Kamtar odamning kamoli

Hamkasblarim orasida döstu qadrdonlarim, ta­nişlarim bisyor.   Lekin Örol Sanaqulov ularning heç biriga öxşamaydi.

1984 yil edi. Navoiy viloyat “Bilim” jamiyati xodimi, ijodkor yigit men işlayotgan viloyat radioeşittiriş qömitasiga kelib turardi. Qömita raisi, maşhur xalq baxşisi Ergaş Jumanbulbul öğlining nevarasi, tajribali publitsist va şoir Şukur Nurboyev uning hurmatini örniga qöyar, unga “şoir”, deya murojaat qilardi. Keyin bilsam, bu kamtar yigit, ançayin ilmli, zukko şoir ekan.

Lekin, uning tahririyatimizga keladigan boşqa ijodkorlardan farqi bor ediki, hadeb şeʼr keltiravermasdi, taqdim etganlari efirga berilmasa ham heç narsa demasdi. Feʼli keng edi. Oradan yillar ötdi. Xatirçi kengliklarida tuğilib ösgan, Samarqand davlat universitetini tugallab, Leningrad (xozirgi Sankt-Peterburg) davlat universitetida tahsil olgan Örolning taqdiri Navoiy şahri bilan boğlandi.

Navoiy kon-metallurgiya kombinatida mutaxassis, boş direktor yordamçisi, Navoiy şahar hokimligida mutaxassis, boş mutaxassis, şahar “Mahalla” jamğarmasida rahbar, “Matonat” mahalla fuqarolar yiğini raisi, Navoiy erkin iqtisodiy hududidagi qöşma korxonada umumiy masalalar böyiça direktor örinbosari, Navoiy şahar hokimligi muassisligidagi “Navoiy ziyosi” gazetasida masʼul kotib vazifalarida sidqidildan mehnat qildi.

Qolaversa, xalq deputatlari Navoiy şahar Kengaşi deputati sifatida aholi örtasida hurmat-eʼtibor topdi. Ayniqsa, davriy matbuot naşrlari uçun sinov davriga aylangan keyingi yillarda gazeta obunasini taşkil etiş, uning mazmun-mohiyati va ahamiyati töğrisida korxona, taşkilot va muassasalar hamda aholi örtasida tuşuntiriş işlarini olib borişda bor bilimi-tajribasini ayamadi. Gazetaning oğir moliyaviy şaroitdan çiqib, yana izga tuşib olişiga katta hissa qöşdi. Eng asosiysi, u buni özining oddiy kundalik vazifasi deb bildi.

Örol Sanaqulovning ijodiy olami, şeʼriyati alohida mavzu. Şoirlik qismat. Yaxşi şeʼrlar esa dardli yuraklardagina tuğiladi. Kimgadir şeʼr bitmoq oddiy maşğulot, şuhrat istab şeʼr yozadiganlar ham bor. Ammo Örol Sanaqulov yuragidagi dardlarini, qalb tuğyonlarini, orzu-maqsadlarini, köngil keçinmalarini oq qoğozga tuşiradi. Asarlarini gazeta va jurnallar, naşriyotlarga berişga şoşilmaydi. Şu boisdanmi, uning Orol Sanaqul taxallusli isteʼdodli şoir ekanligini yaqinlaridan taşqari, köplar bilmaydi ham.

Aslida, uning “Hali heç kim aytolmagan ötli ohim”, “Buyoğiga uyğoq böl, ey ona xalqim”, “Aziz ota makon, onajon vatan”, “Sir aytma yotga, bolam”, “Manqurtning ölimi”, “Saylov haqida ballada” kabi şeʼr va dostonlari kişini befarq qoldirmaydi. Ularni mutolaa qiliş esa öquvçini uyğoqlikka, el-yurt, vatan taqdiri uçun xuşyorlikka çorlaydi.

Vaqtning ötişini qarangki, qahramonimiz bugun 60 yoşga tölibdi. Ammo navqiron kelbatiga qarab tabarruk yoşda ekaniga işonging kelmaydi. Samimiy kişi, dilida yaxşilik, ezgulik yaşaydigan inson hamişa yoş körinadi, yaşarib yuradi deyişgani rost. Örol aka, elimiz-yurtimiz xizmatidasiz, sira çarçamang!

Olim Xöjayev,

Özbekiston Jurnalistlari

ijodiy uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan