“Özbek tilida” emas, özbekça!

Xabaringiz bor, gazetamizning şu yil 16 sentyabrdagi 32-sonida taniqli adabiyotşunos Zuhriddin Isomiddinovning “Şap-şap deyavermay…” sarlavhali maqolasi ona tilimizni qöllaşda yöl qöyilayotgan qator kamçilik, juzʼiy xatolar, atamalardagi ğalizliklar xususida edi.

Kuyunçak ijodkorning quyidagi maqolasi ham tilimizga eʼtibor va jonkuyarlik yetişmayotganligi haqida oğriqli mulohazalardan iborat. Zero, Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, Ona tilimiz — milliy maʼnaviyatimizning bitmas-tuganmas buloğidir. Şunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom körsatiş barçamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burçimizdir.

Safar çoği tayyoraning dilbar kelini

Kök yuzini barçamizga taxti Sulaymon qildi.

Lekin eʼlon öqiganda özbek tilini

Davlat tili bölganiga puşaymon qildi…

Xalqimizning atoqli şoiri Erkin Vohidov tomonidan uşbu şeʼriy satrlar bitilgan zamonda styuardessalarning bari boşqa millat vakillari edi. Qöllaridagi tayyor matnni hijjalab öqir, oddiygina “Özbekiston havo yöllari” degan gapni ham “Uzbakistan xava yullariy” deya, odam uqmaydigan tarzda talaffuz qilişardi. Özbekçada nima gap aytganini undan söng öqiladigan rusça xabarni eşitib bilib olardik.

Oradan öttiz yilça vaqt ötdi, bu orada boyagi styuardessa qizlar ham tengini topib, bola-çaqali bölib ketişdi. Eri – özbek, tuqqan bolasiga ham özbekça ism qöyişgan, ammo tanglayi boşqa tilda kötarilgani uçunmi, onalari tilida gaplaşişadi. Bu bolaçalar maktabga bordi, institutlarni bitirdi, baʼzilari ilmiy iş qilib, dissertatsiya yozdi hamki, boyagi gap – ular gapirayotgan, yozayotgan özbek tili… til bölib dunyoga kelganiga afsus yeb, faryod çekib yuribdi.

Gapingizga dalil bormi desangiz, men ardoqli şoirimiz kabi dilbar şeʼr bita olmayman, ammo keling, quruq bölmasin, “şeʼr kabi öqiladigan” bir-ikki parçani nazaringizga havola etay:

“…gnoseologik faoliyatning aksiologik asoslari yoşlar intellektual madaniyati tizimining muhim komponenti bölgan ilmiy-ijodiy masʼuliyatning (pragmatik tafakkur etikasi) epistemologik mezoni ekanligi… (dissertatsiyadan)”, yo “Sotsiolingvistik kompetensiyani takomillaştirişning nazorat va diagnostika vositalari özlaştirilganlik darajasini aniqlaş körsatkiçlari majmui asosida maqbullaştirilgan”.

“…inson uçun zarur bölgan va OAV orqali talab qilinadigan bilim axborotni qayta tiklaş mexanizmi (taʼlim va tarbiyada muhim axborot)ni işga tuşirişi pragmatik hamda ratsional xususiyatlarga (foydali amaliy iş harakatiga va aqliy jarayon) ijobiy taʼsir etişi aniqlab berilgan”.

Bobolarimizning begona köçalarda adaşişga mahkum etilgan qadim zaboni, otalarimizning abgor etilgan aziz sözi, har nodon kimsaning qölida xor bölayotgan onalarimizning munis tili qani?.. Voy sening bu holingga!

Men biroz muddat Özbekiston Oliy attestatsiya komissiyasida işladim. Ilm-fanning turli sohasidagi bir talay dissertatsiyalar böyiça eʼlonlarni öqidim. Tibbiyot, texnika kabi “tişim ötmaydigan” fanlarga taalluqli işlarga töqinmasdan, sizu bizga önğayroq sohadagi dissertatsiya eʼlonlaridan oldim ularni. Odatda, eʼlonda gap sodda, lönda bayon etiladi. Biroq qandoq hikmati bor ekanki, boyagi jumlalarni harçand öqisam-da, heç narsani tuşuna olmadim. Siru asrori ne deya öylay-öylay, bir narsa yodimga tuşdi: bola çoğimiz bir amaki bölardi; bozorga kelib, döngroq bir joyda turib olganiça, qölini siltab-siltab, heç kimga qaramay, uzoq gapirar, gapiraverer, ammo nima deyayotganini heç kim tuşunmasdi.

