişadi. Zamonaviy texnologiyalarni ham bizdan köra yaxşi bilişadi. Ulardagi jöşqinlik, kasbiga bölgan iştiyoq qölimga qalam olişga, yana ijod qilişga yetaklaydi, — deydi surxondaryolik faxriy jurnalist Usmonali Normatov.
Şogirdlar kamolini köriş, albatta, ustozlar uçun katta baxt. Uyuşma qoşida taşkil etilgan Faxriy hamda Yoş jurnalistlar bilan işlaş kengaşlari faoliyati bir-biriga boğliq bölib, birgalikda tadbirlar, uçraşuvlar taşkil etilayotgani kelajakda zabardast jurnalistlar yetişib çiqişiga zamin hozirlaydi.
Nabijon Rahimov.
