Taqvimdagi va yonimizdagi bayramlar
Yonimizda, qalbimizda, yurtimizda bayramlarning borligi qanday yaxşi. Biz bayramlar sabab taqvimlardagi va hayotimizdagi yarqiragan sanalarni yaxşi köramiz. Öşa biz qadrlagan sanalardan biri – 27 iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sanaladi.
Qalamning uçidan tökilgan mayda-mayda sözlardan tartiblangan maqola-yu reportajlar ortidan rözğor tebratiş hammaga emas. Zero, buning orqasida jasur söz, hamma vaqt özimiz bilan birga yurgan vijdonimiz hamda umidvor işonçlarimiz turadi. Bugun şu kasb egalari bayramidan özim ham xursand bölar ekanman, hayotning eng oppoq tomonini, turmuşning parda ortidagi osoyiştaliklarini körişni istayman.
Bugungi kunda Özbekistondagi söz erkinligi, axborot almaşinuvi, jamiyatning atrofdagi voqea-hodisalarga öz fikri va qaraşi şakllanib borayotganligi xorijiy davlatlar vakillari tomonidan qayd etilayotganining bir qança omillari bor.
Jumladan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining şaxsiy taşabbusi bilan aksariyat sohalar, xususan, ommaviy axborot vositalari faoliyatida ham eʼtirofga loyiq qator yangiliklar joriy etilganini olsak, birgina “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taʼminlaş hamda davlat organlari va taşkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori ayni yönalişdi katta buriliş yasadi, desak töğri böladi.
Mazkur hujjat bilan nafaqat jurnalistika, balki davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining OAV bilan hamkorlik va aholini xabardor qiliş sohasidagi faoliyati yangi, yanada samaraliroq poğonaga çiqdi. Davlat organlari va taşkilotlari axborot xizmatlari, matbuot markazlari, jamoatçilik bilan aloqalar böyiça xizmatlarining asosiy vazifalari aniq belgilab olindi. Mazkur soha rahbarlarining maqomi va nufuzi oşirildi. Aytiş joizki, iş tartibi özgarişi mehnatdan qoniqiş hissini paydo qildi.
Bundan taşqari, axborot siyosati sohasidagi vazifalarni amalga oşirişda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan amaliy hamkorlik yölga qöyildi. Natijada jurnalistlar bilan izçil hamkorlik, tezkor maʼlumotlar tarqatiş, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilişda keng aholi qatlamlarining iştirokini taʼminlaş borasidagi işlar töliq yölga qöyilib, özining ijobiy samarasini bermoqda. Şu orqali media makonda noxolis va notöğri maʼlumotlar tarqalişi holatlari öz vaqtida bartaraf etilyapti.
Imkoniyatdan foydalanib, davlat, jamiyat hamda zamonning özi oldimizga qöyayotgan öta muhim va masʼuliyatli vazifalarni amalga oşirişda barça ommaviy axborot vositalari vakillari, axborot siyosati sohasida iş yuritayotgan hamkasblarimizga sihat-salomatlik, kuç-ğayrat hamda ulkan zafarlar tilayman.
Hayot Şamsiddinov,
Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi
Matbuot kotibi.