Ha, dedim, anov dissertatsiyalar eʼloni bilan tanişib çiqqaç, odam anglamaydigan qilib gapiriş uçun kişining yo ilmi toşib ketişi yoki xayoli qoçib ketişi darkor ekan. Çunki aqli soğ odam, hatto atay urinsa bunaqa yoza olmaydi. Mana dissertatsiya, deb taqdim etib, ilmiy darajaga daʼvo qiluvçilarning özi bunaqa poyintar-soyintar gaplarning maʼnosini tuşuntirib bera olarmikin? Uqtirolmasa görga, loaqal özi tuşunarmikin?

Yöq. Bunaqa “ilmiy” iş heç kimga tuşunarli emas, birov anglamaydigan dissertatsiyaning esa… kimga ham keragi bor?

Nega şunaqa, deysizmi? Quloğingizga aytay: bu işlar aslida özbek tilida bitilmaydi. Allaqaysi bir körinmas odam uyida ötirib, “soqqa”sini oladi-da, “tadqiqotçi”ga öris ham öqib tuşunmaydigan çulçut tilida “ilmiy iş” yozib beradi, söng uni yana bir maxfiy kimsa “uzbek tili”ga ögiradi. Sözlardan “jumla”lar yamab-yasqaladi, pirovardida, bunaqa ğöldiraşga pul tölayotgan biz soliq tölovçilar, gösxör bölib qolaveramiz.

Iş egasiga, “dissertatsiyangiz özbekça emas ekan”, deb daʼvo ham qilolmaysiz. “Zakonniy” özbek tilida-ku! — deydi.

Bu jumboqqa qarang: boyagi matnlar, darhaqiqat, özbek tilida, ammo… özbekça emas. Özbek tilida degani özbekça degani emas ekan hali! Şuning uçun ham işlab çiqariş, ilm-fan, tibbiyot, iş yuritiş, texnika, texnologiyalarni davlat tiliga ötkaziş deganda ularning sözlari, jumlalarigina “özbek tilida” emas, ruhan ham özbekça bölişiga erişişimiz kerak. Öqigan yo eşitgan odam tuşunsin ularni.

Ori rost, ona tilimiz ilgari forsiy va arabiy, yangi zamonda esa rus tili taʼsirida rosa boyidi. Ming-minglab yangi sözlarni qabul qilib oldi, ifoda imkoniyatlari ham kengaydi. Bunga munkir odam noinsof böladi. Biroq tuya qança, yağiri ham şunça, deganlariday, bu taʼsirlanişning hayoni ortidan ziyoni ham kelişini fahmlayolmay qoldik, özga tillarning yot xossalarini oliş tufayli asl milliy, turkona til xususiyatlari boy berilayotgani bilan sira işimiz bölmadi.

Ayniqsa, sönggi bir asr davomida şörlik özbek tili rus tilining noğorasiga xöp öynadi. Öynay berib-öynay berib, oxiri boşi aylanadigan, oyoği çalişadigan bölib qoldi. Endi qayerda, nimagaki közingiz tuşsa, barida rus tilidan hijjama-hijja tarjima qilib olinganini körasiz.

Boşqalarni qöya turing, hatto manaman degan til ustalariyu ustazodalari ham bemalol öris tili qolipidagi jumlalarni tuzib, satrlarga tizib yurişibdi. Keling, osilsang baland dorga osil, degandek yaqinda takror çop etilgan beş jildli “Özbek tilining izohli luğati”dan misol beraylik. Uning sarvarağida “A.Madvaliyev tahriri ostida” deb bitilgan. Ajab, nega endi “tahriri ostida”? Tahrirning osti yo usti böladimi? Sarasop solsangiz, ona tilimizning şaʼn-şavkatini yuksakka kötarişi, asl milliy jihatlarini dalillaşi kerak bölgan bu kitobdagi boyagi jumla rusça “pod redaksiyey”ning sözma-söz ögirmasi bölib çiqadi.

Bizda idora xodimlari boşliqning “qöl ostida” hisoblanadi, qaysi bir iş uddalansa, u allakimning “rahbarligi ostida” bitgan sanaladi.

Şunaqa çaynala berib, pirovardida ona tilimiz ham rus tilining “taʼsiri ostida” özini yöqotayozdi. Buning örniga özbekça qilib, “A.Madvaliyev tahririda”; “qölida yuz kişi işlaydi”; “vazir rahbarligida”; “özga til taʼsirida” desak, kifoya-ku? Nega endi albatta bir nimaning ostida bölişi kerak?

“Soliq töğrisida qonun qabul qilindi”, “Davlat rahbari yangi farmonni qabul qildi”, deb yozadi gazetalar. Ajab, qonun yo farmonni kim qabul qiladi? Kimdan? Axir qabul qiliş degani – birov topşirib, boşqasi uni oladigan holat-ku? Özbekçada qonun (farmon) qabul qilinmaydi, çiqariladi. Unda, boyagi “qonun qabul qilindi” degani qayoqdan kelib qoldi? Qayoqdan kelardi, “zakon prinyat”-da, asli! Bu qurib ketkur “prinimat” özbek tilini şunçalar buzyaptiki, naryoği yöq. “Prinimat tabletku” deb yozilgan bölsa, heç ikkilanmay, “tabletka qabul qiliş” deydigan bölib qoldik. Asl özbekning tilida tabletkani faqat aptekaçi qabul qilib olişi mumkin, yaʼni ombordan. Yana, “Quyoş vannasi qabul qiliş” degan olifta gaplar çiqqan. Xaşagini oçib qarasangiz, buning tagida ham “Prinimat solneçnuyu vannu” degan öşa olaböji yotganini körasiz. “Xapdori içiş”, “oftobda toblaniş” desa, yozsa, bularning yo tiliga tirsak çiqadi, yo qöliga xasmol.

Xöp, bunaqa ifoda şakllari örisçada tili çiqib, öşa tilda öylaydigan “uzbek”larning amali ekan, din-diyonatdan taʼlim beradigan domlalar-çi? Ular tilbuzar bölmay, aksinça, sizu biz yanglişsak, tuzatib qöyişlari lozim va “lobid” emasmi? Hazor taassuf va sad bora taajjubki, manaman degan notiq va nosih ulamolarning ayrimlari özbek tilini istagan köyiga solişga jiddu jahd etişayotir.

Ayrim mullolarni körgansiz, taʼzim-tavoze avjida, purnur yuzlarida nimtabassum bilan davraga kirib kelişadi. Undaylar oldida kişi özini töpori his qilib ham qoladi. Ana qöşqavat salom-aliklar, mana qöl yuvganda ham, çoy uzatilganda ham qiroat bilan bir nimalarni aytib qilinadigan izhori fazllar! Biroq mulla akalarimiz yozganda ham ana şunaqa çaynala berişsa, öqişda qiynalib ketar ekansiz. “Imomi Abdulvahhob Şaʼroniy özlarining “Al yavoqit val javohir” nomli kitoblarining birinçi jildi, uçinçi faslida şunday yozadilar”, deb yozibdi bir taqsirimiz. Xöp, mazmuni tuşunarli, lekin tavajjuhi ortiqça emasmi? Nega imomi Abdulvahhob, imom Abdulvahhob-ku? Boz, bu muhtaram zot neçta odamki, “yozadilar” deb bitiladi? “Yozadi”, desa, rahmatlik xafa bölib qolarmikin? “Al yavoqut val javohir” – “Yoqutlar va durlar” emasmi? Nimaga endi ul zot “özlarining … kitoblarida yozadilar”? Boşqa birovning kitobida ham yozişlari mumkin edimi (bunisi rusça “v svoyey knige”ning özginasi-ku!)? Boz, özbek tilida “kitobi” deyilsa kifoya emasmi? Yangliş ravişda ommalaşib qolgan “lar” qöşimçasi esa tojikidan kirib kelgan, turkiy tilda, jumladan, özbekçada odamni şu grammatik şakl orqali izzatlaş urf emas. “Dadamlar keldilar” singari yaltoq ifoda şakllari şuning kasriga köpayib boryapti. Axir, dada bitta, kelgan odam ham bir kişi-ku? Hurmat izhor qiliş uçun hadeb “lar, lar” qöşaveriş şartmi? Ikkinçidan, “Al yavoqit val javohir” nomli kitoblari” neçta kitob? Bitta asar bölsa, nega endi “kitoblar” deyişimiz kerak? Öziga hurmat – “lar”, kitobiga hurmat – yana “lar”… Çarçab…lar ketasan kişi. Şunçalik ekan, izzatini oşirib, “… kitoblarining birinçi jildlari, uçinçi fasllarida şunday yozadilar”, deya özbek tilini arosatdan olib, jahannam öpqoniga taşlab yubora qolsinlar. Ulamolarki “ota-onani eʼzozlaş kerak”, degan jön gapniyam paxtasini oqizib, “eʼzozlaşligimiz kerak ekan”, deb minğillay berişsa… yana kimdan xafa bölasan?

Özbek tili – özbek tafakkurining ifodasi. Har bir xalq qanaqa öylasa, öşanday gapiradi, öşanga monand qilib yozadi. Xudoga şukur, hali bizning el öz öyidan, öz sözidan aynib, özgarib ketganiça yöq.

Biroq nima qilaylikki, içimizda anov tilda öylab, manov tilda gapiradigan podabuzarlar ham bor, yöq emas. Masalan, özbek odam “Men ona tilimizni boy til, deb bilaman”, deb gapirsa, örisça öylab, keyin uni özbekçaga “tarjima” qilib sözlaydigan zamonaviy uzbek “Men öylaymanki, ona tilimiz juda boy…” deb çaynaladi. Çunki bu ifoda “Ya dumayu, çto…”ning qolipida quyiladi. Vodariğ, şu kunlarda “Men öylaymanki…” deb gap boşlaydiganlarning uruği biram köpaydiki!

Odamlar qiziq: ğalati qilib gapirsangiz, sizni bu juda bilimdon bölsa kerak deydi, heç kim tuşunmaydigan qilib yozsangiz, hammadan ötkiri şu deb öylaydi. Turib-turib, men ham özimga-özim, almoyi-aljoyi qilib bir nutqlar sözlay, qarsak zör böladi, jumlalarning oyoğini osmondan keltirib maqolalar yozay, har yoqdan olqiş yoğiladi, deyman-u… qöying endi!

Nurbek Alimov degan siyosatşunos inimiz ÖzA saytida “Hindiston va Pokiston. Uyqudagi uruşning uyğonişi” degan maqola çiqaribdi. Ana tilu mana, mana uslub: “Har bir mamlakatning milliy rivoyatlari qarama-qarşi versiyalar atrofida aylanadi va Kaşmir rezolyutsiyasi bu ikki mamlakatning har biri, yangi rivoyat asosida özlarining milliy öziga xosligini özgartirişlari kerakligini anglatadi”.

Nauzanbilloh, bu nima deyapti özi? Ikki-uç topqir öqisam ham, heç baloni tuşuna olmayapman-ku? Balki, davomi sal silliqroq, ravonroqdir?

“Darhaqiqat, Hindistonda umumiy qörquv islomofobik ritorika va guruhlar örtasidagi qutblaşiş edi”. Nima… nima edi?!

Munça jumboq bilan boşimizni garang qilgan muallif bir payt sal yumşatgan bölib, “Lekin bu yerlarda IŞID kabi terroristik guruhlarning tarqalişi qiyin, garçi uning estetikasi isyonçilarning yangi avlodini qamrab olgan bölsa-da”, deb taskin ham beradi. Bu jumla… kalişini poyma-poy kiygan odamga öxşamaydimi? Boz, estetika bir nimani qamrab olgani-çi? E yöq, bu odam özbekça fikrlayotgani yöq, ismi özbekça ekan, xolos.

Şu maqola oxirida “Kelajak istiqbollari” degan kiçkina bir sarlavha ham keladi. Ajabo, kelajak boşqa-yu istiqbol degani özga tuşunçami? Unda, bu muallif inimiz ertaga xuddi şunday muvaffaqiyat bilan “Istiqbol kelajaklari” deb yozsa ham, hayron bölmang.

Rus tilining zuğumi bilan özbekning asl özbekça, qulay sözlari ham örisbaşara bölib boryapti. Masalan, “qora sedana” degani çiqibdi. Özi, sedana “siyoh dona” – qora don” degani edi-ku! Yoki qalampirni oling. Hozir uni bilarmonlar “qizil qalampir” (“qizil garmdori”) deyişadi. Nimagaki, bu neʼmat rus tilida “krasniy perets”da. “Çyorniy perets” ham bor, bu endi murç. Biroq şovvozlar uniyam boyagiday “aniq” ögirib, “qora murç” deyişayotir. Esiz qalampir, uvol murç! Undan ham avval, essiz ona tilim, özbek tili…

Rasul Hamzatovning “Doğistonim” degan asaridagi bir rivoyatni tinglang: befarzand qari podşoh törtinçi xotinidan nihoyat, öğil köribdi. Şoh uni valiahd böladi, bir kun kelib taxtimga ötirib, yurt söraydi, deb niyat qilibdi. Uç yoşidan boşlab, gödakni eng laziz, şohona yeguliklar berib boqibdilar. Biroq bu maʼsum bola kundan-kunga rangi söliy boşlabdi, ne-ne hoziq tabiblar dardiga davo topa olişmabdi. Çorasiz qolgan şoh, kimki öğlimni şifolasa, davlatimning yarmini beraman, deb jar soldiradi. Şunda bir tabib kenja malikani – bolaning onasini yolğiz topib, bu sir oramizda qoladi, gödakning otasi kim edi, aytmasang, ölişi aniq, deb söraydi. Malika zor-zor yiğlaydi, men şohning kenja ayoliman, undan farzand bölmasligi maʼlum edi, ötgan yili toğ oşa otamning uyiga ketayotib, bir keça azamat bir çöponning çaylasida tunab qolganman, deb böyniga oladi. “Ana endi davosi topildi, – deydi u. – Bola bunaqa oğizda eriydigan holvalar bilan emas, otasi yegan ovqat bilan odam böladi”. Söng gödak uçun çöponlar toğda pişiradigan kömoç yopişibdi. Toşday qattiq, çöğda kuygan kömoçning hidi dimoğiga kirgan çalajon bola, köz oçib, öşa yoqqa intilibdi, kömoç ustiga oç arslon kabi özini taşlab, heç töymay yebdi, öşani yeya-yeya, dardi aribdi, oradan yillar ötgaç, pahlavon bir er yigit bölib yetişibdi…

Endi bu qissadan Rasul oğa çiqargan hissani qarang: “Har bir milliy adabiyot yoki til öz ona elining qut bölarli taomlaridan qoçib, yot yurtlarning yemişiga mazaxörak bölsa, bu adabiyotga, bu tilga dard yopişadi, endi uni heç bir tabib davolay olmaydi va u muqarrar öladi”, deydi şoir. Töğri-da, bir tilga boşqa el tiliga xos jihatlar mos kelmaydi, tiqiştira beriş bemorga boşqa guruh qonni quyişday gap – halok etadi, görga eltadi.

Afsuski, bugungi özbek adabiy tilida Abdulla Qodiriyga, Abdulla Qahhorga, Mirtemirga xos bölgan jihatlar ança boy berildi, uning ildizi ona zamindan uzila boşladi, özi birmunça zaiflaşib, sunʼiylaşib qoldi. Idoralardagi qoğozlar “ijrosini taʼminlaş” kabi ğalça iboralar bilan tölib-toşdi, sud qarorlarini öqisangiz, bir-bir yarim betlik, çuvalgan jumlalardan heç nimani tuşunib bölmaydi. Ilm-fan tili esa haligidek. Hatto badiiy adabiyot tilini ham jin çalib ketdi: “Jin ursin, şunaqaga öxşaydi, – Qanoatşo qöli bilan otining yolini taradi” kabi aji-buji ifoda şakllari urçib ketdi. Yo tavba, özbek “jin ursin” deb gapiradimi heç jahonda? Axir bu… “çyort poberi”ing ögay bolasi-ku?

Tilimizning tomir urişini payqaşimiz qiyinlaşdi, poyintar-soyintar yozişga, televideniye yo radioga çiqqanda esa undan ham beşbattar qilib sözlaşga örganib qoldik.

Nima deb yozsak, gapirsak, “özbekçada şunaqa yoziladimi, şunaqa deb aytiladimi”, deb bir öylab boqaylik – xijolatpazlikka örin qolmaydi.

Zuhriddin ISOMIDDINOV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan