Öquvçisini izlayotgan matbuot

Yaqinda menga bir jurnalist singlimiz şunday savol berdi: bugungi jurna­lis­tikaning yigirma-öttiz yil avvalgisidan farqi nimada?

Rosti, ham oson, ham qiyin savol. Osoni şuki, “bugun jurnalistika jadal rivoj topmoqda, siz aytgan paytdagi jurnalistlarning imkoni yetmagan işlar bölyapti. Mana, internet jurnalistikasi orqali xabarlarni köz oçib yumgunça köriş, eşitiş mumkin”, deya gap bermay ketaveriş mumkin.

Ammo qiyini va aççiq bölsa-da, haqiqat şuki, farq yöq, aslo!

Internet jurnalistikasini olsak, bu jurnalistikani oldinga tortgani, taraqqiyotga eltayotgani ham nisbiy xulosa.

Töğri, xabarlardan tezkor ogoh bölayotganimiz bor gap. Ammo jurnalistika faqat tezkorlik-u xabardorlik degani emas.

Xulosam şuki, agar sohamizni bir butun uyğunlikdagi jamiyat deydigan bölsak, jamiyatimizning baʼzi sohalarga oid salohiyati bundan yigirma beş-öttiz yil oldingisidan deyarli farq qilmaydi.

Nega bunday mutlaq töxtamga kelyapman?

Biz köp yillardan buyon jurnalistikada ixtisoslaşuv degan gapni aytib kelamiz. Ammo bunga erişolmadik. Nazarimda, hamma gap şunda… Eng muhimi, biz jurnalistika janrlarini unutdik. Jumladan, uning tahliliy janrlarini. Xususan, bugun bizda iqtisodiy tahlil qariyb yöq hisobi!

Hayotiy misol aytay: muharrir sifatida baʼzan iqtisodiy mavzuda biron jiddiy tahliliy material tayyorlaş uçun kimga, qaysi jurnalistga murojaat qilişni bilmay qolamiz.

Bilasizmi, bu öta jiddiy masala! Bu jurnalistikaning muhim vazifasi – jamiyat dunyoqaraşini şakllantirişi bilan boğliq. Baʼzida ijtimoiy tarmoqlarda urho-ur bölayotgan mavzularga berilayotgan şarhlar, ajabtovur munosabatlarni körib, axborot xavfsizligi haqida emas, axborotning xavfli “jihat”lari haqida öylanib qolasan kişi. Virtual olamda tarbiyalanayotgan avlodning kelajagidan xavotir olasan. Şunda yodga bir donişmandning yoz­mişlari tuşadi: “…miş-mişlarni har kim gapirişi mumkin, ammo haqiqatni kam odamlargina tuşuntirib bera oladi”.

Aççiq haqiqat şuki, afsuski, öta dolzarb mavzularni matbuot ham, televideniye va radio ham davrimiz talabi darajasida tahlil etib berolmayapti…

Söz erkinligi va haqiqatni aytiş haqida gapirsam, u adolatdan quvvat olişi lozim. Ammo bugun özini blogerman deb bilmişlar baʼzi şaxslar uçungina çala-yarim sözini aytayotgani ayrim jurnalistlarning masalaning mohiyatiga çuqur kirib borolmayotganida ana şu mezonning buzilayotganini köryapmiz.

Bugun matbuot qanday nafas olmoqda? Bu savolga çuqur nafas olib, javob beraman: qiyin! Töğri, erkinlik bor. Haqiqatni   oçiq aytiş mumkin. Ammo kimga aytasiz? Öquvçi kam bölsa… Aytganingiz qayergaça boradi?   Muassis esa… Menga va men rahbar bölgan jamoaga tegişli bölmagan jiddiy muammo bu!   Baʼzida “Maʼrifat”ni varaqlab ötirib köngilga oğriq kiradi. Nazarimda,   xuddi jadid bobolarimiz ruhi çirqirayotgandek bölaveradi. Axir bu gazeta aslida “maʼrifat” asosiy işi bölgan Xalq taʼlimi vazirligi uçun javohirday gap-ku! Nega bu naşr har bir öqituvçining sevimli naşri bölib ketmayotganiga açinaman. Yoki “Hurriyat”ning çanqoq dillarga malham beruvçi maqolalari uçun tasannolar ayta turib, adadiga közim tuşadi-yu… yana öşa gap!   Aslida bunday gazetalar öz-özi­dan çiqib qolmaydi. Unga qança dil qöri bağişlangan axir…

Bayram bahona biroz oğriqli gaplar xayolga kelganida ham bir hikmat bordir, balkim. Eng asosiysi, jurnalistikada ösiş bor, davriy naşrlarning qiyofasi, mazmun-mundarijasida keskin yangilanişlarni körmaslik mumkin emas. Demak, ertangi kun öquvçisi uçun kuraş jadal davom etmoqda. Bu – yaxşi körsatkiç!

Şunday kunda barça hamkasblarimga kasbga sadoqatli böliş baxtini tilayman. Öşa sadoqatda gap köp – baraka, fayz,   halol non… Şunisidan qöymasin!

Husan Ermatov,

“Işonç” va “Işonç-Doveriye”

gazetalari Boş muharriri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan