“Yoşlar ovozi” va “Molodej uzbekistana” gazetalari nega çop etilmayapti?

Yurtimiz aholisining asosiy qismini yoşlar taşkil qiladi. Millionlab yoşlarning markaziy naşri bölgan “Yoşlar ovozi” gazetasi bir payt­lar “Yoş leninçi” nomi bilan qariyb 1 000 000 ga yaqin nusxada çop etilgan. Uşbu naşr mus­taqillik yillarida “Turkiston” deb nomlandi, şunda ham 20 000 dan kam adadda çop etilmagan. Keyinçalik gazeta nomi yana özgartirilib,   “Yoşlar ovozi” ga aylandi.

Şubhasiz, uşbu naşr öziga xos tarixi, katta tajriba yöli va çinakkam muştariylariga egadir. Ammo… joriy yilga kelib “Yoşlar ovozi” va “Molodej Uzbe­kistana” gazetalari çop etilmay turibdi.

Xöş, nima uçun? Özbekiston yoşlarining minbari hisoblangan uşbu naşrlarning ertangi kelajagi, taqdiri xususida biz Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni oldidan ana şu naşrlarning boş muharriri Faxriddin Karimov bilan suhbatlaşdik.

— Yurtimiz yoşlarining minbari bölgan “Yoşlar ovozi” va “Molodej Uzbekistana” gazetalari muassisimiz körsatmasiga köra vaqtinça çop etilmayotganidan ziyolilar jamoasi, köp ming sonli yoşlarimiz astoydil be­zov­ta bölayotgani töğri. Ayni paytda davlat rahbariyatining topşiriği bilan yoşlar naşrlari, yoşlar tele va radiokanallari va yoşlar naşriyoti negizida “Yoşlar media xoldingi”ni taşkil etiş çoralari körilyapti. Bu jarayon pandemiya şaroiti tufayli biroz çözildi. Yaqin kunlarda nasib etsa, “Yoşlar ovozi” va “Molodej Uzbe­kistana” gazetalari, “Yoş kuç” va “Dugonalar” kabi navqiron avlodning sevimli naşrlari yangi formatda, zamonaviy dizayn va rang­li-bezakli şaklda muştariylar qöliga yetib boradi.

Öziga xos tarixga ega bölgan bu naşrlarni ham qoğoz variantda, ham elektron körinişda bugungi talablar darajasida çop etiş böyiça taşkiliy işlar ham avjida.

 — Jurnalistlik kasbining siz ilğagan muhim xususiyatlari nimada körinadi?

— Ommaviy axborot vositalarida, deylik radioda nima taqdim etilsa, şuni tinglaysiz. Televideniyeda ham muayyan körsatuvni tomoşa qilasiz. Biroq, muştariy özi istagan vaqtda xohlagan narsasini tanlab öqişi mumkin bölgan vosita — bu faqat bosma naşrlar hi­soblanadi.

Hozirgi şaroitda ijtimoiy talabga köra ommaviy axborot vositalari faqat “axborot uzatiş” tamoyilidan voz keçib, sekin-asta “axborot almaşiş” prinsipiga ötib boryapti. Bu borada internetning imkoniyatlari keng, albatta. Ammo hozir internet imkoniyatlari haqida uzoq töxtalmoqçi emasman, biroq bugun jurnalistlarning internetdan oddiy fuqarolar kabi isteʼmolçi sifatida foydalanayotgani açinarlidir. Aynan şu jihat jurnalistikaning, ommaviy axborot vositalarining internet soyasida qolib ketişiga yöl qöyiş katta xato böladi. Negaki, har qanday elektron matbuot davriy naşrlarning örnini bosolmaydi.

— Baribir, bugun bosma naşrlar kelajagi xususida turli qaraşlar mavjud. Sizningça gazeta-jurnallarning ertasi qanday keçadi?

— Bosma naşrlarning ertasi haqida turli qaraşlar bölişi tabiiy, albatta. Çunki ularga munosabatning özi turliça. Biroq gazeta-jurnallarning kelajagi qanday bölişi faqat jurnalistning imkoni yoki ixtiyoridagi narsa emas, nazarimda. Aytaylik, biron yukni bir joydan ikkinçi manzilga olib boriş uçun dastlab aravalardan foydalanilgan. Keyinçalik katta hajmdagi yuklarni istalgan masofaga tez yetkazib beradigan maşinalar paydo böldi. Bir qaraşda endi aravalarga ehtiyoj qolmagandek edi. Biroq unday bölib çiqmadi. Insoniyatning ilk ixtirolari sifatida qayd etilgan aravalar ham hanuz isteʼmolda. Çunki, ular yöl tanlamaydi, ortiqça sarf-xarajat talab qilmaydi, alohida tayyorgarlik köriş ham şart emas.

Xuddi şuning singari internet taqdim etgan imkoniyatlar qurşovida qolayotgan ayrim dunyobexabarlar bosma naşrlarga zarurat qolmaganini başorat qilişga oşiqişmoqda.

Şunisi maʼlumki, yangilik, axborot, maʼlumot, qiyosiy yondaşuv va tahlilga asoslangan bosma naşrlarga doim ehtiyoj böladi, albatta. Davlat siyosatini töğri va işonçli özanidan oğişmasligini taʼminlaş nuqtai nazaridan ham, jamiyatda soğlom ijtimoiy munosabatlar barqarorligini taʼminlaş nuqtai nazaridan ham bu juda zarur.

Bugun ommalaşgan ijtimoiy tarmoqlar bir lahzada mislsiz ğalayonlarni, oqibatini oldindan körib bölmaydigan nizolarni keltirib çiqarişi mumkin. Biroq ularga heç qaçon barham bera olmaydi. Masalan, biz ijtimoiy tarmoq orqali qandaydir ofat — toş­qin yoki böronmi, boşqa xavf-xatarmi, yaqinlaşib kelayotganidan tezkor xabar topişimiz mumkin. Lekin bu biz omon qoldik, degani emas. Bosma naşrlarning muntazam muto­laasi esa kişiga nafaqat axborot, balki yuksak bilim, muşohada qiliş imkoniyatini ham beradi. Gazeta öqiydigan odam qandaydir xabardan, boringki, favqulodda holatdan tezkor ogoh bölmasligi mumkin, ammo kerak bölsa, u har qanday favqulodda vaziyatlarda ham qanday omon qolişni biladi. Xabardor böla turib talafot körgandan, bilimli bölib omon qolgan afzal, harholda.

— Bugun kasb bayramimiz, joylarda ötgan yillardagidek keng nişonlanmayotgan bölsa, bunga şubhasiz, hozirgi vaziyat — koronavirus pande­miyasi sabab. Şu kunlarda sizning köng­lingizdan nimalar keçayapti?

— Bir yilda bir marta bölsa ham, asosiy eʼtiborda bölamiz. Bu ham katta gap. Avvalo, barça hamkasblarimni muborakbod etaman. Yurtimiz, elimiz tezroq bu virus balosidan qutulib, erkin hayot quçoğiga qaytişiga tilakdoşman. Bayramlarimizni yana xuşçaqçaq davralarda, köngil xotirjamligida nişonlaş barçamizga nasib etsin.

“Hurriyat” muxbiri

Yusuf Jörayev yozib oldi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan