Taşakkur, senga buyuk xalq!
Yuriy Stoyanov,
Rossiya xalq artisti
Men özim Odessada tuğilganman, butun hayotimni esa Moskva va Sankt–Peterburgda yaşadim, biroq men bugun özbek xalqi haqida gapirmoqçiman. Şu buyuk xalqning mehr–oqibati, harorati sabab men hayotimni Moskva va Sankt–Peterburgda bugungiday gözal yaşab ötişga muvaffaq böldim.
Gap şundaki, Ikkinçi Jahon uruşi yillarida mening onam ham Toşkentga evakuatsiya qilingandi. Yölda onam tuşgan eşelon duşman tomonidan portlatiladi. Ular bir amallab Toşkentgaça yetib kelişadi. Evakuatsiya qilingan bolalar özbek xonadonlariga joylaştirilgan. Mening onam 7 nafar bolasi bölgan özbek öqituvçisining oilasidan qönim topadi.
1943 yilda onamning maktabga — birinçi sinfga çiqadigan yili edi. Xonadon sohibi — özbek öqituvçisi xontaxtasi ustidagi yagona dasturxonidan onamga sumka, deraza pardasidan esa öquvçilar formasini tikadi.
Onamning aytişiça, barça oila aʼzolari keçasi polga joy töşab uxlaşgan. Oiladagi yagona karavotda mening onam uxlagan ekan. Biroq bu xonadon egalarida heç qaçon yaxşilik qilayapman degan fikr, minnat va öz yaxşiligini köz-köz qiliş hissi bölmaganidan haligaça hayratdaman.
Özbeklar — juda qadimiy, buyuk va donişmand xalq. Qaçonki, özbeklar salomlaşayotganda qölini köksiga qöyar ekan, bu faqat rasmiy qoida emas. Buning mohiyatida mehmonni, insonni, yoşi kattalarni qadrlaş, eʼzozlaş, uluğlaş belgisi mujassam. Bugun men donişmand özbek xalqiga qarata qölimni köksimga qöyib, boşimni egib qadrdonlarça javob qaytarmoqçiman: Taşakkur, senga Buyuk Özbek xalqi!
Internet manbalari asosida
Toşkent şahar, Yakkasaroy tumanidagi
48-sonli maktab öqituvçisi Xosiyat Usmonova tayyorladi.
