“Oqqon — oğir kasallik, ammo bedavo emas”

Inson hayoti, xususan, organizmida qon öta muhim örin tutadi. Şunday ekan, qon bilan boğliq kasalliklarning xavfliligini tasavvur qiliş qiyin emas. Hozirgi kunda ayniqsa, bolalarda oqqon kasalligining ortişi kişini taşvişlantiradi. Ilmiy tilda leykoz deb ataladigan xastalikni davolaş, oldini oliş davomida nimalarga eʼtibor qaratiş zarur? Quyida şu xususdagi savolimizga javob oliş maqsadida Respublika ixtisoslaştirilgan gematologiya ilmiy-­amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori Abdurahmon QAYUMOV bilan suhbatlaşdik.

—      Xalq orasida oqqon deb yuritiladigan qon raki, yaʼni leykozni juda murakkab, davosi muşkul xastalik, deb eşitganmiz. Leykozga çalinganlarning soni yildan-yilga oşib borayotgani, ayniqsa, bolalarda köp uçrayotgani xavotirli. Buning sabablari nimada? Uşbu kasallikning nasldan-naslga ötiş alomatlari aniqlanganmi?

—      Ha, oqqon kasalligi bu onkologik holat — qon raki. Xalq tilida oqqon deyilsa, tibbiyotda leykoz yoki leykemiya deb ataladi. Kasallik kelib çiqişining aniq sabablari hanuz tibbiyotga nomaʼlum, profilaktik meʼyorlari ham yöq. Bu kasallik yoş tanlamaydi. Bunga bolalar ham, katta yoşdagilar ham çalinişi mumkin.

Leykoz juda murakkab xastalik bölib, XXI asrdagina davolanişi mumkin bölgan kasalliklar röyxatiga kiritildi. Mamlakatimizda bundan 20 yillar oldin ham oqqonni samarali davolaş usullari hali örganilmagan edi. Hozirgi vaqtda esa kasallikni yenguvçi davo muolajalari yölga qöyilgan.

Leykoz bu — qonda yoş blast hujayralarning patologik ravişda köpayişi natijasida yuzaga keladigan kasallik. Unga çalingan bemorlarning soni yildan-yilga oşib borayotganini, birinçi navbatda, yuqori texnologiyali diagnostika usullarining yölga qöyilganligi bilan boğlaş mumkin. Bunday deyişimizga sabab, avvallari kasallikka çalingan bemor oğirlaşmagunça, hatto ota-onasi ham bilişmagan. U paytda kasallikni aniqlab beradigan maxsus texnologiya yöq edi.

Kasallikning nasldan-naslga ötiş ehtimoli ham yöq emas. Ammo bolaning tez-tez şamollaşi, turli dori vositalarini pala-partiş qabul qilişi, yaşaş manzilida kimyo korxonalari, radiatsiya foni baland bölişi kasallikni keltirib çiqaradigan asosiy manba bölib qolmoqda.

Hali aytganimizdek, oqqon kasalligi juda murakkab kasallik hisoblanadi. Çunki, qon butun tanamiz böylab harakatlangandan keyin har bitta hujayramiz, har bitta aʼzomiz zararlanişi mumkin. Şuning uçun ham davolaniş vaqti juda uzoq davom etadi. Bunda har bir organni davolaşga töğri keladi.

—      Uşbu xastalikdan butunlay foriğ bölişning imkoni, yaʼni davosi bormi? Bu borada qanday ilmiy izlanişlar qilinmoqda?

—          Kasallik röyxatga kiritilgani bilan, hali bemorlarning örtaça 60-70 foizi leykoz xastaligidan tuzalmoqda, xolos. Afsuski, 100 foiz tuzalişlari uçun standart davosi işlab çiqilmagan. Lekin, aytaylik, soğaygan bolalar boşqa bolalar kabi maktab va tögaraklarga, sport–soğlomlaştiriş   markazlariga borişi, umuman olganda odatdagidek hayot keçirişlari mumkin. Ilmiy izlanişlar natijasida bu kasallikni molekulyar-genetik, sitoximik diagnostikasi rivojlandi. Şundan kelib çiqqan holda, davolaş target usulda, yaʼni kasallikni ildiziga yönaltirilgan davolaş usullari amalga oşirilmoqda. Bu bemorni klinik, diagnostik, molekula darajasida, genetik usullarni qöllagan holda diagnostika va davo usullari monitoringini amalga oşiriş imkoniyatini beradi.

Hozirda bemorlar xalqaro standartlarga asoslangan, Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tasdiqlangan protokollar asosida davolanmoqda. Oxirgi 10 yil içida leykozga çalingan 400 dan ortiq bemor bolalar butunlay tuzalib ketgan.

—      Uşbu kasallikning belgilari nimalarda namoyon böladi? Asosan nimalarga eʼtibor qaratiş kerak?

—      Eng yomoni, oqqon kasalligining alohida belgilari yöq. Tibbiyotda bu “sirli xastalik” ham deyiladi. Kasallik asosan umumiy holsizlik, kamquvvatlik, tez çarçaş, teri qavatlarining oqarişi, isitma kötarilişi, qöl va oyoqlarda oğriqlar paydo bölişi kabi belgilar bilan boşlanişi mumkin. Bolasi oğrigan ota-onalarga kelsak, bolaning burun-milkidan qon ketişi, limfa bezlarining kattalaşişi, badanida kökarişlar paydo bölişiga ahamiyat berişlari va darhol şifokorga murojaat etişlari kerak.

—          Demak, kasallikka erta taşxis qöyilganda bemorning soğayiş imkoniyati oşadi, şundaymi?

—          Albatta. Kasallikka erta taşxis qö­yilişi, bemorning butunlay tuzaliş imko­niyatini oşiradi. Hali aytganimdek, bu qisqa muddat içida tuzaladigan kasallik emas. Kasalga çalinganlarni öz vaqtida aniqlab, vaqtida davolaşni davom ettiriş juda muhim.

—          Yurtimizda leykozning qanday turlari köp uçramoqda?

—          Özbekistonda ham, xalqaro statis­tika körsatkiçlarida ham   ötkir limfoblast leykoz turlari köp uçraydi.      

— Ijtimoiy tarmoqlarda leykoz bilan oğrigan bemorlarning dori-darmoni uçun xayriya uyuştirgan postlarga   tez-tez közimiz tuşadi. Aytingçi, davo uçun işlatilinadigan preparatlar şu darajada qimmatmi?

—          Hozirgi kunda leykoz kasalligining diagnostikasi molekulyar–genetika darajasida rivojlanganligi sababli davo samarasi ham molekulyar-genetika körsatkiçlari monitoringi bilan birgalikda amalga oşiriladi. Bu yangi, zamonaviy, yuqori texnologik davo usullarini qöllaşni talab etadi. Bunday davo protokollarida közda tutilgan dori vositalari — sitostatiklarni qöllaş va umuman onkogematologik kasalliklarni davolaş faqat bizda emas, butun dunyoda qimmat turadi. Butun dunyoda onkogematologik bemor bolalar va kattalarni davolaşda homiylar, volonterlar, turli xil nodavlat jamğarmalar jalb etiladi. Buning natijasida bemorlarning tuzaliş samarasi sezilarli ortişi mumkin.

“Hurriyat” muxbiri

Feruza RAHIMOVA

suhbatlaşdi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan