Maʼnaviyatimiz köprigi

Davlat tili — xalqning maʼnaviy qiyofasi sanʼat, madaniy merosi va tarixiy öziga xosligi, urf-odatlari kabi qadriyatlarda aks etadi. Uşbu jihatlarni özida umumlaştirgan, ularni asrlar şamollaridan asrab, bugungi kunga olib ötgan ona tili esa, şubhasiz öşa xalq maʼnaviyatining ustuni, davrlarni boğlovçi köprikdir.

Mutaxassilar tahliliga köra, dunyo böyiça mingdan ziyod tilning yöqolib ketiş xavfi bor ekan. Faqatgina 40 ta til oğzaki va yozma jihatdan mukammal şakllangan bölib, poydevori mustahkam ekanligi aytilmoqda. Ularning orasida özbek tili ham borligi  quvonarli, albatta. Ammo, buning zamirida jonfido jadidçi bobolarimiz körsatgan matonat, qolaversa, xalqimizning ona tilimizga bölgan muhabbati yotibdi.

Maʼlumki, 1989 yil 21 oktyabrda ona tilimizning yangilanayotgan dunyoda yaşab qolişi sari muhim qadam qöyilgandi. Şu kuni qabul qilingan “Özbekiston Respublikasining Davlat tili töğrisida”gi qonun şunçaki huquqiy-normativ hujjat emas, balki ona tilining huquqiy asosini belgilab bergandi. Sönggi yillarda makzur qonun ijrosi va tilga munosabat borasida qator jiddiy islohotlar amalga oşirilmoqda.

Xususan, Prezidentimizning 2019 yil 4 oktyabrdagi “Özbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining öttiz yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qarorini alohida taʼkidlaş adolatdan böladi.

Uning ijrosi doirasida Vatanimiz mustaqilligining maʼnaviy asoslarini mustahkamlaş, xalqimiz, avvalo, yoş avlodni milliy qadriyatlarimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaşda özbek tilining ahamiyati tobora ortib borayotganidan kelib çiqib, Prezidentimizning 2019 yil 21 oktyabrdagi “Özbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni tilga eʼtiborni tubdan özgartirdi va uning mavqeini mustahkamlaşning yangi bosqiçini boşlab berdi. Farmonga köra, 21 oktyabr sanasi Özbek tili bayrami kuni deb eʼlon qilindi.

Respublika Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantiriş departamenti oldiga tilimizning mavqeini yanada mustahkamlaş bilan boğliq qator muhim vazifalar qöyilgan.

Jumladan, davlat tilini rivojlantiriş, davlat tili töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişi ustidan monitoringni amalga oşiriş, uşbu sohada jamoatçilik nazoratining samarali şakllarini joriy etiş (Departament faoliyatida jiddiy özgarişlar sezilişi kerak) bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sir emaski, lotin yozuviga asos­langan özbek alifbosini joriy eʼtiş bilan boğliq vazifalar hamon oxiriga yetmasdan qolmoqda. Xususan, mavjud adabiy meʼrosning lotin alifbosida qayta naşr etilişi köp­lab yangi avlod vakillarining kitobga, qolaversa, maʼnaviy ongi talabini qondirişga xizmat qiladi. Departament özbek tilining yozma nutqi meʼyor va qoidalarini işlab çiqiş bilan birga mazkur masala bö­yiça ham işlarni jadallaştiriş ustida izlanişlar olib borayapti.

Yuqorida aytib ötganimizdek, ilm-fan rivoji hamda mahsulot va xizmat turlarining kun sayin oşib borayotgani öz-özidan yangi sözlar soni ham ortişini anglatadi. Bunday holatlarda, ularning özbekça muqobil atamalarini aniqlaş va qöllaş eng muhim masala sifatida böy körsatadi. Zero özlaşma sözlar hisobiga ona tilimizning söz boyligi çetga çiqib qolmasligi kerak.

Ayrim mutaxassislarning fik­riça, sof qadimiy xitoy va ingliz tillari sofligi buzilganidan, özlaşma sözlar haddan taşqari köpligidan ölik tillar guruhiga kirib qolgan.

Vaholanki, har ikkala tilda dunyo aholisining qariyb yarmi gap­laşadi, desak mubolağa bölmaydi. Demak, zamon talabi asosida ikkala til ham asl holidan tanib bölmas darajada özgargan. XVI-XVII asrlarda mavjud bölgan buyuk ing­liz yozuvçisi Uilyam Şekspirning tilini bugungi kunda inglizlarning özlari asl manbadan öqib mutlaqo tuşunmasligi isbotlangani fikrimiz tasdiğidir.

Bu maʼlumotdan ang­laşiladiki, Departamentning ilmiy asoslangan yangi söz va atamalarni isteʼmolga kiritiş, zamonaviy atamalarning özbekona muqobillarini yaratiş va bir xilda qöllanişini taʼminlaş, geografik va boşqa toponimik obʼyektlarga qonun hujjatlariga muvofiq nom berilişi borasidagi faoliyatni monitoring qiliş va muvofiqlaştiriş bilan boğliq vazifasi tilimizning asl holatini asrlar oşa saqlab qolişda hal qiluvçi ahamiyatga ega.

Eng asosiysi, 2020 yil 10 aprel kuni Özbekiston Respublikasining “Özbek tili bayrami kunini belgilaş töğrisida”gi Qonuni kuçga kirdi. Demak, bugun mazkur qonun asosida ilk bor Davlat tili bayrami nişonlanmoqda. Umuman, ötayotgan yil ona tilimiz sofligini saqlaş, uning mavqeini mus­tahkamlaşda qator voqeliklari bilan esda qolarli bölmoqda. Fik­rimiz tasdiği sifatida, davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyevning 23 sentyabr kuni Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleya­sining 75-sessiyasida Özbekiston tarixida ilk bor özbek tilida nutq sözlaganini faxr bilan aytsak arziydi.

Zero, dunyoning eng nufuzli minbaridan tilimiz şunçaki yangramadi. U orqali, nafaqat Özbekis­ton, balki insoniyat hayotini yaxşilaşga qaratilgan qator ezgu taklif va mulohazalar bildirildi. Ularning jahon jamoatçiligi tomonidan qizğin kutib olingani esa, tilimizning uluğligi, mehr-muhabbat, umid va işonç tili sifatida ham dunyo xalqlariga namoyon bölganidan dalolat beradi.

Zulayho AKROMOVA,

Oliy Majlis

Qonunçilik palatasi deputati

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan