Köngilga yaqin, dilkaş ijodkor
Hozirgiday esimda, öşa yillari ToşDU (hozirgi ÖzMU)ning “Toşkent universiteti” gazetasida masʼul kotib bölib işlardim. Albatta, kam adadli möʼjazgina gazetani qiziqarli, öqişli çiqariş uçun ham yaxşi yozadigan mualliflar kerak edi.
Talaba ukalarimdan biri Sirojiddin Rauf ança faol, tirişqoq edi. Mağzi töq şeʼrlar yoziş bilan birga, çiroyli maqolalar ham yozardi. U örta maktabda öqib yurgan davridayoq şeʼrlar maşq qilar, “Qaşqadaryo haqiqati” (hozirgi “Qaşqadaryo”) gazetasida musahhih bölib işlagan, şuning barobarida, xabar va maqolalari ham eʼlon qilib turilganidan xabardor edim.
Oradan köp ötmay, Sirojiddin harbiy xizmatga çaqirildi. Xizmat burçini Ukrainada ötkazdi. Şu vaqt oraliğida tez-tez xat yozib turdi. Konvert içida, albatta, yangi şeʼrlari bölardi. Biz öz gazetamizda çiqqan şeʼrlarini poçta orqali unga jönatardik.
Sirojiddin döstimiz jurnalistika fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatdi.
Fakultet rahbariyati uni işga olib qoliş niyatida aspiranturada öqişni taklif qilişgandi, unamadi. Bu paytda adadi bir neça yuz ming nusxadan oşib ketgan yoşlar gazetasining faol xodimiga aylanib, ijodiy jamoaning, öquvçilarning nazariga tuşib ulgurgandi. Gazeta tahririyatida salkam olti yil muxbir, şarhlovçi va bölim mudiri vazifalarida samarali faoliyat körsatdi. Şundan söng “Tafakkur” jurnalida ikki yil tafakkurini yana bir bor çarxlab, ustozi Erkin Aʼzamning sinovidan ötgaç, Adliya vazirligi muassisligidagi “Hayot va qonun” huquqiy jurnali – “Inson va qonun” gazetasi birlaşgan tahririyati boş muharriri örinbosari sifatida faoliyatini boşladi. Yangi işga kirişganidan birga işlaymiz, deb kaminani ham taklif qildi. Öşa paytda tahririyat boş muharriri Fayzulla Qiliçev (Olloh rahmat qilsin) bilan kelişib, “Inson huquqlari” bölimi mudirligini işonib topşirişdi. Hamkoru hamdast bölib yaxşi işladik.
Oradan biroz vaqt ötib, u jurnalist-huquqşunos (ikkinçi mutaxassislik yönalişi böyiça hozirgi TDYUUda ham tahsil olgandi) sifatida birlaşgan tahririyatni boşqardi. Şu yillarda gazeta va jurnalning muxlislari soni köpayib, adadi ham sezilarli oşdi. Ahil va inoq jamoada işlaganimdan hozirgaça faxr va ğurur hissini tuyaman. Şu gazeta va jurnal sahifalarida çop etilgan sud-huquq masalalariga oid oçerk va maqolalarimni töplab “Birovga çoh qazisang…” deb nomlangan kitobimni çiqardim. Uning naşr etilişiga tahririyat ijodiy muhitining taʼsiri katta bölgan, deb bemalol ayta olaman. Birga işlagan davrimizda vazirlikdagi ayrim yuristlar Sirojiddin Raupov bilan huquqiy masalalarda özaro maslahat-suhbatlar qilişganiga köp bor guvoh bölganman. Uning zahmatli mehnatlari hisobga olinib, 2000 yilda davlat mukofotiga loyiq topildi va Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan “Şuhrat” medaliga sazovor böldi.
Oradan köp ötmay, uni davlatimizning yuqori idoralariga işga taklif qilişdi. U yerda ham samarali faoliyat yuritib, keyinçalik Özbekiston Matbuot va axborot agentligidagi markaz rahbari, “Mulkdor”, “Birja” gazetalarida boş muharrir bölib işladi. Undan keyin “Jamiyat” gazetasi taşkil etildi, matbuotimiz tarixida birinçilardan bölib özbek öquvçilarini fuqarolik jamiyati institutlari haqidagi dolzarb, qiziqarli materiallar bilan taniştirib bordi. Tahririyat qoşida “Mahorat maktabi” faoliyatini yölga qöyib, fuqarolik jamiyati tizimini yoritişda yoş ijodkorlar malaka hosil qilişi uçun jonbozlik körsatdi, ularning nisbatan yangi sohaga ixtisoslaşuviga kömak berdi. Öşa yillari qizim Parizod “Jamiyat” gazetasi qoşidagi mahorat maktabida amaliyot ötagani bois, tahririyat faoliyati haqidagi taassurotlarini tölib-toşib aytib berardi.
Ayni paytda Sirojiddin Raupov adabiyotimizning otaxon jurnallaridan “Şarq yulduzi” va “Zvezda vostoka” jurnallarini boşqarmoqda. Hozirda ularning davriyligi oşib, mavzulari salmoq kasb etib, badiiy saviyasi ham ança kötarildi. Jurnallarning eski şon-şuhrati tiklanib, sahifalarida eng sara asarlar çop etilayotgani uçun yurtimiz va qardoş xalqlar ijodkorlariga ham öziga xos mezon vazifasini ötamoqda.
Ötgan yillar mobaynida Sirojiddin Rauf önga yaqin kitob va töplamlar eʼlon qilib, adabiyot muhiblarining könglidan mustahkam joy oldi. “Yiğlayotgan oy” ilk töplamidagi aksariyat şeʼrlari talabalik davri mahsuli, ijod namunalari desam xato bölmaydi. Çunki köpi menga yod bölib qolgan. Yil ötgan sari uning ijodida ohorli taşbehlar, falsafiy qaraşlar, favqulodda yeçim va badiiy topildiqlar kuçayib bordi. Hatto bolalarga bağişlangan şeʼrlarida ham salmoqli fikr, mulohazaga duç kelasiz. Bir söz bilan aytganda, juda sermahsul şoir!
— Özini ham, yozganlarini ham qadrlaydigan şoir inim Sirojiddin Raufning ijodini ançadan buyon kuzatib kelaman, — deydi Özbekiston xalq yozuvçisi Erkin Aʼzam uning “Siz menga keraksiz” nomli kitobiga yozgan sözboşisida. — Şoir şeʼrning tilini, sözning jarangini topganga öxşaydi. Endi şu yöldan toymas ijodkor sifatida ham, inson sifatida ham allaqaçon suyagi qotib ulgurgan.
Şoirning aşaddiy muxlisi sifatida har bir çiqişini kuzatib boraman, baʼzan özim yozganlarimni ham körsatib olaman va şu bahonada diydorlaşib, ötmiş xotiralarni eslab olamiz. Gurunglar asnosida ijodimga baho beradi. “Şeʼrlaringiz yomon emas, özingizga öxşab juda sodda. Izlaning, tinimsiz öylang, mehnat qiling, dunyoda eng boy tillardan birida ijod qilayapsiz, uning butun körki, tarovatini körsatişga harakat qiling”, degan samimiy sözlari sira malol kelmaydi. “Şeʼrda sanʼat bölsa, öquvçining qiziqişi kuçayib boraveradi. Aks holda, sodda şeʼrlarni öqib örgangan öquvçining didi zaiflaşadi, fikrlaşdan qaytadi. Bolalarga bağişlab yozganlaringiz menga köproq yoqadi. Şu janrda ijod qilganingiz maʼqulroq. Buni hammayam eplolmaydi”, deya maslahat bergan paytlari ham bölgan.
Özbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga bağişlangan “Qomusimiz” deb nomlangan şeʼrimni şoir Salim Aşurga körsatib, “Xalq sözi” gazetasiga berganimni va u eʼlon qilinganini aytganimda, Sirojiddin astoydil muborakbod etdi. “Bu naşrda çiqişingiz bir omad bölsa, Salim Aşurga maʼqullata olganingiz yana bir muvaffaqiyatdir”, dedi çin dildan xursand bölib. Döstlarning yutuğidan ham bahra ola bilişi noyob fazilatidan dalolatdir.
Sirojiddin Rauf turli janrda, xususan, huquqiy mavzudagi maqolalarni ham qoyillatib yozadi. Yozganlarini kuzatib boraman, hammasi bir-biridan öqişli. Xizmat safari bilan Rossiya Federasiyasining Novosibrsk şahrida, Qirğiziston Respublikalarida bölib qaytgaç, taassurotlarini qoğozga tuşirib, qator maqolalar eʼlon qilganidan ijod ahlining xabari bor. U keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda ham dolzarb mavzularda öziga xos çiqişlar qilayaptiki, ötyurak, talabçan va jasoratli şunday döstimiz borligidan ğururlanaman.
Sirojiddin Rauf öta mehnatkaş inson. Bekor ötirganini umuman bilmayman. Bir kuni kimdir uning biroz tobi qoçib, kasalxonada davolanayotganini aytib qoldi. Darrov xabar olgani oşiqdim. Karavoti ustida bir dunyo yozuv-çizuv, tahrir qilingan qoğozlarga közim tuşib koyigan böluvdim, “Ey, aka, ermakda, bekor yotgandan köra”, deb qöya qoldi kulimsirab.
Ötgan yili Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarlaridan biri meni qabuliga çaqirib: “Ijodkorlarning hammasini yaxşi taniysiz, juma kuni bölib ötadigan maʼnaviyat va maʼrifat tadbiriga elga tanilgan, harbiy xizmatçilarimiz va xodimlarimizni zeriktirib qöymaydigan şoir yoki yozuvçilardan birini tavsiya qilsangiz”, deb qoldi. Avvalroq notiqligi bilan alohida ajralib turadigan ustoz jurnalist va adib Ahmadjon Meliboyev bilan juda kötarinki ruhda, çiroyli uçraşuv bölib ötgan edi. Şu bois biroz öylanib, Sirojiddin Rauf nomzodini aytdim. Taklif qildik. Ajoyib uçraşuv böldi, şoir döstimiz şeʼrlaridan öqidi, savollarga batafsil javob berdi. Oradan olti-yetti oy ötar-ötmas, rahbariyat uning telefon raqamini olib qolgan bölsa kerak, Sirojiddin Raufni yana, mening aralaşuvimsiz taklif qilişibdi. Eşitib xursand böldim.
Sirojiddin Rauf bilan faxrlanaman. Ajoyib hamkasb, köngilga yaqin, dilkaş inson.
Azamat Suyunov,
Özbekiston Jurnalistlari
ijodiy uyuşmasi aʼzosi.
