“Ötgan asrning sönggi jadidi”

Özbekiston xalq yozuvçisi

Asqad Muxtor tavalludining 100 yilligi

Asqad Muxtor — XX asr özbek-turk dunyosining butun fojialari ila, butun parvozlari-la   mujassam qilgan buyuk adibdir.

                               Rauf Parfi

XX asr özbek şeʼriyati yaxşi şeʼrlarga serob. Asqad Muxtor bu şeʼriyatga özining katta hissasini qöşgan isteʼdodli adibdir. Rost, asr yörgagida quvvai hofizasi zabardast şoirlar möl edi. Lekin mudhiş öttiz yettinçi yildan keyin oltmişinçi yillargaça bu nafis dala tap-taqir bölib qoldi. Şu orada bu bötana daryoda, dili sayoz daryoda bitta köprik sobit böldi. Bu köprik Fitratu Çölponlarning gözal ohanglari, hur fikrlarini, Oybek, Ğafur Ğulom, Hamid Olimjon, Mirtemir, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Rauf Parfilar şeʼriyatining ötli hayajonlari, fikrçan ruhiyat kötarişlariga tutaştirdi.

Asqad Muxtorning sara şeʼrlari — fikr şeʼriyatimizning gözal namunalaridir. Bu şeʼriyat 70-yillarda adabiyotimizda tuğ kötargan butun bir avlodni turtkilab uyğotdi va ularning ildiziga singdi. Balki şu jihatdan ham endi bu daraxtlarni silkitsangiz fikr yoğiladi… Şubhasiz, bu fikrlar yangi, salmoqli, taʼsirçan, hayajonga burkangan, jazavali. Ajoyibi – ular Asqad Muxtornikiga öxşamaydi. Ğaroyibi – ular öz möʼjizalarini Asqad Muxtornikiga soliştirib, gumi-böylarini ölçaganlar, ösganlar – çuqurlaşganlar. Asqad Muxtor şeʼriyati esa hamon ular bilan bahs boylaşadi. Köngil mulki poygasining sovrindori bölib yuradi…

Bu hassoslikning tilsimi qayerda? U qanday qilib Çölpon bilan Rauf Parfini boğlay oldi? U nima uçun şaxssizlik girdobida ham şaxs bölib qola bildi? Buni tasvirlaş mumkin bölmasa-da, xayol aql selida qolgan gözal va abgor köçalarga kirib çiqadi. Qirq yillab toş yoqqan bu ruhiyat köçalarida qandaydir umid va işonç topişning özi möʼjiza.

Asqad Muxtorning fikr şeʼriyati — ötkir aql şeʼriyati, nozik fahmlar ohangzori, öziga xos maʼrifat manzili. Balki şu bois ham örtadagi qançadan-qança maʼnisiz, madhiyaboz, jimjimali şiğirlar öz girdobida özlari çökib ketganlari holda tabiiy ohang, insoniy söz, rost hislar kemasi bölgan Asqad Muxtor şeʼrlari kömagida ufq sari suzib borişga qayta-qayta ehtiyoj sezamiz. Bu şeʼriyat girdobida çökib ketilganda ham hurlar va durlar oğuşida nimaningdir maʼnisiga yetiş arzirlidir… Axir çin şeʼrning qonidan tatib köriş qançali saodatli.

Buning ustiga şeʼr yozib, tilga tuşişning özi oddiy hodisa emas. Ammo buni astoydil közlagan omma tilmoçi maqsadiga erişişi, olqiş gullariga kömilib ketişi mumkin. Lekin undan-da noyob, hamişa, vaqtida qadrlanavermaydigan, birdan tuşuniş amrimahol, ahli xoslarning çöqqidagi nigohi uçun yoğdu böladigan yana bir şeʼriyat bor. Örislar lönda alfozda uni “intellektual”, deb taʼrif berişadi. Ommaviy “ura-ura, hay-hay”çilik zamonida bu şeʼriyat bizda ham nihoyatda darmonsizlanib şöri qurişi borgan sari avjladi. Lekin şu davrda ham Asqad Muxtor intellektual şeʼriyatning tolibi ilmi, mahliyosi va dardisari bölib qolmay, örtalikda ustozi soniysi ham böldi. Şu bois ham didi nihoyatda baland, taʼbi nozik özbek şeʼriyati ösdi, turli yösinda şakllandi. Asqad Muxtor söz maydonida böy körsatganda esa bu sanʼatkorlik, zukko va gözal köngillilikning möʼjiza körsatişi örni böşab, xazon qoplab, umidsizlanib yotardi. Bu yöl uning zehni bilan umidlandi, ovozi bilan bezaldi, örganişlari bilan tuzaldi.Uning köp yaxşi şeʼrlari jahon şeʼriyati tajribalaridan xabardor, ularning eng avangard şakllariga xayrixoh, lekin özbekona his-fikrdan tuğilgan miniatyuralardir.

* * *

Adib 1997 bahorida bu yoruğ olamni taşlab ketdi. Asqad domla bilan hayotda uçraşib, gurunglarini oliş orzusi men uçun Qiyomat qadar armonga aylandi.

Endi öylayman: biz yoşlar Asqad Muxtorni şaxsan bilmay-tanimay nega unga intilganmiz? Uluğ asarlarining mutolaasi yorqin taassuroti bois, albatta. Biroq şuning özi uçungina emas. Davralarda Asqad Muxtorning butun va yetuk şaxsi, maʼrifati, madaniyati, ziyoliligi, millatni ozod köriş yölidagi öziga xos oqilona kuraşi haqida gap-sözlar har zamon quloğimizga çalinib, yuraklarni tölqinlantirib, umidlantirar edi. Oradan qançadir ötdi, bilmadim, qölimga: “Asqad Muxtor zamondoşlari xotirasida” (“Maʼnaviyat” naşriyoti, 2003) kitobi tuşdi. Va ayni şu kitob bois ham Asqad domla şaxsiyatiga oid talay savol va qiziqişlarimga bir qadar javob topdim. Jonkuyarligi, mardligi, fidoyiligi, dovruği yuragimni quvonçga töldirgan bölsa, oğir xastalikka çalinib, juda azoblanib bu dunyodan ketgani bağrimni örtadi. Bugungi ziyolilarimizning peşqadami, öşa paytlar talaba bölgan Ibrohim Ğafurov ötgan asrning 50-yillarini xotirlab, yozadi: “Heç kim yoşlarga Asqad Muxtorçalik döst emas deb tuşunardik”. Hali havaskor ijodkor Asqad Muxtorning “Opa-singillar” romani haqidagi taassurotlarini bir kiçik taqriz qilganida, adib yoş döstini oldiga çaqirib, roman kitob holida naşr etilayotganini aytib,   söngsöz yozib berişni iltimos qiladi.

Holbuki, dovruği sobiq ittifoqning çekkalarigaça yetib borgan adibga istagan tanqidçi bu sözni bajonidil yozib berişi mumkin edi. Yöq, adib romanini tarğib-taşviq qilişdan oldin, undan ham yuksakroq maqsadni közlaydi – yoş umidli ijodkorni rağbatlantirib, parvozga çoğlaydi.

Asqad Muxtor bilan yonma-yon işlaş toleida yozilgan, universitetni bitiriboq, “Guliston” jurnalida iş boşlagan, sevimli şoirimiz Abdulla Şer şunday eʼtirof etadi: “Asqad aka heç kimga heç qaçon iltimos qilmasdi. Bir safar esa şu anʼanani “buzgan” edi…” Gap şundaki, u radiokomitet boşliği Ubay Burxonovga şaxsan iltimos qilib, uning qöl ostida işlayotgan Tohir Malik va Erkin Aʼzamni öz jurnaliga ötişga ruxsat berişni söraydi. Bu ham yoş isteʼdodlarga ijod qiliş imkoniyatini kengaytiriş, ijodiy muhitning markazida bölişga imkon yaratiş edi. Favqulodda adolatli tartib va demokratiya bois “Guliston” jurnali ötgan asrning 70-yillarida yurtimizdagi adabiy naşrlarning karvonboşisi böldi.

Asqad Muxtor qölidan kelgança, jurʼatli va isteʼdodli yoşlarni Qizil imperiya tajovuzida juvonmarg bölib ketmasligiga urinardi. Şoir Abdulla Şer jasur tengdoşi Asqar Qosim qismatidan sözlaydi. 60-yillarning oxiridagi Yozuvçilar uyuşmasidagi 500–600 kişi yiğilgan muşoiralardan birida Asqar Qosim Imperiya zulmiga qarşi şeʼrlaridan birini öqiydi:

…Körmas edim bunçalar xörlik,

Agarda men öris bölib tuğilganimda.

Bu şeʼrni eşitgan tumonot muxlislar örnidan turib, şoirni olqişlaydi.

“Ertasiga esa tegişli idoralarning xodimlari kelişadi va Asqar Qosimovni topib berişlarini sörab, u bilan “suhbat” qilişmoqçi ekanliklarini aytişadi. Uyuşmaning ijodiy işlar va, ayni paytda yoşlar böyiça kotibi Asqad Muxtor “mehmon”lar bilan bamaylixotir, bafurja gaplaşib, Yozuvçilar uyuşmasi aynan ana şunday yoşlarni tarbiyalaş, ularni töğri yölga soliş uçun mavjud ekanligini tuşuntiradi. Xullas, Asqad aka Asqarni ajdaho oğzidan olib qoladi”. (Talabaligimiz keçgan 80-yillarda ham ön yillar oldin sobiq tuzum tazyiqi bilan xörlanib, qurbon bölib ketgan Asqar Qosimning mardona şeʼrlari oğizdan-oğizga köçib yurardi).

Özbekiston Yozuvçilarining 1984 yilgi qurultoyida endi isteʼdodli şoir Rauf Parfi mahdudlikda, davrning “uluğ” işlariga befarqlikda urib çiqiladi. Asqad Muxtor esa ayni şu ğaraz, noxolis tanqidlarga raddiya ölaroq Rauf Parfining “Sabr daraxti” (1986) kitobiga sözboşi yozgan. Maqolaning nomiyoq sovet mafkurasi haybarakallaçilariga haqli javob edi: “Şeʼr — şoirning ijtimoiy vijdoni”. Maqola nihoyasida Asqad domla umidli şogirdini gözal bir duo qilib, işonç bilan deydi: kiçik jilğalar daryoga olib çiqadi.

Ajabki, Asqad domla isteʼdodlar himoyasiga oqilona sözi, nufuzi bilan imkon qadar harakat qilar ekan, bu bilan öziga hurmat-ehtirom xirmonini yiğib yurmagan. Guruhbozlikdan ham uzoq bölgan. Buni Yaratganning roziligi, haqiqatning tantanasi uçun, ruhiyatlarning hur bölişini astoydil istaganidan qilgan.

Ötgan asr boşida millat oydinlari maʼrifat ila ommani uyğontiriş, ilm bilan istibdoddan qutiliş yölida uluğ bir harakatga kelganini, Turkistonda jadidçilik boşida Mahmudxöja Behbudiy turganini, jadidlarning kötarib çiqqan masalalari, aytgan fikrlari bugun ham dolzarb ekanligini endi-endi amaliy bir eʼtirof etişga ötdik. Bu jabha hukumat miqyosida mavjlanyapti. Zero, bunga maʼnan biz muhtojmiz, axir. Asqad Muxtor öz zamonida buni çuqur anglagan, bu jadid, maʼnaviy islohotçi bobolarimizni yuragidan sevgan, ular hayot yölini örganiş taqiqdaligiga qaramay, bunga bel boğlagan olimu ulamoga ixlos qilar, aytmasa ham özini ularning izdoşi, öquvçisi deb bilgan.

Şuning uçun öz imkoniyati darajasidan çiqib ham şonli ötmişimizni örganuvçilarni qöllab-quvvatlar, kişi bilmas ularni qizil mafkura balo-qazolaridan himoya qilişga tirişar edi. Birgina misol. Akademik Matyoqub Qöşjonov şunday xotirlaydi: “1981 yil avgust oyida Til va adabiyot institutini mafkura jihatidan tekşiriş uçun nufuzli komissiya tuzulib, Toşkent şahar partiya komiteti jadidizmni oqlovçi, millatçilik ğoyalarini taşviq qiluvçilarni izlaydi. Ularga Yozuvçilar uyuşmasi rahbariyati ham yordamga şoşiladi. Öşa vaqtda “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasining boş muharriri bölgan Asqad Muxtor esa şuraviylarning ğarazli niyatini fahmlab, asosiy hujum zarbi institut direktori (Öşanda M.Qöşjonov institut rahbari bölgan) boşiga tuşuşini tuşunib, qalqon tutadi. (Buning uçun rahmat eşitmasligini bilgan, albatta…). Gazetaga V.Tyurikovning institut direktori haqidagi ijobiy mazmundagi maqolasini beradi. Uşbu maqolaga közi tuşgan Yozuvçilar uyuşmasi kotiblaridan biri zudlik bilan boş muharrirni huzuriga çorlaydi. Tekşiriş ketayotgan paytda bu maqolani nega berdingiz deb öşqiradi. Şunda Asqad Muxtor kotibga qarata: “Keçagina “Pravda” (Ittifoq Kommunistlar partiyasining boş naşri ekaniga işora qilib)da institut direktorining katta maqolasi eʼlon qilindi. Siz bu gazeta rahbarini ham kabinetingizga çaqiring-da tanbeh bering! Jazosini olsin”, deydi-da, eşikni yopib çiqib ketadi”. Buning özi ham jadidçilik harakatini qöllaş, millatni mahdudlikda tutişni istab, öyin bilan hujum qilayotganlarga gözal bir “fint”, oqilona kuraş, kuraşda birodarlik edi. Asqad Muxtorni yaqindan bilgan hassos adib Xayriddin Sulton şuning uçun ham buyuk ustozini “Ötgan asrning sönggi jadidi” deb atagani diqqatga sazovordir.

Va umuman Asqad Muxtor özbek adiblari, özbek adabiyoti bilan, avvalo, turkiy qardoşlarimiz taniş bölişligini, örtada çambarças birodarlik, birlik bölişini istab, şu yölning jonkuyarlaridan bölgan. Ijodi esa turkiygöy yozuvçilarning aksariyati tomonidan   qadrlangan. Jumladan, dunyoga donği ketgan, sobiq ittifoqning eng oliy mukofotiga tirikligida muşarraf bölgan uç qardoşlarimizdan biri, boşqird şoiri Mustay Karim juda kamtarinlik bilan şunday deydi. “Asqad Muxtordek ijodkorlar har yili tuğilavermaydi”. Qolaversa, Asqad Muxtor özbek adabiyotini jahonga çiqişida, sara asarlarimiz maromiga yetkazilib tarjima qilinişida sobiq ittifoq davrida oltin köprik böla olgan. U “Tundaliklar”ida Istiqlolga yetgandan keyin yetti-sakkiz yil ötib ham biron-bir yaxşi asarimiz rus tiliga tarjima bölmaganidan haqli kuyinadi. Buni sobiq ittifoqning tarqab ketişiga boğlamaslik kerak, deya, inqilobgaça ham ança-munça badiiy-tarixiy durdonalarimiz bu tilga tarjimalar qilinganligini tarixiy dalillar bilan körsatib, hammasi ixlos va fidoyilikka borib taqalişini uqtiradi. Uning badiiy tarjima haqidagi mana bu fikrini esa oltin qoida qilsa arziydi: “Tarjimondan aniqlik talab qilmang. U çizmakaş emas, rassom!”.

* * *

Yana şunday aziz on yetdi. Asqad Muxtorning dilbar şeʼrlarini juda soğindik. Şunday kunlarda ul zotning tavalludi yuz yilligini yurt-davlat miqyosida nişonlaşga kirişildi. “Şarq” naşriyotida muhtaşam bir kitobda “Tanlangan asarlar”i naşrini tayyorlayapmiz. Kitobning boşida öşa özi möʼjaz, haybati uluğ, maʼnosi köp qavatli şeʼrlar. Örtada roman, qissa va hikoyalardan iborat, ötgan asrning 60-yillaridayoq dovruği olis Amerikaga yetib borib, yirik şarqşunos E.Olvort “Hamon taʼsir kuçini yöqotmagan” deb eʼtirof etgan nasriy asarlarining saralari, kitobning sönggida esa soçilgan maʼnaviy javohirlari “Uyqu qoçganda…” — Tundaliklar. Şu ajib mutolaa, ziyoli maktab taʼsirida bölsa kerak,   tunda ham uyğonib ketaverdim. Tongga yaqin közim ilinganda tuş köribman. Allaqanday katta bir qoğozga şeʼriy misralar qölda öçirğiç bilan öçirib kelinyapti. Qora qalamda yozilgan edi-da… Ammo bir yerga kelganida bir şeʼr heç öçmadi. Şarikli ruçkada yozilgan yaşil siyohdagi misralar çiqib kelaverdi. Yarim uxloq, yarim uyğoq bir tarzda — tuş va huş orasida: “E, bu Asqad Muxtorning şeʼri-ku!” deb yuboraman-da, butunlay uyğonib ketaman. Turiboq korrekturasini uyga olib kelganimga közim tuşib, uzoq payt qölga olmaganimdek, yana ovoz çiqarib şeʼrlarni öqişga tutinaman.

Yaşarkanman haqiqat ğamida

Astoydil yolçidim döstlar, döstlardan,

Yillar daryo kabi muzlaganida

Şular olib ötdi meni muzlardan.

Şular meni kötarmadi kökka,

Xato qilganimda şular bopladi.

“Eşik qoqayotir elligim. Tavba…” misrasi bilan boşlangan bir bet hajmidagi sarhisob uşbu şeʼrda bir inson butun umrida keçiradigan aççiq va totli qismat real haqiqat, kinoya, ramz, afsus, sir, nimkosa, tag qatlam fikrlar quyunida öquvçi tasavvurida jonli tiklab beriladiki, harakatdagi hayot davomida tafakkurga ham çömib nimalarni eslamaysiz özingizça. Uning aksariyat şeʼrlari ana şunday uluğ bir maksimal taassurot yasaydigan siqiq, qatlamli, lutfi, nutqi, ohangi, realiyasi öxşamasdir. Şakli esa özgarib, qalqib, fikr va zalvoriga hamohang vujudni qamrab, qalbni zabt etadi. Zavqlanib taʼlim olasiz. Men tuyganimni önlab qoğozlar qoralaşdan tiyilib, mana bu şeʼrlarni heç bölmaganda sanamasdan-da ötiş katta yutqiziqday. “Qör”, “Biror soat”, “Portret”, “Xom olma”, “Sendan seni yaxşi bilar xotining”, Eslaysanmi jonim, u çoqlarni…”, “Tun qöynida”, “Turdi — Majnun”, “Umr nega şirin”, “Bolalikda…”, “Ötar-ketar”, “Ikki gul”, “Insonlikning maʼnosi özgardi”, “Çegaradan ötganda…”, “Zarrama-zarra”, “Telba daryo ekan, umr degani…”, “Boyçeçak”, “Ikki eşik orasi”, “Mendan nima qolar”, “Navo”, “Ayajonimiz”, “Möʼjizalar”, “Maktab”, “Tunda”, “Asliga töğri” kabi yuzlab şeʼrlari borki, ularni faqat şeʼr deb bölmaydi. Tasavvur, tafakkur, ilm, zavq va şavq, falsafiy va psixologik hayot maktabini saboqlari öquvçini esankiratib qöyadi. Rostdan ham ularni şarhlaşga ruhoniy quvvat yetmaydi. Asqad muallimning özlaridan oşirib bir narsa deyolmaymiz: “Şeʼrni tahlil qila boşlasalar, ğaşimga tegadi. Bahorgi sof havoning kimyoviy tarkibini ham tekşiriş mumkin. Ammo undan köra, şunday kökrak tölatib nafas olgan yaxşiroq emasmi?” Şeʼriyatni sevganlar uçun ana şu musaffo havoday Asqad Muxtor şeʼrlari…

Vafo FAYZULLOH

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan