Bir asr quvonçu taşvişlari
“Xorazm haqiqati” — 100 yoşda
Axborot buloği, yangiliklar ummoni, hayot közgusi, jamiyat minbari, omma fikrining oynasi — bari-bari gazeta atalmiş nomda jam. Ommaviy axborot vositalari — axborot tarqatiş, tarğibot-taşviqot yurgiziş, bir söz bilan aytganda, muştariylarning maʼnaviy ongini östirişda işonçli va qudratli vosita hisoblanadi.
Gazetxon bölmay turib, jurnalist sifatida, kasb-korining ustasi bölib tanilganlar deyarli yöq. Şuningdek, inson idrokini zabt etişda matbuotning örni va roli beqiyos va bu muxlislarga allaqaçon ayon bölgan haqiqat.
Kamina, yarim asrdan buyon matbuotning peşini tutib kelaman. Ammo hali-hamon öqişda, örganişda davom etayapman. Qalamkaşlikning qoidasi şu — biri biridan örganib mehnat qilişni öziga ham farz, ham qarz sanaydi. Bu tahririyat anʼanasi, ustozlar yöli.
Bugun yuz yoşni qarşilayotgan — “Xorazm haqiqati”ning qizğin va dolğali faoliyatini közdan keçiriş asnosida, ötgan maşʼum qirğinbarot uruşlar, oçarçilik hamda keyingi yillardagi taxlamlarini varaqlab, tahririyatdagi rutubatli ijodiy mehnat qalamkaşni şon-şarafdan köra qismatga köproq yetaklaganiga guvoh böldim.
Aslida ham gazetçilik jön kasb emas: bu yölning talay qiyinçilik, maşaqqat va tösiqlari bor. Taxlamlarni közdan keçirib, ne ranju zahmat ila tahririyat topşiriğini sidqidildan bajargan-u, buning uçun “rahmat” örniga kaltakka duç kelgan, qatağon va sazoyi qilingan aziz ustozlarning ham taqdiridan xabar topdik. Eng açinarlisi, ularni köpinça özi işlayotgan gazeta sahifalari orqali savalaşgani öşa sahifalarga jo bölgança turibdi va taʼbir joiz bölsa, kasbdoşlar uçun bu ham bir oğir hayotiy saboqlardir.
Jurnalistikaning mehnati maşaqqatli bölsa-da, noni, garçi çimdimgina esa-da, halol. Keyingi 50 yil mobaynida “Xorazm haqiqati”, “Xorezmskaya pravda” gazetalari zaxmatkaşlari bilan hamdam, hamnafas, hamqadam holda baholi-qudrat qalam tebratayapman va buni özimga şaraf deb bilaman.
Sirasini aytganda, “Xorazm haqiqati” vohadagi aksariyat qalamkaşlar uçun haq söz, haq fikr minbaridir. Rahmatli Egam Rahimdan keyin röznoma hamda viloyat jurnalistlar uyuşmasiga yetakçilik qilgan zabardast adib Erkin Samandarov nainki rahbarlik burçi, balki ustoz va rahnamolik bobidagi farzini ham kanda qilmay ado etgani va hatto şu paytgaça gazetçilikka yuragi dov bermay kelayotgan kaminani ham hamkorlikka çorlagani umrning unutilmas onlari sifatida xotirimga muhrlangan.
Matrasul Xudoyberganov, Otamurod Avazmurodov, Jumaniyoz Abdurahimov, Ozod Rözimatov, Sulton Nodirmatov, Neʼmatjon Solayevday ustozlar bilan böylaşar darajada maqola bitişga yöl bölsin? Aynan şunisidan istihola qilar va gazeta talabiga monand maqola bitişga ojizligimni tuyganim bois, bu möʼtabar dargohni köpinça çetlab yurardim. Erkin akaning raʼy-xohişidan söng dildagi istihola va ikkilanişlar barham topdi. Dilga ijod va ilhom tölqini toşdi. Otaxon gazeta bilan to hozirgaça davom etayotgan ijodiy hamkorlikning tamal toşi ana şu tariqa qöyildi. Kaminaga bir gal kimsan, Erkin akaning özi qönğiroq qilib qoldi. Oddiy qalamkaşga şu yangliğ taniqli ijodkor, nomdor va martabali kişining şaxsan sim qoqişini öşanda hatto tasavvur ham etolmasdim. Boş muharrir gapni rahmat aytişdan boşladi va Urgançda viloyatning barça rahbarlari iştirokida köp kişilik yiğin bölganini bildirdi.
Aytişiça, viloyatning birinçi rahbari kamina bitgan va gazetaning sönggi sonida çop etilgan maqolani majlis ahliga bafurja öqib beribdi va negadir ayrim “yoşulli”lar köziga çalinmagan kamçilikni çetdan borgan bir oddiy muxbir darrov payqaganini ularning yuziga solibdi, şu yangliğ maqola uçun muharrirga minnatdorçilik bildiribdi.
Boş muharrirning rahbarlik salohiyatidan darak beruvçi ibratga loyiq jihatlar ançagina. U kişi uçun ikir-çikir sanalguçi narsaning özi yöq va hatto eng kiçik hamda arzimasdek tuyuluvçi bittagina kamçilik ham ğoyatda katta qusur. Uni vaqtida bartaraf etgan rahbarning esa oşiği olçi va kelgusida yuz berişi, bolalaşi ehtimoli bölgan jiddiy xatolarning oldini oliş, payini qirqişda katta ahamiyat kasb etadi. U kişi sahifadagi atigi bitta nuqta yoki vergul uçun gazeta naşrini bir neça soatga töxtatib qöygani va unga barham berişi zarur bölgan matbaaçining uyidan qaytişini, tun yarmidan ötgan bölsa-da, bosmaxonada soatlab kutganiga kaminaning özi köp bora guvoh bölganman.
Gazeta nufuzi, qalamkaşning obrö-eʼtibori har narsadan ustun bölmoği darkor. Uning fikriça, gazeta lönda ifoda, aniqlik, hozirjavoblik, dolzarblikni xuşlaydi. Gazeta bugun yetilgan har qanday voqea, xabar, yangilikni şu bugunoq öz öquvçisiga taqdim etmoği zarur. U keçiksa gazetxon qalbiga çöğ taşlay olmaydi. Bunday paytlarda “bugun, uning iloji bölmasa, heç qaçon” degan qoidaga amal qilinişi kerak. Erkin aka ana şu oltin qoidaga amal qilib işladi, amal qilib yaşadi. Bir gal u kişi va sobiq viloyat matbuot boşqarmasi boşliği K.Aksenov örtasidagi keskin tortişuvga röpara keldik. Maʼlum bölişiça, tahririyatga Qöşköpir tumanidan faktlari tasdiqlangan kiçikkina şikoyat tuşgan. Unda mazkur tumanda tabiiy gaz taʼminoti bilan şuğullanuvçi bir xodim aholiga sotiş uçun möljallangan gaz ballonlarining har birini öz narxi 1 sömu 40 tiyindan emas, balki 1 sömu 50 tiyindan sotgani bayon etilgan. Tahririyat, xususan, boş muharrir atigi 32 sözdan iborat bölgan uşbu mitti tanqidiy xabarni sahifaga joylaş va gazetxonlarga tezroq yetkaziş payida bölgan. Bosmaxonadagilar esa vaqt tiğizligini aytib, mitti maqolani kutmayoq, çop etişga kirişamiz, deyişgan. Natijada mojaroga viloyat matbuot boşqarmasi boşliği ham aralaşib, gazetani ana şu tanqidiy xabardan xoli qilişni talab qilgan. Öşanda viloyat hokimligida matbuot böyiça yöriqçi vazifasida işlardim. Vaziyatga viloyatning mafkuraviy işlar böyiça mutasaddisi aralaşdi. Şunday qilib, bor-yöği 6 qatordan iborat xabar şu kuni gazeta yuzini kördi.
Allaqaçonlar rasm bölgan ibratli anʼanaga köra, gazetaning yangi sonini bu gal ham birinçi bölib viloyat rahbari öqidi. Nigohi uşbu xabarga tuşgaç: “Bizga xuddi şunday gazeta kerak”, dedi zavq bilan va darhol boş muharrirni yöqlatdi. U yetib kelguniça Qöşköpirga şaxsan özi sim qoqdi, masalaning mohiyatiga yetdi. U yerdagilar viloyat rahbari eʼtiborini tortgan körimsiz voqea çindan ham röy berganini tan oldilar.
Muharrir bilan suhbat qisqa böldi. U kişiga uşbu kiçikkina xabarni sahifaga olib çiqişga boş qöşganlarning bariga rahmat aytiş topşirildi, şu singari möʼjaz hamda salmoqli tanqidiy-tahliliy çiqişlarni keskin va dadilona köpaytiriş taklif qilindi. Öşa kuni bundan-da hayratomuz boşqa bir voqea ham röy berdi. Gazetadagi xabar munosabati bilan maxsus qaror qabul qilindi. Unda aholiga xizmat körsatiş sohasidagi işlarni tubdan kuçaytiriş, yöl qöyilayotgan kamçilik va nuqsonlarga barham beriş, Qöşköpirda yuz bergan voqeaning aybdorlariga çora köriş, gazeta xodimlarini rağbatlantiriş haqida vazifalar belgilab berildi.
Kezi kelib, Egam Rahim, Erkin Samandarlar yaratgan ajoyib “ijod boği” möl va totli “meva” berganini, albatta, taʼkidlamoq va eʼtirof etmoq lozim. Bu boradagi saʼy-harakatlar natijasi ölaroq, vohada qalamkaşlarning qobilu-qodir avlodi kamolga yetdi. Köpgina oddiy muxbirlar pirovardida hassos qalamkaş, salohiyatli publitsist sifatida tanildilar. Buni ustozlar mehnati, saboği, ögit va maslahatining munosib mevasi, desa örinli böladi.
Afsus, bexos esgan vaqt va zamon şamollari ana şu “boğ”da kamolga yetgan bir qança döst-birodarlarni oramizdan olib ketdi. Karim Qurbonov, Rustam Iskandarov, Yusuf Ibrohimov, Vladimir Milgotin, Viktor Prutyan, Habib Samigullin, Ozod Rözimatov, Ullibibi Otayeva, Jumaboy Matyoqubov, Sulton Nodirmatov, Neʼmatjon Solayev, Otamurod Pirmatov, Qözi Qadamov, Ismoil Şomurodov, Köklam Rahimov, Şarif Safarov, Şexnazar Ahmedovlar kabi qalami ötkir, zabardast jurnalistlar bugun oramizda yöq…
Suratkaş muxbir Qözi Qadamovning mitti “dastyori”dan tuşib kelgan har bir tasvir göyoki butun boşli bir asar edi. Suratini tomoşa qilasiz-u, özingizni yana bir yaxşi maqolani mutolaa qilganday his etaverasiz. Jiddiy, kamgap, biroq çin ijodkor inson edi, Qözi aka. Balkim şuning uçundir hazil yoki qoçirimli gaplarni jini suymas, birovdan şu ohangda hazilomuz söz eşitsa, uni köpinça çinga yöyardi. Buni bilgan ayrim birodarlarimiz esa tez-tez uni qoçirimli hazil sözlar bilan siylaşar, Qözi aka esa odatdagiday jiddiy qabul qilar, söng fiğoni oşar, ammo bir pasdan keyin yana miyğida tabassum-la: “Mayli, gapiraverişsin”, deb işga şönğirdi. Ijod va döstlik uyğunligida keçgan bunday onlarni xorazmlik qalamkaşlar tez-tez eslaşadi.
Hozirgi kunda ham öz kasb-koriga çin mehrini bergan, hayotini usiz tasavvur ham etolmaydigan, qalamidan hikmatli sözlar yoğilguçi hassos qalamkaşlar, işi va burçiga hamişa sodiq, sadoqatli va jonkuyar ijodkorlar mehnat qilişayapti bu möʼtabar dargohda. Ayni kezda Qadam Otayev, Husayn Rahmonov, Zarifboy Ibrohimov, Sotimboy Avazov, Oymonjon Egamova, Arslon Otajonov, Raʼno Karimovalar keksalik gaştini surayotgan bölsa, ularning zaxmatli mehnatini boş muharrir Soliyajon Rahimberganova, 50 yil muqaddam qölga olgan qalamini to hanuz avaylab asrayotgan, sayqallayotgan doimiy navbatçi Ollabergan Rajabov, şuningdek, Feruza Tangriberganova, Dilbar Bekçonova, Abdulla Safoyev, Öğiljon Rahimova, bu tabarruk dargohga endigina kirib kelgan Otaxon Rahim, Sevara Rözimatova singari hamkasblarimiz davom ettirişayotibdi.
Tahsin va ibratga loyiq xayru-savob amallarning yana bir qirrasini bir paytlari adib va jurnalist Erkin Samandarovning saʼy-harakatlari bilan Yangiariqda barpo etilgan “Ijodkorlar boği” faoliyatini Respublika Jurnalistlar ijodiy uyuşmasi hamda uning viloyat filiali mahalliy hokimiyat organlari bilan özaro hamkorlikda qayta tiklaş masalasi kun tartibiga qöyilgani misolida körasiz.
Uşbu oliyjanob niyatning amaldagi ijobati davlatimiz tarafidan qalam ahllariga qilinayotgan doimiy va kundalik ğamxörlikning yana bir ajoyib namunasi, desak mubolağa bölmaydi.
Gazeta hozir ham favqulodda katta va işonçli kuç. Mazkur qudratli vosita bilan hisoblaşmaslik yoxud ungan qöl siltaş — işonçli hamkor, hozirjavob madadkordan judo böliş bilan teng desak xato bölmas.
Bugun Xorazmning otaxon gazetasi faoliyati bir asrlik yölni bosib ötdi. Bu yölda qançadan-qança topişlar-u yöqotişlar, debsinişlaru yuksalişlar mujassam. Muhimi, uşbu naşr özining örni, salohiyatini saqlab qoldi. Töğri, bugun uşbu tahririyat jamoasidagilarga ham oson bölayotgani yöq. Xorazm viloyat hokimligi — gazeta muassisini öz naşriga jon kuydirayapti deb bölmaydi. Buni gazetaning ayni paytdagi adadidan ham bilsa böladi.
Ammo… tuşkunlikka aslo hojat yöq! Çunki uşbu gazeta çin maʼnoda Xorazmning tarixi, keçagi kuni va ertasini jonlantiruvçi közgudir, maʼnaviy yuzidir.
Abdulla Sobirov,
“Hurriyat” muxbiri.
