Özligiga qarşi bormagan şaxs

Taniqli yozuvçi, mohir publitsist, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Xurşid Döstmuhammad jurnalistik faoliyatiga çizgilar

Ustoz, zahmatkaş olim, filologiya fanlari doktori, taniqli yozuvçi, mohir publitsist, bağrikeng rahbar, şaxmat şaydosi, “Ofarin”, “Eʼtirof” va “Ehtirom” milliy mukofotlari, “Şuhrat” medali, “Döstlik” ordeni sohibi, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi Xurşid Döstmuhammadning faoliyati haqida, uning muharrirlik yölidagi hayotiy tajribalariga, jurnalistik faoliyatiga nazar taşlamoqçimiz.

Haqiqiy boş muharrirlar har qanday davrda jamiyatning yurak zarbini his qiladilar. Ayniqsa, zamon talablariga mos bölmagan tomonlarini, kamçiliklarini, yuzaga kelgan muammo-yu taraqqiyotga tösqinlik qilayotgan illatlarni avvalroq anglab yetadilar. Ularni bartaraf etiş uçun bong urişga harakat qiladilar. Bu bölayotgan yaxşiliklar, muvaffaqiyatlarni tan olmaydilar degani emas, aslo! Yutuqlar öz yöliga! Zafarlar özimizniki! Zabt etilgan marralarga mahliyo bölib qolişning oqibati esa… tuşungan odamga izoh ortiqça.

Jonkuyar muharrirlarning muammoni ilğab olişiga ularning xalq bilan hamnafasligi, masalalar yeçimi ustida atrofliça boş qotirişi, asl mutaxassislar fikrlarini eşitişi, izlanişi, köp öqişi, dunyoning rivojlangan ölkalari muvaffaqiyatlari bilan öz yurti ahvolini qiyoslay bilişi, mavzuni jamoatçilik eʼtiboriga yetkazişi, bir söz bilan aytganda, axborotga ega bölişi sababçidir balki… Taʼkidlab qöyaylik, gap yurtparvar, xalqparvar ziyoli muharrirlar haqida ketmoqda.

Ammo… haqiqiy boş muharrirlar uçun eng maşaqqati bular emas!..

Eng maşaqqati mavjud muammoni gazeta-jurnalda kötarib çiqsa-da, uni hokimiyat sohiblariga yetkaza olmasligi, yetkazganda esa fikrini qabul qildirolmasligidadir.

Boş muharrirning mehnatlari aksar hollarda rahbarlarning eʼtirozi, köp hollarda tazyiqlariga duçor bölişi, jamoatçilik esa uni xuşlasa-da, qöllab-quvvatlay olmasligi — alohida muammo.

Millat dardini olib çiqiş Behbudiy, Munavvarqori, Obidiy, Fitrat, Qodiriy, Aşurali Zohiriy kabi bobomuharrirlardan merosdir balki? Ularning bari yurt manfaati, el koriga yaraş yölidagi zahmat qurbonlaridir…

Ustoz olimimiz, Özbekiston Respublikasi sanʼat arbobi Ibrohim Ğafurov Amir Olimxonning Behbudiy bilan salomlaşişni ep körmagani haqida özi örtanib, boşqalarni-da örtab yozgan badiasi yurakni larzaga soladi (“Amir nega Behbudiyga qöl bermadi?”). Albatta, I.Ğafurov bu tadqiqot asarida öşa davr muhiti, uçraşuv tafsilotlarini Mahmudxöja Behbudiy yozgan maqola va davr keçmişlari qiyosida tahlil qiladi, munosabatini bildiradi. Lekin Ibrohim akaning savoli oçiq qolaveradi. Millat içidan çiqqan ziyoli yurtining ozodligi uçun boşini mustamlakaçi jallod kundasiga qöyib bölsa-da, faoliyat yuritgani, xalqining közini oçiş, hurlikka çorlaş maqsadida maktab oçib, darsliklar yaratgani, gazeta-jurnal taʼsis etib, vaqti kelganda tanqidiy maqolalar yozgani… uçun bir guruh, yaʼni sanoqli vakillarni qabul qilgan amir hamma bilan körişadi-yu, Behbudiyga qöl uzatmaydi…

“Nima böpti”, deya körmang. Nega Amir Turkistonni toptagan imperiya vakillari bilan salomlaşib, ularning hurmatini joyiga qöyadi-yu ezgulikni orzulagan jonkuyar muharrirni ruhan ezğilaydi? Vaziru xoslar Amir Olimxonga muharrir Behbudiy haqida qanday maʼlumotlarni yetkazişgan edi?.. Haqiqatni naşrida eʼlon qilgan muharrir, öz yurti – köhna Turkiston fidoyisi nega amirga yoqmagandi?..

Negaki, öşa davrda naşr etilgan “Samarqand” gazetasi, “Oyna” jurnallariga boş muharrirlik, “Hurriyat” gazetasi tahririyati jamoasiga ğoyaviy rahbarlik davomida Mahmudxöja Behbudiy Turkistonning boşqa hududlari qatorida Buxorodagi muammo va kamçiliklarni ham keskin qoralagandi. Şunday bölsa-da, Amirning hurmatini joyiga qöyib, şarqona andişa bilan yozgandi!

Şöro davrida ham haqiqiy muharrirlarning qismatida bunday voqealar köp böldi. Sovet tuzumining sönggi yillarida “Yoş kuç” jurnalida muharrirga örinbosar bölsa-da, maqolamiz qahramoni Xurşid Döstmuhammad huquq posbonlari yöl qöygan xato va kamçiliklarni bir neça maqolalarida foş etadi. Aytgani-aytgan, degani-degan bu soha rahbarlari “faoliyatimizdagi kamçiliklarni örganibsiz, işimizga yordamingiz uçun rahmat”, deyiş örniga turli yöllar bilan, heç yöqsa, sovuq muomala-yu eʼtiborsizlik bilan eʼtiroz bildirişadi, iloji bölsa-ku, raddiya eʼlon qiliş talabi bilan çiqişadi. Axir tergovçiyu sudyalarga öxşab gumondorni işxonasiga “taklif” etib kamçiliklarni aniqlamadiku muharrir. Masalan, Surxondaryodagi bir jinoyat işi yuzasidan yozgan (“Adolatsizlik! Haqsizlik! Xörlik!”) maqolasini safarga çiqib, xonadonma-xonadon yurib, qöşimça guvohlar bilan suhbatlaşib, tergovçilar “unutgan” işlarni bir neça oy davomida bajarsayu, yana malomatga qolsa?!

Xurşid Döstmuhammad “Yoş kuç” jurnalida boş muharrir sifatida (1994-95 yillar) davrning dolzarb mavzularini belgilaş, qöl ostidagi jurnalistlaru taşqi mualliflar bilan işlab, muammolarni jamoatçilik hukmiga olib çiqiş borasida katta tajriba töpladi. Naşrning mazmunini boyitiş maqsadida köp ğoyalarini hayotga tatbiq etdi. Bunda misol keltirganimiz xalqning nazaridagi eng muhim – huquqlari poymol etilganlar himoyasiyu aholining huquqiy savodxonligini oşirişga oid çiqişlar bilangina çeklanib qolmadi. U tahririyat rahbari sifatida inson kamolotida muhim hisoblangan adabiyot, musiqa, falsafa va boşqa yönalişlarga ham eʼtibor qaratdi. Masalan, taniqli kompozitor Anor Nazarovga savol bilan murojaat qilib, milliy madaniyatimiz, şu bilan birga Ğarb, jumladan, opera sanʼatining öziga xosliklari, özimizdan çiqqan taniqli xonandalarning qay birida bariton, tenor, saprano kabi ovozlar borligi, oktava nimaligi haqida javoblar olib, jurnalxonlarning bu boradagi maʼlumotini oşirişga hissa qöşdi. Yoki fotojurnalistika bilan şuğullanadiganlar uçun “Bu olam bir suratxona” ruknini taşkil etib, ular muhrlagan betakror lahzalarni jurnal sahifalarida muntazam berib bordi. Naşr qatlarida yoş iqtidorlar, havaskor jurnalistlarning asarlarini körişimiz esa muharrirning tetapoya qilayotgan qalamkaşlarga mehridan darak edi.

Xurşid Döstmuhammadning mustaqil Özbekistonning yagona mustaqil naşri — “Hurriyat” gazetasiga boş muharrirlik vazifasiga ötganligi (2001) jamiyatda sodir bölgan özgarişlar, demokratik tölğoqlarni kötarolmayotgan avlod evrilişlari bilan keçganligini kuzatişimiz mumkin. Mustaqillikning törtinçi yilidan keyin istiqlolni mustahkamlaş bahonasida erkinlaşib kelayotgan matbuotga tösiqlar qöyila boşlandi. Ommaviy axborot vositalarida boşqaça fikr aytilmay qöygani, hatto, rahbarlarning öziga ham yaqqol sezilib qoldi. Şunda matbuot erkinligi mavjudligini körsatiş maqsadida XX asrning 17-yilida çop etilib, bolşeviklar tomonidan yopilgan jadidlar naşri nomida “Hurriyat” mustaqil gazetasini taʼsis etişga izn berildi.

Gazetada bir neçta muharrirlar almaşgaç, Xurşid Döstmuhammadni boş muharrirlikka taklif etişadi. Holbuki, u heç bir rahbarlik lavozimini sörab olgan inson emas. Hoynahoy unga boş muharrirlikning lozim körilişi inson kamoloti, davlat va jamiyat taraqqiyotida evolyutsion yölni, maʼrifat yölini tanlagani, vazmin fikrlaşi bilan boğliq degan öy keçadi kişida.

Istalgan kişi uning berilgan imkoniyatdan foydalanib, millatning huquqiy, siyosiy, maʼnaviy kamolotiga xizmat qiladigan, rahbarlarning hokimiyatni boşqariş maʼrifatini oşiriş yölida öylab qöygan ğoyalarini amalga oşirişga kirişganini gazeta taxlamlarini öqib-örganib aniqlab olişi qiyin emas.

Misollar esa köp, masalan, hozirda marhum mutafakkir olimimiz Najmiddin Komilovning “Vazir qanday bölişi kerak?” sarlavhali turkum maqolalari gazetaning bir neça (1998 yil 28 yanvar, 25 fevral, 11 mart, 27 may) sonlarida berildi. “Davlatçilik” ruknidagi bunday maqolalarda hukumat rahbariga kamarbasta bölgan vazirlar dunyoqaraşi, intellektual salohiyati qanday bölişi, davlat işlarini yuritişda adolatparvar, xalqparvar, tadbirkorlik sifatlariga, qalb tozaligiga ega bölişi tarixiy dalillar asosida yoritildi. Umuman, rahbarlar, rahbarlik maʼrifati gazeta sahifalarida asosiy örinda turdi. Amaldorning qanday bölişi zarurligi haqidagi fikrlar aynan ana şu xislatlar amaldagi boşqaruv xodimlariga yetişmayotganini bildirardi.

“Yoş kuç” jurnalida töplangan tajribasi boş muharrirga “Hurriyat”da ayniqsa, sud-huquq sohasidagi adolatsizliklar, jamiyatda adolat örnatiş zarurati böyiça materiallar uyuştirişda qöl keldi. Avvalo, publitsist sifatida öz ijodi bilan boşqalarga örnak böldi. Gazeta sahifalariga mangu muhrlangan H.Olimjonovning “Tanqid kimga yoqadi, hukm öqigan sudyaçi? Demokratlaşayotgan jamiyatda sud hokimiyati va matbuot til topişib keta olarmikan” (1999 yil 7 aprel) maqolasi öşa davrdagi kamçiliklarni oçib berişdan taşqari bugun ham dolzarbligini yöqotmagan.

Muharrir muallifning “Sudlarning mustaqil, adolatli va insonparvar, faqat qonunga böysunadigan odil sud bölişini istaganim holda, qaysi bosqiçdagi sud bölmasin ularning taʼqib va tazyiqlar, iltimos yo körsatmalar taʼsirida hukm va qarorlar, ajrimlar ijod qilmasliklariga tilakdoşman” kabi fikrlarini “qayçi”lamasdan berişi öz davrining eng nozik masalalarini maʼrifat yöli bilan olib çiqqanligini anglatmaydimi?

A.Aliqulovning “Oqlov hukmi — yöq darajada” maqolasida juda örinli savol qöyiladi, ötkir va mantiqli kinoya qilinadi: “Bunga sabab nima: biz tergov sifati böyiça dunyoda birinçi öringa kötarildikmi yoki…” Materiallarning bu taxlit berilişida boş muharrirning heç yöqsa yuragi baquvvat bölişi kerak. Negaki aytilgan har bir sözni öziga nisbatan ayblov sifatida qabul qiladigan huquq-tartibot sohasi mutasaddilariga bunday kinoyalar ham yoqmay qolgan davr edi.

Bu kabi maqolalarni gazetada çop etişga ijozat bergan boş muharrirning ertangi kuni notinç ötişi şubhasiz edi. Negaki, bu gazetani öşa paytda alohida bir taşkilot — OAV taftişçisi bölgan — “senzor” öqimasdi. “Mustaqil gazeta” söz birikmasi uning nomi bilan yonma-yon qöyilişining boisi ham şu edi aslida. Şu sababli çop etilgan gazeta katta rahbarning stoliga kelib tuşar va tabiiyki, har bir muammoli material yuzasidan mutasaddilardan izoh söralardi. Şu bois, gazeta çop etilgani hamon tegişli mutasaddilar tomonidan öqilar, izoh berişga tayyorgarlik körilar, iloji boriça boş muharrirga ertaroq eʼtiroz bildirişga harakat qilinardi. Ana şu serğalva jarayon töxtagunça boş muharrirning boşi malomatdan çiqmasdi. Bamisoli porox boçkasi ustida ötirgandek bu qadar behuzur va behalovat holatni boşidan ötkazgan odamgina anglaydi buni.

Xurşid Döstmuhammadning boş muharrir sifatida tahririyatga noziktaʼb, injiq (yaxşi maʼnoda) jurnalistlarni taklif etişi, ularning ğoyalarini qabul qilişi bağrikeng, adolatli rahbar ekanligini isbotlaydigan dalildir. Öşa kunlarning birida boşqa bir ustozimiz, “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida faoliyat yuritayotgan taniqli muharrir Mahmud Saʼdiy “Hurriyat”ga ötaman, deb qoldi.

— Ğoyalarimni Xurşidga aytgandim, maʼqul keldi çoği, “keling”, dedi. Baʼzi fikrlarni ötkaziş qiyin bölsa-da, harakat qilib köraylik-çi. Bu borada uning tajribasi katta, dunyoqaraşi keng, — degani yodda qolgan Mahmud akaning. Gazetadagi “Siymo” ruknidagi materiallarni ustoz Saʼdiy uyuştirganidan köpçilik xabardor. Boş muharrir va Mahmud Saʼdiy hamkorligidagi “Mutolaa — rohatbaxş azob” ruknidagi “XX asr — kitob asri: munosabatlar, mulohazalar, fikrlar” (1999 yil 12 may) deb nomlangan qöşsahifada jahonning 10ta va milliy adabiyotning 10ta maşhur kitobi haqidagi maʼlumotlarni, millat ziyolilarining kitobxonlik darajasini tahlil qilsangiz ajib xulosalarga kelasiz.

Umuman olganda, Xurşid Döstmuhammad muharrirligida gazetada boşqa naşrlardagidan farqlanadigan ruknlar taşkil etildi. Gazetaning birinçi betida beriladigan “Yöğ-e!” ruknidagi bor-yöği bitta teşa tegmagan gap muammoli, katta hajmdagi maqolalarda yoritişning imkoni bölmagan zalvorli fikr jurnalistik qitmirlikka misol böla oladi. Ularning aksariyati boş muharrirga tegişli yoki uning roziligi bilan gazetada çop etilgan. Mana ulardan ayrimlari:

“Fikrdan qudratliroq buzğunçi yöq”.

“Fikrning jinsi bölmaydi”.

“Aqlli körinişni axmoqdan örgan”.

“Poraxör – uyatçan qaroqçi”.

“Özining qadriga yetgan qul – qul emas”.

“Tulkining zamoni keldi”.

“Duming likillab tursa – olğa ketiş osonlaşadi”.

“Qalam ahli – alam ahli”.

“Jurnalistning tili uzun, qöli kalta”…

Gazetani olgan zahotingiz şu rukndagi gapni öqiysiz – qisqa, lönda, fikrlaşga undaydi. Fikrni özlaştirib olgaç, keyin labda nimtabassum bilan gazetaning oxirgi betidagi “Ovoza” rukniga nazar taşlaysiz.

“Mart oyidan boşlab dehqonlar maoşlari oyma-oy berilarmiş…”

Özini adolatli hisoblaydigan rahbarlarga yuborilgan ogohlantiriş qönğiroği emasmidi bu? Albatta, bu fikrlar zamirida jamiyatda sodir bölayotgan salbiy tendensiyalarga munosabat yotibdi. Mutasaddilar boş muharrirning şu kabi hajviy qitmirliklariga 2002 yilning 30 yanvarigaça çidaşdi.

Biz bilan suhbatda öşa paytda boş muharrir örinbosari bölib işlagan Norali Oçilov tahririyatda bölib ötgan bir voqea misolida Xurşid akaning rahbarlik xislatlaridan birini esladi.

“…1999 yil. Xurşid aka Jizzax viloyatida saylovçilar bilan uçraşuvlar ötkazib yurganda tahririyatni biz — yoşlarga işonib ketgandi. Gazetada bir viloyatdan nomzodi qöyilgan şaxsning işonçli vakili, buning ustiga tahrir hayʼatimiz aʼzosi bölgan iqtisodçi professorning saylov jarayonlaridagi noxolis vaziyatlarga oid maqolasini çop etdik. Dolzarb mavzudagi qaltis maqola bir pasda yuqori taşkilotda jiddiy muhokamaga sabab böldi. Boş muharrir telefon yetmas joylarda ekan, şunday bölsa-da, uni boşqaruv aloqasi yordamida Toşkentga çaqirib olişdi. Kamina qalin devorli bino kabinetlaridan birida boş egik, ruhsiz holda ötirardim. Xurşid aka şoşilinç kirib keldi-da, qisqa salom-alikdan söng yelkamdan qoqib xotirjamlik bilan: “Ha, otam, bölib turadi, siqilmang”, deya dalda berganiça özi javob beriş uçun içkariga kirib ketdi… Ustoz eng qiyin vaziyatlarda ham qöl ostidagilarni himoya qilib, barça masʼuliyatni zimmasiga oladigan rahbar deb bilaman.

“Özbekiston matbuoti” jurnali boş muharrirligida ham Xurşid Döstmuhammad adolat, özlikni taniş, tanitiş borasida maʼrifat yölidan qaytmagani naşr taxlamlaridagi materiallar mazmun-mohiyatida saqlanib turibdi. U jurnalning 2002 yil 3-, yaʼni mart sonidan boş muharrir sifatida iş boşlagan.

“Özbekiston matbuoti”, asosan, jurnalistikaga ixtisoslaşgan naşr edi. Şu bois ham Xurşid Döstmuhammad publitsistikasida munosib örin tutgan huquq mavzusi xos tarzda berila boşlandi.

“Istaymizmi, yöqmi jurnalist hukmron siyosat, hukmron mafkura bilan hamkorlikda işlaydi. Şu havodan nafas olib yaşaydi. Özining faoliyatini uning yöriqlariga moslaştiradi. Lekin men özimga qarşi borib yozganimni eslolmayman. Yoki juda kam yozdimmi? Bilmadim. Men bironta maqolamda, badiiy asarimda xijolat böladigan örin, eʼtiqodimga qarşi borgan joyim yöq.

Qörquv hamişa jurnalistning boşida qiliçini öynatib turadi. Bu gapni aytadimi yöqmi yoki qanday ayta oladi deganday? Men hamkasblarimga köp aytganman, söz har qanday vaziyatda imkon topadi. Sözni yaxşilab mahorat bilan işlata olsang, asossiz nazoratlarni, asossiz tazyiqlarni aylanib, çetlab ötadi”, — deydi ustoz Xurşid Döstmuhammad.

Til örganib, dunyo ilmi bilan böylaşişga harakat qilayotgan zamonaviy yoşlar matbuot işini kapitalizm qonunlari asosida yölga qöyiş zarurligini aytib, faqat vijdon sofligining özi jurnalistika rivoji uçun kifoya qilmasligini taʼkidlamoqdalar. 2004 yilda çop etilgan “Özbekiston matbuoti” jurnalida esa yoş jurnalist D.Döltayevaning bu boradagi mulohazalariga ham örin berilganini köramiz. U eski tutumlardan qutulolmayotgan muharriru jurnalistlardagi kamçiliklarni şunday izohlaydi: “24 million aholisi bor (qarang, oradan 16 yil ötib, aholimiz yana 10 millionga oşibdi. H.S.) davlatda 250 ming nusxa rekord adad hisoblanadi (naşrlarimizning qança nusxalarda çop etilganiga ham eʼtibor bering-a!. H.S.). Vaholanki, aholining bir foizigina öqiydigan gazetani xalq eʼtiborini qozongan deb böladimi?..

Menimça, bu ahvolning ikki sababini körsatiş mumkin.

  1. Jurnalistlarimiz öz kasbi orqasidan katta pul işlaş mumkinligiga işonmaydi.
  2. Özini haddan taşqari ziyoli hisoblab, öquvçini savodsiz deb biladi. Gapda xalqning bahosini eng muhim mezon, deb aytgani bilan, amalda öşa yuqori bahoga özining sifatsiz işi bilan erişmoqçi böladi”.

Yoş jurnalistning mulohazasi, garçi öşa davr muhitiyu muharrirlariga yoqmasa-da, aytilişga, “yaşaş”ga haqli edi. Boş muharrir ham şuni öylagan va jurnalda çop etişga lozim topgani fikrimizga dalildir.

Sözimiz biroz çözilgan bölsa-da, bitta maqolada ustoz Xurşid Döstmuhammadning tahririyat rahbari, muharrir sifatidagi barça qirralarini oçiş muşkul. Bu borada u bilan hamnafas işlagan jurnalistlar, mualliflar, qabuliga arz bilan kelganlarning ham öz fikrlari bor. Uning muharrirlik faoliyatini fundamental ilm çiğiriğidan ötkazadigan tadqiqotçining ham öz qaraşlari bölişi mumkin. Demak, masalani ilmiy jihatdan örganiş, tahlil qiliş, xulosa çiqariş kelgusi muharrirlaru siyosatdonlar, kerak bölsa, rahbarlar uçun tavsiyalar işlab çiqiş soha taraqqiyoti uçun foydali işlar sirasiga kiradi.

Halim SAYID,

filologiya fanlari nomzodi,

dotsent

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan