Oftobtaxtim mening, oytaxtim mening

“Toşkent oqşomi”ga va barça

zahmatkaş muxbirlarga

Ustoz Ğafur Ğulom duosi bilan

Parvozin boşlagan uyğoq gazetam.

Sen borsan – qalbimning tuğrosi baland,

Aslo yakun topmas mening qasidam.

 

Elning xovotiru oğriqlaridan

Yupanç, tasalliday bunyodga kelding.

Maşʼum zilzilaning   yoriqlaridan

Oq atirgul bölib dunyoga kelding.

 

Yarmi vayron   uyning eşigin izlab,

Şitirlab xuşxabar keltirgan özing.

Jajji çaqaloqning beşigin siypab,

Salqin sabolarni yeldirgan özing.

 

U paytlar biz hali yoş bola edik,

Zavqu orzularga limmo-lim yurak.

Tomlarda yugurgan gullola edik,

Gözal oqşomlardan bergansan darak.

 

Hali “Mahallada duv-duv gap” – hayot,

Ölmas Lutfixonim aya siymosi.

Şundadir dillarga   nur bergan bayot,

Şundadir mehrning asl kimyosi.

 

Oddiy temirçining otalik tafti

Yetgaydir dunyoning bolalariga.

Bunda çiziqlari   onalar kaftin

Ulangan quyoşning tolalariga.

 

Men bahordan qolgan qaldirğoç edim,

Qaldirğoç qaydadir qişlamoği şart.

Qaldirğoç, ayniqsa yoş şoir bölsa,

Eng avval “Oqşom”da işlamoği şart!

 

Toşkent qizlarining köylaklarida

Bir satrdan şeʼrim, şodligim qolgan.

Har bir sahifangning yölaklarida

Muhabbatim qolgan, yoşligim qolgan.

 

Aziz ustozlarga men qöyib ixlos,

Ranju zahmatlarin körgandim bunda.

Hayotning şafqatsiz közlariga rost,

Tik qarab yaşaşni örgandim bunda.

 

“Motamsaro ona” qoşida u kun

Bir kemtik nondayin turganlarim bor.

Anhor böylarida yor suyib gulgun,

Erka şoiringday yurganlarim bor.

 

Bunda har bir nihol kelinçak bölgay,

Oftobtaxtim mening, oytaxtim mening.

Köpriklar evrilib kelajak bölgay,

Olamga ostonam – poytaxtim mening.

 

Ustuvar qörğonsan – çin döstlaringu

Keksayu yoşlarning tilaklarida.

Ezgulik arkasin ustunlariyu

Turnalari bilan laylaklarida.

 

Faqat köngillardan taralsin yolqin,

Bağring butun bölsin, yaro bölmasin.

Oqsaroy misoli munavvar qolgin,

Oqşoming heç qaçon qaro bölmasin.

2006

Sirojiddin Sayyid,

Özbekiston xalq şoiri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan