Yaxşi odam va olim
Kamina yozuvçilikka daʼvogar, ança-munça narsalarni baholi qudrat qoralab taşlagan, yaʼni sözga yaqinligi bor. Köplar aytmoqçi, qalamkaş bölsam-da, ustozlar yoki hamkasblar haqida biron narsa yozişga töğri kelsa, qarmoqqa nimadan xörak solsa baliq yaxşi ilinişini bilmagan havaskor ovçiday mulzam qolaman. Ammo qölimda qarmoğim – qalamim, albatta, böladi. Bugun yaxşi bir inson haqida ikki oğiz söz aytişga jurʼat etdim.
— Yöldoşxon aka haqiqiy olim, çin maʼnodagi ziyoli, — deydi taniqli adabiyotşunos olim, filologiya fanlari doktori Dilmurod Quronov. — U kişi suratu siyrati bir, öz sözida sobit odam.
Qaçon Yöldoşxon akaga röpara kelsam uning atrofida nur jilva qilayotganday, qalbimda huzurbaxş iliqlik paydo bölgandek tuyulaveradi. Bu bejiz emas, albatta. Çunki u kişidan hamişa yaxşilik va mehr epkinlari ufurib turadi: muloyim ovoz, istarali çehra, kişini öziga çorlovçi ötkir nigoh har qanday insonni dösti-qadrdonga aylantira oladi.
Olimning nainki eşitgan, baʼzi tahliliy maqolalarini öqigan bölsam-da, özi bilan biror marta uçraşib gaplaşmagandim. 2005 yil “Şarq” naşriyoti matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Boş tahririyati tomonidan “Erkagi bor uy” nomi bilan hikoya va qissalardan iborat kitobim naşr etildi. Köp ötmay matbuotda “Erkagi bor uyning fazilatlari” sarlavhasi ostida kattagina maqola eʼlon qilindi (keyinçalik kitobiga ham kiritildi). Unda bir qança hikoyalarim atrofliça tahlil etilib, umuman, töplamga ijobiy baho berilgan edi. Eng quvonarlisi, muallif (yaʼni kamina) öz bitiklarida turli detallarni harakatga keltirişi va ular xuddi obrazlar kabi asar rivojiga xizmat qilişining eʼtirofi edi. Olim kamtarin bir yozuvçining maqsad-muddaosini anglab, nekbin nigohi ila ilğab, tuşunib yetgandi. Seni tuşunsalar şuning özi oliy baxt-ku axir!
Maʼzur tutgaysiz, yuqoridagi gaplar bilan özimni maqtaş taʼmasidan yiroqman. Faqat olimning özi tanimagan, öziga nisbatan ança yoş ijodkorning kitobini öqişi, u haqida tahliliy maqola yozişi, davrimizda, ayniqsa, sönggi yillarda har holda kamyob hodisa.
Bu bağrikeng, samimiy inson Farğona davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Yöldoşxon Solijonov böladi.
Keyinroq Yöldoşxon aka bilan tanişdik, hamsuhbat böldik, hozir aminmanki, döstu birodarlaşdik. Yillar oşa u kişi çindan ham insonning qadr-qimmatini biladigan, öz işining ustasi, şuningdek, faol va hozirjavob, bir söz bilan aytganda, dilbar şaxs ekanligini kaşf etdim.
Yöldoşxon Solijonov milliy adabiyotimizning zabardast ustunlari bölmiş Umarali Normatov, Erkin Vohidov, Anvar Obidjon va boşqa komil zotlar tuğilib, voyaga yetgan gözal Farğonaning Rişton tumanidagi Buloqboşi qişloğida 1940 yilning 11 iyulida tavallud topgan. 1957 yilda öninçi sinfni tamomlagaç, uç yil jamoa xöjaligida tabelçi, quruvçi, poçtalon bölib mehnat qildi. 1960 yilda Farğona davlat pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetiga öqişga kirib, uni imtiyozli diplom bilan yakunlaydi.
Törtinçi kursda öqiyotganda “Özbekiston madaniyati” (hozirgi “Özbekiston adabiyoti va sanʼati”) gazetasida ingliz adibasi Etel Lilian Voyniçning Mirzakalon Ismoiliy tomonidan tarjima qilingan maşhur “Söna” romani haqidagi birinçi ilmiy maqolasi eʼlon qilindi. U adabiy jamoatçilik tomonidan qizğin kutib olindi. Va yoş adabiyotşunos köpçilikning eʼtiboriga tuşdi.
Y.Solijonov 1968 yildan buyon FarDU (sobiq pedagogika institut)da faoliyat yuritib keladi. Atoqli olim Salohiddin Mamajonov rahbarligida ilmiy işga kirişib, 1974 yilda ötgan asrning 20-30-yillari materiallari asosida “Özbek nasrida avtor nutqining şakllanişi va yozuvçining şaxsiy uslubi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlaydi. 2003 yilda esa “XX asrning 80-90- yillari özbek nasrida badiiy nutq poetikasi” mavzusida salmoqli ilmiy iş yozib, fan doktori degan şarafli nomga sazovor böldi. Hozirgi kunda professor Y.Solijonov özbek adabiyotşunosligida badiiy nutq muammolari böyiça mamlakatimizdagi sanoqli mutaxassislardan biri hisoblanadi. Şu paytgaça uning 20dan ortiq kitoblari (şundan 3ta monografiya, 5ta öquv va uslubiy qöllanmalar, adabiy-tanqidiy maqolalar, risolalar), 500ga yaqin ilmiy maqolalari çop etilgan.
Domla 25 yildan ortiq kafedra mudirligi lavozimida işladi. Bu yillar içida turli ibratli taşkiliy işlarni amalga oşiriş bilan birga, köplab şogirdlarni tarbiyalab, ilm osmoniga uçirma qildi. Hozirgi kunda ustozning rahbarligi ostida ilmiy işlar qilgan va qilayotgan önlab fan doktorlari, nomzodlari hamda magistrantlar turli öquv yurtlarida samarali faoliyat yuritmoqdalar. Ayrimlari mamlakatimizga taniqli adabiyotşunoslar bölib yetişişgan.
Endi domlaning sadoqatli şogirdlaridan biri, filologiya fanlari böyiça falsafa doktori Abduvahob Qayumovning gaplariga quloq tutsak:
— Ustoz bağoyat sermulohaza va mehribon, oqköngil odam. Biron inson, boringki, ijodkor haqida salbiy fikr bildirgani, yomon gap aytganini mutlaqo eşitmaganman. Hamişa yoşlarga kömak beriş harakatida yuradi. Yana bir fazilati, nihoyatda nazari töq va parhezkor inson. Buyoği özbekçilik, ilmiy iş taşvişlari bahona uyiga bir nima, hatto törtta non kötarib borsam, ranjigandek tanbeh berardi. Şogirdining qöliga qarab turadigan ilmiy rahbarlar haqida eşitganimda şunday ustozim borligidan faxrlanib ketaman.
Yöldoşxon aka har yili bir neça bor Toşkentga keladi. Barça adabiy va ilmiy naşrlarning tahririyatlariga borib, yangi yozgan ijod mahsullarini topşirib ketadi. Ularning mavzulari rang-barang va şuningdek, dolzarb böladi. Şu maʼnoda u kişi bağoyat sermahsul, eʼlon qilinganki asarlarga, ularning mualliflari xoh taniqli, xoh boşlovçi bölsin, eʼtiboriga tuşsa, albatta öqiydi va arzirlisiga munosabat bildiradi. Domladan falon asarni öqidingizmi deb söraş noörin, balki falon asar haqida fikringiz qanday deya suhbatga kirişavergan maʼqul. Şu bilan birga, bu olim ayrim adabiyotşunos yoki tanqidçilarga öxşab “odamiga qarab muomala qilmaydi”. Yaʼni kerakli muallifni maqtab, mundayroğini özining “adolat gavroni” bilan urib taşlamaydi. Mutolaa qilgan asarlariga domla xolis va samimiy baho beradi.
Bir kuni domlaga falon tanqidçi falon asarimning baʼzi joylarini tanqid qilib ketibdi, deya hasratlanganday böldim. U kişi öz odatiça mayin tabassum ila “eʼtibor bermang, uning ikki oğiz gapi bilan bir narsa özgarib qolmaydi, yozavering, siz uçun asarlaringiz gapirsin”, dedi. Könglim kötarilib, qalbimda yoziş iştiyoqi kuçaydi. U ana şunaqa öz suhbatdoşiga hayotbaxş kayfiyat bera oladigan inson.
Olimning ilmiy-tahliliy asarlarining tili nihoyatda şirali, öquvçini ortidan ergaştirib keta oliş qurbiga ega. Şuning uçun ham Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan taşkil etilgan “IJOD.UZ” veb-saytida eng köp öqilayotgan mualliflardan hisoblanadi. Ayniqsa, uning “XXI asr nasri manzaralari”, taniqli ijodkorlar Abdunabi Boyqöziyev, Enaxon Siddiqova, Abduqayum Yöldoşlar ijodiga bağişlangan maqolalari öquvçilarning eʼtiboriga tuşdi.
Yöldoşxon aka “Tafakkur” jurnalining eng faol mualliflaridan. Bundan bir neça yil oldin naşrning qaysidir sonida tahririyat tomonidan u kişi haqida eʼtirofga közim tuşgandi. Jurnalning boş muharriri, Özbekiston xalq yozuvçisi Erkin Aʼzamga öşa gapni eslatdim.
— Ha, domlaga hurmatimiz juda baland, — dedi ustoz. — U kişining samimiy, yaxşi odamligi şundoqqina yuz-közidan ufurib turadi. Şu tabarruk yoşda ham tinib-tinçimasligi, yoşlarga xos ğayrati kişini hayratga soladi. Viloyatda yaşab, poytaxtdagi ança-munça ijodkorlardan faolroq, salmoqliroq ijod qilayotganining özi ibratli.
Çindan ham şunday: u kişining salaflari Umarali Normatov, Ibrohim Ğafurov, Uluğbek Hamdam kabi atoqli adabiyotşunoslar ham buni eʼtirof etib, adabiy-ilmiy işlariga yuqori baho berganlar. Demakki, milliy adabiyotimizda Yöldoşxon Solijonovning munosib örni va öz ovozi bor.
Olim Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi (2002), “Özbekiston Respublikasi xalq maorifi aʼloçisi” (1991) va “Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi” (2015) faxriy unvonlarining sohibidir.
Ustoz muallim, filologiya fanlari doktori, professor Yöldoşxon Solijonov şu kunlarda özining qutluğ 80 yoşini qarşi olmoqda. U kişini tabarruk ayomi bilan tabriklab, uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qolamiz.
Nabi Jaloliddin,
yozuvçi
